Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/186
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#257869
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   186
Bog'liq
turkiy til tarixi

 
 
 
 


 
51
Alisher Navoiyning o‘zbek adabiy tilini yuksaltirishdagi 
ulushi  
 
Turkiy  adabiy  tilning  rivojiga  ulkan  hissa  qo‘shganlar 
orasida  ulug‘  mutafakkir  Alisher  Navoiyga  (Nizomuddin  Mir 
Alisher  Navoiy  bin  G‘iyosuddin  Bahodur)  tenglashadigani 
chiqmadi.  
Alisher  Navoiy  merosini  quyidagi  turkumlarga  ajratish 
mumkin:  
I. Devonlari: 1) “Xazoyinu-l-moniy” (“Ma’nolar xazinasi”. 
Bu  to‘rt  devonni  o‘ziga  birlashtiradi:  “G‘aroyibu-s-sig‘ar” 
(“Bolalik  qiziqliqlari”); 
“Navodiru-sh-shabob”  (“Yigitlik 
nodiralari”);  “Badoyiu-l-vasat”  (“O‘rta  yosh  badialari”); 
“Favoyidu-l-kibar” (“Qarilik foydalari”).  
2) Forscha devoni (“Devon-i Foniy”). 
II.  Dostonlari.  Bularning  beshtasi  “Xamsa”  tarkibida:  1) 
“Hayratu-l-abror”  (“Yaxshilarning  hayrati”);  2)  “Farhod-u 
Shirin”; 3) “Layli-vu Majnun”; 4) “Sab’a-i sayyora”; 5) “Sadd-
i  Sikandari”  (“Iskandar  devori”).  Yana  bir  dostoni  “Lisonu-t-
tayr” (“Qush tili”)dir. 
III.  Tazkiralari:  1)  “Majolisu-n-nafois”;  2)  “Nasoyimu-l-
muhabba min shamoyimi-l-futuvva”.  
IV.  Filologik  asarlari:  1)  “Risola-i  muammo”;  2) 
“Me’zonu-l-avzon”  (“Vaznlar  mezoni”);  3)  “Muhokamatu-l-
lug‘atayn” (“Ikki til muhokamasi”); 4) “Sab’at abhur” lug‘ati. 
V. Tarixga oid asarlari: 1) “Tarix-i anbiyo-vu hukamo”; 2) 
“Tarix-i  muluk-i  Ajam”;  3)  “Zubdatu-t-tavorix”  (“Tarixlar 
xulosasi”).  
VI.  Diniy-axloqiy  asarlari:  1)  “Munojot”;  2)  “Arbain” 
(“Qirq hadis”) = “Nasru-l-laoliy” (“Marvaridlar sochmasi”); 3) 
“Nazmu-l-javohir” 
(“Javharlar 
tizmasi”); 
4) 
“Siroju-l-
muslimin” (“Musulmonlar chirog‘i”); 5) “Mahbubu-l-qulub”. 


 
52
VII. Manoqiblar (avtobiografik asarlar): 1) “Holat-i Sayyid 
Hasan  Ardsher”;  2)  “Xamsatu-l-mutaxayyirin”;  3)  “Holat-i 
Pahlavon Muhammad”.  
VIII. Hujjatlar: “Vaqfiyya”; 2) “Munshaot”. 
Alisher  Navoiy  asarlari  tilining  hozirgi  o‘zbek  shevalariga 
munosabati  xususida  o‘zbek  tilshunoslari  orasida  har  turli 
qarashlar  yuradi.  Shulardan  biri  Zahiriddin  Muhammad 
Boburning  “Boburnoma”da  Navoiy  asarlarining  tili  haqida 
keltirgan  so‘zlari  asosida  yuzaga  keldi.  Chunonchi,  Bobur 
Farg‘ona  viloyatiting  poytaxti  Andijon  ta’rifida  yozadi:  Eli 
türkdür.  Šahri-vu  bāzārïsïda  türkî  bilmäs  kiši  yoqtur.  Eliniŋ 
lafzï  qalam  bilä  rāsttur.  Ne  üčün-kim,  Mir  ‘Ališer  Navāyînïŋ 
musannafātï  bāvujud-kim,  Hirida  našu  namā  tapïptur,  bu  til 
bilädür (B.critical.5).  
Zahiriddin  Boburning  ushbu  so‘zlarini  ro‘kach  qilib,  ba’zi 
olimlar  Navoiy  asarlari  tilining  asosini  andijon  shevasi  tashkil 
etgan  deya  qaraydilar  (Дониёров  1968).  Boshqa  bir  olimlar 
Navoiyning  Andijonda  bo‘lmaganligini  vaj’  qilib,  bu  fikrni 
inkor etadilar (Aбдуллаев 1968).  
Ta’kidlash  joizki,  bu  o‘rinda  Bobur  haq.  Tarixda  Navoiy 
merosiga,  qolaversa,  uning  ijodiga,  mahoratiga    xolis  baho 
berganlardan biri ham Bobur bo‘ladi. Biroq, “Boburnoma”dagi 
ma’lumotlarni,  to‘g‘rirog‘i,  matnni  xato  tushunish,  noto‘g‘ri 
talqin  etish  oqibatida  olimlarimiz  ichida  turli  bahslar  kelib 
chiqmoqda. 
Anglashilmovchilik matndagi Eliniŋ lafzï qalam bilä rāsttur 
jumlasining  xato  talqin  etilayotganida.  Buni  ular  “andijon 
elining  tili  (ya’ni  shevasi)  adabiy  til  bilan  mos  keladi”  deya 
izohlaganlar.  Shunday  bo‘lgan  taqdirda  buning  davomidagi 
Navoiy asarlari xususida aytilgan mulohazalar ham o‘z-o‘zidan 
shunga  bog‘lanadi-qoladi.  O‘sha  qarashni  quvvatlaydigan 
bo‘lsak,  matnni  “Hirotda  yuksakliklarga  erishgan  Navoiy 
asarlarining  tili  ham  ayni  shevaga  mos”  deya  talqin  etishdan 
boshqa yo‘l qolmaydi. 


 
53
Fikrimizning isboti uchun Bobur aytgan o‘sha jumlalarning 
ma’nisini bir boshdan chaqib ko‘raylik. E’tibor berilsa, muallif, 
matnda  Farg‘ona  viloyati  to‘g‘risida  ma’lumot  bera  turib,  bu 
yurtning  xalqi  turklar,  tilining  esa  turkiy  til  ekanligini 
ta’kidlamoqda. Matndagi Eliniŋ lafzï qalam bilä rāsttur jumlasi 
ikki  xulosaga  olib  keladi:  1)  mazkur  jumlada  Farg‘ona 
(Andijon) elining lafzi (ya’ni turkiy til) yozma shaklda (badiiy 
adabiyot orqali) mashhur ekanligi ta’kidlanmoqda; 2) bu jumla 
mantiqan  xalq tili adabiy tilga  yaqin ekanligini  ham anglatadi. 
Adabiy  til  tarixida  bunday  hodisa  uchrab  turadi.  Masalan, 
qoraxoniylar  davri  adabiy  tilida  koshg‘ar  shevasi  yetakchilik 
qilgan.  Shundan  kelib  chiqib,  o‘sha  davr  adabiy  tili  ayrim 
manbalarda  “koshg‘ar  tili”  deb  ham  atalgan.  Boburning 
yozmalaridan  ham  o‘sha  davrda  farg‘ona  shevasi  adabiy  tilga 
yaqin ekanligi ma’lum bo‘ladi. 
Matn  tahlilida  davom  etamiz.  Bobur  Hirot  adabiy 
maktabining  namoyandasi  bo‘lgan  Alisher  Navoiy  haqida 
so‘zlab, uning ham asarlari ushbu turkiy adabiy tilda ekanligini 
ta’kidlaydi.  Buning  bilan  Bobur  Navoiy  asarlarining  tiliga 
andijon  shevasi  asos  bo‘lganligini  emas,  balki  Farg‘ona  va 
Hirot  adabiy  muhitlarida  yagona  adabiy  til  amal  qilganini 
ta’kidlamoqda.  Boburning  ushbu  ma’lumoti  temuriylar 
davlatining  barcha  o‘lkalarida  yagona  turkiy  adabiy  til  (eski 
o‘zbek  adabiy  tili  //  “chig‘atoy  turkiysi”)  amal  qilganiga 
guvoh. 
Mulohazalardan  kelib  chiqib,  Boburning  Farg‘ona  elining 
tili to‘g‘risida yozgan so‘zlarini shunday talqin qilish mumkin: 
“Eli turkdir. Shahri va bozorlarida turkiy bilmas kishi  yo‘qdir. 
Elining lafzi qalam bilan [yozma adabiyot tili, yozma adabiy til 
bilan]  mosdir.  Ne  uchun-kim  [ajablanarlisi],  Mir  Alisher 
Navoiyning  tasniflari  [asarlari],  (uning  o‘zi)  Hiriyda  o‘sib-
ulg‘ayganligiga  qaramay,  ushbu  tilda  [Farg‘ona  va  Hirot 
adabiy muhitlari uchun yagona bo‘lgan adabiy tilda]dir”.  


 
54
Navoiy  asarlarining  tili  haqida  so‘z  ketganda  uni  o‘sha 
kezlardagi  mavjud  shevalarning  birortasiga  bog‘lab  qo‘yish 
mumkin  emas.  U  Xurosondagina  emas,  butun  Temuriylar 
saltanatida,  Oltin  O‘rda,  qolaversa,  musulmon  turk  ellarida 
amal qilgan adabiy tilda ijod qildi. U o‘z ijodi bilan temuriylar 
zamonida amal qilgan butun bir adabiy oqimning boshida turdi, 
turkiy  adabiy  tilga  yetakchilik  qildi.  Buni  “Lisonu-t-tayr” 
asarida uning o‘zi ham ta’kidlagan edi: 
Türk nazmïda ču men tartïp ’alam 
Äylädim ul mamlakatni yakqalam (LT.268). 
Navoiy  mamlakatni  yakqalam  äylädim  deganda  o‘z 
asarlarining  hamma  uchun  tushunarli  bo‘lgan  adabiy  tilda 
ekanligini qayd etmoqda. 
Alisher  Navoiy  asarlarining  tili  Navoiydan  burun  o‘tgan 
yoki  unga  zamondosh  shoirlarning  asarlari  tilidan  o‘zlashgan 
so‘zlar  sonining  ortiqligi  bilan  ajralib  turadi.  Mavlono  Lutfiy, 
Sakkokiy,  Atoiy,  hatto  Husayn  Boyqaro  asarlari  ham  tilining 
soddaligi  bilan  ajralib  turadi.  Buni  o‘sha  kezlar  Hirot  aholisi 
asosan forsiyzabonlar edi, bu jarayon Novoiy asarlarining tilida 
o‘z aksini topgan, deya baholamaslik kerak. Bu, avvalo, adabiy 
muhitning  ta’siri,  qolaversa,  Navoiy  asarlari  uslubining 
ko‘tarinkiligi,  o‘ta  murakkabligi  bilan  bog‘liq.  Adabiy  ta’sir, 
adabiy  an’analar  bilan  til  vaziyati  boshqa  hodisa.  O‘sha  davr 
Hirot adabiy muhitida turkigo‘y shoirlar orasida fors tilida ijod 
etish 
an’anaga 
aylangan 
edi. 
Buni 
“Muhokamatu-l-
lug‘atayn”da  Navoiyning  o‘zi  ham  ta’kidlaydi.  Temuriylar 
zamonida  Samarqand,  Andijon  yoki  boshqa  o‘lkalarda  ikki 
tillilik  buning  qadar  emasdi.  Navoiy  o‘z  asarlarini  o‘ta  badiiy 
ko‘tarinki  uslubda  yaratdi,  arabiy,  forsiy  so‘zlardan  keng 
foydalandi.  Bu  xizmatlari  bilan  u  eski  o‘zbek  adabiy  tili 
tarixida o‘ziga xos bir uslubga asos soldi. 
  

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish