Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


Temuriylar davlatining rasmiy yozuvi



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/186
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#257869
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   186
Bog'liq
turkiy til tarixi

 
Temuriylar davlatining rasmiy yozuvi 
Temuriylar  davri  madaniyati,  ijtimoiy-siyosiy  hayotida, 
turkiy  adabiyot  va  adabiy  tilining  takomili,  adabiy  til  yozma 


 
90
me’yorlarining,  yozma uslublarining  muayyan qolipga tushuvi 
va  turkiy  matnchilikning  rivojida  uyg‘ur  yozuvining  ulushi 
katta bo‘ldi. Qadimgi turk yozuv an’anasini saqlab, turk islom 
dunyosida  uyg‘ur  xatini  so‘ng  bor  qo‘llagan  ham  temuriylar 
edi.  Temurbek  o‘z  davlatining  rasmiy  ishlarida,  ichki  hamda 
xalqaro  diplomatik  munosabatlarda,  badiiy  adabiyot  sohasida, 
bilim  kishilari  orasida  uyg‘ur  xatining  keng  amal  qilishiga 
hayrixohlik  qildi  va  buning  ijrosiga    katta  e’tibor  qaratdi. 
Temuriylar  davrida  uyg‘ur  xati  turkiy  yozma  til  (“chig‘atoy 
turkiysi”)ning  yetakchi,  butun  bir  saltanatning  ish  yurituvchi 
rasmiy  yozuviga  aylandi.  Uyg‘ur  xati  Temuriylar  davlatining 
rasmiy yozuvi edi. 
Chig‘atoy  xonlari  zamonida  uyg‘ur  xatining  keng  amal 
qilganligi  tarix  kitoblarida  ham  qayd  etib  o‘tilgan.  Mashhur 
tarixchi  Ibn  Arabshoh  o‘zining  “Ajoibu-l-maqdur  fi  navoibi 
Taymur” deb atalgan kitobida uyg‘ur xatining tarixi to‘g‘risida 
yaxshi 
ma’lumot 
keltirgan. 
Tarixchi 
yozadi: 
“Ular 
[chig‘atoyliklar – Q.S.] o‘zlarining tilxat, maktub, farmon, xat, 
kitob,  bitim,  solnoma,  she’r,  qissa,  hikoyat,  hisob,  xotira  va 
devonga  tegishli  hamma  ishlarini,  chingizona  tuzuklarini  shu 
yozuvda  yozadilar.  Bu  yozuvni  yaxshi  bilgan ularning orasida 
xor  bo‘lmaydi,  chunki  bu  ularda  rizq  ochqichidir”  (Рустамов 
1976).  
Yozuv madaniyati tarixida temuriylar davri uyg‘ur va arab 
yozuvlarining  yonma-yon  (parallel)  qo‘llanilganligi  bilan 
ahamiyatlidir.  Muhimi,  o‘sha  kezlar  uyg‘ur  xatining  mavqei 
arab  yozuvidan  oz  emasdi.  O‘sha  chog‘lardan  qolgan  turkiy 
adabiy  asarlarning  qo‘lyozmalari  uyg‘ur  va  arab  yozuvlarida. 
Yodgorliklarning  eski,  qadimiy  qo‘lyozmalari  ko‘proq  uyg‘ur 
xatida  bitilgan  bo‘lsa,  keyingi  davrlarga  tegishlilari  arab 
xatidadir.  
Uyg‘ur  yozuvi  qo‘llanilmay  qo‘ygach,  xon  va  beklarning 
kutubxonalarini  demaganda,  qora  ulus  qadimgi  turkiy 
yozuvdagi  kitoblarni  saqlashga  urunmagan  chog‘i.  Shuning 


 
91
uchun ham ularning ko‘pi yo‘qolib ketgan. Ehtimol, temuriylar 
zamonida  yaratilgan  asarlarning  ko‘proq  keyingi,  arab  xati 
bilan  ko‘chirilgan  nusxalarigina  saqlanganligi    shundandir? 
Nima  bo‘lganda  ham,  o‘sha  davrning  yozuv  madaniyati 
to‘g‘risida aniq-taniq xusosa chiqarishga yetarli material bor.         
Yozma  manbalarga  tayanadigan  bo‘lsak,  Temurbek  ko‘zi 
tirikligida  o‘z  yorliqlarini,  muhim  bitiglarini  uyg‘ur  xatida 
yozdirganligi ayon  bo‘ladi.  Ana shunday  manbalardan biri o‘z 
davrining ulug‘ obidasi sifatida tarixda qolgan. 
Turonning  sultoni  Temurbek  yetti  yuz  to‘qson  uchinchi 
yilning  ko‘klamida  (=1391  yilning  apreli)  To‘xtamishxonga 
qarshi yurish boshladi va bu xususda xotira qoldirmoq istagida 
toshga  bitig  yozdirdi.  Temur  yozdirgan  ayni  bitigning  bitilish 
tarixi  to‘g‘risida  Nizomiddin  Shomiy  va  Sharafiddin  Ali 
Yazdiy  ham  o‘z  zafarnomalarida  ma’lumot  berganlar.  Mazkur 
bitigtosh  1937  yili  Ulug‘  tog‘dagi  (Shimoliy  Qozog‘iston) 
Qarsaqbay koni  yaqinidan,  o‘rnatilgan  joyidan topilgan.  Hozir 
Sankt-Peterburg  Davlat  Ermitajining  O‘rta  Osiyo  xalqlari 
san’ati va madaniyati bo‘limida saqlanmoqda. 
Sultonning  nomidan  yozilgan  bitig o‘n  bir  satrli  bo‘lib,  ilk 
uch qatori arabcha, keyingi sakkiz satri uyg‘ur xati bilan turkiy 
tilda (“chig‘atoy turkiysi”da) bitilgan. Arabcha xatning birinchi 
qatori  basmala,  keyingi  ikki  satri  oyat.  Uyg‘ur  harfli  turkiy 
matn,  nisbatan,  yaxshi  saqlangan  (qarang:  Содиқов  2009,70

71).  U  shunday  o‘qiladi:  Tarix  yeti  yüz  toqsan  üčtä,  qoy  yïl 
yaznïŋ  ara  ay  Turannïŋ  sultānï    Temür-beg  üč  yüz  miŋ  čerig 
bilä islām üčün Toxtamïš xanï (?) xanïğa yorïdï. Bu yergä yetip 
belgü bolsun tep bu tobanï qopardï. Teŋri nisfat bergäy inšalla. 
Teŋri el kišigä rahmat qïlğay, bizni duā bilä yād qïlğay.  
Eski  o‘zbek  tilidagi  ushbu  matn  hozirgi  tilimizdan  bir  oz 
farqli.  Matndagi  yaz  so‘zi  “ko‘klam,  bahor”  degan  ma’noni 
beradi. Bu so‘z hozirgi bolalar qo‘shig‘idagi “Laylak keldi yoz 
bo‘ldi”  jumlasida  ham  saqlanib  qolgan.  Matnda  yana  el  kiši 
birikmasi ham bor. Bu o‘rinda el – “yurt, mamlakat”, el kiši esa 


 
92
ruschadagi  “grajdanin”  degan  tushunchani  beradi.  Bitigdagi 
töbä  so‘zi  “yodgorlik,  bitigtosh”  anglamidadir.  Bitigning 
e’tiborni tortadigan yana bir xususiyati, undagi ta’rix (sana) asl 
turkiy qolipda: avval yil (hijriy va muchal tartibida), so‘ng oy, 
kun ketma-ketligidadir. 
Amir  Temur  bitigda  Temür-beg  deb  tilga  olingan.  Bu 
ismdagi  beg  uning  darajasidir.  U  “amir”ga  to‘g‘ri  keladi. 
Uyg‘ur,  arab  yozuvlarida  [k]  va  [g]  tovushlari  bir  harf  bilan 
ifoda  etilganligi  ma’lum.  Muhimi  shundaki,  “Qutadg‘u 
bilig”ning  arab  yozuvli  namangan  nusxasida  ora-chora  beg 
so‘zidagi “kof” harfining ustiga uch nuqta qo‘yib ketilgan. Uch 
nuqtasi bu so‘zning [g]  bilan o‘qilganiga dalil. Demak,  yozma 
yodgorliklar tilida bu so‘z bek emas, beg deb o‘qiladi.    
Yuqoridagilarni  nazarda  tutgan  holda,  bitigning  mazmuni 
shunday  bo‘ladi:  “Tarix  yetti  yuz  to‘qson  uchda,  qo‘y  yil, 
ko‘klamning ora oy(ida) Turonning sultoni Temurbeg uch yuz 
ming  qo‘shin  bilan  islom  uchun  To‘xtamish  xon(ning) 
xonligiga  yurdi.  Bu  yerga  yetib,  belgi  bo‘lsin  deb  ushbu 
bitigtoshni  yozdirdi.  Tangri  (bizga)  nisfat  [ya’ni  to‘g‘rilik, 
insof] bergay inshoolo. Tangri fuqaroga rahm qilg‘ay, (el) bizni 
duo bilan yod qilg‘ay”. 
U.  Sertkaya  uyg‘ur  yozuvli  matnning  birinchi  jumlasini 
Tïrïx yedi yüz toqsan üčtä qoy yïl yerniŋ uğanï turannïŋ sultānï 
Temür-bek  üč  yüz  miŋ  čerik  bilä  ismi  üčün    toqtamïš  qanqa 
bulğar qanïqa  yorïdï  ko‘rinishida o‘qib,  turkchaga  “Tarih  yedi 
yüz  doksan  üçte,  Koyun  yıl(ında),  yerin  (cihanın)  sahibi, 
turanın sultanı Temür  Bey, üç  yüz  bin asker  ile,  ismi (islam?) 
için    Toktamış  Han’a,  Bulgar  Hanı’na  yürüdü”  deb  tarjima 
qilgan (Sertkaya 2007,36–37).  
E’tibor  bersangiz,  bitigda  Temurbek  o‘z  saltanatini  Turan 
deb  atamoqda.  Temurbek  mamlakati  aslida  shunday  atalgan. 
Matnda hukumdor o‘zini Turannïŋ sultānï, otini esa Temür-beg 
degan:  Turannïŋ  sultānï    Temür-beg.  Sultonning  oti  turkiy 
tildagi  boshqa  hujjatlarda  ham  shunday.  Masalan,  Sulton  Abu 


 
93
Saidning  uyg‘ur  yozuvli  vasiqasida  u  Sāhibqirān  Temür-beg, 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish