Bog'liq Pul va banklar UUM 2021-2022.25.08.21y — копия
4.4. Naqd pulsiz hisob – kitoblarning asosiy shakllari, xususiyatlari va ularni qo`llash imkoniyatlari Hisob – kitoblar shakli deganda xuquqiy me’yorlarda ko’zda tutilgan hisoblashuv xujjatlarining turi va xujjat aylanishi tartibi bilan farq qiladigan mablag’larni naqd pulsiz utkazish shartlari tushuniladi.
Hisob - kitob operasiyalari banklar tomonidan korxona uchun ochilgan hisob- varaqlaridan mijoz bilan hisob – kitob xizmati kursatish yuzasidan to’zilgan shartnomaga asosan amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013 yil 3-iyundagi 2465-soli «O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob – kitoblar to’g’risida Nizom»ga asosan xo’jalik yurituvchi subyektlar o’rtasidagi naqd pulsiz hisob – kitoblar quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
- to’lov topshiriqnoma
- to’lov talabnoma
- akkreditivga ariza
- inkasso topshiriqnoma
- hisob – kitob cheki
- memorial-order
- plastik kartochkalar bilan hisoblashish
Korxonalar o’ziga qo’lay bo’lgan hisob – kitob shaklini erkin tanlashi mumkin. Hisob – kitoblarning qaysi shaklini qo’llash mumkinligini, to’lovning to’lash tartibi, to’lovchi bilan mablag’ oluvchi o’rtasida to’ziladigan shartnomada ko`rsatiladi.
Yuqoridagi shakllar bo’yicha qullaniladigan xujjatlar Markaziy bankning quyidagi talablari va andozalariga mos kelishi lozim:
- hisob-kitob xujjatining raqami;
- xujjat to’ldirilgan sana, oy, yil;
- to’lovchining nomi;
- to’lovchining hisob varaq raqami;
- soliq to’lovchisining identifikasiya raqami (chek va akkreditivlarda ko`rsatilmaydi);
- to’lovchi bank nomi;
- to’lovchi bank kodi;
- oluvchining nomi;
- oluvchining hisob raqami;
- oluvchi bank nomi;
- oluvchi bank kodi;
- to’lov so’mmasi miqdori (yozuvda ham ko’rsatiladi);
- to’lovning maksadi (cheklarda ko’rsatilmaydi);
Bulardan tashqari hisob-kitob cheklarida qo’shimcha ravishda quyidagilar kursatiladi;
- chekning seriyasi va raqami;
- jismoniy shaxs pasportining seriyasi va raqami;
- chekning oxirgi amal qilish sanasi
Shu kabi akkreditiv bo’yicha arizada quyidagilar kushimcha ravishda kursatiladi;
-amal qilish muddati;
- akkreditiv ochilayotgan shartnoma raqami va sanasi;
- buyurtma raqami;
- buyurtma sanasi;
- tovar yoki xizmatning nomi;
- akkreditiv bo’yicha to’lovni amalga oshirishda asos bo’lgan xujjatning turi;
-qo’shimcha shartlar
Xujjatlar imzo qo`yish xuquqiga ega bo’lgan mansabdor shaxslarning o’z qo’li bilan qo’ygan imzosi va korxona muxri mavjud bo’lganda qabul qilinadi.
Xujjatlarni buyash, chizish va tozalashga yo`l qo`yilmaydi.
Naqd pulsiz hisob – kitob shakllarining muhim turlaridan biri to’lov topshiriqnoma hisoblanadi.
To’lov topshiriqnoma mijoz o’z hisobvarag’idan unga xizmat kursatuvchi bankka ma’lum bir so’mmani boshqa mijozning hisobvarag’iga o’tkazish to’g’risidagi topshirig’idir.
Topshiriqnomalar bilan tovarlar, ish, xizmatlar va boshqa to’lovlar bo’yicha hisob – kitoblar amalga oshiriladi.
Topshiriqnomalar bank tomonidan to’lovchi hisob varag’ida mablag’lar bo’lgandagina (agar shartnoma va boshqa me’yoriy xujjatlarda boshqalar ko’zda tutilgan bo’lmasa) qabul qilinadi.
To’lov topshiriqnomalari bankga to’lovchi va oluvchiga bitta bank xizmat qilsa 3 nusxada (bank uchun, to’lovni oluvchi va to’lovchiga) taqdim etiladi, agar har xil banklar xizmat qilsa 4 nusxada to’ziladi.
Elektron to’lovlar tizimi orqali olingan elektron to’lov topshiriqnoma mablag’larni oluvchi bankda 2 nusxada qabul qilinadi:
- bir nusxasi bankning kunlik xujjatlariga tikiladi.
- ikkinchi nusxasi mablaglar oluvchining shaxsiy hisob varag`idan olingan ko`chirmaga ilova qilinadi.
To’lov topshiriqnomaning sanasi uni bankka takdim etilgan sana bilan bir xil bo’lishi kerak, ular mos kelmagan xolda to’lov topshiriqnoma ijro uchun qabul qilinmaydi (byudjetga va byudjetdan tashqari fondlar bo’yicha to’lovlar bundan mustasno).