Monetar siyosat: xarakatdagi pul miqdorini belgilash, uni qat’iy nazorat qilish, tijorat banklari faoliyatini ko’zatib borish, kredit emissiyasini bajarib borish, davlat oltin – valyuta zaxirasini yaratish va foydalanishni ko’zda tutadi.
Monetar siyosatning bosh g’oyasi – iqtisodiy o’sishni bozor mexanizmi ta’minlaydi. Bu mexanizmning asosiy vositasi pul. Davlat yalpi talabga muomiladagi pul miqdorini tartibga solish bilan ta’sir etishi kerak. Bunga ko’ra
xolida aniqlanadi.
Davlat xarajatlari va soliqqa tortish bo’yicha chora – tadbirlar ko’rish orqali mamlakatdagi ijtimoiy – iqtisodiy muammolarni yechishga qaratilgan siyosat fiskal siyosat deyiladi.
Fiskal siyosatning asosiy vazifasi iqtisodiy siyosatni amalga oshirish uchun davlat pul fondlarini markazlashgan tarzda tashkil etish va ishlatish orqali iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash.
Fiskal siyosat avtomatik va diskresion siyosatga bo’linadi. Avtomatik deganda xukumat tomonidan qo’shimcha chora – tabirlar belgilamay mavjud iqtisodiy mexanizm orqali iqtisodiy o’zgarishlarga moslashuvchan siyosat tushuniladi. Soliq to’zilmalarini iqtisodiy kon’yuktura o’zgarishiga bog’liqligi va boshqalar.
Diskresion (lotincha dissrecio – o’z qaroriga qarab amal qiluvchi) siyosat davlat tomonidan yalpi milliy mahsulotning real xajmiga, bandlik, iflyasiya va iqtisodiy o’sishga ta’sir ko’rsatish maqsadida davlat tomonidan aniq chora – tadbirlarni belgilash tushuniladi. Doimiy amal qiluvchi qonunlar, qoidalar, me’yorlarga qo`shimcha ravishda yoki ularni o’zgartirish bo’yicha tezkor tarzda majburiy chora – tadbirlar ko’riladi (soliq reformasi va boshqalar).
Umuman olganda fiskal siyosat ijtimoiy ximoya usullarini, byudjet daromadlari va xarajatlarini rejalashtirish, iqtisodiy rivojlanish sur’atlarini oshirish siyosati, narx – navoni pasaytirishga ta’sir ko’rsatish kabi chora – tadbirlarni o’z ichiga oladi.
4.2. Pulni naqd va naqd pulsiz aylanishi, ularni xususiyatlari
Ma’lumki, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bosqichlari pullik munosabatlar orqali amalga oshadi. Ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan resurslarni sotib olish, ularni ishlab chiqarish jarayonida foydalanish va yetishtirilgan mahsulotlarni sotish jarayoni odatda korxona va tashkilotlar o’rtasida olib boriladigan pullik munosabatlarga bog’liq.
Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar o’rtasidagi va xo’jaliklarni o’z xodimlari bilan bo’ladigan hisob – kitob munosabatlari naqd pullik va naqd pulsiz shaklda olib boriladi.
Naqd pullik hisob – kitoblarga kelganda naqd pulning xarakati bankdan boshlanadi. Naqd pul bankdan chikkach korxona va tashkilotlar kassasi orqali axoli qo’liga o`tadi. Oldi – sotdi va to’lov xarakatlari bajarilgach u yana bankga qaytadi.
Jumladan, 2017-yilda respublikamizda bank kassalariga tushgan naqd pullar jami 39,5 trln. so`mni tashkil etdi. Ushbu pul tushumining 47 foizini tovarlarni sotishdan, 15 foizi pullik xizmatlar ko`rsatish sohasidan, 14 foizi aholining pul mablag`larini bank omonatlariga joylashtirishdan, 11 foizi soliqlar va boshqa majburiy yig`imlardan, 13 foizi boshqa sohalardan tushumga to`g`ri keladi.
Jami naqd pul tushumida Toshkent shahrining ulushi 36 foiz, Samarqand 10 foiz, Toshkent va Farg`ona viloyatlarida 17 foiz, Andijon, Namangan va Xorazm viloyatlarida 15 foiz, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 12 foiz, Navoiy viloyati va Qoraqalpog`iston Respublikasida 6 foiz, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida 4 foizni tashkil etgan.
2017-yilda naqd pul tushumining 11,8 trln. so`mi yoki 29,9 foizi yilning birinchi yarmiga va 27,7 trln. so`mi yoki 70,1 foizi yilni ikkinchi yarmiga to`g`ri keladi.
Mamlakatimizda naqd pul qullaniladigan pul aylanishi asosan quyidagi sub`yektlar o’rtasida bo’ladi.
1. Davlat va korxona, tashkilotlar, muassasalar o’rtasida (ish xaqi, tovar sotib olish, xizmat ko’rsatish bo’yicha to’lovlar va boshqalar)
2. Davlat va axoli o’rtasida (pensiya, nafaqa, byudjetga soliq to’lovlari va boshqalar)
3. Kredit tizimi va aholi o’rtasida (qarz olish, uni qaytarish, pulni jamg’armaga qo’yish va olish, yutuqlarni olish va boshqalar)
4. Korxona, tashkilot va muassasalar o’rtasida cheklangan holdagi naqd pul bo’yicha hisob – kitoblar, chunki ular o’rtasidagi hisob – kitoblar asosan naqd pulsiz amalga oshiriladi.
Pulning naqd aylanishi – bu naqd pul yordamida amalga oshiriladigan to’lovlar yig’indisidir. Bu aylanish pul o’zining to’lov va muomila vositasi funksiyalarini bajarishi bilan bog’liq.
Naqd pullar muomila vositasi sifatida aholi bilan korxona, tashkilotlar o’rtasida hamda aholi o’rtasidagi tovarlar sotib olinganda va sotishda qo`llaniladi.
Pul to’lov vositasi sifatida ish xaqi, nafaqalar, mukofotlar, yakka tartibdagi qurilish va boshqa maqsadlarga beriladigan kreditlar, sug’urta to’lov va qoplamalarini amalga oshirishda namoyon bo’ladi.
Undan tashqari naqd pulning aylanishi:
- kommunal va maishiy xizmatlar uchun to’lovlarda
- soliq va boshqa yig’imlar to’lovida
- «O’zbekiston pochtasi» xizmatlari bo’yicha to’lovlarda
- Temir yo`l, havo yo`li va mahalliy transportga to’lovlarda
- savdoda tovarlarni sotishda
- quyilmalarni quyish va olishda
- mehnat haqi, pensiya va nafaqalar to’lovini amalga oshirishda va boshqa holatlarda amalga oshiriladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, pulni naqd va naqd pulsiz aylanishi bir – biri bilan o’zviy bog’liq, chunki pul naqd pul aylanishidan naqd pulsiz aylanishga va aksincha aylanib doimiy xarakatda bo’lib, umumiy pul aylanishini ta’minlaydi.
Korxona, tashkilot va muassasalarning banklardagi hisob raqamlaridagi pul mablag’lari quyidagi xollarda naqd pulga aylanadi:
- Ishchi, xizmatchilarga ish xaqi berishda
- Ko’rsatilgan xizmat va ishlar uchun naqd pul to’lovida
- Pensiya, nafaqa, har xil mukofotlar, sug’urta qoplamasi to’lovida
- Aholidan qishloq xo’jalik mahsulotlari sotib olinganda
- Davlat zayomlari va lotoreya biletlari bo’yicha to’lovlarda
- Aholi banklardan o’z jamg’armalarini talab qilganda va boshqa hollarda
O’z navbatida naqd pullar quyidagi hollarda naqd pulsiz aylanishga tushadi:
- Uy– joy va kommunal xizmatlar uchun to’lovlarda
- Xar xil soliq va yigimlar, boj va jarimalar to’lovlarida
- Aloqa tashkilotlariga to’lovlarda
- Davlat zayomlari, lotoreya va boshqa o’yinlardan tushumlar orqali
- Aholini yakka tartibdagi banklar bilan qurilish va boshqa kredit munosabatlari bo’yicha to’lovlarda
- Bolalar muassasalaridan foydalanish bo’yicha to’lovlarda
- Dam olish uylari va boshqa sog’lomlashtirish muassasalaridan foydalanish bo’yicha to’lovlarda va boshqa hollarda
Pulning naqd pullik aylanishga o’tish jarayoni pul muomilasi uchun xatarliroq ekanligi tufayli Markaziy bank tomonidan u qattiq nazorat qilinadi.
Naqd pullik munosabatlarning xususiyatlari yana shundaki, bir pul belgisi bir necha marta to’lovlarni amalga oshirishda ishtirok etadi. Muomilada bo’lgan naqd pul massasi ma’lum bir davrda (oy, chorak, yillarda) o’zgarmas bo’lib turgan holda naqd pul aylanishi pulni aylanish tezligiga ko’ra muomiladagi naqd pul miqdoridan bir necha marta ko’p bo’lishi mumkin va aksincha.
Pul aylanishida to’lov aylanishi bilan naqd pulsiz aylanishlar o’rtasidagi farqni bilish lozim. To’lov aylanishi deb pulning to’lov vositasi sifatida xarakati tufayli vujudga kelgan pul aylanishiga aytiladi. Naqd pulsiz aylanish to’lov aylanishining tarkibiy qismi bo’lib naqd pulsiz aylanish va naqd pul aylanishining pulning to’lov vositasi funksiyasi tufayli yuzaga keluvchi qismi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |