fārsî (fārsî, fārsî til, fārsî alfāz) deb ataydi.
Bu so‘zning “Boburnoma”dagi ma’nosi e’tiborga molik.
Zahiriddin Bobur Marg‘ilon (Marğïnān)ni ta’riflar ekan, uning
eli sartlar ekanini ta’kidlaydi. U yozadi: Eli sarttur va muštzan-
u puršaru šor eldür. Jaŋaralïq rasmï Māvarāunnahrda šāye‘dur.
Samarqand-u Buxārāda nāmdār jaŋaralar aksar marğïnānidur
(BN.7).
Kobul viloyatining ta’rifida sartlarni tojik va atrok (turklar)
bilan qorishtirmaydi; ayri oladi. U shunday yozadi: Julgasïda
va tüzläridä atrāk-u aymaq va ’arābdur. Šahrïda va ba’zi
kentläridä sartlardur. Yana ba’zi kentläridä va vilāyatïda
pašāyi-vu parāji va tājik-u baraki va afğāndur (BN.120).
Ushbu viloyatda yashovchi ellarning tili xususida yozadi: On
bir-on ikki lafz bilä Kābul vilāyatïda talaffuz qïlurlar: ’arabî,
fārsî, türkî, moğulî, hindî, afğānî, pašāyî, parājî, gabrî, barakî,
lamğānî. Munča muhtalif aqvām-u muğāyir alfāz ma’lum
emäs-kim, heč vilāyatta bolğay (o‘sha joyda).
15
“Boburnoma”dan olingan misollarga e’tibor berilsa, muallif
Kobul viloyatidagi xalqlarning tili to‘g‘risida ma’lumot berar
ekan, sart yoki tojik tilini eslamaydi, u arabiy, forsiy, turkiy,
mug‘uliy va boshqa tillarni eslaydi, xolos. Yana Bobur
Marg‘ilon elini ham sartlar deb ataydi. Chamasi, marg‘ilonlik
sartlar deyilganda ustachilik bilan shug‘ullanuvchi (o‘troq
hayot kechiruvchi) toifa ko‘zda tutilgan ko‘rinadi. Bulardan
anglashiladiki, sart atamasi o‘sha chog‘lar ham forsiy, ham
turkiy tilli o‘troq, shahar aholisiga nisbatan qo‘llanilgan.
Muhammad Solih ham “Shayboniynoma”sida Samarqand
qamalini ta’riflab, uning xalqini sart deb tilga oladi: Sartlar
asru zabun boldïlar (ŠN.125). Bu o‘rinda ham sart atamasi
o‘troq, shahar eliga nisbatan qo‘llanilgan.
XVII asr tarixchisi Abulg‘oziy asarlarida ham sart atamasi
bor. Shuningdek, XIX asr Qo‘qon tarixchilarining asarlarida-da
bu ot tez-tez uchrab turadi. Bu kezlar XIII asrda O‘rta Osiyoga
kelib o‘rnashgan o‘zbek qavmidan boshqa tub aholi (turkiy va
tojiklar) sart deyilgan, chamasi. Shu sabab bo‘lib, XIX asrning
ikkinchi yarmida rus tilshunoslari o‘z grammatikalarida o‘zbek
tilini sart tili (сартовский язык) deb ataganlar.
Endi özbek atamasi to‘g‘risida ikki og‘iz. Bu atamaning
kelib chiqishini turlicha talqin qiladilar. Ba’zi olimlar bu
atamani Oltin O‘rda xoni O‘zbekning (1312–1342) otiga
bog‘laydilar. Ularning fikricha, O‘zbekxon qaramog‘idagi ulus
keyinchalik özbek otini olgan. Boshqa bir olimlar bu qarashni
qo‘llamaydilar. Ularning ta’kidlashicha, XIV–XV asrlarda Oq
O‘rdadagi turk-mo‘g‘ul qavmlari shu ot bilan yuritilgan.
O‘zbekxon esa Ko‘k O‘rdaning xoni bo‘lib, o‘zbek qavmlari
unga bo‘ysunmaganlar (qarang: Аҳмедов 1992,10–11).
Özbek atamasi XIII–XIV asrlarda yaratilgan forscha va
arabcha manbalarda (jumladan, Juvayniy, Rashididdin,
Xondamir va boshqalarning asarlarida) ham uchraydi. Ularda
bu atama Dashti Qipchoqda yashovchi turk-mo‘g‘ul qavmiga
nisbatan qo‘llanilgan. Hatto ayrim manbalarda To‘xtamishning
16
o‘zbek xoni ekanligiga ishora bor (qarang: o‘sha joy va keyingi
betlarda).
Keyingi davr manbalarining guvohlik beruvicha, bu
atamaning ma’nosi kengayib, urug‘lar uyushmasini ham
anglata
boshlagan.
Chunonchi,
Mas’ud
ibn
Usmon
Ko‘histoniyning
yozishicha,
o‘zbeklarning
tarkibiga
yigirmadan ortiq turk-mo‘g‘ul qavmlari kirgan. Yoki
Ro‘zbekaxon (XVI asr) o‘zbeklarning uch toifadan iborat
ekanini ta’kidlaydi: ular Shaybon ulusiga qarashli barcha
qabilalar, qozoqlar va mang‘itlardir (Аҳмедов 1992,13–14).
Keyinchalik Dashti Qipchoqdagi o‘zbeklar uyushmasiga
kirgan qavmlarning muayyan qismi o‘sha yerdagi qozoq,
qoraqalpoq, boshqird va b. tarkibiga qo‘shilib ketganlar.
Muayyan qismi Shayboniyxon qo‘shini bilan birga O‘rta
Osiyoga kirib kela boshladilar va shu yerda turg‘un yashab
qoldilar.
Shayboniyxon
cherigining
katta
qismi
ham
o‘zbeklardan edi.
XIII asrga qadar Mavoraunnahr va Xuroson turklari
o‘zlarini özbek demaganlar. Bora-bora bu o‘lkaga kelib
o‘rnashgan o‘zbeklarning
mavqei orta boradi; davlat
boshqaruvi ham ko‘proq shularning qo‘liga o‘ta boshlaydi. Ana
shunday tarixiy jarayon ta’sirida yerli turklar ham özbek deb
atala boshladi. Shunisi diqqatga sazovorki, kelib o‘rnashgan
qavmlar burun qaysi urug‘-qabilaga tegishli bo‘lsalar,
keyinchalik ham, hatto XX asr boshlarigacha ajdodiy-qabilaviy
bo‘linish-belgilarini
saqlab
keldilar.
Yaqin-yaqingacha
o‘zbeklar orasida “qo‘ng‘irot urug‘i”, “nayman urug‘i”,
“mang‘it urug‘i” singari otlarning saqlanib kelganligi bejiz
emas.
Yuqoridagi ma’lumotlardan hozirgi o‘zbek xalqi XIV
yuzyillikda Dashti Qipchoqda yuzaga kelgan, degan mutlaqo
g‘ayri ilmiy xulosa kelib chiqmasligi kerak. O‘rta Osiyoda
qadimdan yashab kelgan turkiy tub aholi hozirgi o‘zbek
xalqining ota-bobolaridir. Dashti Qipchoqdan “o‘zbek” nomini
17
olgan qavmning kelib o‘rnashishi hozirigi o‘zbeklarning to‘liq
tarkib topishidagi keyingi bosqichlardan biri, xolos. Ularga
qadar yerli turkiy xalq boshqa otlar bilan atalar edi. Hozirgi
otini esa, keyinchalik, o‘zlariga kelib qo‘shilgan o‘zbeklardan
oldilar. Demak, atama tarixi xalq tarixiga mutlaqo teng emas.
Shu o‘rinda ta’kidlash kerak, hozirgi o‘zbeklarning
shakllanuvida Dashti Qipchoqdan kelgan turkiy ulusning
ta’sirini mutloq inkor etib ham bo‘lmaydi. Hozirgi o‘zbek xalqi
uzoq tarixiy taraqqiyot ta’sirida, turli elat-urug‘larning
birikuvidan tashkil topgan. Buni o‘zbek shevalarining o‘ta
xilma-xilligida ham ko‘rish mumkin.
Özbek atamasi etnonim sifatida XIV asrdan boshlab
qo‘llanilgan bo‘lsa-da, tilga nisbatan kech amal qilgan.
Chunonchi, o‘sha kezlar o‘zbek qavmining shevasi özbek tili
deb emas, türkî, qïpčaq tili deb atalgan. Qipchoq shevalari
keyinchalik hozirgi tilshunosligimizda “eski o‘zbek adabiy tili”
deb atalayotgan yozma tilga ham ta’sir eta boshlagan. Lekin u
eski o‘zbek adabiy tilining tayanch dialektiga aylangan emas.
Ya’ni adabiy til situatsiyasida keyin qo‘shilgan ulusning
dialekti u qadar hal etuvchi o‘ringa ko‘tarila olgani yo‘q.
Chunki bu davr Mavoraunnahr va Xuroson adabiy muhitida
qadimgi va eski turkiy adabiy til an’analari va ta’siri ustuvor
edi. Binobarin, XIII–XVI yuzyilliklardagi klassik adabiy til
(“chig‘atoy turkiysi”) shu an’ana ta’sirida shakllangan. O‘zbek
adabiy tilining keyingi davrlardagi taraqqiyoti ham bevosita
ayni adabiy til davomida turadi. Bu tadrijiy jarayonni XVII
asrdan XX asr boshlarigacha yashab o‘tgan Abulg‘oziy,
Mashrab, Ogahiy, Muqimiy, Furqat va b. o‘nlab mumtoz
adabiyotimiz namoyandalarining asarlari tilida yaqqol kuzatish
mumkin.
Xulosa qilib aytganda, o‘zbek tili juda uzoq tarixga ega
bo‘lib, uning hozirgi oti til tarixini o‘zida tugal aks ettirmaydi.
Xuddi shunday holni boshqa turkiy (masalan, uyg‘ur, qozoq va
b.) tillarda ham kuzatamiz. Bu hodisa turkiy tillarning, shular
18
qatori, o‘zbek tilining o‘ta murakkab jarayonni bosib
o‘tganidan dalolat beradi.
O‘zbeklar hozirgi otini keyinchalik qabul qildi va uzoq asrli
tilini ham shunday atay boshladi. Bunga qadar o‘zbek tili
türkčä, türk tili, türkî, čïğatay tili va boshqa nomlar bilan atab
kelingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |