Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


Oltin  O‘rda  davlatida  til  vaziyati



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/186
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#257869
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   186
Bog'liq
turkiy til tarixi

Oltin  O‘rda  davlatida  til  vaziyati.  XIII–XIV  asrlarda 
mo‘g‘ulning  o‘z  ulusida  rasmiy  davlat  tili  mo‘g‘ulcha  edi. 
Chingizxon  davrida  mo‘g‘ullar  ilk  bor  o‘z  davlatini  qurdi, 
keyin  bu  davlat  kuchli  saltanatga  aylandi.  Bunga  qadar  bu 
yerlar  ko‘k  turk  xoqonliqlari,  so‘ng  uyg‘ur  xoqonliqlariga 
qarashli 
o‘lka 
edi. 
Mo‘g‘ullar 
esa 
turk 
davlatlari 
qaramog‘idagi, uning ichidagi bir qavm sifatida (asosan, tatar, 
moğul  atamalari  bilan)  yashab  kelgan.  Chingizxonning 
buyrug‘i 
bilan 
mo‘g‘ul 
xati 
yaratildi, 
yozuvni 
ular 
turklar(uyg‘urlar)dan  oldi.  Bu  davrda  mo‘g‘ul  adabiy  tiliga 
asos  solindi,  adabiy  tilning  rasmiy  uslublari  ishlab  chiqildi. 
Fikrimizni  XIII  asrda  yashab  o‘tgan  yevropalik  sayyoh  Gilom 
Rubrikning  yozmalari  ham  dalillashi  mumkin.  Sayyoh  o‘z 
esdaliklarida  yozishicha,  mo‘g‘ullar  yozuvni  uyg‘urlardan 
(turklardan)  olgan,  saroylarida  uyg‘urlar  kotiblik  qilgan, 
o‘zlarining  mo‘g‘ulcha  yorliqlarini  uyg‘ur  xatida  bitganlar 
(Григорьев  1981,81–82).  Mo‘g‘ul  tili  Chingizxon  zamonida 
davlat tili maqomini oldi va mamlakatning ichki hamda xalqaro 
munosabatlarida yetakchi o‘ringa chiqib oldi.   
Biroq,  chingiziylar  qo‘l  ostidagi  ellarning,  xususan,  Oltin 
O‘rda  davlati(Jo‘ji  ulusi)ning  rasmiy  tili  qay  til  bo‘lganligi 
fanda  turli  bahslarga  olib  kelmoqda.  Gap  shundaki,  turkiy 
xalqlar  tarixida  chuqur  iz  qoldirgan  Oltin  O‘rda  davlatida 
bitilgan rasmiy hujjatlar oz qolgan.  


 
27
Mo‘g‘ul  xonlarining  saltanatning  ilk  davrlaridan  qolgan 
davlat  miqyosidagi  va chet ellar  bilan olib  borgan    bir qancha 
yozishmalariga  tayanib,  A.P.  Grigorev  XIII–XIV  asrlarda 
(1380 yilga qadar) Oltin O‘rda davlatida rasmiy til mo‘g‘ul tili 
edi,  degan  fikrni  bildiradi  (Григорьев  1981).  Biroq  o‘sha 
zamonlardan 
qolgan 
turkiy 
yodgorliklar, 
o‘sha 
davr 
tarixchilarining  yozmalari  va  ulardagi  aniq-taniq  qaydlar  bu 
xulosani tamom inkor etmoqda.   
Oltin  O‘rda  davlatida,  qisman,  mo‘g‘ul  tilining  ham  amal 
qilganligini  e’tirof  etmoq  lozim.  Bunga  Volga  bo‘yidan 
topilgan  XIV  asrdan  qolgan  yodgorlikni  misol  keltirish 
mumkin.  Qo‘lyozma  uyg‘ur  xatida  yozilgan  bo‘lib,  matnning 
katta  qismi  mo‘g‘ul  tilida,  kichikroq  bo‘lagi  esa  turkiyda. 
Bundan  boshqa  ham  uyg‘ur  xati  bilan  mo‘g‘ul  tilida  bitilgan 
rasmiy  hujjatlar  ma’lum.  Aftidan,  mo‘g‘ul  zadagonlari  o‘z 
saroylarida, uy ichida (tor doirada) mo‘g‘ulcha so‘zlashganlar. 
Hatto  Botuxon  davrida  (1227–1255)  rasmiy  yozishmalar  ham 
mo‘g‘ulcha  olib  borilganligi  to‘g‘risida  ma’lumotlar  bor. 
Lekin,  bu  hodisani  Oltin  O‘rda  davlatining  rasmiy  tili 
mo‘g‘ulcha edi, deb tushunmaslik kerak. 
Tarixiy  manbalardan  ma’lumki,  XIII  asrda  dunyo  yuzini 
ko‘rgan  mo‘g‘ul  ipmeriyasiga  qaram  o‘lkalar  turklarning  asl 
yurti  bo‘lgan.  Imperiya  chog‘ida  ham  bu  yerlarda  turklar 
yashagan. Mo‘g‘ul zadagonlari boshda davlat ishlarini mo‘g‘ul 
tilida  olib  borishga  urinib  ko‘rdilar.  Buning  imkoni 
bo‘lmagach,  rasmiy  ishlarni  turkiyda  olib  borishga  majbur 
bo‘ldilar.  Hatto  mo‘g‘ul  zadagonlari  orasida  islomni  qabul 
qilganlari  ham  bo‘ldi.    Mashhur  sayyoh  Ibn  Battuta 
sayohatnomasida  turk  o‘lkalariga  kelib  qolgan  tatarlar 
(mo‘g‘ullar)ning  islom  dinini  qabul  qilganligini  tasdiqlovchi 
dalillar bor. Chunonchi, u Samarqand tashqarisidagi Qusam ibn 
Abbos  ibn  Abdul  Muttalib  muqaddas  ziyoratgohi  to‘g‘risida 
yoza turib ta’kidlaydi: “Tatarlar ham qabrni tavvof etish uchun 
kelib,  ko‘plab  pul  sadaqa  qiladilar,  sigir  va  qo‘ylarini 


 
28
qurbonliqqa  olib  keladilar,  dirham  va  dinor  ehson  etadilar... 
Tatarlar  hali  o‘tparast  ekanliklarida  ham  mana  shu  muqaddas 
maqbaraga  tegmaganlar,  hatto  uning  mo‘’jizalariga  guvoh 
bo‘lib sig‘ina boshlaganlar” (Иброҳимов 1993,75).  
Oltin O‘rdada davlat ishlari,  ichki va rasmiy munosabatlar, 
xalqaro diplomatik aloqalar, asosan, turkiyda yuritilgan. Bunga 
Tuxtamishxonning 1393 yili polyak qiroli Yag‘ayliga yo‘llagan 
uyg‘ur  yozuvli  yorlig‘i,  Temur  Qutlug‘ning  1397  yili  uyg‘ur 
xati bilan bitilgan yorlig‘i misol bo‘la oladi. 
XIV–XV  asrlarda  Xorazm  adabiy  muhitida  “chig‘atoy 
turkiysi”da yozilgan badiiy asarlar ham Oltin O‘rda til vaziyati 
to‘g‘risidagi  ko‘zqarashlarga  oydinlik  kiritadi.  Xorazm 
shoirlari  qadimgi  turk  adabiyoti  va  tili  an’analarni  saqlagan 
holda turkiy tilda ijod etganlar. Muhimi shundaki, Oltin O‘rda 
adabiy  muhitida  yaratilgan  asarlarning  bari  “chig‘atoy 
turkiysi”dadir.  Bu  hodisa  “chig‘atoy  ulusi”  va  Oltin  O‘rda, 
qolaversa,  mo‘g‘ullar  qaramog‘idagi  barcha  turk  o‘lkalarida 
umumiy  bo‘lgan  adabiy  til  amal  qilgangidan  dalolat  beradi. 
Nasiruddin 
Rabg‘uziyning 
“Qisasi 
Rabg‘uziy” 
asari, 
Xorazmiyning “Muhabbatnoma” dostoni Oltin O‘rda (Xorazm) 
adabiy maktabining qimmatli namunalaridir.  
Qutbning  “Xusrav-u  Shirin”  dostoni  ham  Oltin  O‘rda 
adabiyoti va adabiy tilining yorqin o‘rnaklaridan. Mahmud bin 
Ali bin as-Saroyining “Nahju-l-faradis” asari ham ayni maktab 
ta’sirida  yuzaga  keldi.  Asar  1357–1358  yili  Oltin  O‘rdaning 
poytaxti Saroy shahrida bitilgan.  
Demak,  yozma  manbalar,  Oltin  O‘rda  adabiy  muhitidan 
qolgan o‘nlab badiiy asarlar, o‘sha zamonlardan qolgan tarixiy 
asarlardagi  ma’lumotlarga  tayanib,  XIII–XIV  asrlarda  Oltin 
O‘rda  davlatining  rasmiy  tili  turkiy  til,  yozuvi  esa  uyg‘ur  xati 
edi, degan qat’iy xulosaga kelish mumkin. 
O‘rta Osiyoning mo‘g‘ul istelosi davri tarixi xususida XIV 
asrning  birinchi  yarmida  o‘tgan  mashhur  tarixchi  sayyoh  Ibn 
Battutaning  “Tuhfatu-n-nuzzar  fiy  g‘aroyibu-l-amsor  va 


 
29
ajoyibu-l-Asfor”  degan  sayohatnomasi  katta  o‘rin  tutadi. 
Sayyohning  O‘rta  Osiyoga  sayohati  Tarmashirin  hukmronligi 
davriga  to‘g‘ri  keladi.  Mavoraunnahr  sultoni  Alouddin 
Tarmashirin  haqida  Ibn  Battuta  shunday  ma’lumot  beradi:  “U 
qudratli  hukumdor,  qo‘shini  ham  juda  ko‘p.  U  juda  katta 
podsholik ustidan hukmron, o‘zi baquvvat va adolatli odamdir. 
Mamlakati  jahonning  to‘rt  ulug‘  podshosi:  Xitoy  podshosi, 
Hindiston  podshosi,  Iroq  podshosi  va  podsho  o‘zbek  mulklari 
orasida  o‘rinlashgan.  ...  U  mamlakatni  o‘z  birodari  al-
Jakatoydan  keyin  qo‘lga  olgan.  Bu  al-Jakatoy  esa  o‘tparast 
bo‘lib, taxtga katta akasi Kabakdan keyin o‘tirgan. Kabak ham 
g‘ayridin, ammo o‘z ra’iyatiga adolatli, musulmonlarni hurmat 
qiladigan  kishi  bo‘lgan”  (Иброҳимов  1993,67).  Alouddin 
Tarmashirin bilan bo‘lgan uchrashuvida sultonning turkiy tilda 
so‘zlaganini ta’kidlaydi.  
Ibn  Battuta  yozadi:  “Men  u  yerda  “o‘rdu”  deb  ataladigan 
qarorgohda  bir  necha  kun  turib  qoldim.  Bir  kuni  odatdagidek 
masjidga  kirib  bomdod  nomozini  o‘qidim.  Nomoz  tugagach, 
kimdir  menga  sulton  ham  shu  masjidda  ekanligini  aytdi.  Men 
o‘rnimdan  turib  unga  salom  berish  uchun  yaqiniga  bordim. 
Shayx  Hasan  va  faqih  Hisomiddinu-l-Yoqiy  sultonga  mening 
to‘g‘rimda,  bu  yerga  bir  necha  kun  muqaddam  kelganligim 
haqida  so‘zlab  berishdi.  Sulton  menga  turkiy  tilda  murojaat 
qildi:  “Xushmisan,  yaxshimisan,  qutlug‘  o‘lsun”  (Иброҳимов 
1993,68). 
Sulton  bilan  boshqa  bir  uchrashuvi  to‘g‘risida  yozadi: 
“Shoh huzuriga – chodirga kirib, uni oltin qadalgan ipak mato 
to‘shalgan taxtda o‘tirganini ko‘rdim, bu taxt minbarga o‘xshab 
ketardi.  Chodirning  ichi  zar  ipak  bilan  to‘qilgan  mato  bilan 
qoplangan,  sultonning  tepasida  bir  tirsak  balandligida 
qimmatbaho  toshlar  ila  bezatilgan  toj  osig‘liq  turardi.  Ulug‘ 
amirlar  sultonning  o‘ng  va  so‘l  tarafida  o‘rindiqlarda  o‘tirib 
olishgan,  ular  oldida  esa  podishohning  bolalari  qo‘llarida 
yelpig‘ich  tutib  turishardi.  Chodirga  kiraverishda  noib,  hojib, 


 
30
Sohibu-l-alloma  (muhr  egasi)  turishibdi.  Ular  (muhrni)  “ol 
tamg‘a”  deb  atashadi.  “ol”  –  “qizil”  va  “tamg‘a”  –  “muhr” 
ma’nosini  bildiradi.  Men  chodir  ichiga  qadam  qo‘yganimda 
shu to‘rt kishi menga peshvoz chiqib, men bilan birga ichkariga 
kirishdi. Men sultonga salom berdim, u savollar berdi. Sohibu-
l-alloma  so‘zlarimni  tarjima  qilib  turdi.  Suhbatimiz  mavzui 
Makka, Madina, Quddus (Alloh ularni yanada yuksaltirsin), al-
Xalil, Damashq, Misr haqida, al-Maliku-n-Nosir, ikkala Iroq va 
ularning  podshosi,  shuningdek,  fors  mamlakatlari  to‘g‘risida 
edi” (o‘sha kitob, 69- bet). 
Muhimi,  Ibn  Battuta  Mavoraunnahrdan  o‘tib  Hindistonga 
borgan  chog‘dagi  xotiralarida  ham  turklarga  oid  bir  misolni 
keltiradi.  Bu  misol  Tarmashirinning  o‘g‘li  bilan  bog‘liq. 
Sayyoh yozadi: “Hind tuprog‘iga qadam qo‘yganimdan ikki yil 
o‘tgach,  shunday  bir  xabar  eshitdim:  Sultonning  (ya’ni 
Tarmashirinning) heshlari va amirlari Xitoy bilan chegaradosh 
uzoq  viloyatga  uning  ko‘pchilik  qo‘shini  turgan  joyga 
to‘planib,  sultonning  Buzan-o‘g‘li  ismli  o‘g‘liga  qasamyod 
etganlar.  U  yerda  shahzodalarni  “o‘g‘li”  deb  atashadi” 
(Иброҳимов 1993,70). 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish