Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/186
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#257869
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   186
Bog'liq
turkiy til tarixi

 
 
 


 
55
Muhokamatu-l-lug‘atayn” asari 
 
Ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiy o‘zining “Muhokamatu-l-
lug‘atayn”  (“Ikki  tilning  muhokamasi”)  asarini  hijriy  905 
(melodiy  1499)  yilda  yozdi.  Ushbu  risola  muallifning  yigitlik 
zhtiroslari  va  jo‘shqin  hissiyotlar  ta’sirida  yaratilgan  emas. 
Navoiy bu asarini tirikligining so‘nggi kezlarida – uzoq hayotiy 
tajriba  to‘plagan,  ilmiy  dunyoqarashi  maqomiga  yetgan, 
tafakkur doirasi peshlangan bir chog‘da yozdi. 
“Muhokamatu-l-lug‘atayn”ning  to‘rt  qo‘lyozma  nusxasi 
ma’lum:  
1.  Nusxalardan  birinchisi  Istanbuldagi  To‘pqopi  saroyi 
muzeyi Revan kutubxonasida 808 raqami ostida saqlanayotgan 
Navoiy  kulliyoti  tarkibida.  Ushbu  qo‘lyozma  1497  yili 
ko‘chirilgan.  
2.  Asarning  yana  bir  nusxasi  Istanbuldagi  Sulaymoniya 
kutubxonasining  Fotih  bo‘limida  saqlanayotgan  4056  raqamli 
Navoiy kulliyotiga kirgan.  
3.  Parij  nusxasi.  Ushbu  nusxa  Milliy  kutubxonada 
saqlanayotgan  (Suppl.  Turc.  316–317-  raqamli  qo‘lyozma) 
Navoiy  kulliyoti  tarkibida.  Qo‘lyozma  1526–1527  yillarda 
ko‘chirilgan. 
4.  Asarning 
yana 
bir 
qo‘lyozmasi 
Budapeshtda 
saqlanmoqda. 
“Muhokamatu-l-lug‘atayn” birinchi marta 1841 yili Parijda 
M. Katremer tomonidan nashr etildi. 1882 yili Bog‘chasaroyda 
I.  G‘aspirali,  1895  yili  Istanbulda  Ahmad  Javdat nashr  ettirdi. 
Asar  1917  yili  Qo‘qonda  toshbosma  usulda  chop  etilgan. 
Toshkentda Parso Shamsiev asarni uch qayta bostirdi: 1940 yili 
O. Usmon bilan birgalikda lotin alifbosida kirish so‘z, matn va 
hozirgi o‘zbekcha talqinini berdi. Ushbu nashrga asarning parij 
nusxasi  asos  qilib  olingan  edi.  Yana  1948  va  1967  yillarda 
yakka o‘zi kirill xatida nashr ettirdi. 
Asar Anqara, Ashgabad, Urumchida ham chop etilgan.  


 
56
1996  yili  asar  Anqarada  Turk  tili  qurumi  tomonidan 
yangidan  chop  ettirildi  (‘Ali  Şir  Nevayi.  Muhakemetü’l-
luğateyn (İki Dilin Muhakemesi). Hazırlayan F. Sema Barutçu 
Özönder).  Mazkur  nashr  asarning  mavjud  qo‘lyozmalari 
asosida yig‘ma-qiyosiy matn ko‘rinishida tayyorlangan. 
Asarning  toshkent  nashrlari  ichida  eng  to‘lig‘i  1940 
yildagisi  sanaladi.  Unda  matn  boshdan  oxir  keltirilgan.  Lekin 
keyingi  ikki  nashri  (1948  va  1967)  ayrim  qisqartishlar  bilan 
bosilgan:  siyosat  taqazosi  bilan  asarning  ayrim  o‘rinlari, 
arabcha  diniy  mazmunli  iboralar  tushirib  qoldirilgan. 
Jumladan,  kitob  muqaddimasidagi  tangriga  bag‘ishlangan 
hamdu  sano  berilmagan.  Muhimi  shundaki,  bu  qismda 
Ollohning  marhamatu  qudratini  madh  etuvchi  uch  ajoyib 
ruboiy ham bor. Yana toshkent nashrida Navoiyning arab tilini 
ta’riflab yozgan ayrim jumlalari ham tushirilgan. 
Anqara nashrida qayd etilganlarning bari to‘liq. 
“Muhokamatu-l-lug‘atayn”  turkiy  tilning  gullagan  bir 
chog‘ida, uning ilmiy grammatikasi sifatida dunyoga keldi. 
“Muhokamatu-l-lug‘atayn”  –  tilshunoslik  asari.  Muallif 
ushbu  risolasi  bilan  turkiy  tilshunoslik  tarixiga  o‘zining  katta 
ulushini  qo‘shdi.  Navoiyning  ushbu  asarni  yozishdan  niyati 
turli  oilaga  tegishli  ikki  buyuk  til  –  turkiy  va  fors  tilini  (fārsî, 
fārsî  til,  sart  tili,  sart  lafzï  deb  ataydi  uni)  shunchaki 
chog‘ishtirib  chiqish  emas.  Uning  maqsadi  turkiyning  fonetik, 
lug‘aviy, morfologik va uslubiy imkoniyatlari cheksiz ekanligi, 
uning  badiiy  adabiyotda  ham,  davlat  ishlari,  diplomatik 
munosabatlarda,  fan  sohasida  ham  to‘la  javob  bera  olishini 
ilmiy  jihatdan  asoslab  berish  edi.  Shuning  uchun  ham  u  til 
faktlarini ilmiy nuqtai nazardan tahlil etadi. 
Navoiy  Sharqda  dovrug‘i  ketgan  to‘rtta  tilga  e’tiborni 
tortadi:  arab,  turkiy,  forsiy,  hindiy.  Bularning  baridan arab tili 
nafislik  bilan  ajralgan  va  badiiylik  bezagi  bilan  mo‘’jiza 
ko‘rsatuvchandir. Bu tilda Olloh (maliki allam jalla va alo)ning 
kalomi  nozil  bo‘lgan  va  payg‘ambarning  saodatga  elituvchi 


 
57
hadislari  o‘sha  tilda  aytilgan.  Bundan  so‘ng  uch  nav  til  borki, 
bular asl va mo‘’tabardir. 
Shundan  so‘ng  muallif  turkiy  va  forsiyning  qiyosiy 
tahliliga  o‘tadi.  U  turkiy  lug‘atning  uslubiy  afzalliklarini 
ko‘rsatish  maqsadida  forsiyda  tengdoshi  yo‘q  yuzta  fe’lni 
keltiradi.  Ularning  yuzta (yuz  lafz)  ekanligini  muallifning o‘zi 
ham  ta’kidlaydi.  Qizig‘i  shundaki,  toshkent  nashrida  ushbu 
fe’llar  to‘qson  to‘qqizta.  Buning  boisi,  asarning  bizga  yetib 
kelgan  qo‘lyozma  nusxalarida  ularning  soni  turlicha:  to‘pqopi 
va  parij  nusxalarida  to‘qson  to‘qqiz,  fotih  va  budapesht 
nusxalarida yuztadir. Ushbu ikki nusxada boshqa qo‘lyozmada 
tushib qolgan yuzinchi fe’l ham bor. U čïmdïlamaq fe’li bo‘lib, 
tartibda  qïčïğlamaq  so‘zidan  keyin  keladi.  Tanqidiy  matn 
tayyorlash jarayonida anqara nashrida matnga ana shu fe’l ham 
kiritilgan.  Bundan  ko‘rinadiki,  haligi  nushani  ko‘chirayotgan 
kotib bu so‘zni tasodifan tushurib qoldirgan. 
Navoiy keltirgan nozik ma’noli fe’llar quyidagi tartibdadir: 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish