Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyasining xuquq va majburiyatlari



Download 30,78 Kb.
Sana12.06.2022
Hajmi30,78 Kb.
#658616
Bog'liq
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyasining xuquq va majburiyatlari


Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyasining xuquq va majburiyatlari

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalari ishlab chiqilgan umumiy va maxsus texnik reglamentlarni, texnik reglamentlarga o‘zgartish va qo‘shimchalarni ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish bo‘yicha takliflar hamda ular yuzasidan xulosalar tayyorlash uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari huzurida tuziladi.


Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalarining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlari. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlari umumiy va maxsus texnik reglamentlarni, texnik reglamentlarga o‘zgartish va qo‘shimchalarni ishlab chiqish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari huzurida tuziladi. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlarining faoliyati O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalarni shakllantirish va ularning faoliyatini tashkil etish tartibini, vazifalari va huquqlarini, shuningdek a’zolarining majburiyatlari va javobgarligini maxsus nizomda belgilangan.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalar (keyingi o‘rinlarda Komissiyalar deb yuritiladi) ishlab chiqilgan umumiy va maxsus texnik reglamentlarni, texnik reglamentlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek reglamentlarni bekor qilish bo‘yicha takliflar hamda ular yuzasidan xulosalar tayyorlash uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi davlat vakolatli organlari (keyingi o‘rinlarda vakolatli organlar deb yuritiladi) huzurida tuziladi.
Komissiyalar o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu sohada ishlab chiqilgan Nizomga amal qiladi.
Nizomga asosan komissiyalarning vazifalari va huquqlari quyidagilardir.
Komissiyalarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) vakolatli organlar tomonidan o‘z vakolatlari doirasida texnik jihatdan tartibga solish sohasida kompleks va ishlarning oldindan bajarilishini ta’minlaydigan texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimining asosiy yo‘nalishlarini rivojlantirishga doir ishlar rejalarini ishlab chiqish;
b) texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish;
v) ishlab chiqilgan umumiy va maxsus texnik reglamentlarni, texnik reglamentlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek amal qilish muddati tugagan texnik reglamentlarni bekor qilish bo‘yicha takliflar hamda ular yuzasidan xulosalar tayyorlash;
g) o‘z vakolatlari doirasida xulosalar berish va texnik reglamentlarni tasdiqlash yoki ularni puxtalashtirish uchun qaytarish yuzasidan takliflar kiritish;
d) texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi rejalar va tadbirlarni ishlab chiqishda texnik reglamentlar loyihalarini ishlab chiquvchi tashkilotlarga metodik yordam berish.
Komissiya quyidagi huquqlarga ega:
a) texnik reglamentlarni ekspertizadan o‘tkazishga davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, loyihalash, ilmiy-texnik va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, shuningdek xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar mutaxassislarini jalb etish;
b) ishlab chiquvchi tashkilotlardan hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan texnik reglamentlar loyihalari bo‘yicha zarur axborotlar olish;
v) o‘z vakolatlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga umumiy texnik reglamentlarga o‘zgartirish va/yoki qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida takliflar kiritish;
g) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga maxsus texnik reglamentlarni tasdiqlash, ularga qo‘shimchalar va/yoki o‘zgartirishlar kiritish yoki ularni bekor qilish to‘g‘risida takliflar kiritish;
d) boshqa vakolatli organlar bilan kelishuv bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari huzurida tuziladigan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert kengashlari ishida qatnashish.
Komissiya a’zolarining majburiyatlari va javobgarligi quyidagicha.
Komissiya a’zolari quyidagilarga majbur:
a) Komissiya ishida qatnashish;
b) Komissiya tomonidan qarorlar qabul qilinishida ovoz berishda qatnashish;
v) ko‘rib chiqish uchun kiritilayotgan texnik reglamentlar loyihalari bo‘yicha tegishli xulosalarni o‘z vaqtida taqdim etish;
g) Nizom talablariga rioya qilish.
Komissiya a’zolari ishlab chiqilgan texnik reglamentlar loyihalari, texnik reglamentlarga o‘zgartirish va/yoki qo‘shimchalar yuzasidan o‘tkazilgan ekspertizaning to‘liqligi va xolisligi, shuningdek amal qilish muddati tugagan texnik reglamentlarni bekor qilish bo‘yicha takliflar hamda ular yuzasidan xulosalar tayyorlanishi va taqdim etilishi uchun javob beradilar.
Komissiya Komissiyaning raisi, rais o‘rinbosarlari va a’zolaridan iborat tarkibda shakllantiriladi. Ish yuritishni tashkil etish uchun Komissiya a’zosi bo‘lmagan Komissiya kotibi tayinlanadi.
Komissiya a’zolari soni toq va Komissiya raisini o‘z ichiga olgan holda kamida 5 kishidan iborat bo‘lishi kerak.
Vakolatli organning rahbari yoki rahbarning o‘rinbosari Komissiya raisi hisoblanadi.
Komissiya tarkibiga:
a) texnik reglamentlar talablariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradigan vakolatli organlar va davlat boshqaruvi organlari;
b) kasaba uyushmasi organlari (mehnatni muhofaza qilish yuzasidan);
v) O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi;
g) loyihalash, ilmiy-texnik va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari vakillari kiritiladi.
Texnik jihatdan tartibga solish ob’ektining tarmoq mansubligiga qarab (aniq texnik reglament) texnik reglament ko‘rib chiqilishidan manfaatdor bo‘lgan:
a) texnik reglamentni joriy etadigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining;
b) qayta ko‘rib chiqilishi, o‘zgartirishlar kiritilishi yoki texnik reglamentlar qabul qilinishi munosabati bilan bekor qilinishi kerak bo‘lgan mahsulotga, jarayonlarga, ishlar va xizmatlarga o‘zaro bog‘liq normativ hujjatlarni tasdiqlagan (qo‘llaydigan) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar va bazaviy tashkilotlarning;
v) tarmoq, ilmiy va loyihalash tashkilotlarining;
g) texnik reglamentlarni ishlab chiquvchi tashkilotlarning etakchi olimlari va mutaxassislari Komissiya a’zolari bo‘lishi mumkin.
Komissiya tarkibi maxsus Nizomning bandlarida ko‘rsatilgan tashkilotlarning taqdimnomasi bo‘yicha vakolatli organning farmoyishi (buyrug‘i) bilan tasdiqlanadi.
Komissiya faoliyatini tashkil etish
Komissiyaga rais boshchilik qiladi, uning vakolatiga quyidagilar kiradi:
kun tartibini belgilash va Komissiyaning majlislarini chaqirish;
Komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlar bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil etish;
Komissiyaga yuklangan vazifalar bajarilishi bo‘yicha Komissiya a’zolari ishini muvofiqlashtirish;
Komissiyaning samarali ishlashini ta’minlash bo‘yicha boshqa ishlarni bajarish.
Komissiya o‘z ishini Komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadigan yillik reja asosida olib boradi.
Komissiya majlislari tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq va texnik reglamentlar loyihalari ekspertizaga taqdim etilishiga qarab o‘tkaziladi. Komissiya raisi tomonidan navbatdan tashqari majlislar chaqirilishi mumkin.
Komissiya majlisini uning raisi olib boradi. Komissiya raisi bo‘lmagan taqdirda majlisni uning o‘rinbosari olib boradi. Komissiya majlisi unda Komissiya a’zolarining kamida 75 foizi qatnashganda huquqiy vakolatli bo‘ladi.
Komissiya raisi bilan kelishuv bo‘yicha xolisona sabablarga ko‘ra majlisda qatnashmagan Komissiya a’zolarini ularning ovoz berish huquqisiz qatnashayotgan vakolatli vakillari almashtirishi mumkin.
Vakolatli organning rahbari tomonidan belgilanadigan vakolatli organning tarkibiy bo‘linmasi Komissiyaning ishchi organi, ko‘rsatib o‘tilgan tarkibiy bo‘linmaning mas’ul xodimi — Komissiyaning kotibi hisoblanadi.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari texnik reglamentlar loyihalarini vakolatli organlarga ularning vakolatiga muvofiq ekspertizadan o‘tkazish uchun quyidagicha to‘plamda kiritadilar:
a) ilova qilingan xat;
b) kitobcha holiga keltirilgan davlat va rus tillaridagi 2 nusxa texnik reglament loyihasi;
v) texnik reglament loyihasi ishlab chiqilganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma nusxasi;
g) texnik reglament ishlab chiqilishi va joriy etilishining texnik-iqtisodiy asoslanishi;
d) qabul qilinishi texnik reglament talablariga rioya etilishini ta’minlaydigan standartlashtirish bo‘yicha xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy (Evropa) standartlar yoki boshqa normativ hujjatlar ro‘yxatidan iborat bo‘lgan ilova;
e) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining texnik reglament loyihasi to‘g‘risidagi mulohazalari haqidagi ma’lumotnoma;
j) tushuntirish xati;
z) texnik reglament loyihasi bo‘yicha kelishmovchiliklar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (kelishmovchiliklar mavjud bo‘lganda);
i) ishlab chiquvchi tashkilot va texnik reglamentni joriy etadigan davlat yoki xo‘jalik boshqaruvi organi tomonidan tasdiqlangan texnik reglamentni joriy etish bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlar rejasi.
k) mahsulotlar va xizmatlarning texnik reglamentlarda belgilangan talablarga muvofiqligini baholash uchun zarur bo‘lgan namunalar olish, mahsulotlarni sinash va o‘lchash metodlarini belgilovchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar ro‘yxatlarini tasdiqlaydi.
Sanab o‘tilgan barcha hujjatlar, ilova qilingan xatdan tashqari, elektron shaklda ham (kelishilgan formatda) taqdim etiladi.
Komissiya texnik reglament loyihalarini ko‘rib chiqish jarayonida qo‘shimcha materiallarni, masalan, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari bo‘yicha hisobotlarni, ishlab chiqarishni texnologik jihatdan tayyorlash natijalarini, sinash bo‘linmalari akkreditatsiyasi, ishlab chiqarish laboratoriyalari attestatsiyasi, xodimlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni so‘rashga haqlidir.
Texnik reglamentlar loyihalari Komissiyaga tushgandan keyin ekspertizaning quyidagi turlari amalga oshiriladi:
a) texnik ekspertiza — texnik reglament nomining texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturiga, shuningdek texnik topshiriqqa (u mavjud bo‘lganda) muvofiqligini aniqlaydi, shuningdek standartlashtirish bo‘yicha tasdiqlangan normativ hujjatlarga muvofiq texnik reglamentlar bayoni va mazmunining to‘g‘riligi tekshiriladi;
b) iqtisodiy ekspertiza — texnik reglament joriy etilishining texnik-iqtisodiy samaradorligi hisob-kitobi, shuningdek tushuntirish xatida ko‘rsatilgan tasdiqlovchi hujjatlarning to‘g‘riligini tekshiradi;
v) ekologik ekspertiza — texnik reglamentlar mazmunining ekologik normalar va talablarga muvofiqligini tekshiradi;
g) sanitariya-gigiena va epidemiologik ekspertiza — texnik reglamentlar mazmunining sanitariya-gigiena hamda epidemiologik normalar va talablarga muvofiqligini tekshiradi;
d) metrologik ekspertiza — O‘zbekiston Respublikasining o‘lchovlari bir xilligini ta’minlash tizimining normativ hujjatlari talablariga muvofiq o‘tkaziladi;
e) terminologik ekspertiza — hujjatning davlat tilida va rus tilida ekanligini, texnik reglamentda belgilangan ilmiy-texnik atamalar qo‘llanilishi to‘g‘riligini, davlat va tarmoq terminologik standartlariga rioya qilinishini tekshirish bosqichi hisoblanadi;
j) huquqiy ekspertiza — texnik reglamentlar mazmunining qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini belgilangan tartibda tekshiradi.
Komissiyaning har bir a’zosi Nizomning ko‘rsatilgan bandida zarur hujjatlar olingan paytdan boshlab ekspertiza natijalari bo‘yicha o‘z mulohaza va takliflarini Komissiya kotibiyatiga 15 kalendar kundan ortiq bo‘lmagan muddatda yuboradi.
Taqdim etilgan materiallar ishchi organ tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ishchi organ ushbu materiallarni Komissiya majlisida ko‘rib chiqish uchun rasmiylashtiradi, Komissiya majlisi kun tartibini tayyorlaydi va hujjatlar to‘plamini Komissiya kotibiga taqdim etadi.
Komissiya kotibi Nizomdagi ilovaga muvofiq umumiy yoki maxsus texnik reglament loyihasini ekspertizadan o‘tkazish natijalari, texnik reglamentlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar, shuningdek amal qilish muddati tugagan texnik reglamentlarni bekor qilish to‘g‘risidagi takliflar hamda ular yuzasidan xulosalar bo‘yicha Komissiya a’zolarining fikr-mulohazalari to‘g‘risidagi ma’lumotnomani tayyorlaydi. Taqdim etilgan materiallarni Komissiya majlisida ko‘rib chiqish ishlab chiquvchi tashkilotlarning vakillari jalb etilgan holda amalga oshiriladi.
Komissiya majlisining kun tartibidagi har bir masala bo‘yicha hujjatlar turkumida qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan materiallar (ekspert xulosalari, tahliliy ma’lumotlar, jadvallar va hokazolar) va Komissiya qarori loyihasi bo‘lishi kerak.
Komissiya kotibi taqdim etilgan materiallar to‘g‘risida Komissiya raisiga axborot beradi. Komissiya raisi kun tartibi va taqdim etilgan materiallar ma’qullangan taqdirda Komissiya majlisi o‘tkaziladigan vaqt va sanani, shuningdek Komissiya majlisiga taklif etiladigan shaxslar ro‘yxatini belgilaydi.
Komissiya kotibi ishchi organ bilan birgalikda majlis materiallarining protokol loyihasi bilan birgalikda Komissiya a’zolariga, zaruriyat bo‘lganda esa — majlisga taklif etilgan boshqa shaxslarga yuborilishini ta’minlaydi.
Ekspertiza natijalari bo‘yicha xulosaga Komissiyaning barcha a’zolari tomonidan viza qo‘yiladi, u kotib tomonidan imzolanadi, Komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi va bir hafta muddatda Komissiya a’zolariga va manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi.
Texnik reglamentning kiritilgan loyihasi bo‘yicha Komissiya xulosasini berishning umumiy muddati loyiha ko‘rib chiqish uchun tushgan sanadan boshlab 30 kalendar kundan oshmasligi kerak.
Komissiyaning xulosasi ijobiy bo‘lgan taqdirda umumiy texnik reglamentlar loyihalari belgilangan tartibda tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, maxsus texnik reglamentlar loyihalari esa — tasdiqlash uchun tegishli vakolatli organlarga kiritiladi.
Komissiya raisi qarorlarning tezda qabul qilinishi uchun so‘rab chiqish yo‘li bilan Komissiya a’zolari bilan kelishilgan ayrim masalalar bo‘yicha Komissiya qarorini tasdiqlashi mumkin.
Komissiya xulosasining asl nusxasi va unga doir materiallar vakolatli organ Komissiyasi kotibiyatida saqlanadi.
Komissiya qabul qilingan qarorlarning bajarilishini o‘z majlislarida muntazam ravishda ko‘rib chiqadi.
Komissiya qarorlarining ijrosini nazorat qilish ishchi organ va Komissiya kotibi tomonidan amalga oshiriladi.
Download 30,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish