Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali pul va banklar


Naqd pulsiz aylanishning zaruriyati, ahamiyati, unsurlari va tamoyillari



Download 1,74 Mb.
bet18/174
Sana29.04.2022
Hajmi1,74 Mb.
#593619
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   174
Bog'liq
Pul va banklar UUM 2021-2022.25.08.21y — копия

4.3. Naqd pulsiz aylanishning zaruriyati, ahamiyati, unsurlari va tamoyillari.
Mamlakatimizda pul aylanishining asosiy qismi naqd pulsiz hisob – kitoblarga to’g’ri keladi.
Naqd pulsiz hisob – kitoblar deganda korxona va tashkilotlar tomonidan tovar ayirboshlash, xizmatlar ko’rsatish va tovarsiz operasiyalar bo’yicha bir – biriga bo’lgan talab va majburiyatlarini naqd pul ishlatmasdan pul mablag’larini schyotdan – schyotga o’tkazish orqali amalga oshirilishi tushuniladi.
Mamlakat iqtisodi rivojlanib borgan sari pul aylanishida naqd pulsiz hisob – kitoblarning ulushi ortib boradi.
Shu asosda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1998 yil 27 – iyunda №60 son bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob – kitoblar to’g’risida» Nizom qabul qilingan va unga 2002 yilni 12 yanvarida, 2007 yil 24-aprelda, 2013-yil 3-iyunda, 2013-yilni 23-noyabrida va 2017-yilni 24-iyuni va 31-noyabrda ayrim o’zgartirishlar kiritilgan.
Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi, “O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to`g`risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi, “Xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy huquqiy bazasi to`g`risida”gi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to`g`risida”gi Qonunlari va O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining O’zbekiston xududida naqd pulsiz hisob – kitoblarni tartibga soluvchi boshqa me’yoriy xujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan va Respublika makonida hisob – kitoblarni o’zluksiz bajarilishini ta’minlashga mo’ljallangan.
Naqd pulsiz hisob – kitoblarning zaruriyati quyidagilar bilan belgilanadi:

  1. Yalpi ichki mahsulot va milliy daromad xajmining ortib borishi;

  2. Tovar aylanishi hajmini o’sishi;

  3. Xo’jalik subyektlari o’rtasida hisob – kitob munosabatlarining oshishi;

  4. Bank kreditining ayirboshlash jarayonidagi rolini o’sishi;

  5. Iqtisodiy alokalarni rivojlantirishda va hisob – kitoblarda elektron hisoblash

texnikasidan, kompyuterlardan keng ko’lamda samarali foydalanishni oshishi;

  1. Naqd pulning ko`proq miqdorda oldi – sotdi bilan shug’ullanuvchi

ishbilarmonlar qo’liga o’tib ketganligi;
7. Pulning davlat g`aznasidan chiqib yana qaytib kelishi jarayonlarida uzilishlarning paydo bo’lishi;

  1. Davlatning naqd pul yetishmasligi muammosiga duch kelishi va boshqalar

Naqd bo’lmagan pul xarakati xajmining doimiy o’sib borishi xalq xo’jaligida muhim ahamiyatga ega va u quyidagilar bilan belgilanadi:
1. Xo’jalik subyektlarining naqd pulga bo’lgan ehtiyoji keskin qisqaradi;
2. O’zaro hisob – kitoblarni amalga oshirish jarayonidagi muomila xarajatlari tejaladi;
3. Muomiladagi pul mablag’larining xavfsizligi kamayadi;
4. Hisob – kitoblarni banklar orqali amalga oshirilishi ularning xuquqiy jihatdan qonuniyligini ta’minlaydi.
5. Xo’jalik hisob varag’iga pul mablag’larining kelib tushishi, ular yaratgan mahsulot yoki kursatgan xizmatlarnig ijtimoiy tan olinishi ta’minlanadi;
6. Xo’jaliklar o’rtasidagi aloqalarni mustaxkamlaydi, tovar – pul mablag’lari xarakatini tezlashtiradi;
7. Naqd pulga bo’lgan talabni va shu bilan birga qog’oz pullar emissiyasi va ularni saqlash bilan bog’liq xarajatlarni kamaytiradi;
8. Hisob – kitoblarni banklar orqali o’tishi lozim bo’lgan soliqlar miqdorini to’g’ri aniqlash bo’yicha nazoratni ta’minlaydi;
9. Muomilada naqd pul miqdorini kamayishi uning inflyasiya darajasini pasaytiradi va boshqalar.
Naqd pulsiz hisob – kitoblarni tashkil etish va amalga oshirishni banklar olib boradi. Maxsus banklar xalk xujaligi tarmoklari korxonalariga hisob – kitob xizmatini ko`rsatadi. Markaziy bank bu hisob – kitoblarni yuritish bo’yicha tartib qoidalarni ishlab chiqadi.
Naqd pulsiz hisob – kitoblar quyidagi unsurlarni o’z ichiga oladi:
1. Naqd pulsiz hisob – kitoblarni olib borish va amalga oshirishning asosiy tamoyillari;
2. Hisob – kitob shakllari;
3. Hisob – kitob xujjatlari;
4. To’lov turi;
5. To’lov navbati va manbalari;
6. Hisob – kitob qatnashchilari;
7. Hisob – kitob qatnashchilarining xuquq va majburiyatlari va boshqalar
Naqd pulsiz hisob – kitoblar quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi:
1. Korxona va tashkilotlar o’z pul mablag’larini (qarzga olganlarini ham) banklarda saqlashini zarurligi;
2. Barcha naqd pulsiz hisob – kitoblarni bank orqali o’tishi;
3. Xo’jalik subyektlari hisob – kitoblar shakllarini erkin tanlashlari va uni shartnoma orqali mustahkamlab qo’yishlari.
4. Xo’jalik subyektlarining hisob – kitoblar bo’yicha shartnomaviy munosabatlariga bankni aralashmasligi;
5. Tovarlar va xizmatlar uchun to’lovlar to’lovchining roziligi bilan amalga oshirilishi;
6. To’lovlar xo’jalik subyektlarining hisob varaqasidagi mablag’lari hisobidan, ba’zida (agar korxona kredit olishi mumkin bo’lsa) bank krediti hisobidan amalga oshirilishi.
7. Mol yetkazib beruvchining hisob varag’iga pul mablag’larini o’tkazish mazkur mablag’larning mol sotib oluvchining hisob varagidan chiqarilgandan keyin amalga oshiriladi;
8. To’lovchi tegishli xuquqga ega bo’lsa to’lovni qisman va tuliq rad etishi.
Xo’jalik subyektlari pul mablag’larini saqlash va hisob – kitoblar olib borish, kassa operasiyalarini amalga oshirish uchun tegishli bank bo’linmalarida o’zlarining hisob varaqlarini ochadi.
Byudjet hisob varaqlari byudjet kassasini ijro etish operasiyalarini bajarish, to’lovlarning tushumi va xarajatlarni aks etirish uchun ochiladi.
Ssuda hisob varaqlari ma’lum tartibda rasmiylashtiriladigan ssudalar (kreditlar) bo’yicha ochiladi.
1997 yildan hisob – kitob va joriy hisob varaqlari urniga depozit hisobvaraqlari, ya’ni talab kilib olinadigan depozit hisob varaqlari joriy etilgan. Depozit – lotincha depositum suzidan olingan bulib omonat, asrab kuyilgan ma’noni bildiradi.
Hozirgi vaqtda O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki Boshqaruvining 2009-yli 16-martidagi 7/2 qarori asosida "O`zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to`g`risidagi yo`riqnoma"ga binoan mijozlar banklarda quyidagi turdagi bank hisobvaraqlarini ochishlari mumkin:
- bank hisobvaraqlari
- jamg`arma depozit hisobvarag`i
- muddatli depozit hisobvarag`i
- ssuda hisobvarag`i
- talab qilib olinguncha depozit hisobvarag`i.



Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish