Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/186
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#257869
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   186
Bog'liq
turkiy til tarixi

Hozirgi  o‘zbek  tilshunosligi.  XIX  asrning  ikkinchi 
yarmidan  boshlab  Yevropa  mamlakatlarida  turkiy  tillarni 
o‘rganishga  katta  e’tibor  qaratildi.  Ayniqsa,  Rossiyada  bu 
sohada  ko‘p  ishlar  qilindi.  Ayni  sohada  M.A.  Kazem-Bek, 
V.V.  Radlov,  P.M.  Melioranskiy,  A.N.  Samoylovich,  N.F. 
Katanov,  N.I.  Ashmirin  kabi  turkshunoslarning  xizmati 
diqqatga  sazovor.  Rossiya  turkshunosligida  tilshunoslik 
tadqiqotlari quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirildi: 1) Turkiy 
tillarning  grammatikasiga  baІishlangan  asarlar  yaratildi;  2) 
Ko‘k  turk,  uyg‘ur  hamda  arab  yozuvli  o‘rta  asr  turkiy 
yodgorliklar  tadqiq  etildi;  Turkiy  yodgorliklar  tavsifiga 
baІishlangan  asarlar  vujudga  keldi;  3)  Turkiy  tillar  leksikasi 
o‘rganildi;  4)  Rus  olimlari  tomonidan  turkiy  tillarning 
klassifikasiyasi yaratildi. 
XX asr Rossiya turkshunosligida Sankt-Peterburg, Moskva 
turkshunoslik  maktablarida  katta  ishlar  amalga  oshirildi.  Bu 
kezlar  S.E.  Malov,  Y.D.  Polivanov,  A.K.  Borovkov,  A. 
Batmanov,  Yudaxin,  A.N.  Kononov,  V.  Nasilov,  E.V. 
Sevortyan,  A.M.  Shcherbak,  S.N.  Ivanov,  A.  Serebrennikov, 
E.R. Tenishev va boshqa olimlarning xizmati katta bo‘ldi.   
Turkiy  tillar  G‘arbiy  Yevropa  mamlakatlarida  ham  keng 
o‘rganildi.  Bu  sohada  nemis turkshunoslik  maktabi tomonidan 
yaratilgan tadqiqotlar e’tiborga loyiq. 
Turkiy  tillar  ichida  o‘zbek  tilining  o‘rganilishida  XX  asr 
boshlarida  vujudga  kelgan  o‘zbek  tilshunosligini  ham  alohida 
qayd  etish  kerak.  Bu  davrda  tilshunoslikda  “Chig‘atoy 


 
78
gurungi” to‘garagining faoliyati katta. Bu guruhning o‘zbek tili 
lug‘at  tarkibining  sofligi  uchun  olib  borgan  sa’y-harakatlari 
e’tiborga  loyiq.  Bu  guruh  a’zolari  tomonidan  o‘zbek 
tilshunosligida  ilm-fanning  turli  sohalariga  (grammatika, 
matematika, ximiya va boshqa sohalarga) oid terminlar yasalib, 
adabiy  tilga  joriy  etildi.  Bu  davrlarda,  Abdurauf  Fitrat,  G‘ozi 
Olim,  G‘ozi  Yunus,  Qayum  Ramazon  va  boshqa  olimlarning 
faoliyati katta. 
 
S o‘ r o q  v a  t o p sh i r i q l a r: 
 
O‘zbek tili o‘tmishda qanday atalgan? 
O‘tmishda turkiy adabiy til qanday atalgan? 
Ilk  va  o‘rta  asrlarda  Markaziy  Osiyoda  til  vaziyati  qanday 
kechgan edi? 
Turkiy  adabiy  tilning  yuksaluvida  shoir-yozuvchilar,  tarix 
bituvchilar,  olimlar,  tarjimon  va  kotiblarning  qo‘shgan  ulushi  qay 
daraja? O‘rnaklar ko‘magida tushuntiring. 
Lutfan Alisher Navoiyning turkiy adabiy til  yuksaluvidagi ulug‘ 
hizmatlarini ta’riflang.   
Qadimgi  turk  dialektlari  o‘rtasidagi  muhim  farqlar  nimalardan 
iborat? Lutfan o‘rnaklar ko‘magida tushuntiring.  
Turkiy  tilshunoslik  tarixi  qachondan  boshlanadi?  Uning  tarixiy 
bosqichlari deganda nimalar ko‘zda tutiladi? 
Lutfan  hozirgi  tilshunoslik  metodlari  bilan  o‘tmish  tilshunosligi 
metodlarini chog‘ishtiring. 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish