Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali pul va banklar



Download 1,74 Mb.
bet20/174
Sana29.04.2022
Hajmi1,74 Mb.
#593619
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   174
Bog'liq
Pul va banklar UUM 2021-2022.25.08.21y — копия

To’lov talabnoma – bu mablag oluvchining begilangan so’mmani to’lovchi tomonidan bank orqali to’lashi to’g’risidagi talabini o’z ichiga olgan hisob – kitob xujjatidir. To`lov talabnomasi xo`jalik yurituvchi subyektlarning faqat asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag`i taqdim e`tilishi mumkin.
Talabnomalar yuklab junatilgan tovarlar, bajarilgan ishlar, kursatilgan xizmatlar, shuningdek tomonlar shartnomasida ko’zda tutilgan boshqa to’lovlar uchun quyilishi mumkin.
Talabnomalar tomonlar o’rtasida to’zilgan shartnomaga asosan akseptli va akseptsiz bo’lishi mumkin.
Bank tomonidan to’lovchilarga talabnomalarni quyidagi akseptlash tartibi va muddati belgilangan:
- Bir xudud ichida joylashgan mijozlar uchun – talabnomalarni banka kelib tushgan kunidan tashqari 3 ish kunida
- Boshqa xududlarda joylashgan mijozlar uchun talabnomalar bankka kelib tushgan kunidan tashqari 5 ish kunida
- To’lovchining asosli iltimosiga ko’ra 10 ish kunigacha
Belgilangan muddatda korxona yozma ravishda akseptlashni rad etmasa talabnoma akseptlangan hisoblanadi.
To’lovchining hisobvarag’ida mablag’lar etarli bo’lmaganda talabnoma to’lovini bank qisman amalga oshiradi. Qolgan so’mmadagi talabnoma 2 – kartotekaga joylashtiriladi, bunda talabnomaning orqa tomonida to’langan so’mma yozib ko’rsatiladi.
Talabnoma akseptlashdan qisman bosh tortganda to’lovchi tomonidan akseptlangan so’mma bo’yicha to’lovlar amalga oshriladi, mablaglar bo’lmaganda esa 2–kartotekaga joylashtiriladi. Talabnomaning dastlabki so’mmasi aylanaga olinadi va yoniga to’lovchi akseptlagan talabnoma so’mmasi quyiladi. Bunda bank to’lovchi tomonidan akseptlashni qisman rad qilganligi to’g’risida mablag’lar oluvchining bankiga yozma ravishda xabar berishi shart.
Akseptsiz tulanadigan to’lov talabnomalari to’lovchilarning hisob varaqlaridan mablaglarni akseptsiz hisobdan chiqarishda quyidagi xollarda amalga oshiriladi.
a) Elektr va issiklik energiyasi uchun hisob – kitoblarda. Bu xolda talabnoma ajratilgan elektr va issiqlik energiyasi uchun mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan bevosita iste’molchiga xizmat ko`rsatuvchi bankka qo`yiladi.
b) Qarzdor tomonidan talabnoma da’vo so’mmasi tan olinganligi xaqida javob xatining asl nusxasi ilova qilinganda
v) Qonunchilikda to’g’ridan – to’g’ri ko’zda tutilgan boshqa xollarda
O`lchov asboblari kursatkichlari va amaldagi tariflar asosida yozilgan elektr va issiqlik energiyasi uchun hisob – kitoblarda «To’lov maqsadi» grafasida «Ulchov asboblari ko’rsatkichlari» yoki «tarif asosida» degan yozuv ko`rsatiladi.
Talabnomaning yuqori burchagiga «Akseptsiz» degan so’z yoziladi yoki yozuv yozilgan muhr qo’yiladi. Bank ilova qilingan xujjatlarning talabnomada ko’rsatilgan rekvizitlariga mosligini tekshiradi.
To’lovchining bankida amaliyot (operasion) kuni davomida kelib tushgan akseptsiz to’lanadigan talabnomalar shu kunning o’zidayoq to’lanadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, agar to’lovchining hisob varag’ida mablag’lar mavjud yoki yetarli bo’lmasa talabnomaning to’lanmagan so’mmasi ikkinchi kartotekadagi hisobvaraqlarga joylashtiriladi.
Akkreditiv – mijozning topshirigiga ko’ra shartnoma bo’yicha uning kontragenti foydasiga berilayotgan bankning shartli pul majburiyatidir.
Unga ko’ra akkreditiv ochgan bank (bank emitent) uning kontragenti - mablaglarni oluvchi foydasiga to’lovni amalga oshirish yoki boshqa bankka bu turdagi to’lovni bajarish uchun vakolat berish majburiyatini mablag’lar oluvchi tomonidan xujjatlarni taqdim etgan va akkreditivda nazarda tutilgan boshqa shartlarni bajargan taqdirda oladi.
Akkreditivlarning quyidagi turlari ochilishi mumkin:
- qoplangan (deponentlangan);
- qoplanmagan (kafolatlangan).
Akkreditivlar bank tomonidan ko’zda tutilmagan xolatlarning alohida hisob varaqlarida va 22602 – «Mijozlarning akkredtivlar bo’yicha depozitlar» hisob varag’ida hisobga olinadi. Xar bir mablag’larni oluvchi uchun unga xizmat kursatuvchi bankda akkreditivlar bo’yicha alohida depozit hisob varaqlari ochiladi.
Qoplangan (deponentlangan) akkreditiv ochilgan taqdirda, bank emitent uni ochish vaqtida mijozning o’z mablag’larini yoki unga berilgan kreditni bank – emitentning majburiyatlari amal qilib turadigan butun muddatga ijrochi bank ixtiyoriga o`tkazishi shart.
Qoplanmagan akkreditiv ochilgan taqdirda bank – emitent ijrochi bankka akkreditivning butun so’mmasini bank – emitentning ijrochi bankida yuritilayotgan hisob varagidan kuchirish xuquqini beradi.
Qoplangan va qoplanmagan akkreditivlar chaqirib olinadigan va chaqirib olinmaydigan bo’lishi mumkin.
Chaqirib olinuvchi akkreditiv bank – emitent tomonidan mablag’larni oluvchi bilan oldindan xabardor qilmagan holda o’zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Akkreditivlarni chaqirib olish bank emitent zimmasiga mablag’larni oluvchi oldida biron – bir majburiyat yuklamaydi. To’lovchi chaqirib olinadigan akkreditivning shartlarini o’zgartirishi va bekor qilinishi to’g’risidagi barcha kursatmalarni mablag’lar oluvchiga faqat bank – emitent orqali berishi mumkin, ushbu bank mablag’larni oluvchini banki (ijrochi bank) ni, u esa mablag’ oluvchini xabardor qiladi.
Agar ijrochi bank operasiyalarni bajarish paytigacha akkretivning o’zgartirilganligi yoki u bekor qilinganligi haqida bildirishnoma olmagan bo’lsa u chaqirib olinadigan akkreditiv bo’yicha to’lovni yoki boshqa operasiyalarni amalga oshirishi shart.
Mablag’lar oluvchining roziligisiz, uni foydasiga ochilgan chaqirib olinmaydigan akkreditiv o’zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas.
Ijrochi bank – emitent bilan shartnoma asosida chaqirib olinmaydigan akkreditivni tasdiqlashi mumkin. Bunday holda chaqirib olinmaydigan akkretiv tasdiqlangan akkreditiv bo’ladi.
Tasdiqlangan akkreditiv bo’lganda ijrochi bank bank – emitentni akkreditiv shartlariga muvofiq to’lovni amalga oshirish majburiyatlari bo’yicha o’z zimmasiga qo’shimcha ravishda majburiyatlar oladi.
Tasdiqlangan akkreditiv ijrochi bankning roziligisiz o’zgartirilish yoki bekor qilinishi mumkin emas.
To’lovchi akkreditiv shakldagi hisob – kitoblarda bankka akkreditivga ariza taqdim etadi.
Akkreditivga arizada akkreditlar bo’yicha mablag’larni olish uchun mablag’larni oluvchi taqdim etishi lozim bo’lgan akkreditiv shartlari ruyxati to’liq bo’lmasa tasdiqlovchi xujjatlarning aniq tasnifi va ularni rasmiylashtirishga doir talablar mavjud bo’lmasa, banklar akkreditiv uchun arizani to’lovchiga qaytarib berish va akkreditiv hisob varaqlarini ochmasligi kerak.
Akkreditivga ariza bank – emitentga ikki nusxada taqdim etiladi:
- birinchi nusxasi to’lovlar amalga oshirilgandan keyin bankning kunlik xujjatlariga tikiladi.
- ikkinchi nusxasi mablag’lar to’lovchining shaxsiy hisob varag’idan olingan ko’chirmaga ilova qilinadi.
Mablag’lar oluvchining bankida akkreditiv quyidagi xollarda yopiladi:
a) Akkreditiv muddati tamom bo’lgach
b) Mablag’lar oluvchining akkreditivning amal qilish muddati tamom bo’lgunicha undan foydalanishdan voz kechishi haqidagi yozma arizasiga ko’ra, agarda bu akkreditiv shartlarida kursatilgan bo’lsa
v) To’lovchining akkreditivni to’liq yoki qisman chaqirib olish haqidagi yozma talabiga ko’ra, agar bu akkreditiv shartlarida ko’zda tutilgan bo’lsa, akkreditiv bank – emitentdan xabar yetib kelgan kuni yopiladi yoki kamayadi, lekin 22602 – «Mijozlarning akkreditivlar bo’yicha depozitlari» balans hisob varag’idagi qoldiq so’mmadan ko’p bo’lmagan xolda.
Ijrochi bank akkreditiv yopilganligi to’g’risida bank emitentga xabar beradi. Foydalanilmagan so’mma to’lovchining bankiga mablag’lar qaysi hisob varaqdan deponent qilingan bo’lsa shu hisob varaqga utkaziladi.
Hisoblashuvlarning akkreditiv shaklini ustunligi mablag oluvchi uchun ishonchli, uning shartlari oddiy;
Kamchiligi – to’lovchining puli shu davrga muomiladan chiqadi, mahsulot junatuvchi bankida kutadi.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish