Toshkent davlat iqtisodiyot univyersityeti a. Sh. Bekmurodov, Z. A. Abdullayev, B. M. Badalov



Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/223
Sana25.03.2022
Hajmi6,92 Mb.
#510336
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   223
Bog'liq
ARM Bekmurodov A SH Xalqaro moliya bozori va institutlari O\' q 2019

1.
 
Moliyaviy globallashuv
–iqtisodiy globallashuvning bir qismi bo‗lib, 
tovarlar, xizmatlar va kapital transchegaraviy transaktsiyalarining barcha hajmlarini 
o‗sishi va texnologiyaning tez va keng diffuziyasi natijasida dunyodagi barcha 
mamlakatlarning o‗zaro iqtisodiy bog‗liqligining kuchayishi
23
.
 
2.
 
Moliyaviy globallashuv
–iqtisodiy globallashuvning yyetakchi shakli 
bo‗lib qoldi. Mavjud ishlab chiqarish omillaridan kapitalning boshqa omillarga 
nisbatan harakatchanligi
24
, foydani izlab tezda joylashuv imkoniyatini yaratadi
kapital harakatini liberalizatsiya rejimi ushbu jarayonlarni sezilarli ravishda 
yengillashtiradi. Kapitalning harakatchanligini oshishida axborot sohasidagi
revolyutsiya, bunda nafaqat axborot va kommunikatsiya vositalarining keng tatbiq 
etilishi, balki kapital harakatini yangi kanallarini yaratilishi (internet) muhim rol 
o‗ynadi.
 
3.
 
Moliyaviy globallashuv
–jahon xo‗jaligiga ta‘sir etuvchi subyektlarning 
struktura va tarkibini o‗zgartirdi, jahon xo‗jaligini rivojlantirishning yangi 
vazifalari bilan xalqaro moliya institutlari nomuvofiqligini ochib tashlaydi hamda 
22
Yu.S.Yevlaxova. Genezis kontseptsii finansovoy globalizatsii. Finansovie isledovaniya №14. 2007.
23
Potentsial i opasnosti globalizatsii. Tematicheskiy obzor MVF ot 12.04.2000. http://www.imf.org/external
/np/exr/ib/2000/rus/041200r.htm.
24
Remarks by Saleh M. Nsouli «What is the IMF doing to help countries maximize the benefits of globalization?»/ 
www.imf.org/external/np/speeches/ 2007/ 062907.htm.


26 
milliy davlatlarni rolini qisqartirib, birinchi o‗ringa transmilliy kompaniya va 
banklar olib chiqdi. Bunday o‗zgarishlar natijasi davlatni tartibga soluvchi ko‗pgina 
insturmentlari yo‗qolishi hamda monetar va fiskal chora-tadbirlari samaradorligini 
pasayishiga olib keldi. Bu esa milliy moliya tizimi transformatsiyasi moliyaviy 
globallashuv ta‘siri ostida ekanligi to‗g‗risida dalolat beradi
25
.
 
Moliyaviy 
globallashuvning 
oqibati 
mazmunan 
dunyodagi 
barcha 
mamlakatlarning o‗zaro iqtisodiy bog‗liqligini kuchayishi sharotida nazorat 
qilinmaydigan kapital oqimining transchegaraviy harakatini anglatadi va 
quyidagilarga olib keladi: 
1.
Bir tomondan kapitalning transchegaraviy oqimi iqtisodiy o‗sishga olib 
keladi (misol uchun to‗g‗rida–to‗g‗ri xorijiy investitsiyalar va YaIM nisbatini 10 
foizga ko‗payishi o‗rtacha 0,3 foiz iqtisodiy o‗sishga olib kelishi isbotlangan)
26

Boshqa tomondan kapital oqimining sezilarli o‗sishi joriy hisoblarni disbalansiga 
sabab bo‗lishiga olib keladi. Xalqaro valyuta fondi tomonidan to‗lov balansi joriy 
hisoblar qoldig‗ini milliy moliya tizimi inqirozi ko‗rinishlarining indikatori sifatida 
qarash bir necha bor taklif etilgan
27
. Bir vaqtda to‗lov balansi joriy hisoblari 
qoldig‗i kattaligi bilan jahon moliya tizimi beqarorligi riski nafaqat milliy 
davlatning o‗z to‗lov balansidagi defitsitni mustaqil ravishda boshqarish, balki bu 
jarayonlarni nazorat qila olmaslik vaziyatini oshiradi.
2.
Global moliya bozorini faoliyatini ijobiy tomoni riskni taqsimlanishi 
bo‗yicha imkoniyatlarni kengayishi. Shu bilan bir vaqtda global moliya bozoridagi 
inqiroz ko‗rinishlarini transmissiyasi tezroq bo‗ladi. Bunga misol qilib AQSh 
ipoteka bozoridan boshlangan oxirgi jahon moliyaviy inqirozini keltirish mumkin. 
3.
Globallashuv jarayonida Yevropa,Osiyo, Latin Amerika va yaqin sharqda 
yangi iqtisodiy kuchlar paydo bo‗lmoqda. Ularning global savdo va moliyaviy 
oqimlarga qo‗shayotgan ulushlari doimiy o‗sib borib, bugungi kunda xalqaro 
rezervlarni taxminan 1/3 qismi ushbu hududlarga to‗g‗ri keladi
28

Moliyaviy globallashuv turli xil va bir xil mazmunda bo‗lmagan iqtisodiy va 
ijtimoiy oqibatlarga olib keladi.
Moliyaviy globallashuvning ijobiy tomonlari quyidagilardan iborat:

turli xil ishtirokchilarning global moliya bozoriga kirishini 
soddalashtiradi; 

transchegaraviy moliya oqimlarini tartibga solishning ustmilliy tizimini 
yaratish yo‗li bilan mamlakatlarning integratsiyasini tezlashtiradi; 

jahon iqtisodli
yo
tining rivojlanishi manfaatlariga javob beruvchi ―yangi 
moliyaviy arxitekturani‖ yaratadi, inqirozlarni bartaraf etadi va global moliya 
bozorining yanada samarali faoliyat yuritishiga imkoniyat beradi; 
25
Chugrov.S. Globalizatsiya, modernizatsiya ili internatsionalizatsiya? // Mirovaya ekonomika i mejdunarodnie 
otnosheniya.–2002–№4.
26
Putting Financial Globalization to Work. By Paolo Mauro and Jonathan D.Ostry. IMF Research Department. 
August 16, 2007 // www.imf.org/external/ft/survey/so/2007/RES0816A.htm.
27
Challenges to the International Monetary System: Re–balancing Currencies, Institutions and Rates. Presenta–tion 
by Mr. Takatoshi Kato. September 30, 2007 // www.img.org/external/np/speeches/2007/ 093007. 
28
Remarks by Saleh M. Nsouli «What is the IMF doing to help countries maximize the benefits of globalization?»/ 
www.imf.org/external/np/speeches/ 2007/ 062907.htm. 



moliyaviy axborotning ahamiyatini va uning global moliya bozori 
ishtirokchilari uchun foydalanish imkoniyatini oshiradi; 

moliya resurslari miq
yo
sini kengaytiradi; 

qo‗shilish va yutilishlarni, kapitalning to‗planishini, global transmilliy 
korporatsiyalarning yaratilishini faollashtiradi; 

xorijiy moliya resurslariga, texnologik va boshqaruv tajribasiga kirishini 
soddalashtiradi; 

global moliya bozori hukumatlarning va moliya institutlarining 
shaffofligini ta‘minlovchi axborotning kompleks standartlarini joriy qilishga 
imkon beradi; 

xalqaro moliya institutlarining mavqeini mustahkamlaydi va global moliya 
bozorining rivojlanishida bozorlari shakllana
yo
tgan mamlakatlarning 
ahamiyatini oshiradi. 
Moliyaviy globallashuvning salbiy oqibatlarga quyidagilar kiradi: 

moliyaviy globallashuvning ijobiy natijalarining rivojlangan va 
rivojlana
yo
tgan mamlakatlar o‗rtasida notekis taqsimlanishi, bu kambag‗al va boy 
mamlakatlar o‗rtasidagi farqning ortishiga olib keladi; 

milliy iqtisodi
yo
tlarning holatini keskin 
yo
monlashtirishga qodir bo‗lgan, 
mamlakatlar o‗rtasidagi spekulyativ (chayqovchilik) kapitalining katta 
miqdorini tez ko‗chishi; 

global moliya bozorida moliyaviy havf darajasining oshishi; 

global moliya bozorining nobarqarorligiga olib keluvchi davriy jahon 
moliyaviy inqirozlari.
Shubhasiz moliyaviy globallashuvning salbiy oqibatlari milliy hukumatlar va 
ko‗p mamlakatlardagi jamoatchilikni doimo diqqat markazida bo‗lib kelmoqda.

Download 6,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   223




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish