- mijozlar bilan bog`liq bank operatsiyari bo`yicha hisob-kitoblarda
- bank xizmatlarini ko`rsatish bo`yicha hisob-kitoblarda
- banklarni o`z ichki operatsiyalarida
- mijozning qarzdorlik mablag`larini qo`llashda, agar banklar bilan mijozlar o`rtasida tuzilgan shartnomada belgilab qo`yilgan bo`lsa
- buxgalteriya hisobidagi xato yozuvlarni tuzatishda
- jismoniy shaxslarni tadbirkorlik faoliyati bilan bog`liq bo`lmagan yozma topshiriqlari bo`yicha mablag`larni naqd pulsiz shaklda o`tkazishda.
Bu holda to`lov amalga oshrilgandan keyin topshiriqnma memorial - order bilan birga bankning kunlik hujjatlariga tikiladi.
Memorial-orderlar bilan bajariladigan operatsiyalaring qonuniy bajarilishi bank rahbari va bosh buxgalterga yuklatiladi.
Plastik kartochkalar tegishli bankda kartochka egasining hisob varagi mavjudligini tasdiklovchi va naqd pulsiz tovarlar, ishlar yoki xizmatlarni sotib olish xuquqini beruvchi, shaxsi belgilangan, bank tomonidan chiqarilgan to’lov vositasini o’zida ifoda etadi.
Plastik kartochkalar jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bir tomondan, mahsulotni sotuvchi, ish bajaruvchi yoki xizmat kursatuvchi yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar ikkinchi tomondan, o’rtasida bo’ladigan naqd pulsiz hisob – kitoblarda, shuningdek naqd pul berish punktlari (terminal) va bankomatlardan naqd pul olishda qo`llaniladi.
Plastik kartochkalar bo’yicha xizmat ko’rsatish shartnoma asosida amalga oshirilib, shartnoma quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- tomonlarning nomlari
- shartnoma mavzusi
- tomonlarning xuquq va majburiyatlari
- tomonlarning javobgarligi
- hisob – kitoblarni utkazish shartlari
- shartnomaning amal qilish muddati va uni bekor qilish shartlari
- nizolarni hal qilish tartibi
- tomonlarning yuridik manzili
Respublikamizda hozirgi vaqtda uch turdagi bank plastik kartochkalari muomalaga chiqarilgan. Bular – shaxsiy bank plastik kartochkalari, yuridik shaxslar uchun kooperativ plastik kartochkalar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning milliy valyutadagi plastik kartochkalari.
Mamlakatimizda ikki xil rejimida ishlaydigan bank plastik kartochkalari muomalaga chiqarilgan. Bular – “On-line” va “Off-line” rejimda ishlaydigan plastik kartochkalardir.
Respublikamiz Birinchi prezidenti I.A.Karimovning 2014-yilning 17-yanvaridagi Vazirlar Mahkamasining yig`ilishida ta`kidlaganidek mamlakatimizda muomalaga chiqarilgan 10 milliondan ziyod plastik kartochkaning 2mln 500 mingtasi onlayn kartochkalardir.
PIN-kod – bank plastik kartochklari saqlovchisining shaxsiy identifikatsion raqami bo`lib, u karta hisob varag`idagi pul mablag`larni boshqarish huquqini beradi hamda mablag`larni boshqarishga bank plastik kartochkalarining saqlovchisi tomonidan ruxsat berilganligini tasdiqlaydi.
PIN-kodni xizmat ko`rsatuvchi bank yoki joylarda o`rnatilgan bankomat, infokoiks va terminallar orqali almashtirish mumkin. PIN-kod haqidagi ma`lumotlar maxfiy va u haqidagi ma`lumotlarni tarqatish tavfsiya etilmaydi. Shu bois plastik kartochkalar kodini yoddan bilish, uni kartochka yoki u bilan birga tutiladigan narsalar ustiga yozib qo`ymaslik lozim.
Plastik kartochkalarni tegishli shaxslarga biriktirishda quyidagi rekvizitlar bo`lishi shart:
identifikatsiya belgilari (karta raqami, seriyasi va boshqalar)
bank-emitentning kodi (xos raqami)
hisobvaraq raqami va kartochka egasining familyasi, ismi,
otasining ismi (tashkilot nomi)
kartochkaning amal qilish muddati
Plastik kartochkadan foydalanib operatsiyalarni amalga oshirishda tuzilgan hujjatlar rekvizitlari bilan kartochka egalarining bank hisob varaqlari, shuningdek korxona identifikatorlari, naqd pul berish punktlari bankomat va tashkilotlarning bank hisob vaqarlari kartasidagi muvofiqlikni belgilashga imkon beruvchi tomonlar o`rtasida kelishib olingan belgilarni o`z ichiga olishi kerak.
Kartochkalar bo’yicha banklararo hisob – kitoblar texnologiyasi quyidagi variantlari ko’zda tutadi:
a). Hisob – kitoblarni amaldagi elektron to’lovlar tizimi orqali yalpi hisob – kitob asosida utkazish
b). Hisob - kitoblarni hisob – kitob qatnashchilari tomonidan tashkil etilgan jarayon markazlaridan kun davomida utkazilib yakuniy majburiyatlar hisoblangan holda tijorat banklarining vakillik hisobvaraqlaridan yakuniy hisob – kitoblar so’mmasini o’tkazish.
Jarayon markazlari orqali hisob – kitoblarni utkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) kun davomida kartochkalar bo’yicha barcha tranzaksiyalar, hisob – kitoblar qatnashchilari tomonidan tasdiklangan tartibda jarayon markazi orqali utkaziladi va hisob – kitoblarda qatnashuvchi xar bir bank uchun alohida ochilgan shaxsiy hisob varaqlarda aks ettiriladi.
b) hisob – kitoblar qatnashchilari kelishuviga asosan hisob – kitoblar bo’yicha yakuniy so’mmalar (majburiyatlar) tijorat banklarining Markaziy bankning hisob – kitoblar markazida ochilgan vakillik hisob varaqlari orqali shartnomada qayd etilgan davriylikda utkaziladi
v) banklar jarayon markazida olingan ma’lumotlarga asosan kartochkalardan foydalanilgan xolda amalga oshirilgan operasiyalar bo’yicha mablag’larni mijozlarning hisob varaqlariga kiritadilar yoki chiqaradilar.
2013-yil boshida tijorat banklari tomonidan chiqarilgan plastik kartochkalarning umumiy soni 10,5 milliontani terminallar soni 1263 mingtani, bankomat va infokioskalar soni 1726 tani tashkil etgan.
Respublikamizda 2017-yilni boshida plastik kartochkalar soni 19,5 mln. tani, to`lov terminallari soni 20,9 mingtani tashkil etdi.
Respublikamizda 2017-yilda bank plastik kartalari orqali tovarlar va xizmatlar, shuningdek, boshqa hisob-kitoblar 53 trln. so`mni tashkil etib, uni 29 trln. so`mi yilni birinchi yarmiga va 24 trln. so`mi yilni ikkinchi yarmiga to`g`ri keladi.
Bank kartalari tizimidan foydalanuvchilarga yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida 2017-yilni ikkinchi yarmida 159 ta bankomatlar o`rnatilgan, joriy yilni birinchi choragida yana 150 ta bankomat o`rnatilib, ularning soni 595 taga yetkazilgan.