Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


Turk  davlatlaridan  tashqi  o‘lkalarda  turkiy  tilning



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/186
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#257869
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   186
Bog'liq
turkiy til tarixi

Turk  davlatlaridan  tashqi  o‘lkalarda  turkiy  tilning 
mavqei  masalasi.  Misr  va  Suriya  tarixida  mamluklar  davlati 
(1250–1517 yillar) nomi bilan ataluvchi ijtimoiy-siyosiy tuzum 
chuqur  iz  qoldirgan.  Mamluklar  ayyubiy  sultonlarning  qo‘lida 
xizmat  qilgan,  kelib  chiqishi  qipchoq  qullardan  edi.  Zamona 
zayli  bilan  qachonlardir  bu  yurtlarga  qul  (mamluk)  sifatida 
sotib  olib  keltirilgan  qipchoqlarning  yetakchilari,  qo‘shin 
boshliqlari  mahalliy  sultonu  amirlarning  kuchsizlanuvidan 
foydalanib,  davlatni  qo‘lga  oldilar.  Ushbu  mamluk-qipchoq 
davlatining asoschisi Sulton Baybars edi.  
Mamluklar  zamonida  davlat  va  jamiyat  boshqaruvi 
turklarning  qo‘liga  o‘tdi.  Mamlakatning  madaniy,  siyosiy 
ishlarida  turklarning  ta’siri  kuchaydi.  Buning  oqibatida 
hukumdorlarning  tili  bo‘lmish  turkiy  tilga  e’tibor  qaratildi, 
hukumdorlarning  tili  sifatida  turkiyning  mavqei  ko‘tarildi. 
Turkiy  til  mamluklar  davlatining  rasmiy  tiliga  aylandi.  Bu 
kezlar  arablarning  turkiy  tilni  o‘rganishlari  uchun  grammatika 
va  lug‘atlar,  turli  qo‘llanmalar  yaratilgan.  Misr  va  Suriyada 
turkiy  adabiyot  ham  yuzaga  kela  boshladi.  Amir  va 
sultonlarning  buyrug‘i  bilan  turkiy  tilda  badiiy  asarlar  ijod 
etildi,  arab  va  fors tillaridan tarjimalar qilindi.  Eng sara turkiy 
asarlar  ularning  kutubxonalari  uchun  ko‘chirtirildi.  Bu  kezlar 
Misr va Suriya bilan Anato‘li, Xuroson, Turkiston, Oltin O‘rda, 
Ozarbayjon  o‘rtasida  madaniy,  adabiy  aloqalar  kengaydi. 


 
34
Yozishlaricha, 
Qohira 
madrasasida 
Oltin 
O‘rda 
va 
Turkistondan  kelgan  olimlar  mudarrislik  qilganlar  (Eckmann 
2003,52). 
Mamluk-qipchoq  adabiyotining  eng  eski  namunasi  Berka 
Faqihning she’ridir. Berka Faqih 1383 yili Iskandariyada Oltin 
O‘rdaning  mashhur  shoiri  Qutbning  “Xusrav-u  Shirin” 
masnaviysini  ko‘chirgan.  Uning  oxiriga  o‘zi  51  baytli  xotima 
ham yozib kiritgan. 
Mamluk-qipchoq  adabiyotining  yirik  namoyandasi  Sayfi 
Saroiydir.  Uning  kelib  chiqishi  Saroy  shahridan  edi, 
keyinchalik  Misrga  ketdi.  U  1391  yili  Sa’diyning  “Guliston” 
asarini turkiyga erkin tarjima qildi. Asar “Kitob-i Guliston bit-
turkiy” deb ataladi. 
Mamluklar  davlatining  ba’zi  hukumdorlari  ham  ijod 
qilganlar.  Ularning  turkiy  tildagi  she’rlaridan  yetib  kelgan 
(Eckmann 2003,57–59). 
Mamluk-qipchoq  adabiyotida  tarjima  asarlar  ham  yuzaga 
keldi.  1510  yili  Firdavsiyning  “Shohnoma”si  turkiyga  tarjima 
qilingan.  Tarjimoni  Husayn  b.  Husan  b.  Muhammad  al-
Husayniydir.    
Mamluklar  davrida  turkiy  tilda  ilmiy  asarlar  ham 
yaratilgan,  arab  yoki  fors  tillaridan  turkiyga  tarjima  qilingan. 
O‘sha  davrda  yaratilgan  fiqh  kitoblari,  tibbiy  asarlar, 
chavandozlikka oid asarlardan bizgacha yetib kelgan (Eckmann 
2003,60–66).  
Fiqh(islom  shariat  ilmi)ga  tegishli  asarlar  quyidagilardir: 
arab tilidan o‘girilgan  “Irshodu-l-muluk  vas-salotin”,  “Kitobu-
l-fiqh” 
asarlari, 
“Kitob 
muqaddimat 
Abil-Lays 
as-
Samarqandiy”,  fatvolar  majmuasidan  iborat  “Kitob  fil-fiqh  bi-
lisoni-turkiy” risolalaridir. 
Tibbiyotga 
oid 
asarlar 
otlarning 
qiliqlari, 
otlarda 
uchraydigan kasalliklar va ularni davolash choralari to‘g‘risida, 
ot  parvarishi  bilan  bog‘liq.  Bular  arabchadan  tarjima  qilingan 


 
35
“Kitob  baytaratu-l-vozih”  hamda  forschadan  o‘girilgan 
“Kitobu-l-xayl” risolasidir . 
Chavandozlikka  tegishlilari  arabchadan  tarjima  etilgan 
“Xulosa”  yoki  “Kitob  fi  ilmun-nussob”  hamda  “Munyatu-l-
quzob” asarlaridir.  
Arablarga  turkiy  tilni  o‘rgatish  uchun  yirik  grammatik 
asarlar, qo‘llanmalar yaratilgan.  
Turkiy  til  ayrim  davrlarda  Hindistonda  ham  amal  qilgan. 
Hindistonda  turkiy  tilga  Dehli  sultonligi  davrida,  keyinchalik 
Boburiylar hukumronligi zamonida katta e’tibor qaratilgan edi. 
Atoqli  jamoat  arbobi,  Zahiriddin  Bobur  o‘z  saltanatida  turkiy 
va  forsiyning  amal  qiluviga  katta  e’tibor  qaratdi,    turkiy 
adabiyotning gullab yashnashiga imkoniyat yaratib berdi. U va 
uning  farzandlari  zamonida  Hindistonda  turkiy  tilda  yirik 
tarixiy,  badiiy  asarlar  yaratildi.  Bobur  o‘z  asarlarining  ko‘pini 
o‘sha  tuproqda  ekanligi  chog‘ida  bitdi.  “Boburnoma”, 
“Mubayyan”,  she’riy  devoni  ham  o‘sha  chog‘lar  Boburning 
saltanat davrida yozib tugallandi. Boburdan so‘ng turkiyda ijod 
etish  an’anasini  Kamron  Mirzo  va  boshqalar  davom  ettirdi. 
Hindistonda yaratilgan badiiy adabiyot o‘zbek adabiyoti tarixi, 
adabiy tili (“chig‘atoy turkchasi”)ning noyob namunalaridir. 
 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish