Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ayubjonov a. H., Salixodjayeva u. A. Moliya statistikasi


-jadval  Valyuta bozorlari ishtirokchilari



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/102
Sana30.06.2022
Hajmi2,83 Mb.
#719087
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   102
Bog'liq
2949-Текст статьи-7908-1-10-20200909 (1)

9.1-jadval 
Valyuta bozorlari ishtirokchilari 
Bozor 
ishtirokchilari 
Bitimlar 
Asoslar 
Tijorat banklari - 
mijozlar 
uchun 
bitimlar;

o‘z 
mablag‘lari 
asosida savdo. 
- hisob-kitoblarning o‘tkazilishi;
- foyda olish yoki mijozlar 
bitimlari 
bo‘yicha 
pozitsiyalarning balanslashuvi. 
Tashkilotlar 
(eksportyor va 
importyorlar) 

valyutaning 
sotib 
olinishi;

valyuta 
risklarini 
sug‘urtalash 
uchun 
bitimlar; 

xorijiy 
valyutada 
kreditni olish va berish. 
- xorijiy valyutada to‘lovlar;

tannarxning 
kalkulyasiyasi, 
valyuta risklarini kamaytirish, 
imkoniyatlarini 
qo‘llash uchun 
bazaning yaratilishi;
- qulay shartlarning olinishi. 
Markaziy bank 

valyutani 
sotib 
olinishi;
- intervensiyalar. 
- to‘lovlar, cheklar inkassatsiyasi, 
veksellar hisobi va boshqalar; 
- valyuta bozorlarini ushlab turish 
uchun 
valyutani 
sotib 
olish, 
bozorlarning 
normal 
darajada 
funksiyalashuvini amalga oshirish. 


181 
Brokerlar 
- kurslarni o‘rnatish va 
valyuta 
va 
foizli 
bitimlarda 
bevosita 
qatnashish. 
- bitimlarni amalga oshirishdan 
olinadigan komission yoki foizli 
to‘lovlar. 
Barcha ishtirokchilarni ikkita asosiy guruhga ajratish mumkin, bular: 
1) Passiv ishtirokchilar. Ular vaqti-vaqti bilan valyuta operatsiyalarini amalga 
oshirilish uchun ehtiyoj tug‘ilib turadigan sub’ektlar bo‘lib, bular ko‘pincha yirik 
bitimlarga murojaat qilishadi. Banklarda o‘rnatilgan narx bo‘yicha hisob-kitob 
qilishadi. 
2) Aktiv ishtirokchilar. Ularni “Market Makers” deb ham atashadi. Ular asosan
yirik va kam sonli bitimlarda ishtirok qilib, o‘z bo‘limlariga va juda katta dillerlik 
shtatlariga egadirlar. Aynan ular bozorni shakllantiruvchilari bo‘lib hisoblanadi va 
bularga passiv ishtirokchilar murojaat etadilar. Passiv ishtirokchilarga bular o‘z 
narxlarini o‘rnatadilar. Odatda bunday yirik banklar juda katta pul bilan ishlashadi 
(hatto 100 mln. AQSH dollari – “One spot” odatda bitta savdo summasi o‘rtacha 5-
10 mln. AQSH dollar). SHuning uchun ham bu ishtirokchilar bozorni boshqara 
oladilar. 
Faqatgina eng yirik banklargina valyuta departamentlariga egadirlar, ularda 
eng tajribali dillerlar savdo, chayqovchilik va arbitiraj operatsiyalarini amalga 
oshirib boradilar. Boshqa banklar esa o‘z mijozlarining buyurtmalarini amalga 
oshirish uchun valyuta bozoridagi operatsiyalarda ishtirok etadilar. 
YAna bir guruh banklar borki, ular yirik, lekin “Market Makers”larga o‘xshab 
ko‘plab bo‘limlarga ega emaslar. Ular odatda bir yoki bir necha valyutalar bilan 
ishlashadi va o‘rtacha (5-10 mln. AQSH dollari bilan) savdo qilishadi. Bu banklar 
ko‘pincha brokerlik firmalari xizmatlaridan foydalanishadi. Barcha valyuta 
operatsiyalarining taxminan 30 foizi brokerlik firmalari orqali o‘tadi. Brokerlik 
firmasi biror bir aniq broker orqali sotib oluvchi va sotuvchi banklar o‘rtasida 
vositachilik qiladi. Ko‘pincha bu xizmatlari uchun brokerlar har bir sotilgan yoki 
sotib olingan 1 mln. AQSH dollari yoki uning ekvivalenti uchun 20 AQSH dollari 


182 
atrofida to‘lov oladilar. Albatta brokerlar narxlari valyutalarni kotirovka qiluvchi 
banklar va savdoni amalga oshiruvchi mijozlar faoliyatiga bog‘liqdir. 
Bevosita valyuta birjalarining ishtirokchilari bo‘lib dilerlar, brokerlar, 
maklerlar hisoblanadi. Dilerlar trans milliy korporatsiyalar bilan valyuta 
operatsiyalarini amalga oshiradilar. Brokerlar sotuvchi va xaridorlar o‘rtasidagi 
vositachilar bo‘lib, faqatgina boshqalar nomidan faoliyat yuritadi. Maklerlar esa 
valyuta birjasining xodimlari bo‘lib, valyuta operatsiyalarining amalga oshirilishiga 
yordam beradilar. 
Valyuta bozorlarining muhim ishtirokchilari hisoblangan brokerlar turli 
assotsiatsiyalarga 
birlashib 
faoliyat 
ko‘rsatadilar. Masalan, yarimyopiq 
assotsiatsiyaga birlashgan “YUta London” brokerlik firmalari jahonda eng yirik 
ta’sir kuchiga egadir. Jahondagi butun valyuta operatsiyalarining 30 % brokerlik 
firmalariga to‘g‘ri keladi. Brokerlar o‘z faoliyatlarini boshlashdan oldin birjadagi 
kliring raqamiga ma’lum miqdorda kafolat puli qo‘yadilar. Brokerlar o‘zlari 
qatnashgan valyuta oldi-sotdisi bitimlaridan ma’lum foiz oladilar. So‘nggi paytlarda 
banklararo aloqa va valyuta bitimlarini o‘tkazishning elektron vositalarining 
rivojlanishi bilan brokerlarning roli ancha pasaydi. Hozirgi kunda mablag‘larni 
o‘tkazishda SVIFT elektron tizimi keng qo‘llanilmoqda. Valyuta bozorida 
banknotalar yoki tangalar ishtirok etmaydi, turli milliy pul birliklari vakillik 
hisobvaraqlardagi yozuvlar sifatida qatnashadi. 
Valyuta bozorlaridagi operatsiyalar tashkil etish bo‘yicha kassa (naqd) va 
muddatli, vositachilik (brokerlik va to‘g‘ridan-to‘g‘ri), vositachilarsiz (banklararo 
va birja) valyuta operatsiyalariga bo‘linadi. Barcha amalga oshirilayotgan valyuta 
operatsiyalarining 85-95 foizi banklararo valyuta bozoriga to‘g‘ri keladi. 
Valyuta bozorining elementlari quyidagilar hisoblanadi: 
1.
Valyuta kursi; 
2.
Moneta pariteti; 
3.
Valyutalarning minimal va maksimal kurslari; 
4.
Valyuta savati; 
5.
Valyuta operatsiyalari hisoblanadi. 


183 
Valyuta kursi – bu turli mamlakatlar pul birliklari o‘rtasidagi, ularga bo‘lgan 
talab va taklif asosida yuzaga keluvchi nisbati bir mamlakat pul birligining boshqa 
mamlakat pul birliklarida ifodalangan bahosidir. Valyuta kursini o‘rnatish 
kotirovkalash deyiladi. Agar xorijiy valyuta birligining bahosi milliy valyutada 
kursatilsa, ya’ni xorijiy valyutaning bir birligiga to‘g‘ri keladigan milliy valyuta 
miqdori kursatilsa, bu to‘g‘ri kotirovkalash deyiladi. 
Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Valyuta birjasida 2019 yilning 3 martida 
so‘mning kursi 1 AQSH dollariga nisbatan 8389,97 so‘mni, 1 evroga nisbatan 
9491,57 so‘mni tashkil etdi. 
Valyuta kursi erkin suzib yuruvchi, cheklangan darajada suzib yuruvchi va 
qayd etilgan valyuta kurslariga ajratiladi. Erkin suzib yuruvchi valyuta kursi ma’lum 
valyutaga bo‘lgan bozor talabi va taklifi ta’sirida o‘zgarib turishi mumkin. 
CHeklangan darajada suzib yuruvchi valyuta kursining o‘zgarishi ayrim valyutalar 
yoki bir guruh valyutalar (valyuta savati) kursi o‘zgarishiga bokliq. Qayd etilgan 
yoki rasmiy valyuta kursi – bu xorijiy valyutada ifodalangan milliy pul birligining 
davlat tomonidan rasmiy o‘rnatilgan bahosi bo‘lib, unga valyuta bozoridagi talab va 
taklifning o‘zgarishi ta’sir qilmaydi. 
Oltin standarti yuritilgan davrda valyuta kursi moneta pariteti yordamida 
aniqlangan. Bunda mamlakat pul birliklarining oltin miqdorlari solishtirilib, 
valyutalar o‘rtasidagi nisbatan kurs aniqlangan. Oltin-dollar standarti yuritilgan 
davrda barcha valyutalarning kurslari oltinga hamda dollarga nisbatan qayd etilgan. 
70-yillarning boshlarida oltinni demonetizatsiya qilish jarayoni butkul tugab, «suzib 
yuruvchi» valyuta kursiga o‘tilishi bilan XVF doirasida shunday valyuta pariteti 
qabul qilinadiki, unda SDR («Sresia1 Drawig Rights») xalqaro pul birligi oltin va 
dollar rolini o‘ynagan. 
Oltin standarti yuritilgan davrda valyutalarning minimal va maksimal kurslari 
belgilanar edi. Valyutaning minimal kursi moneta paritetidan oltinni tashish bilan 
bog‘liq xarajatlar qiymati ayirilganiga teng. U quyi yoki eksport oltin nuqtasi 
deyiladi. Valyutaning maksimal kursi moneta paritetiga oltinni tashish xarajatlarini 
qo‘shilganiga teng va u yuqori yoki import oltin nuqtasi deb atalgan. 


184 
Valyuta savati – bu bir valyutaning bir boshqa to‘plamga nisbatan o‘rtacha 
o‘lchangan kursini aniqlash usulidir. 
Valyuta kursiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: 
1.
Inflyasiya darajasi; 
2.
To‘lov balansi holati; 
3.
Turli mamlakatlardagi foiz stavkalari o‘rtasidagi farq; 
4.
Valyuta bozorlari faoliyati va chayqovchilik valyuta operatsiyalari; 
5.
Ma’lum valyutaning evro bozor va xalqaro hisob-kitoblarda foydalanish 
darajasi; 
6.
"Lidz end legz" taktikasi; 
7.
Milliy va jahon bozorlardagi valyutaga bo‘lgan ishonch darajasi; 
8.
Valyuta siyosati; 
9.
Siyosiy holat va krizislar. 
Kun davomida valyuta bozorida banklar juda ko‘p operatsiyalarni amalga 
oshiradilar va natijada bankning talablari va majburiyatlari o‘rtasidagi nisbat uning 
valyuta pozitsiyasini belgilaydi. 
Agar alohida olingan valyuta bo‘yicha aktiv (talab)lar va passiv (majburiyat)lar 
teng bo‘lsa, ma’lum valyuta bo‘yicha valyuta pozitsiyasi yopiq, agar bu nisbat teng 
bo‘lmasa ochiq deyiladi. Agarda sotilgan valyuta bo‘yicha passiv va majburiyatlar 
aktiv va talablardan yuqori bo‘lsa ochiq valyuta pozitsiyasi qisqa va agarda sotib 
olingan valyuta bo‘yicha aktiv va talablar passiv va majburiyatlardan ortiq bo‘lsa, 
valyuta pozitsiyasi uzun bo‘lishi mumkin. Ochiq valyuta pozitsiyasi doimo risk bilan 
bog‘liq bo‘lib, u yuqori foyda yoki zarar keltirishi mumkin. 
Ochiq valyuta pozitsiyasi risklar bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun va ochiq 
pozitsiyada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan risk bank faoliyati va uning 
likvidliligiga ta’sir qilmasligi uchun ochiq valyuta pozitsiya (OVP) boshqarilib 
boriladi: 
1.
OVP bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zarardan ko‘ra foydaning 
ko‘p bo‘lishini ta’minlashga intilish. 
2.
OVP bo‘yicha valyutalarni sotish va sotib olish uchun limitlar o‘rnatish. 


185 
3.
OVPsida valyutalar bo‘yicha riskni kamaytirish maqsadida xedjerlash 
usulini qo‘llash va boshqa usullar qo‘llanilishi mumkin.
Agar bankda qisqa OVP bo‘lsa, u holda mazkur valyuta bo‘yicha: 

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish