2. TASHQI IQTISODIY FAOLIYATDA INKASSODAN FOYDALANISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Hujjatlashtirilgan inkasso ikki bank-vakillik vositachiligida amalga oshiriladi: inkasso qiluvchi, eksport qiluvchi banki va to’lovchi bank. Banklar inkasso amaliyotlarida eksport qiluvchi va import qiluvchi o’rtasida ishonch vositachilar bo’lib xizmat qiladi. Ularning majburiyatlari hujjatlarni to’lovga yoki aktseptga qarshi yuborish, qabul qilish va topshirish bilan chegaralanadi. Hujjatlashtirilgan akkreditivdan farqli o’laroq, inkassoda banklar xaridor tulaolmaganligi yoki uning hisob-kitoblarini bajarmaganligi uchun mas'ul emasdir. Shu bilan birgalikda, banklar o’z xodimlarining suiiste'molligini hisobga olmaganda, xabarlaming ob'ektiv sabablariga ko’ra, ushlanib qolishi, yoki yo’qolishiga ham javob bermaydi.
Inkasso - bu banklar tomonidan olingan yo’riqnoma-lar asosida moliyaviy yoki tijorat hujjatlari bilan birgalikda quyidagi operatsiyalarni bajarish maqsadidagi amaliyotdir:
to’lov (aktsept) olish yoki,
tijorat hujjatlarni to’lovga (aktsept) qarshi yoki boshqa shartlarda berish.
Shunday qilib, inkassoda qo’llaniladigan to’lov shartlari quyidagilardir:
hujjatlarni to’lovga qarshi berish;
hujjatlarni aktseptga qarshi berish;
vekselga qarshi hujjatlar, yoki majburiyatlarga qarshi hujjatlar.
Birinchi holatda, muddatiga tegishli bo’lgan to’lov shartlarida taqdim qilinganda yoki o’rnatilgan muddatda yoki belgilangan kundan kechikmasdan ko’rsatilishi mumkin.
Ikkinchi holatda, eksport qiluvchi to’lov uchun import qiluvchiga uzoq muddat berishi mumkin va import qiluvchi eksport qiluvchi tomonidan unga qo’yilgan o’tkazma vekselni aktseptlashga qarshi hujjatlarni olishi mumkin.
Uchinchi holatga kelganda, import qiluvchi hujjatlarni inkasso qiluvchi bank vositasida, unga aniq bir muddatga yoki belgilangan davrga to’lovni yozma majburiyat bilan berish orqali hujjatlarni oladi.
Moliyaviy hujjatlar termini o’z ichiga to’lovni olishda ishlatiladigan o’tkazma veksellarni, oddiy veksellarni, cheklarni, to’lov raspiskalarni yoki shunga o’xshash hujjatlarni oladi.
Tijorat hujjatlari deyilganda esa,hisobvaraqlar, tovar junatish hujjatlari yoki moliyaviy hujjat bo’lib hisoblanmagan boshqa hujjatlar tushuniladi.
Inkasso ikkiga bo’linadi: sof inkasso (faqat moliyaviy hujjatlar bo’lsa) va hujjatlashtirilgan inkasso (tijorat hujjatlari bilan birga bo’lgan moliyaviy hujjatlar inkassosi).
Ishtirok etuvchi tomonlar:
o`z bankiga inkasso bo’yicha amaliyotni topshiruvchi mijoz (doveritel – ishonchnoma egasi);
bank-remitent - ishonchnoma egasi inkasso bo’yicha amaliyotni topshirgan bank;
inkasso banki - inkasso topshiriqnomasini bajarishda ishtirok etuvchi remitent-bank bo’lmagan, boshqa bank;
taqdim qiluvchi bank- to’lovchiga topshiruvchi inkasso banki;
5) to’lovchi inkasso topshiriqnomasiga ko’ra, unga topshiriq beriladigan shaxs.
Hujjatlashtirilgan inkasso shakli tanlangandan so’ng, xalqaro hisob-kitob bo’yicha eksport qiluvchiga xaridor tomonidan tulaolmaslik yoki aktseptlanmaslik xataridan himoya qilinishini ta'minlash zarur. Agarda, sotuvchi tijorat krediti shaklida mahsulotni yuborsa, mazkur holatda unga sarf-chikimlarni aktseptlanmaslik xavf-xataridan sug’urta qilish haqida uylashi kerak. Bu bilan sotuvchi xaridor bankidan, yoki birinchi darajali bankdan xaridor tomonidan aktseptlangan sarf-chikim taqdimi bo’yicha to’lov kafolatlashini surashi lozim. Hujjatlarni rasmiylashtirish davrida, sotuvchi hujjatlashtirilgan inkassoning quyidagi elementlarini hisobga olishi lozim.
yuk yuborish hisobvaragi xaridor mahsulotiga rasmiylashtiriladi;
mahsulot huquqiy hisobvaragi egasi nomiga yuboriladi;xaridor sarf-chikim aktsepti yoki hisobvaragi to’lovidan so’ng mahsulotni oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |