Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/186
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#257869
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   186
Bog'liq
turkiy til tarixi

O‘g‘uzlar qo‘llaydigan so‘zlar: ašaq “tuban, quyi” (I.97), 
alïq  “qush  tumshug‘i”  (I.98),  ekin  “ekin;  ekin  ekiladigan  yer” 
(I.107),  üyäz “kichik chivin” (I.112),  arsu “har bir jo‘n  narsa” 
(I.148),  jar  (čar?)  “vaqt”  (I.312),  čer  “ro‘para”  (I.312),  endäk 
“sath” (I.130), örkän “qayish” (I.132), eylä “shunday” (I.137), 
eträk  “rangi  sariq  odam”  (I.127),  pamuq  “momiq,  paxta” 
(I.360),  töläk  “tinch  va  og‘ir  kishi”  (I.368),  sïndu  “qaychi” 
(I.395),  qarïnčaq  “chumoli”  (I.460),  sečä  “chumchuq” 
(III.238) va b. 
Chigillar  qo‘llaydigan  so‘zlar:  ud  “sigir”  (I.80),  ažun 
“dunyo”  (I.106),  üzi  “ikki  tog‘  orasidagi  keng  yo‘l”  (I.116), 
aybaŋ “kal” (I.139), ötki “evaz, badal” (I.149), čekäk “chechak 
kasalligi” 
(I.369), 
saman  “somon”  (I.392), 
qučğundï 
quchg‘undi “piyoz” (I.454). 
Qarluqcha  so‘zlar:  ulïčïm  “o‘g‘ilcham,  qarog‘im”  (I.86), 
suğut “suzma” (I.337), ït kerdi “it vovulladi” (II.15). 
Qipchoqcha  so‘zlar:  ökil  ekil  “ko‘p”  (I.103),  aba  “ayig‘” 
(I.113),  sulaq  “qora  jigar”  (I.390),  ajan  “ikki  yelkanli  kema” 
(I.144). 
Arg‘ucha so‘zlar: (arg‘ular  ikki tilda so‘zlashuvchilar deb 
ko‘rsatiladi I.65):  uδluq “og‘il,  molxona” (I.124), iδrik  (
“qattiq narsa” (I.128), oğla “yosh yigit” (I.149), qïz kiši “baxil 
odam”  (I.315),  bük  “burchak”  (I.321),  čigit  “paxta  urug‘i, 
chigit”  (I.337),  köδäj  “ko‘za”  (I.341),  qaδïq  “yog‘och  idish” 
(I.363),  tudrïč  “go‘ng”  (I.422),  baštar  “o‘roq”  (I.424),  bitrik 
“pista” (I.441). 
Yag‘mocha  so‘zlar:  čarun  “chipor  daraxti”  (I.392),  čignä 
“surgi” (I.408). 
Bulg‘orcha so‘zlar: awus “mum” (I.91). 
Barsag‘ancha  so‘zlar:  arïğ  “chodir  pardasi”  (I.94),  tünäk 
“zindon”  (I.387),  sökti  “kepak”  (I.394),  ačï  “keksa  xotin” 
(I.114). 


 
67
Qashqarcha  so‘zlar:  sibüt  “kashnich”  (I.337),  butïq 
“kichik mesh” (I.358). 
Turkmancha  so‘zlar:  qarït  “o‘g‘irlash,  talash”  (I.338), 
taquq “tovuq” (II.330). 
Kanjakcha  so‘zlar:  kenbä  “bir  o‘simlik”  (I.393),  körkä 
“yog‘och kosa” (I.405). 
Devonda  bir  guruh  so‘zlar  bir  qancha  dialektlar  uchun 
umumiy  bo‘lgan  deb  ko‘rsatiladi.  Jumladan,  quyidagi  so‘zlar 
o‘g‘uz  va  qipchoqlarda  qo‘llanilishi  ta’kidlangan:  alïğ  “har 
narsaning  qaytarilishi”  (I.95),  arïq  “oriq,  zaif”  (I.97),  čufğa 
(čuwğa?)  “yo‘l  boshlovchi,  rahbar”  (I.400).  Yoki  yana 
misollarni  kuzating:  ebmäk  “non”  (yag‘mo,  tuxsi  va  ba’zi 
o‘g‘uz va qipchoqlar so‘zi) (I.126), urğa “katta daraxt” (o‘g‘uz 
va  arg‘ucha)  (I.148),  benäk  “urug‘”  (arg‘u  va  ba’zi 
dialektlarda) (I.367). 
Ayrim  so‘zlar  bir  dialektda  ma’lum  bir  shaklda  bo‘lsa, 
ikkinchi  dialektda  uning  o‘rnida  boshqa  so‘z  qo‘llanilgan.  Bu 
narsa  Mahmud  Koshg‘ariy  tomonidan  ham  alohida  qayd 
etilgan:  Masalan,  boshqa  turklar  idish,  kosa,  piyolani  ayaq 
desalar,  o‘g‘uzlar  uning  o‘rnida  janaq  (čanaq?)  so‘zini 
qo‘llaganlar  (I.112),  turklar  aδïn  (boshqa,  bo‘lak)  desalar, 
o‘g‘uzlar  aδruq  deganlar  (I.124),  boshqalar  kamar,  to‘qa  va 
egarning  boshiga  o‘rnatish  uchun  oltin-kumushdan  ishlangan 
ziynatni  üstäm,  o‘g‘uzlar  esa  saxt  deganlar  (I.131),  turklar 
almïla (ya’ni olma) desalar, o‘g‘uzlar alma so‘zini qo‘llaganlar 
(I.150),  boshqa  turklar  har  bir  oq  rangni  örüŋ,  o‘g‘uzlar  aq  // 
a:q deganlar (I.153), boshqalar  sharob,  musallas, mayni süčik
Ila  vodiysida  yashovchilar  (yag‘mo,  tuxsi  va  chigillar)  mayni 
qïzïl  süčik  deb  ataganlar  (I.387).  Ko‘pchilik  turklar  čïqtï 
desalar,  yag‘mo,  tuxsi,  yaboqu,  qipchoq  va  ba’zi  turkman 
urug‘lari  xuddi  shu  ma’noda  tašïqtï  so‘zini  qo‘llaganlar:  er 
ewdin tašïqtï “odam uydan tashqari chiqdi” (II.131). 
Leksik  qatlam  orasida  bir  dialektda  ma’lum  ma’noda, 
boshqasida  ikkinchi  ma’noda  qo‘llanuvchi  so‘zlar  ham 


 
68
bo‘lgan: 
Chigil 
turklarida 
uluš 
“qishloq” 
ma’nosida 
qo‘llanilgan  bo‘lsa,  Balasag‘un  va  ularning  yuqori  yonidagi 
arg‘ular  tilida  “shahar”  ma’nosini  anglatgan  (I.94),  boshqa 
turklarda  iŋäk  so‘zi  “sigir”  ma’nosida  qo‘llanilgan  bo‘lsa, 
o‘g‘uzlar  toshbaqaning  urg‘ochisini  shu  so‘z  bilan  ataganlar 
(I.135),  boshqalar  oshxonani  ašlïq,  o‘g‘uzlar  bug‘doyni  ašlïq 
deganlar  (I.137),  boshqa  turklar  burgutni  va  Mushtariy 
yulduzini  qara  quš  deb  atagan  bo‘lsalar,  o‘g‘uzlar  tuya 
oyoqlarini uchiga ham shu so‘zni qo‘llaganlar (I.319). “Kend – 
o‘g‘uzlar  va  ular  bilan  yaqin  turuvchilar  tilida  qishloq. 
Ko‘pchilik  turklar  nazdida  viloyatdir”  (I.330),  boshqa  turklar 
qurt (hasharot)ni qurt deganlar, faqat o‘g‘uzlar bo‘rini shunday 
deb  atagan  (I.328),  boshqalar  odamlar  orasidagi  shodlik  va 
kulgini baδram, o‘g‘uzlar hayit kunini bayram deydilar (I.447). 
Turklar  sen  so‘zini  kichiklarga,  xizmatchilarga  hamda 
so‘zlovchidan  daraja,  martaba,  yoshda  quyi  bo‘lgan  kishilarga 
nisbatan qo‘llaganlar.  O‘zlaridan  yuqori hurmatli  kishilarni  siz 
deganlar.  O‘g‘uzlar  esa,  aksincha,  kattalarga  sen,  kichiklarga 
siz  deb  qo‘llaydilar.  Ko‘plikda  ham  shuni  ishlatganlar  (I.326). 
Ko‘pchilik  turklarda  čapïldï  so‘zi  “suvaldi,  chapildi” 
ma’nolarini  anglatgan  bo‘lsa,  uyg‘urlarda  bu  so‘z  “bo‘yniga 
urmoq” ma’nosidadir (II.135). 
Polisemantik  so‘zlarning  ba’zi  bir  ma’nolari  ayrim 
dialektlardagina  amal  qilgan.  Chunonchi,  o‘g‘uzlarda  čaqdï 
so‘zining “eshittirdi, aytdi” ma’nosi ham qo‘llanilgan: ol sözüg 
anïŋ qulaqqa čaqdï “u so‘zni uning qulog‘iga eshittirdi” (II.24). 
Soqdï  (maydaladi;  cho‘qidi;  chaqdi)  so‘zining  “chaqmoq” 
ma’nosi  o‘g‘uzlarga  xosdir:  anï  yïlan  soqdï  “uni  ilon  chaqdi” 
(II.26). 
Bir  guruh  so‘zlar  dialektlarda  stilistik  jihatdan  ham 
chegaralangan  edi.  Jumladan,  qïldï  salbiy  ma’noda  ham 
qo‘llanilgani sababli, o‘g‘uzlar undan qochib, uning o‘rnida etti 
so‘zini  qo‘llaydilar:  er  yükünč  etti  “odam  namoz  o‘qidi”. 
Turklar  esa  qïldï  so‘zini  qo‘llaganlar  (II.33).  Yoki  turklardagi 


 
69
tegindi – “erishdi, muyassar bo‘ldi” ma’nosidagi so‘zini, devon 
muallifining yozishicha, o‘g‘uzlar “yoqtirmaydilar” (II.166). 
O‘zlashgan  so‘zlarning  miqdori  bo‘yicha  ham  dialektlar 
orasida  farq  bo‘lgan.  Buni  Mahmud  Koshg‘ariyning  quyidagi 
ma’lumotida 
ham 
ko‘ramiz: 
“O‘g‘uzlar 
forslar 
bilan 
aralashgach,  ba’zi  so‘zlarni  unutdilar  va  ularning  o‘rniga 
forscha  so‘zlar  qo‘llay  boshladilar:  qumğan  o‘rnida  āftāba
baqan o‘rnida qalïda (bo‘yin tumor)” (I.406). 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish