9.4.O‘zbekiston valyuta bozorini takomillashtirish yo‘llari
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng xalqaro
iqtisodiy moliyaviy munosabatlarning sub’ekti sifatida, jahon xo‘jaligida muxim
o‘rin egallab bormoqda. O‘zbekistonda ko‘plab xorijiy investitsiyalarga asoslangan
qo‘shma korxonalar, transmilliy korporatsiyalarning vakolatxonalari ochilmoqda.
O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan tovarlar va xizmatlar bilan savdo-sotiq qilish,
ssuda kapitali va investitsiyalarning harakati, ishlab chiqarish va ilm-fan borasida,
ishchi kuchining migratsiyasi va xalqaro turkum sohalarida tashqi iqtisodiy,
moliyaviy aloqalarga kirishgan. Bu o‘z navbatida mamlakatimizda valyuta
munosabatlarini yanada rivojlantirishni va shu orqali chet el investitsiyalarini jalb
qilishni taqazo qiladi. SHu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasida valyuta
munosabatlarini tartibga solish yo‘llarini takomillashtirishning bir qancha
yo‘nalishlari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tish lozim.
1. Valyuta risklarini samarali boshqarish va tartibga solish.
Hozirgi vaqtda respublika bank tizimida valyuta risklarini tartibga solish
mexanizmi Markaziy bankning 1998 yil 28 martdagi 392-sonli xati, ya’ni «Ochiq
valyuta pozitsiyasini yuritish qoidalari»ga muvofiq holda amalga oshiriladi.
Ochiq valyuta pozitsiyasi miqdori vakolatli bank tomonidan sotib olingan va
sotilgan chet el valyutasi summalari o‘rtasidagi farq sifatida belgilanadi. Bunda har
qanday bir turdagi chet el valyutasi bo‘yicha ochiq valyuta pozitsiyasi limiti har bir
194
operatsion ish kuni oxirida 5 foizdan, uning summar limiti esa - vakolatli bank o‘z
mablag‘larining - 20 foizidan oshmasligi kerak.
Xususan, ushbu tartibda ochiq valyuta pozitsiyasi vakolatli bank tomonidan
mijozlar topshiriqnomalari bo‘yicha chet el valyutasini xarid qiliщda ochiq valyuta
pozitsiyasi vujudga kelishi mumkinligi nazarda tutilgan. Bu esa amaldagi me’yoriy
bazani qayta ishlashni talab etadi.
Xorijiy tajribani o‘rganib chiqish valyuta pozitsiyasi hisobi chiqarilayotganda
u forvard kontraktlari bo‘yicha balansga keltirilganlik hisobga olingan chet el
valyutasidagi aktiv va passivlar o‘rtasidagi mavjud farq deb tushunilishini ko‘rsatdi.
SHuningdek, AQSH, Avstraliya va bir qator boshqa davlatlarda ochiq valyuta
pozitsiyasi limitlari bozor kon’yunkturasidan kelib chiqqan holda banklar
tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Banklarning ochiq valyuta pozitsiyasini yuritish mexanizmi valyuta bozorida
jamg‘arish (to‘plash) maqsadlarida tijorat banklari tomonidan chet el valyutasini
xarid qilinishiga doir operatsiyalarini nazorat qilish hamda ba’zi bir darajada
ayirboshlash kursining noqulay o‘zgarishi natijasida tijorat banklarining mumkin
bo‘lgan yo‘qotishlardan himoyalash imkonini beradi. Valyuta ayirboshlash kurslari
tebranishi natijasida tijorat banklarining ko‘zda tutilmagan zararlarini kamaytirish
uchun valyuta riskini tartibga solish sohasida quyidagi chora-tadbirlarni ko‘rish
maqsadga muvofiq deb hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bu boradagi amaldagi
yo‘riqnomasini ochiq valyuta pozitsiyasini chet el valyutasidagi aktivlar va passivlar
o‘rtasidagi farq sifatida deb tasniflanib o‘zgartirilishiga erishish;
- barcha banklarning ochiq valyuta pozitsiyasining amaldagi miqdorlarini
ularning chet el valyutadagi aktivlari va majburiyatlari nisbatini qiyoslash yo‘li bilan
aniqlash;
- AQSH dollari va evro bo‘yicha valyuta pozitsiyalari limitlarini
diversifikatsiya qilish. Bunda ular valyuta hisob-kitoblarining asosiy birliklari
ekanligini nazarda tutish lozim;
195
- vakolatli banklarga mamlakatlar, korrespondent-banklar va operatsiyalar
turlari bo‘yicha mustaqil ravishda limitlarni ishlab chiqishni tavsiya etish.
Korrespondent banklar bo‘yicha limitlar mamlakatlarga doir limitlar miqdori
doirasida o‘rnatilishi lozim. Ushbu limitlar ham o‘z navbatida operatsiyalar turlari
(korrespondent hisobraqamlar bo‘yicha limitlar, depozit schetlar bo‘yicha limitlar,
qoplash schetlari bo‘yicha limitlar, kafolatlar bo‘yicha limitlar, akkreditiv va kredit
liniyalari bo‘yicha limitlar) bo‘yicha bo‘lib chiqilgan bo‘lishi lozim. Mamlakatlar
bo‘yicha limitlarni o‘rnatishning moliyaviy baholash asosiga banklarning
ishonchliligi va ularning bozorda tutgan o‘rnini hisobga olgan holda etakchi reyting
agentliklarining ma’lumotlarini olish mumkin.
2. CHet el valyutasida bajarilayotgan operatsiyalarning buxgalteriya xisobini
takomillashtirish masalasi.
Ayirboshlash shohobchalari orqali xorijiy valyutalarni sotish va sotib olish
bo‘yicha operatsiyalar birjadan tashqari valyuta bozoriga nisbatan sezilarli darajada
yuqoridir. Natijada, bank balansining valyuta moddalarini qayta hisoblashda keskin
farq qiluvchi ob’ektiv bo‘lmagan daromadlar va xarajatlar yuzaga keladi. Bu soliqqa
tortiladigan bazaga keskin ta’sir etadi.
3. Banklar tomonidan yo‘l cheklari, to‘lovnomalar va boshqa to‘lov
hujjatlarining muomalaga chiqarilishi.
Mijozlarning, ayniqsa xorijiy turistlarning hisobvaraqlariga chet el valyutasini
jalb qilishning usullaridan biri bu tijorat banklari tomonidan to‘lov hujjatlaridan
foydalanishni kengaytirishdir (yo‘l cheklari, egasining nomi ko‘rsatilgan cheklar va
boshqalardan). Hozirgi vaqtda norezidentlarning to‘lov hujjatlaridan foydalanishga
bo‘lgan potensial talabi cheklangan. Buning sababi shundaki, ushbu operatsiya
turlari faqat Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida ko‘rsatiladi. Ayni paytda,
vakolatli banklar o‘z mijozlari - rezidentlar uchun yo‘l cheklarini muomalaga
chiqarishni endi boshladilar va bu ular uchun yangi xizmat turidir. SHu sababli, bu
operatsiyalarni amalga oshirishda biroz nomutanosibliklar yuzaga kelmoqda.
Yaqin vaqt mobaynida turizm sohasiga valyuta tushumlarining ko‘payishi va
xorijiy banklarning to‘lov hujjatlariga xizmat ko‘rsatilishining oshishi kutilmoqda.
196
Bundan tashqari, bank tomonidan o‘z to‘lov mablag‘larini muomalaga chiqarilishi
ushbu bankka mijozning valyuta hisobvarag‘idan 1-2 oy muddatga amalda kredit
berilishini bildiradi.
YUqorida qayd etilganlardan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi
tijorat banklari tomonidan quyidagilarni amalga oshirilishini maqsadga muvofiq deb
hisoblaymiz: o‘z mijozlari - jismoniy shaxslar uchun xalqaro standartlar darajasida
yo‘l cheklarini chiqarish uchun chora-tadbirlarni ko‘rish; xorijiy bank-
korrespondentlar bilan ular tomonidan muomalaga chiqarilgan to‘lov hujjatlariga
qabul qilish va xizmat ko‘rsatish yuzasidan shartnomalar tuzish.
4. Vakolatli bank tomonidan norezidentlar bilan offshor operatsinlarini amalga
oshirilishi masalalari.
Xorijiy valyutasida tushumni ko‘paytirish imkoniyatlaridan biri - bu
norezidentlarga, birinchi navbatda Markaziy Osiyoning O‘zbekistonga qo‘shni
hududlarda yashovchi boshqa davlatlar fuqarolariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar
turlari va hajmini kengaytirishdir. Hozirgi vaqtda, Boltiqbo‘yi mamlakatlari
banklarida norezidentlar tomonidan ochilgan hisobvaraqlarning umumiy miqdori
ushbu banklar balansining anchagina qismini tashkil etadi va ularga sezilarli foyda
keltirmoqda. Hozirgi vaqtda, ushbu masala O‘zbekiston banklari tomonidan
Markaziy Osiyo bank xizmatlari bozorida uzoq muddatli istiqboldagi vazifa bo‘lsa
ham, ammo respublikamizga chegaradosh hududlarda bank tizimi etarlicha
rivojlanmaganligini hisobga olgan holda quyidagilarni amaga oshirishni maqsadga
muvofiq deb hisoblaymiz: norezident yuridik shaxslar tomonidan minimal me’yoriy
talablarga rioya qilgan holda omonat qo‘yilmalarini saqlash va to‘lovlarni amalga
oshirish imkoniyatlarini kengaytirish.
SHuningdek, offshor hududlar ochish masalasi ko‘rib chiqish kerak. Xususan,
turistik shahar hisoblangan Samarqand, Buxoro yoki Xivani offshor hudud qilishga
erishish. Bu holda atrofdagi qo‘shni davlatlardan qo‘shimcha valyuta resurslarini
jalb etish imkoniyati tug‘iladi.
5. Jalb qilingan valyuta mablag‘laridan foydalanish masalalari.
197
Hozirgi vaqtda vakolatli banklarning majburiyatlar ostida olingan va
omonatlarga jalb qilingan valyuta mablag‘laridan foydalanish imkoniyatlari
cheklangan bo‘lib, bu o‘z navbatida ushbu ish sohasidagi faollikning sustligida ham
namoyon bo‘lmoqda. Birinchidan, investitsiya loyihalari uchun valyuta kreditlarini
berish uchun ushbu loyihalarning eksportga yo‘naltirilganligi va valyutada o‘z-
o‘zini qoplashini ta’minoti lozim. SHu tufayli, ushbu shartlarga javob beradigan
loyixalar soni ham kam miqdorni tashkil etadi. Ikkinchidan, jismoniy shaxslarga
valyuta kreditlarini berilishi qariyb to‘xtatib qo‘yilgan. Ushbu omillarni hisobga
olgan holda va valyuta kreditlari aylanishini oshirish maqsadida quyidagilar tavsiya
etiladi:
- vakolatli banklarning jismoniy shaxslarga tegishli garov ta’minoti ostida chet
el valyutasida mikrokreditlar, shu jumladan naqd pulda berishlarini rivojlantirish va
ushbu mexanizmni takomillashtirish lozim;
- valyuta kreditlari bo‘yicha to‘lovni amalga oshiruvchi korxonalarning
eksportdan olingan valyuta tushumini ushbu kreditlarga doir asosiy qarz va foiz
to‘lovlari summasi miqdorida majburiy tarzdagi sotuvdan ozod etish va vakolatli
banklarga chet el valyutasidagi lizing kreditlari berilishini tavsiya etish.
6. Xorijiy valyutadagi qarz majburiyatlarini muomalaga chiqarish.
Vakolatli banklar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va
norezidentlari uchun chet el valyutasidagi qarz majburiyatlari (obligatsiyalar, turli
xil imtiyozli aksiyalar, depozit sertifikatlari va veksellar)ni muomalaga chiqarilishi.
6.
Xalqaro bozorlarda mablag‘larni jalb qilish.
7.
Hozirgi vaqtda, xalqaro bozorlarda qarz majburiyatlarini muomalaga
chiqarish yo‘lidagi g‘ovlardan biri bu jahon bozorida respublikamiz tijorat
banklari va umuman mamlakatimiz reytingini mavjud emasligidir. YUqorida
qayd etilganlardan kelib chiqqan holda, shuningdek xalqaro kapital
bozorlaridagi salbiy an’analarni hisobga olsak vakolatli banklar tomonidan
xalqaro qarz majburiyatlari bozorida muomalada bo‘ladigan qarz
majburiyatlarini muomalaga chiqarish etarlicha istiqbolga ega emasligini
ko‘rishimiz mumkin.
198
Do'stlaringiz bilan baham: |