Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/186
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#257869
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   186
Bog'liq
turkiy til tarixi

basmїl,  qay,  yabaqu,  tatar,  qїrqїz  keladi.  Qirqizlar  Chin 
yaqinidadir.  Bu  qabilalarning  yeri  Rum  yonidan  kun 
chiqargacha  cho‘zilgan.  “Devonu  lug‘atit  turk”ka  kiritilgan 
xaritada  ko‘rsatiluvicha,  bu  yurtlar  G‘arbdan  Sharqqa  tomon 
cho‘zilgan. 
Muallif  yana  davom  etadi:  So‘ng  čigil,  so‘ng  tuxsї,  so‘ng 
yağma,  so‘ng  їğraq,  so‘ng  čaruq,  so‘ng  čumul,  so‘ng  uyğur
so‘ng  taŋut,  so‘ng  xїtay.  Xitoy  –  Chindir.  So‘ngra  tawğač,  bu 
Mochindir (MK.I.64).  “Devonu lug‘atit turk” asariga kiritilgan 
xaritada  bu  qabilalarning  yurtlari  janub  bilan  shimol  o‘rtasida 
berilgan. 


 
23
Turk  ellarining  chegaralari  to‘g‘risida  ham  Mahmud 
Koshg‘ariyning  o‘z  qarashlari  bor.  Chunonchi,  u  Qaz  so‘ziga 
izoh  berar  ekan,  yozadi:  “Qaz  –  Afrasiyob  qizining  nomi... 
Ba’zilar  turk  shaharlari  chegarasi  Marvash  –  Shohijondan 
boshlanishini so‘zlaydilar. Chunki Qazning otasi Toŋa Alp Er – 
Afrasiyobdir.  U  Tahmurasdan  uch  yuz  yil  keyin  Marvni  bino 
qilgan. Ba’zilar butun Mavoraunnahrni turklar o‘lkalaridan deb 
hisoblaganlar.  U  Yankänd  dan  boshlanadi.  Uning  bir  oti 
Dïzrujïn  dir.  U  sariqligiga  ko‘ra,  mis  shahri  demakdir.  Bu 
Buxoroga yaqindir. Bu yerda Afrasiyobning qizi  Qazning eri 
Sïyavuš  o‘ldirilgan.  Majusiy-otashparastlar  har  yili  bir  kun  bu 
yerga  kelib,  Sïyavuš  o‘lgan  joy  atrofida  yig‘laydilar.  Mollar 
so‘yib, qurbonlik qiladilar. So‘yilgan mol qonini uning mozori 
tepasiga  to‘kadilar.  Ularning  odatlari  shunday.  Butun 
Mavoraunnahr,  Yankand  dan  Sharqqacha  bo‘lgan  o‘lkalarni 
turk shaharlaridan deb hisoblashning asosi shuki, Samarqand – 
Semizkänd,  Taškänd  –  Šaš,  Özkänd,  Tünkänd  nomlarining 
hammasi  turkchadir.  Känd  turkcha  shahar  demakdir.  Ular  bu 
shaharlarni  qurdilar  va  shunday  nom  qo‘ydilar.  Hozirgacha 
ham shunday kelmoqda. Bu yerlarda forslar ko‘paygach, so‘ng 
ular  Ajam  shaharlari  kabi  bo‘lgan.  Hozir  turk  o‘lkalarining 
chegarasi  Äbisgün  dengizi  bilan  o‘ralgan.  Rum  o‘lkasidan  va 
Özjänd  dan  Chingacha  cho‘ziladi.  Uzunligi  besh  ming  farsax, 
eni  uch  ming  farsax,  hammasi  sakkiz  ming  farsaxdir” 
(MK.III.163–164).  Mahmud  Koshg‘ariyning  “Känd  turkcha 
shahar demakdir. Ular bu shaharlarni qurdilar va shunday nom 
qo‘ydilar.  Hozirgacha  ham  shunday  kelmoqda.  Bu  yerlarda 
forslar  ko‘paygach,  so‘ng  ular  Ajam  shaharlari  kabi  bo‘lgan” 
degan ma’lumotlari Mavoraunnahrning sanab o‘tilgan o‘lkalari 
turklar  tomonidan  bunyod  etilgani,  keyinchalik  bu  yerlarda 
forsiyzabonlar  nufuzining  ham  oshganligi,  joy  otlarining  esa 
forscha  atab  ketilganidan  dalolat  beradi  (İnčüögüz  –  Sirdaryā, 
Keš  (~Käš)  –  Shahrisabz  singari  joy  otlarining  yuzaga  kelishi 
bunga misol). 


 
24
Mahmud  Koshg‘ariy  yuzyilliklar  osha  Markaziy  Osiyo 
tuprog‘ida  yashab  kelgan  etnik  guruhlar  va  ularning  tillari 
to‘g‘risida  ham  aniq-taniq  ma’lumot  keltiradi.  Jumladan,  u 
mazkur  o‘lkalarda  yashovchi  soğdaq,  känčäk,  arğu  larni  “ikki 
tilda  so‘zlashuvchilar”  deya  ta’kidlaydi.  Uning  yozishicha, 
xo‘tanliklar,  tubutlar  va  tangutlarning  ba’zilari  kabi  ikki  tilda 
so‘zlaydiganlar  va  boshqa  shaharlarga  borib  yurganlar  tilida 
buzuqlik bor. Bular bu yerlarga so‘ng kelganlar (MK.I.65). 
Mochinliklar  va  chinliklarning  ayricha  tillari  bor  bo‘lsa 
ham,  shaharliklar  turkchani  yaxshi  biladilar.  Olimning  yana 
ta’kidlashicha,  ularning  turklar  bilan  yozishmalari  turkchadir 
(MK.I.65). 
Tubutlarning  tillari  alohida.  Shuningdek,  xo‘tanliklarning 
ham  ayrim  yozuvlari  va  ayrim  tillari  bor.  Tubutlar  ham, 
xo‘tanliklar ham turkchani yaxshi bilmaydilar (MK.I.65). 
Mahmud  Koshg‘ariyning  yozishicha,  Balasağun,  Tїraz, 
Mädinätülbäyzä  shaharlarining  xalqlari  sug‘dcha  va  turkcha 
so‘zlaganlar  (MK.I.66).  Ushbu  fakt  ikki  masalaga  e’tibor 
qaratishni  talab  etadi:  birinchidan,  bu  o‘rinda  shu  o‘lkalarda 
ikki  tilda  so‘zlashuvchi  ikki  xalq  yashaganligi  ko‘zda 
tutilmoqda;  ikkinchidan  esa  bu  o‘lka  xalqlarining  (soğdaq, 
känčäk, arğu larning) ikki tilliligi. Ma’lumki, ko‘k turk, uyg‘ur 
xoqonliqlari va qoraxoniylar davrida bu o‘lkalarda turklar bilan 
birga  savdo  yohud  boshqa  ijtimoiy-siyosiy  jarayonlar  ta’sirida 
kelib  o‘rnashib  qolgan  sug‘dlar  ham  yashar  edi.  Mahmud 
Koshg‘ariy 
soğdaq 
(ya’ni 
sug‘d) 
xalqini 
ikki 
tilda 
so‘zlashuvchilar  deb  ta’kidlaganda  (MK.I.65)  ko‘proq  shu 
o‘lkalardagi sug‘dlarni ko‘zda tutgan ko‘rinadi. 
Ko‘k  turk,  uyg‘ur  xoqonliqlari  va  qoraxoniylar  davrida 
Balasag‘un  aholisi  ikki  tilli  edi.  Mahmud  Koshg‘ariyning 
yozishicha,  balasag‘unliklar  sug‘dcha  va  turkcha  so‘zlaganlar 
(MK.I.66).  Xalqning  ikki  tilli  ekanligining  boisi,  bu  yerda 
turklar bilan  birga  sug‘dlar  ham  yashagan.  Lekin  qoraxoniylar 
davriga  kelib,  bu  yerlik  sug‘dlarning  turklashuv  jarayoni  yuz 


 
25
bera boshlagan ko‘rinadi. Mahmud Koshg‘ariy soğdaq so‘ziga 
izoh bera turib:  “Soğdaq – Balasag‘unga joylashgan bir qavm. 
Ular Samarqand va Buxoro o‘rtasidagi So‘g‘ddan bo‘lib, keyin 
turklashib ketgan odamlar” deb yozgan edi (MK.I.437). 
Olim  koshg‘arliklar  to‘g‘risida  ma’lumot  berar  ekan, 
“Qashqarda  kanchakcha  so‘zlashadigan  qishloqlar  bor.  Shahar 
o‘rtasida  turuvchilar  “xoqoniy  turkchasi”da  so‘zlaydilar”  deb 
yozadi (MK.I.66). Bundan anglashiladiki,  Koshg‘ar tevaragida 
kanchaklar  yashaydigan  qishloqlar  ham  bo‘lgan  va  ular  ikki 
tilli  edi.  Shahar  ichidagilar  esa  turkiy  adabiy  tilda  (“xoqoniy 
turkchasi”da) so‘zlaganlar.  
Muhimi  shundaki,  Mahmud  Koshg‘ariy  känčäk  larni 
turklarning bir toifasi deb ta’riflaydi (MK.I.444). Shunga ko‘ra, 
“kanchakcha”  atamasini  turkiy  shevalarning  biri  deb  qarash 
mumkin. 
“Devonu  lug‘atit  turk”da  Uyğur  mamlakati  va  uning  eli 
to‘g‘risida 
ham 
keng 
ma’lumot 
berilgan. 
Mahmud 
Koshg‘ariyga  ko‘ra  Uyğur  –  besh  shaharli  viloyat  ismidir. 
Uning  yozishicha,  Uyg‘ur  viloyatida  beshta  shahar  bo‘lib,  u 
yerning aholisi g‘irt kofirlar  va  nihoyatda  mohir  otuvchilardir. 
U  shaharlarni  Zulqarnayn  bino  qilgan.  Bular:  Sülmi,  Qoču, 
Čanbalїq, Bešbalїq, Yaŋїbalїq shaharlaridir (MK.I.136).  
“Devonu  lug‘atit  turk”da  keltirilgan  xaritada  bu  o‘lka 
Bilādu Uyğur deb qayd etilgan. 
Mahmud  Koshg‘ariy  bu  o‘lka  xalqining  tili  va  yozuv 
madaniyati  haqida  ham  ma’lumot  bergan.  U  yozadi: 
“Uyg‘urlarning  tili  sof  turkcha.  Lekin  o‘zlari  so‘zlashadigan 
yana bir xil shevasi ham bor. Uyg‘urlar kitobning bosh qismida 
ko‘rsatilgan  24  harfdan  iborat  turkiy  yozuvni  qo‘llaydi.  Kitob 
va  xat-janglarini  shu  yozuv  bilan  yozadi.  Uyg‘urlarning 
chinliklarnikiga  o‘xshaydigan  yana  bir  xil  yozuvi  ham  bor. 
Rasmiy  xat-jang  va  hujjatlarini  shu  yozuvda  yozadi.  Bu 
yozuvni  musulmon  bo‘lmagan  uyg‘urlar  bilan  chinliklardan 
boshqalar o‘qiy olmaydi” (МК.I.40). 


 
26
Mahmud  Koshg‘ariy  Qoču  ni  uyg‘urlar  viloyatidagi  bir 
shahar sifatida keltirgan (MK.I.136). 
“Devonu  lug‘atit  turk”da  keltirilgan  xaritada  ham  bu 
shaharlar  bir  chiziq  bo‘ylab  joylashgan.  Ushbu  xaritada 
ko‘rsatilishicha,  bu  viloyat  janubdan  Küčä,  sharqiy  tomondan 
Kemi  Talas  bilan  chegaralanadi.  Buning  bayoni  asarda  yaxshi 
berilgan.  Chunonchi,  Mahmud  Koshg‘ariy Küčä haqida  yozib, 
uni uyg‘urlar chegarasidagi shahar (MK.I.384),  Kemi Talas  ni 
esa  musulmonlar  chegarasidagi  shahar  deb  ta’kidlaydi 
(MK.I.347). 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish