Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


O‘ZBEK TILSHUNOSLIGINING YUZAGA KELISHI VA



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/186
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#257869
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   186
Bog'liq
turkiy til tarixi

 
O‘ZBEK TILSHUNOSLIGINING YUZAGA KELISHI VA 
YUKSALUV BOSQICHLARI 
 
Turklarning  o‘qimishli  kishilari  o‘z  tillarining  tarixiga, 
uning  qonuniyatlarini  o‘rganish,  sirlarini  bilishga  burundan 
qiziqib keladilar. Bu istak va urunishlar turkiy tilshunoslikning 
fan  sifatida  yuzaga  keluviga  turtki  bo‘ldi.  Eski  chog‘lardayoq 
tilni tadqiq etishning metodologik asoslari ishlab chiqilgan. Har 
bir davrning o‘ziga xos usullari, metodologik asoslari bor. 
O‘zbek  tilini  o‘rganish  va  o‘qitishning  hozirgi  metodlari 
XX  asrning  30-  yillarida  shakllandi.  O‘zbek  tilshunosligining 
yangi,  zamonaviy  metod  va  usullari  G‘arb,  xususan,  rus 
tilshunosligi ta’sirida yuzaga kelgan. Bunga qadar turkiy tillar, 
jumladan, o‘zbek tili sharq, xususan, arab tilshunosligi etkisida 
yuzaga  kelgan  metod  va  usullarda  o‘rganilar,  maorif  ishlarida 
ayni prinsiplar asosida o‘qitilar edi.      
Tadqiq  etish  metodologiyasiga  ko‘ra  turkiy,  jumladan, 
o‘zbek tilshunosligi tarixini uch bosqichga ajratish mumkin: 1. 
Eng eski davr turk tilshunosligi. 2.  Arab tilshunosligi ta’sirida 
yuzaga  kelgan  turkiy  tilshunoslik.  3.  Hozirgi  o‘zbek 
tilshunosligi. 
Eng eski davr (ko‘k turk va uyg‘ur xoqonliqlari davri) turk  
tilshunosligi  (bu  VI–X  yuzyilliklarni  qamraydi).  Ko‘k  turk  va 
qadimgi  uyg‘ur  xoqonliqlari  davridan  grammatik  asar 
uzindilari,  alifbolar  va  lug‘at  parchalarigina  qolgan.  Lekin 
tilshunoslikka  bag‘ishlangan  maxsus  yirik  asarlar  saqlangan 


 
70
emas.  Shunga  qaramay,  o‘sha  kezlar  tilshunoslik  bilimlari 
yuqori  darajada  bo‘lganidan  darak  beruvchi  belgilar  bor. 
Jumladan,  turkiy  yozuvlar  o‘sha  davr  tilshunosligining 
darajasini  belgilovchi  omillardan  biridir.  Turklar  o‘sha  kezlar 
bir  emas,  bir  qancha  takomillashgan  fonetik  yozuvlardan 
foydalangan. Shulardan biri ko‘k turk alifbosi. E’tiborlisi, ko‘k 
turk  yozuvi  ibtidoiy  qarashlar,  sodda  lisoniy  bilimlar  asosida 
yaratilgan emas. U turkiy xalqlarning tarix davomida qo‘llagan 
yozuvlari  ichida  eng  yetugi,  qadimgi  turkiy  tilning  fonetik-
fonologik  o‘zgachaliklarini  o‘zida  yorqin  aks  ettirgan  alifbosi 
edi.  Bizgacha  saqlangan  bitiglar  ko‘k  turk  yozuvining  alifbo 
tizimi  va  imlo  prinsiplari  puxta  ishlab  chiqilganidan  dololat 
beradi.  Tabiiyki,  ilmiy-falsafiy  qarashlar  tarixida  tilshunoslik 
bilimlari  shakllanmay  turib,  bundayin  yetuk  bir  yozuvning 
yaratilishi mumkin emas.  
Qadimgi  turk  tilshunosligining  darajasi  uyg‘ur,  moniy, 
suryoniy  yozuvlarining  alifbo  tizimi,  grafik  o‘zgachaliklari, 
harf-tovush 
bog‘liqliklari, 
imlo 
prinsiplarining 
til 
qonuniyatlariga  mos  holda  tuzilganligida  ham  ko‘zga 
tashlanadi.  Masalan,  uyg‘ur  xati  sug‘d  alifbosi  negizida  kelib 
chiqqan.  Turklar  bu  yozuvni  yaratish  chog‘ida  sug‘d  xatining 
imlo  xususiyatlarini  o‘z  tillariga  moslaganlar.  Turkiyning 
fonetik  qonuniyatlariga  muvofiq  holda  o‘zakdosh  yozuvga 
qo‘shimcha  ishoratlar  kiritilgan,  ayrim  harflarga  qo‘shimcha 
vazifalar  yuklangan.  Turklarning  o‘qimishli  kishilari  uyg‘ur 
xatini  yaratish  chog‘ida  qanday  ixtirolar  qilgan  bo‘lsalar, 
moniy  va  suryoniy  xatlarini  ham  shunday  o‘zgartish  bilan 
qabul  qildilar.  Shuning  uchun  moniy  hamda  suryoniy 
yozuvlaridagi  turkiy  matnlarning  grafik  va  imlo  xususiyatlari 
boshqa  tillar,  xususan,  sug‘d  tilidagi  moniy  hamda  suryoniy 
yozuvli matnlardan ajralib turadi.  Demak, o‘sha chog‘lardayoq 
til  bilimi  yuqori  bo‘lgan.  Qadimgi  turkiy  yozuvlar  ayni 
bilimlarga tayangan holda o‘ylab topilgan.  


 
71
Yozma  yodgorliklar  uslubi,  qadimgi  turkiy  tilda  amal 
qilgan  fan  va  madaniyatning  turli  sohalariga  tegishli  atamalar 
tizimi  ham  tilshunoslikning  darajasini  belgilaydi.  Demak, 
tilshunoslik  bilimlari,  tilni tadqiq etishning  metod va uslublari 
ko‘k  turk  va  qadimgi  uyg‘ur  xoqonliqlari  davridayoq 
shakllanib ulgurgan edi. 
O‘sha  kezlardan  qolgan  ko‘k  turk,  uyg‘ur,  moniy 
yozuvlaridagi  bitiglarda  savodxonlik  masalasiga  jiddiy  e’tibor 
qaratilgan.  Savodxonlikni  ta’minlashda  o‘sha  kezlar  yashab 
ijod  etgan  shoir  va  yozuvchilar,  matn  bituvchi  kotiblarning 
xizmati katta.  

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish