Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/186
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#257869
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   186
Bog'liq
turkiy til tarixi

O‘ZBEK ADABIY TILINING YUKSALUVI 
 
O‘zbek adabiy tili o‘z tarixini qadimgi turkiy til – ko‘k turk 
bitiglari  hamda  uyg‘ur,  moniy,  brahma,  sug‘d  yozuvlarida 
bitilgan eng ko‘hna turkiy obidalar tilidan boshlaydi.  
Turkiy  adabiy  tilning  shakllanishi  va  uning  takomilga 
erishuvida  VI–VIII  yuzyilliklarda  hukum  surgan  Birinchi  va 
Ikkinchi  ko‘k  turk  xoqonliqlari  davri  ayricha  o‘rin  tutadi. 
O‘sha kezlar qudratli turk saltanatlarining yuzaga kelishi turkiy 
xalqlar  madaniyati,  adabiyoti  va  adabiy  tilining  taraqqiyotiga 
keng yo‘l ochib berdi. Davlat va jamiyat boshqaruvi, davlat ish 
yuritish  va  xalqaro  diplomatik  munosabatlarni  tartibga  solish, 
ilm-fan va adabiyot uchun saltanat tuproqlarida yagona adabiy 


 
36
tildan foydalanish ehtiyoji tug‘ildi. Turk xoqonlari va dovrug‘li 
kishilar sharafiga tiklangan yodnomalar ana shu adabiy tildadir. 
Bitiglar  butun turk uluslariga qarata  yozilgan.  Ular xoqonning 
o‘z  yaqinlari,  urug‘lari,  yurt  egalari,  to‘rt  yoqdagi  o‘lkalarga, 
butun  turk  ulusiga,  kelajak  o‘g‘il-qizlarga  murojaatidir. 
Jumladan, 732 yili ulug‘ sarkarda Kul tigin sharafiga tiklangan 
yodgorlik  bitigi  shunday  so‘zlar  bilan  boshlangan:  Sabïmïn 
tükäti  esidgil:  ulayu  ini  yägünüm,  oğlanïm,  biriki  oğušum, 
bodunum,  biryä  šadapït  bäglär,  yïrya  tarqat,  buyruq  bäglär, 
otuz  …  toquz  oğuz  bägläri,  bodunï,  bu  sabïmïn  edgüti  esid, 
qatïğdï  tiŋlä.  –  So‘zimni  tugal  eshitgil  ketimdagi  ini,  jiyanim, 
o‘g‘lonim,  ittifoq,  urug‘im,  xalqim,  o‘ngdagi  shadapit  beklar, 
chapdagi  tarxonlar,  buyruq  beklar,  o‘ttiz  ...  to‘qqiz  o‘g‘uz 
beklari,  xalqi,  bu  so‘zlarimni  yaxshilab  eshit,  diqqat  bilan 
tingla (Ka.1–2). Bu jumlalar ko‘k turk bitiglarining butun turk 
uluslariga  tushunarli,  ular  uchun  umumiy  bo‘lgan  til  bilan 
bitilganligidan dalolat beradi. 
Ko‘k turklar zamonida  yuzaga kelgan  adabiy til an’analari 
uyg‘ur xoqonliqlari davrida ham davom etdi. 
Uyg‘ur xoqoni Mo‘yun-cho‘r sharafiga tiklangan yodgorlik 
bitigida davlat nizomi  bilan  bog‘liq  misol  bor.  Bitigda 750  yil 
voqealari  hikoya  qilinar  ekan,  shunday  bitiladi:  Ol  yïl  …bašï 
anta  aqsïraq  ordu  örgin  anta  ititdim,  čït  anta  toqïtdïm,  yay 
anta  yayladïm,  yaqa  anta  yaqaladïm,  belgümin  bitigimin  anta 
yaratïtdïm.  –  O‘sha  yili  ...  (Kem)  boshida  oq  o‘rda  chodirini 
tiktirdim,  mudofaa  devorlarini  qurdirdim,  yozni  o‘sha  yerda 
o‘tkazdim,  o‘sha  yerda  tangriga  ibodat  qildim,  tug‘roimni, 
bitigimni  (tuzugimni)  o‘sha  yerda  yarattirdim  (MČ.20). 
Qadimgi  turkiy  tilda  belgü  –  “belgi”,  forschadagi  “nishon” 
ma’nosini  beradi,  belgü  bitig  esa  juft  holda  “davlat  tuzugi, 
nizomi,  bosh  qonuni”  ma’nosini  anglatadi.  Bitigdan  olingan 
misolda  o‘sha  chog‘lar  Mo‘yun-cho‘r  tomonidan  uyg‘ur 
xoqonlig‘ining 
davlat 
nizomi 
(tuzugi) 
yaratilgani 
ta’kidlanmoqda.  Yoki  bitigda  tovushqon  yil,  beshinchi  oy 


 
37
voqealari  shunday  ta’riflanadi:  Anta  Ïduqbaš  kedintä,  Yabaš, 
Toquš beltirintä anta yayladïm, örgin anta yaratïtdïm, čït anta 
toqïtdïm, bïŋ yïllïq, tümän künlük bitigimin belgümin anta yasï 
tašqa  yaratïtdïm.  –  O‘shanda  g‘arbda  Iduqboshda,  Yabash  va 
To‘qush  (daryolarining)  quyilishida  yozni  o‘tkazdim.  O‘sha 
yerda  saroyimni  qurdirdim,  mudofaa  devorlarini  o‘sha  yerda 
tiklatdim,  ming yillik, tuman kunlik bitigimni-tuzugimni o‘sha 
yerda  yassi  toshga  yozdirdim    (MČ.21).    Ushbu  misoldagi 
“ming  yillik,  tuman  kunlik  bitig”  uyg‘ur  xoqonlig‘i  davrida 
qadimiy  til  va  yozuv,  matn  tuzish  an’analari  davom  etganligi, 
ming  yillik an’analar asosiga qurilgan davlat nizomining  yassi 
toshga yozdirilganligi qayd etilmoqda. 
Uyg‘ur  xoqonliqlari  davrida  eski  an’analar  davom  etishi 
bilan  birga,  adabiy  til  yangi  bir  bosqichga  ko‘tarildi.  Bu 
jarayon sharqiy turklarda buddizm, moniylikning keng yoyiluvi 
bilan  bog‘liq.  Turkiy  muhitga  buddizmning  tarqalishi,  avvalo, 
tarjimachilik  sohasida  katta  burilish  yasadi.  Ko‘plab  budda 
yodgorliklari qadimgi turkiyga tarjima qilina boshladi. Odatda, 
ushbu asarlar sanskrit,  tohar,  sug‘d va  xitoy tillaridan o‘girilar 
edi.  O‘sha  kezlar  sharqda  budda  asarlarining  toharcha, 
sug‘dcha,  xitoycha  versiyalari  ham  keng  tarqalgan  edi.  Budda 
yodgorliklari  faqat  sanskritchadan  emas,  o‘rni  bilan,  ana  shu 
tillardagi  versiyalaridan  ham  tarjima  qilingan.  Bunday 
tarjimalarda  boshida  toharcha  nusxalardan  foydalanildi. 
Keyinchalik,  tohar  tilining  mavqei  susayganligi  uchun  bo‘lsa 
kerak,  xitoychadagi  budda  asarlari  turkiyga  o‘girilgan. 
Shuningdek,  turk  ijodkorlari  diniy  mazmundagi  asarlar  ijod 
etdilar.  Bu  kezda  yaratilgan  budda  no‘m  kitoblari,  sutra  va 
shastarlar  diniy-falsafiy  asarlargina  emas,  ular  qadimgi  turk 
yozma  adabiyoti  va  adabiy  tilining  qimmatli  namunalari 
hamdir. 
Budda  asarlari  uzoq  davr  taraqqiy  etib  takomilga  erishgan 
klassik  yozma  adabiy  tilda,  uning  kitobiy  uslubida  yaratilgan. 
Diniy  asarlarda  bu  kitobiy  ko‘tarinki  uslub  qat’iylashib 


 
38
me’yorga  aylangan.  Keyinchalik,  asar  nusxalari  qay  zamonda 
ko‘chirilishidan  qat’i  nazar,  tarixiy  o‘lchovlarga  amal 
qilinavergan. 
X  asrda  qoraxoniylar  davlatida  islom  dini  rasman  qabul 
qilindi.  Bu  jarayon adabiy til,  yozma adabiyot,  madaniy  hayot 
va  falsafiy  qarashlarga  ham  o‘z  ta’sirini  ko‘rsatdi.  Ayni 
kezlardan adabiy tilning yangi bir bosqichi boshlanadi. 
Mo‘g‘ullar  saltanati  davrida  ham  butun  saltanatga  qaram 
yerlarda,  to‘rt  ulusda  –  Chig‘atoy,  Jo‘ji,  Xulagu,  O‘ktoy 
(Ugadoy) uluslarida mo‘g‘ul tili emas, qoraxoniylar adabiy tili 
an’anasini saqlagan turkiy til amalda bo‘ldi.      
Adabiy  til  xususida  so‘z  ketganda  Oltin  O‘rda  davlatida 
yoki  boshqa  qipchoq  ellarida  o‘sha  chog‘lar  yuzaga  kelgan 
yozma  til  an’anasini  ham  unutmaslik  kerak.  Bu  muhitda 
yaratilgan yodgorliklar tili ayrim dialektal o‘zgachaliklari bilan 
o‘zga muhitda yaratilgan asarlar tilidan farqlanib turadi. Ushbu 
yodgorliklar  tilida  qipchoq  elementlarining  ta’siri  kuchli. 
Ayrim  asarlarda  ularning  “qipchoq  tili”da  ekanligi  ham 
ta’kidlangan  (manbalardagi  “qipchoq  tili”  atamasi  qipchoq 
lahjasi  ta’sirida  bo‘lgan  yozma  adabiy  tilni  anglatadi).  Oltin 
O‘rda  zamonidagi  yozma-adabiy  til  “chig‘atoy  turkiysi”ning 
qipchoq ta’siriga berilgan bir ko‘rinishi edi.  Keyinchalik bu til 
hozirgi  qipchoq  tillarining  shakllanuvida  asos  bo‘lib  xizmat 
qildi. 
Ko‘k  turk,  qadimgi  uyg‘ur,  qoraxoniylar  davri  adabiy  tili, 
Oltin  O‘rda  davlatida  yuzaga  kelgan  yozma  yodgorliklar  tili 
an’analari  ta’sirida  o‘rta  asrlarda  turk  musulmon  dunyosida 
ikki  ulkan  yozma-adabiy  til  shakllandi.  Shulardan  biri 
tilshunoslik 
tarixida 
“chig‘atoy 
turkiysi” 
otini 
olgan. 
“Chig‘atoy  turkiysi”  tarixda  qo‘llangan  atama  bo‘lib,  XIII–
XVI asrlardagi eski o‘zbek adabiy tilining boshqa bir otidir. Bu 
til  O‘rta  Osiyoda  temuriylar  davrining  adabiy  tili  sifatida 
yuzaga  keldi.  Mavlono  Lutfiy,  Atoiy,  Alisher  Navoiy, 
Zahiriddin  Muhammad  Bobur  singari  ulug‘  allomalarimiz 


 
39
o‘zlarining  o‘lmas  asarlari  bilan  eski  o‘zbek  tilini  yuksak 
bosqichga  ko‘tardilar,  uning  keyingi  takomil  yo‘lini  belgilab 
berdilar.  “Chig‘atoy  ulusi”  deyilganda  O‘rta  va  Markaziy 
Osiyodagi  turkiy  ulus,  “chig‘atoy  turkiysi”  deganda  esa  uning 
uzoq  asrlardan  beri  rivojlanib,  takomil  bosqichiga  erishgan 
yozma adabiy tilini anglamog‘imiz kerak. 
E’tiborga sazovor yeri shundaki,  o‘rta asrlarda eski o‘zbek 
tili (“chig‘atoy turkiysi”) O‘rta Osiyodagi barcha turkiy xalqlar 
uchun  umumiy  adabiy  til  sifatida  xizmat  qildi.  Temuriylar 
davrida  takomillashib,  yuksak  bosqichga  erishgan  eski  o‘zbek 
adabiy  tilining  an’analari  O‘rta  Osiyo    turkiy  xalqlari  orasida 
uzoq  davom  etdi.  Turli  o‘lkalarda  –  kerak  Qashqarda,  kerak 
Hirot,  Yazd  yoki  Samarqandda  bo‘lsin  yashab  ijod  etgan 
adabiyot 
ahlining 
asarlari 
bir-biriga 
tushunarli 
tilda 
ekanligining  boisi  ham    shunda.  O‘zbek  tili  tarixida  ushbu 
an’analar XX asr boshlariga qadar saqlanib qoldi.     
Ko‘k  turk,  qadimgi  uyg‘ur,  qoraxoniylar  davri  adabiy  tili 
an’anasi  ta’sirida  XIII  asrda  saljuqiylar  davrida  o‘g‘uz  guruhi 
asosidagi  ikkinchi  bir  adabiy  til  ham  tarmoq  ota  boshladi.  U 
ilmiy  adabiyotlarda  “eski  anato‘lu  turkchasi”  otini  olgan. 
Saljuqiylar davlatida ham, undan keyingi chog‘larda ham O‘rta 
va Markaziy Osiyoda bo‘lgani singari turkiy tilga katta e’tibor 
qaratilgan.  1277  yili  Anato‘lidagi  Karaman  bekligining 
hukumdori  Karamano‘g‘lu  Mehmetbey  davlat  ishlarida  turkiy 
tilni  joriy  etish  bo‘yicha  farmon  chiqargan  edi.  Farmonda 
shunday deyiladi: Šimdän girü hič kimesnä qapuda-vu divānda 
va majālis-u seyranda türki: dilindän ğayrï dil söylämäyä. 
Eski  Anato‘li  turkchasi  asosida  keyinchalik  usmoniy 
turkchasi  yuzaga keldi.  Usmoniy turkchasi eski o‘zbek  adabiy 
tiliga parallel holda amal qilgan. Mazkur adabiy til usmoniylar 
saltanatining,  Anato‘lida  yuzaga  kelgan  adabiy  va  madaniy 
muhitning  yozma  tili  edi.  Shu  o‘rinda  ba’zi  usmoniy 
shoirlarining  Navoiy  va  boshqa  o‘zbek  klassiklariga  ergashib, 


 
40
o‘z  adabiy  tili  bilan  bir  qatorda,  “chig‘atoy    turkiysi”da  ham 
ijod qilganliklarini eslash o‘rinlidir.  
Usmoniylar 
zamonida 
Anato‘li 
adabiy 
muhitida 
shakllangan usmoniy adabiy tili  eski o‘zbek adabiy tiliga  juda 
yaqin turadi. Buni Qonuniy Sulton Sulaymon she’ridan olingan 
quyidagi baytda ham ko‘rish mumkin: 
Xalq ičindä mo’tabar bir näsnä yoq davlat kibi, 
Olmaya davlat jihānda bir nafas sihhat kibi. 
Hozirgi  o‘zbek  tili  eski  o‘zbek  adabiy  tili  (“chig‘atoy 
turkiysi”)  negizida  shakllangan  bo‘lsa,  turk  adabiy  tili 
usmoniycha asosida yuzaga kelgan. 
 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish