Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi


c AGlib bilgä Toñuquq deb qayd  etilgan.  Otiga  qo‘shilayotgan  AGlib



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/186
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#257869
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   186
Bog'liq
turkiy til tarixi

c AGlib bilgä Toñuquq deb qayd 
etilgan.  Otiga  qo‘shilayotgan  AGlib  bilgä  so‘zi  uning  unvoni 
bo‘lib,    “bilimdon,  аlloma”  degan  ma’noni  bildiradi.  U  ulug‘ 
donishmand,  хоqon  maslahatchisi  bo‘lgani  uchun  shunday 
unvonga erishgan. 
Qadimgi  turk  adabiyotining  yana  bir  namoyandasi  adib  va 
tarixnavis  Yo‘llug‘  tigindir.  U  ham  Ikkinchi  turk  xoqonlig‘i 
davrida  yashagan,  o‘zi  Bilga  xoqonning  o‘g‘li  edi.  Bitigda 


 
41
adibning  oti  ngitxLvJ  Yol(l)uğ  tigin  ko‘rinishida  yozilgan. 
Otiga ngit tigin so‘zining qo‘shib aytilishi ham shundan, tigin – 
qadimgi turkiy tilda “shahzoda” degani. 
Turkiy  adabiyot  va  turk  tarixnavisligi  o‘tmishida  Yo‘llug‘ 
tiginning  ikki  asari  dovrug‘  qozongan.  Biri  Bilga  xoqonning 
inisi, Yo‘llug‘ning amakisi Kul tigin sharafiga, ikkinchisi Bilga 
xoqon  sharafiga  bitilib,  ularning  qabrtoshiga  yozdirilgan. 
Bitiglar  fanda  yodgorlik  atalgan  kishilarning  oti  bilan 
yuritiladi.  Kul  tigin  bitigi  732  yili,  Bilga  xoqonga 
bag‘ishlangani 735 yili tiklangan. 
E’tiborlisi  shundaki,  Kul  tigin  kichig  bitigining  1–11- 
qatorlari Bilga xoqon bitigi muqaddimasining 1–7- qatorlarida, 
Kul  tigin  ulug‘  bitigining  1–30-  qatorlari  Bilga  xoqon  ulug‘ 
bitigining 3–23- qatorlarida qaytalaydi.  
Mashhur  sarkarda  Kul  tiginga  atalgan  bitig  Bilga 
xoqonning  buyrug‘i  bo‘yicha  tiklangan,  undagi  matn  ham 
xoqon  tilidan  so‘zlanadi.  Ehtimol,  uni  xoqonning  o‘zi  aytib 
turib  yozdirgan  chiqar.  Yozuvchi  Yo‘llug‘  tigin  otasining 
so‘zlarini  matnga  tushirgan.  Endi  oradan  uch  yil  o‘tib,  Bilga 
xoqon  vafot  etgach,  unga  bag‘ishlangan  bitigni  ham  Yo‘llug‘ 
tigin 
yozdi. 
Xoqonning 
burungi 
yodgorlikka  bitilgan 
murojaatini  olib,  bunisiga  ham  kiritdi.  Biroq,  keyingi 
bitigdagisi  burungi  matnning  so‘zma-so‘z  qaytarig‘i  emas, 
balki  yozuvchi  tomonidan  qayta  ko‘rilgan,  tahrir  etilgan 
variantidir.  Matnning  qolgan  qismi  o‘zicha  davom  etadi:  Kul 
tigin  bitigida  sarkardaning  faoliyati  yoritilgan  bo‘lsa,  Bilga 
xoqon  bitigida  xoqonning  el  erki,  ulus  farovonligi  yo‘lida 
ko‘rsatgan qahramonliklari bayon etilgan. 
Bilga  xoqon  bitigning  asosiy  qismi  xoqon  tilidan,  xotima 
qismi va ilovalar esa muallif Yo‘llug‘ tigin tilidan keltirilgan. 
Ushbu tarixiy asarlar o‘zining bayon uslubi, tili bilan badiiy 
asar  darajasida.  Bitiglarda  turk  xoqon  va  sarkardalari  milliy 
qahramon 
sifatida 
ulug‘lanadi, 
ularning 
faoliyati, 
qahramonliklari  xalqqa  ibrat  qilib  ko‘rsatiladi.  Bitiglarda  ular 


 
42
turk  xalqining  xalaskori,  ulug‘  yo‘lboshchilar  deya  ta’rif 
etilgan.  Muallif  turli  badiiy  vositalardan  foydalanadi.  Unda 
og‘zaki  va  yozma  adabiyotning  sara  an’analari  umumlashgan. 
Muhimi,  adib  bu  ta’riflar  bayonida  turkiy  tilning  bor  badiiy-
uslubiy  imkoniyatlari,  boyligini  ishga  solgan.  Bu  asarlarni 
qadimgi  turk  adabiyoti  va  adabiy  tilining  eng  ajoyib 
namunalari deyish mumkin. 
Qadimgi 
turk 
adabiy 
tilining 
rivoji, 
adabiy 
til 
me’yorlarining  turg‘un  bir  shaklga  tushuvida  tarjimonlarning 
ham  ulushi  bor.  Sharqiy  turklar  orasida  moniylik,  buddizm, 
nasroniylikning yoyilishi oqibatida sharq xalqlarining madaniy, 
adabiy  aloqalari  kengaydi.  Turkiy  dunyoda  buddashunoslar, 
moniy 
falsafasining 
donishmandlari, 
sharq 
tillarining 
bilimdonlari  yetishib  chiqdi.  Bu  jarayon  tarjimachilikning 
rivojiga  keng  yo‘l  ochib  berdi.  Anatkak  (sanskrit),  tabg‘ach 
(xitoy),  eroniy tillardan qadimgi turkiyga diniy-falsafiy asarlar 
tarjima qilindi. 
Turk-budda  muhitida  yashab  o‘tgan  tarjimonlardan  biri 
yirik  buddashunos,  sanskrit  va  tohar  tillarining  bilimdoni 
Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish