Toshkent davlat iqtisodiyot univyersityeti a. Sh. Bekmurodov, Z. A. Abdullayev, B. M. Badalov



Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/223
Sana25.03.2022
Hajmi6,92 Mb.
#510336
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   223
Bog'liq
ARM Bekmurodov A SH Xalqaro moliya bozori va institutlari O\' q 2019

Transmilliy banklar 
– yirik unversal bank hisoblanib, ssuda kapitalini 
xalqaro harakatida vositachilik rolini bajaradi. Odatda xorijiy korxonalar 
tarmog‗iga tayanib, davlat yordamida jahon bozoridagi valyuta-kredit operatsiyalari 
nazorat qiladi
14
. Transmilliy banklarning asosiy printsip va faoliyati maqsadi 
arzon va qulay sharoitdagi har qanday mablag‗larni mobilizatsiya qilish, ularni 
yuqori foyda keltiruvchi joyga yo‗naltirishdir. Jahon iqtisodiyotida transmilliy 
banklarning roli juda katta bo‗lib, ular xalqaro bank va biznes sohalarini 
rivojlanishini harakatga keltiruvchi faktori bo‗lib hisoblanadi. Shu sababdan 
Amerikadagi yirik banklar depozitlarining asosiy qismi noamerika kapitali 
hisoblanadi. Misol uchun Yaponiyadagi 11 ta amerika transmilliy banklarining o‗z 
filiallardagi barcha depozitlarning 2/3 qismi xorijiy banklarning mablag‗lari tashkil 
etadi
15
.
Transmilliy banklarning yana bir farqlanadigan tomoni, ular har doim absolyut 
yangi mahsulot va texnologiyalarni tarqatuvchisi hisoblanadi, ya‘ni buni barchasi 
yirik banklar absolyut yangi mahsulotni realizatsiya qilish bilan bog‗liq risklarni 
o‗zlariga olishlari mumkinligi bilan izohlanadi. Transmilliy banklar tomonidan turli 
valyutadagi katta miqdordagi pul mablag‗larini mobilizatsiya qilishi,har xil 
muddatlarga kreditlash, xalqaro darajadagi qimmatli qog‗ozlar bilan operatsiyalarni 
amalga oshirishi,ishlab chiqarish va tashqi savdoni moliyalashtirishda turli 
shakllarini qo‗llanilishi hamda yirik masshtabdagi operatsiyalari rivojlanmoqda. 
 
Bank 
kapitali 
transmilliylashuvining 
kuchayishi 
quyidagilar 
bilan 
xarakterlanadi: 

kapitalning xalqaro harakatini o‗sishi; 

bank faoliyatini unversalashuvi; 

bank operatsiyalarini liberazatsiyalashuvi; 

bank faoliyatini texnologizatsiya i virtualizatsiyalashuvi; 

raqobatni o‗sishi.
Transmilliy banklarning jahon iqtisodiyotidagi roli quyidagilarda namoyon 
bo‗ladi: 

transmilliy banklar, xalqaro bozorda pul mablag‗larini jalb qilish va 
joylashtirish bo‗yicha yirik masshtabdagi operatsiyalarni amalga oshiruvchi 
unversal moliya institutlari hisoblanadi; 
13
Onikova Ye.V.,Xriseva A. A. Stepen vliyaniya TNB na rinok finansovix uslug.//Universum: Ekonomika i 
yurisprudentsiya : elektron. nauchn. jurn. 2013. № 1 (1).
14
Bankers almanah: World ranking. – RBI, 1998. – 247 s. 
15
Bankers almanah: World ranking. – RBI, 1998. – 251 s. 



transmilliy banklar investitsiya mablag‗larini yuqori darajadagi ishonchili 
manbasi hisoblanadi; 

transmilliy banklar bank sohasidagi tijorat, investitsion banklar sug‗urta va 
boshqa muassasalar bank xizmatlarining ―gipermarketi‖ hisoblanadi; 

transmilliy banklar xalqaro biznesni amalga oshirish uchun kapital va kredit 
oluvchi bilan investorlar va moliyaviy resurslar egalari o‗rtasida asosiy vositachi 
hisoblanadi; 

transmilliy banklar xalqaro biznesni amalga oshishida transmilliy 
korporatsiyalarning asosiy partneri hisoblanadi; 

transmilliy banklar moliya bozorida yetkachi rol o‗ynaydi, ya‘ni ular qarz 
beruvchidan qarz oluvchiga moliya resurslarni harakatini shakli va kanallarini 
aniqlaydi
16
.
Jahon iqtisodiyotida xalqaro iqtisodiy tashkilotlar dunyo ahamiyatiga ega 
bo‗lgan muhim subyektlar qatoriga kiradi.
Moliya–kredit sohasidagi ixtisoslashtirilgan moliya tashkilotiga Xalqaro 
valyuta fondi (XVF), Jahon banki guruhi, mintaqaviy moliya tashkilotlari Yevropa 
taraqqiyot va tiklanish banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki va 
boshqalar. Shu birga, savdo va sanoat sohasi, qishloq xo‗jaligi sohasi, transport va 
aloqa sohasi hamda ta‘lim,fan,madaniyat,sog‗liqni saqlash,mehnat sohalaridagi
ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlar mavjud.
Xalqaro valyuta–kredit tashkilotlari shartli ravishda xalqaro moliya institutlari 
hisoblanib, ular foliyatining mohiyati quyidagilardan iborat:

xalqaro valyuta

kredit va moliya munosabatlarini bir maromga solish; 

hukumatlararo muhokama etish uchun forum tashkil etib, valyuta va kredit

moliya siyosati bo‗yicha tavsiyalar ishlab chiqish; 

axborot yig‗ish, muhim xalqaro moliyaviy muammolarining yuzaga kelishi 
hamda mamlakatlar iqtisodiyotini xalqaro statistik va ilmiy–tadqiqot nashrlari bilan 
ta‘minlash; 

mamlakatlarga kreditlar berish; jahon valyuta tizimining amal qilish 
tamoyillarini ishlab chiqish. 
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarni 4 guruhga bo‗lish mumkin: 

Birlashgan millatlar tizimiga kiruvchi xalqaro iqtisodiy tashkilotlar. 

Umumjahon miqyosida faoliyat yurituvchi xalqaro iqtisodiy tashkilotlar. 

Mintaqaviy xalqaro iqtisodiy tashkilotlar. 

Taraqqiyot banklari va xalqaro fondlar. 
Xalqaro valyuta fondining funktsiyalari: 
1.
valyuta–moliya 
sohasidaga 
munosabatlarda 
xalqaro 
xamkorlikni 
rivojlantirishga yordamlashish; 
2.
xalqaro savdoni me‘yoriy darajada o‗sishi va kengayish jarayonlariga 
yordam berish; 
3.
valyuta barqarorligini ta‘minlash va valyuta munosabatlarini tartibga 
solishda a‘zo davlatlar bilan hamkorlik qilish; 
16
Mirovaya ekonomika i mejdunarodniy biznes: uchebnik/ kol. avtorov; pod obsh. red. d–ra ekon. nauk, prof. V. V. 
Polyakova i d–ra ekon. nauk, prof. R. K. Shenina. – 5–e izd., –M.: KNORUS, 2008. – 688 s. 


22 
4.
a‘zo davlatlar o‗rtasida joriy operatsiyalar bo‗yicha to‗lovlarni ko‗p 
tomonlama tizimini yaratishga yordam berish; 
5.
fondni umumiy resurslarini vaqtincha jalb qilish hisobiga a‘zo dalatlar 
to‗lov balansidagi disportsiyani to‗g‗rilash;
6.
a‘zo davlat tashqi to‗lov balansidagi muvozonati buzilishini davomiyligini 
qisqartishi, shuningdek ushbu holatlar masshtabini kamaytirish.
Xalqaro valyuta fondi faoliyatini asosiy yo‗nalishlari: 

iqtisodiy holatning monitoringi; 

kreditlash; 

iqtisodiyotni boshqarishda texnik hamkorlik. 
Jahon banki–xalqaro tashkilot bo‗lib, xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, 
xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi, xalqaro moliya korporatsiyasi, investitsiyalarni 
ko‗p tomonlama kafolatlash Agentligi va Investitsion bahslarni tartibga solish 
bo‗yicha xalqaro markazlari uni tarkibiga kiradi.
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining tashkil etishdan maqsad: 

a‘zo mamlakatlar iqtisodiyotini tiklanishi va taraqqiyotiga yordam 
ko‗rsatish; 

xususiy xorijiy investitsiyalar jalb etishni rag‗batlantirish; 

xalqaro savdoni uzoq muddatli balanslashtirilgan o‗sishini ta‘minlash va 
to‗lov balansi muvozonatini ushlab turishda yordam berish; 

statistik axbortlarni to‗plash va nashr etish. 
1970- yillardan boshlab, mintaqalashuv jarayonlari mintaqalarni siyosiy, 
iqtisodiy va madaniy sohalardagi huquqlarini kengaytirishga yo‗naltirilgan 
ijtimoiy–siyosiy harakati sifatida qabul qilingan. Bunda mintaqalashuv 
markazlashmagan xolda birinchi navbatda, barcha iqtisodiy vakolatlarni milliy 
iqtisodiyot darajasidan mintaqaviy darajaga o‗tishida namoyon bo‗ladi.
Zamonaviy jahon iqtisodiyoti mintaqalashuvining asosiy omillariga 
quyidagilar kiradi
17


globallashuv jarayonlari. Jahon rivojlanishi tashkil etuvchi global va 
mintaqaviy rivojalanish o‗rtasidagi nisbat o‗zgarmoqda. Oldingi davrlarda 
mintaqaviy muammolar global muammolarni soyasida qolib ketayotgan bo‗lsa, 
bugungi kunda esa mintaqalashuv xalqaro iqtisodiy–siyosiy aloqalar tizimi 
holatiga yanada kuchli ta‘sir o‗tkazmoqda;

geosiyosiy omillar. Bunga birinchi o‗rinda geosiyosiy mintaqani geografik 
o‗rni, tabiiy va iqlim resurslar spektri va ularning joylashuvi, infratuzilma tizimlari, 
mintaqa tarixi va boshqalar kiradi; 

iqtisodiy omillar. Iqtisodiy hamkorlik mamlakatlar va mintaqalarni 
yaqinlashishida muhim rol o‗ynaydi; 

madaniy–diniy omillar; 

an‘anaviy institutlarning inqirozi–qaysiki eskirgan, amaldagi zamonaviy 
talablarga javob bermaydigan suveren davlatning milliy institutlari.
17
Globalizatsiya mirovogo xozyaystva: Ucheb. posobie / Pod red.d–ra ekon. nauk, prof. M.N. Osmovoy, kand. ekon. 
nauk, dots.A.V. Boychenko. – M.: INFRA–M, 2006. –137 s.


Shunday qilib, zamonaviy jahon iqtisodiyotini rivojlanishi ikkita asosiy 
tendensiya bilan aniqlanadi: iqtisodiy faoliyatda globallashuv jarayonini tezlashuvi 
va mintaqaviy integratsiyalashuvni o‗sishi.
Oxirgi o‗n yillikda mazkur sohadagi jarayonlar bir qator yangi mazmundagi 
elementlarga ega bo‗lib, bulardan muhimi bo‗lgan ―yangi mintaqalashuv‖ bir qator 
xususiyatlarga ega
18
:

mintaqaviy kelishuvlar ko‗lami barcha ko‗p sonli mamlakatlarning qamrab
olishi; 

jahon iqtisodiy markazlarining integratsiyalashuv kelishuvlaridagi o‗rnini
oshib borishi; 

zamonaviy mintaqaviy birlashmalar tarkibida rivojlangan, rivojlanayotgan va
o‗tish iqtisodiyotidagi mamlakatlarning mavjudligi; 

mintaqaviy kelishuvlar, uni ishtirokchilar o‗rtasidagi savdoni rag‗batlantirish
bilan bir qatorda boshqa mintaqalar bilan aloqalarda ham katta ahamiyatga ega 
bo‗lishi; 

mintaqalashuvning davlatlar o‗rtasidagi munosabatlarda ustunlikka hamda
kelishuv ishtirokchisi bo‗lgan har bir mamlakatning butun iqtisodiyotini qamrab 
olishga asoslanishi.
Integratsion mintaqalashuvning asosiy vazifasi boshqa mamlakatlarga 
texnologik 
transformatsiya 
uchun 
qulay 
sharoit 
yaratish 
va 
ularni 
raqobatbardoshligini 
mustahkamlash, 
shuningdek 
jahon 
iqtisodiyoti 
integratsiyalashuviga imkoniyatlarni ochish.

Download 6,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   223




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish