Mahmud Koshg‘ariy turkiy dialektlar to‘g‘risida
Mazkur asarida Mahmud Koshg‘ariy, o‘rni bilan, o‘sha
zamondagi turk dialektlari o‘rtasidagi o‘zgachaliklar, ularning
fonetik, leksik-semantik, morfologik belgilarini o‘ritib o‘tadi.
Muallif ta’biri bilan aytganda unda “har bir qabilaning o‘ziga
xos xususiyatlariga ko‘ra qiyosiy qoidalar tuzilgan” (I.47).
Mahmud Koshg‘ariy turk dialektlarining katta bir guruhini
(bu o‘rinda yetakchi shevalarga asoslangan adabiy til nazarda
tutiladi) “turk”, muayyan dialekt, qabila, urug‘larni ularning
o‘z nomlari bilan (jumladan, o‘g‘uz, qipchoq, chigil va b.)
ataydi.
Ora-ora
ularning
yetakchi
shevalardan
(ya’ni
“turkcha”dan) farqli yeri, o‘ziga xosliklari qayd etib o‘tiladi.
Sug‘daq,
kanjak,
arg‘ular,
xo‘tanlilar,
tubut
va
tangutlarning ba’zilari sug‘dcha va turkcha so‘zlashuvchilar
guruhiga
kiritilgan.
Muallif
turkcha
va
sug‘dcha
so‘zlashuvchilar haqida gapirib, ularning tilida “buzuqlik
bor”ligini qayd etadi (I.65). Chamasi bu o‘rinda mazkur ikki
tilli xalqlarning turkiy tilni buzib gapirishlari nazarda tutilgan.
Endi devonda keltirilgan turkiy dialektlar haqidagi
ma’lumotlarga to‘xtalamiz.
Dialektlarning fonetik o‘zgachaliklari quyidagicha:
Turklardagi so‘z boshida keluvchi [y] o‘g‘uz va
qipchoqlarda tushib qoladi yoki [j (~č)] ga aylanadi: yelkin –
elkin “musofir”, yïlïğ suw – ïlïğ suw “iliq suv”, yinjü (yinčü?)
– jinjü (činčü?) “dur, marvarid”, juğdu – juğdu (čuğdu?)
“tuyaning uzun yungi” (I.67), yetti – jetti (četti?) “etishdi”,
yundum – jundum (čundum?) “yuvindim” (II.364), yigi – jigi
(čigi?) “pishiq” (III.249). Koshg‘ariyning ta’kidlashicha,
turklar bilan o‘g‘uzlar tili orasidagi bu xususiyat o‘zgarmovchi,
doimiy bo‘lgan) (II.364).
So‘z boshidagi [m] ni o‘g‘uzlar, qipchoq va suvorinlar [b]
ga aylantiradilar: men – ben “men”, mün – bün “sho‘rva”
(I.67).
63
So‘zdagi [t] ni o‘g‘uzlar va ular yaqinidagilar [d] ga
aylantiradilar: tewey – dewe(y) “tuya”, öt – öd “teshik” (I.67),
taqï – daqï “tag‘in” (II.227).
Turkiy qabilalarning ko‘pgina so‘zlaridagi [d] o‘g‘uzlarda
[t] ga aylanadi: bügdä – büktä “xanjar”, yigdä – yiktä “jiyda”
(I.67).
So‘z o‘rtasida va oxirida kelgan [y] ni arg‘ular [n] ga
almashtiradilar: qoy – qon “qo‘y”, čïğay – čïğan “kambag‘al”,
qayu – qanu “qaysi” (I.67).
“ب bilan ف maxrajlari orasidagi” (I.68) [w] ni o‘g‘uzlar va
ularga yaqin turuvchilar [v] ga aylantiradilar: ew – ew “uy”, aw
– av “ov” (I.68). O‘g‘uz va qipchoqlar (xalachlarning bir
toifasi) so‘z boshidagi [q] ni [x] ga aylantiradilar: qayu – xayu
“qaysi” (III.237), qïzïm – xïzïm “qizim”, qanda – xanda
“qaerda” (III.238).
Tish-tish [δ] li so‘zlarni qo‘llashda Mahmud Koshg‘ariy
turkiy dialektlarni uch guruhga bo‘ladi:
1. Tish-tish [δ] bilan so‘zlovchilar. Bularga chigil va
boshqa turkiy qabilalar kiritiladi. Jumladan, “chigilcha” deb
ko‘rsatilgan so‘zlar: boδun “xalq” (I.379), aδïn “boshqa,
bo‘lak” (I.105).
2. Yag‘mo, tuxsi, qipchoq, yabaqu, tatar, qay, jumul va
o‘g‘uzlar [j] ga aylantiradilar, hech mahal [δ] bilan
so‘zlamaydilar: qazïŋ – qayïŋ “qayin daraxti”, qazïn – qayïn
“qaynag‘a” (I.68), azrïq – ayrïq “ajriq, yumshoq bir o‘t”
(I.136), baδram – bayram “shodlik kuni” (I.447). Ayrim
o‘rinlarda bu dialektlar “[δ] ni [y] ga aylantiruvchilar” deb
ko‘rsatilgan: boδun – boyun “jamoa” (III.183), keδük – keyük
“namat va kigizlardan qilingan yomg‘ir yopinchig‘i” (III.182),
toδtï – toydï “to‘ydi” (III.262).
3. Qipchoq, yamak, suvor, bulg‘orlar hamda ruslarga va
Rumga qadar borib taqaladigan boshqa qabilalar [z] ga
aylantiradilar: aδaq – azaq “oyoq”, toδdï – tozdï “to‘ydi”
(I.68), qaδïn – qazïn “qayin” (I.383).
64
Shuningdek, o‘g‘uzlardagi [y] ni qipchoqlar [z] ga
aylantiradilar: öylä – özlä “peshin, tush vaqti” (I.137).
O‘g‘uz va qipchoqlarda tovush tushishi hodisasi kuzatiladi:
čumčuq – čumuq “olaqarg‘a”, tamğaq – tamaq “bo‘g‘iz”,
barağan – baran “boraveradigan”, urağan – uran “hadeb
uraveradigan” (I.69).
Dialektlarda, Koshg‘ariyning misol keltirishiga ko‘ra, [č]
ning [ž] (sirg‘aluvchi) ga ko‘chishi [ erinč – erinž “maishat,
farog‘at” (I.152)], jaranglining jarangsizlashuvi [ bïšïq –
yag‘molarda bïšïğ “pishiq” (I.360)] kabi fonetik parallelizmlar,
shuningdek, metateza [ qošnï – o‘g‘uzlarda qonšï “qo‘shni”
(I.408)] va boshqa fonetik hodisalar ham kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |