Eksport qilingan tovarlar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitoblarda hujjatlashtirilgan akkreditivni qo’llash imkoniyatlari
Reja:
1. Xalqaro hisob-kitoblar tushunchasi va ularning turkumlanishi
2. Tashqi iqtisodiy faoliyatda inkassodan foydalanishning o`ziga xos xususiyatlari
3. Eksport-import operatsiyalarida inkassodan foydalanish yo`nalishlari
1. XALQARO HISOB-KITOBLAR TUSHUNCHASI VA ULARNING TURKUMLANISHI
Xalqaro hisob-kitoblar deganda, turli mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalar natijasida yuzaga keladigan pullik talablar va majburiyatlar yuzasidan to’lovlami amalga oshirish tizimi tushuniladi. Xalqaro hisob-kitoblarning turli shakllari mamlakatlarning yuridikva jismoniy shaxslari tomonidan keng qo’llaniladi.
Tovarlar ishlab chiqarish va ularni sotish jarayonlarining baynalmilallashuvi, xalqaro hisob-kitoblarning mazmunida yangi o’zgarishlar paydo bo’lishiga olib keldi. Xalqaro hisob-kitoblar keng kamrovli bo’lib, u eksport-import operatsiyalari, tijorat tusiga ega bo’lmagan to’lovlar - sayyohlik, sport, fukarolar tomonidan xorijiy davlatlarga pul o’tkazishlar, xorijiy davlatlarda diplomatik va savdo vakolatxonalarini ochish, uzga davlatlar hududida harbiy qismlarni saqlash hamda kapitallar va kreditlarning harakati bo’yicha amalga oshiriladigan hisob-kitoblarni o’z ichiga oladi.
Har kuni jahon valyuta bozorlarida 1 trln. AQSH dollari miqdorida xalqaro hisob-kitoblar amalga oshiriladi. Shuni 40 foizi AQSH dollarida amalga oshiriladi. Dunyo bo’yicha jami konvertsion operatsiyalarning 90 foizi 5 ta valyutada amalga oshiriladi. Jumladan:
AQSH dollari (USD). - 40%
evro (EURO) - 30%
Yaponiya ienasi (JPY). - 15%
Angliya funt-sterlingi (GBP). - 8-10%
Shveytsariya franki (SNF). -1-2%.
Xalqaro hisob-kitoblar 2 guruhga bo’linadi: hujjatlashtiriladigan; hujjatlashtirilmaydigan to’lovlar.
Hujjatlashtiriladigan to’lovlarga:
Hujjatlashtirilgan akkreditiv;
Inkasso bilan amalga oshiriladigan hamma to’lovlar kiradi.
Hujjatlashtirilmaydigan to’lovlarga:
To’lov topshiriqnomasi;
Cheklar;
SVIFT (SWIFT) kiradi.
Hujjatlashtirilmaydigan to’lovlami turkumlashda mezon shartlarini to’lov shartlari utaydi. Agar, har qanday hisob-kitob quyidagi 3 to’lov asosida amalga oshirilsa, bu hujjatlashtirilmaydigan hisob-kitob bo’lib hisoblanadi:
l.Oldindanto’lash;
2.Tovami olgandan so’ng to’lash;
3.Ochiq hisobvaraqlar bo’yicha hisob-kitoblar.
Xalqaro hisob-kitoblarning asosiy shakli sifatida quyidagilami ko’rsatish mumkin:
To’lov topshiriqnomalari;
Cheklar;
Hujjatlashtiriladigan akkreditiv;
Inkasso.
Do'stlaringiz bilan baham: |