Bog'liq ARM Bekmurodov A SH Xalqaro moliya bozori va institutlari O\' q 2019
1.2. Iqtisodiy globallashuvni harakatga keltiruvchi kuchlar va xalqaro institutlar. Jahon iqtisodiyoti globallashuvida mintaqalashuv tendensiyalari Iqtisodiy globallashuvni tahlil etishning keyingi bosqichi bo‗lib, globallashuv
jarayonlariga ta‘sir etuvchi faktorlar hamda bevosita globallashuvni harakatga
keltiruvchi kuchlar hisoblanadi. S.I.Dolgov tomonidan iqtisodiyotni globallashuvini
harakatga keltiruvchi kuchlarning asosi sifatida iqtisodiy, siyosiy, xalqaro, texnik,
ijtimoiy, liberazatsiya,tovar va kapital bozorini qayta tartibga solinishi kabi
faktorlar keltirib o‗tilgan
11
. Iqtisodiy globallashuvni harakatga keltiruvchi
kuchlarga jahon iqtisodiyoti doirasida kapitalni kontsentratsiyalashuvi va
markazlashuvi jarayonlarini, xo‗jalik xayotini transmilliylashuvi–yirik transmilliy
korporatsiya va moliyaviy institutlarni o‗sishi va rivojlanishini keltirib o‗tish
mumkin. Bozor raqobati nafaqat milliy bozorda, shuningdek jahon masshtabida
globallashuvni rag‗batlantiruvchi katta kuch sifatida zamonaviy globallashuv
jarayonlariga kuchli ta‘sir o‗tkazmoqda.
Globallashuvni harakatga keltiruvchi yana bir kuch–bu ilmiy–texnikaviy
progressini rivojlanishi bo‗lib, texnologik innovatsiya progressi natijasida yangi
informatsion va kommunikatsion texnologiyalarni (kompyuter texnikasini
rivojlanishi,internet, mobil telfon aloqalari va boshqalar) tovar,xizmatlar,moliyaviy
resurslar,g‗oya va informatsion mahsulotlarni tez hamda kam sarf–xarajatli
transchegaraviy joylashtirish imkoniyatlari yaratilmoqda.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida tadqiqotlar olib borgan Amerkalik
olim Dj.Garret jahon iqtisodiyotining globallashuvining uchta asosiy mexanizimini
ajratib ko‗rsatgan:
jahon savdosida raqobatni o‗sishi;
ishlab chiqaruvchilarni o‗z foydalarini oshirish yo‗lida ishlab chiqarish
quvvatlarini boshqa mamlakatlarga joylashtirish natijasida ishlab chiqarishni
internatsional xarakterga ega bo‗lishi;
moliya bozorlarini xalqaro integratsiyalashuvi.
Jahon
xo‗jalik
faoliyatini
integratsiyalashuvini
yuqori
bosqichida
iqtisodiyotning globallashuvi jarayonida transmilliy korporatsiyalar tashkil etilishi
va rivojlanishi muhim hisoblanadi.
Dj. Dannin ta‘rifi bo‗yicha ―transmilliy korporatsiyalar bittadan ortiq
mamlakatda to‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy investitsiyalarni amalga oshiruvchi va
qo‗shilgan qiymatni olish mexanizmlariga ega bo‗lgan yoki nazorat qiluvchi
korxonalardir‖.
R. Uolters va D. Bleyklar tomonidan esa quyidagicha ta‘rif berilgan:
"Transmilliy korporatsiyalar shunday iqtisodiy korxonalar – ishlab chiqaruvchi,
qazib chiqaruvchi, xizmat ko‗rsatuvchi yoki moliyaviy hisoblanib, qaysiki bir
mamlakatda shtab-kvartirasiga ega bo‗lib, biznesni esa bir yoki bir necha xorijiy
mamlakatlarda tashkil etadi‖.