“ “T a s d iq l a y m a n”
Navbahor Suv xo`jaligi va
melioratsiya kolleji direktori
_______ Z. M. Qudratov.
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA`LIM VAZIRLIGI
NAVOIY VILOYATI KASBIY TA`LIMNI RIVOJLANTIRISH VA
MUVOFIQLASHTIRISH
HUDUDIY BOSHQARMASI
Navbahor suv xo`jaligi va melioratsiya kolleji
Axborot kutubxonasining 2022 yil
YILLIK ISH REJASI
SUV XO`JALIGI VA MELIORATSIYA KOLLEJI AXBOROT KUTUBXONASINING
2021–YIL VAZIFALARI
Mamlakatimizdagi ijtimoiy- iqtisodiy qayta qurish jamiyatini rivojlantirishning yangi ta’lim strategiyasi va ob’ekti jarayoni Respublikamizdagi kutubxonalar tarmog’i ishiga ham yangi texnologiyalar joriy etish zarurligini oldindan belgilab berdi.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining “Respublika aholisini axborot kutubxona ta’minotini tashkil etish to’g’risida”gi 2006 yil 20 iyun ПК-381 raqamli qarori 2011 yil 23 fevral 1487-sonli “O’zbekiston Respublikasining 2011-2015 yillarda axborot kommunikatsiyasi texnоlogiyalari asosida АКМ va АRМ xizmatlarini yanada sifatli rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risidagi ” qarori, 2011 yil 13 apreldagi “Axborot kutubxona faoliyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni A.Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy kutubxonasining yangi binosi qurilib ishga tushirilishi, hukumatimizning, ayniqsa Respublika birinchi Prezidenti I.A Karimovning bu sohaning rivojlantirishga katta etibor berganining yaqqol isbotidir. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish , kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda tarjibot qilish bo’yicha Komissiya tuzish to’g’risida”gi F-4789-sonli farmoyishida bir qator muhim vazifalar belgilab berilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonvich Mirziyoyev “Yoshlarni kitob o’qishga bo’lgan qiziqishini oshirish, aholining kitobxonlik ko’nikmasini yanada yuksaltirish, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng yaxshi namunalarini internet tarmog’lariga joylashtirish va ularni keng targ’ib qilish ishlariga e’tibor qaratamiz ” deb takidlaganlar.
Kutubxonalar tarmog’ini zamonaviy talablarni hisobga olgan holda takomillashtirishning muhim bosqichi bo’lib qoldi. Mazkur qarorga muvofiq prinspial jihatdan yangi, o’sib kelayotgan yosh avlodning intellektual ehtiyojlarini qondirishga, ma’daniy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni saqlab qolishga, shuningdek, aholini yanada keng va sistemali ravishda axborot bilan ta’minlash uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga qaratilgan axborot kutubxonalar barpo qilinmoqda.
Kutubxonaning istiqboldagi va joriy maqsad hamda vazifalari, shuningdek ularni bajarish shakl va metodlarini belgilab beruvchi yillik ish rejalari kutubxonalar faoliyatini takomillashtirishga oid asosiy hujjatlardan biri sanaladi. Kutubxonaning bundan keyingi faoliyati samarali bo’lishi ish rejasi professional darajada tuzilishiga bog’liq.
Kutubxona yangi axborot texnologiyalari asosida va fuqarolarni zaruriy fan, ta’lim, madaniyat va biznesga oid axborotlar bilan tezkorlikda ta’minlash asosiy ish rejasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |