9.3. Mamlakat iqtisodiyotini inqirozdan chiqishida valyutani boshqarish
siyosati
Mamlakat
iqtisodiyotining
ma’lum
jabhalarida
yuzaga
keluvchi
nomutanosibliklar iqtisodiyotning notekis rivojlanishiga, unda inqirozlarning
yuzaga kelishiga olib keladi. Bugungi kunning eng dolzarb muammosi - bu 2008 yil
va 2014 yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozi, uning ta’siri va salbiy oqibatlari,
yuzaga kelayotgan vaziyatdan chiqish yo‘llarini izlashdan iborat.
Ma’lumki, yirik rivojlangan mamlakatlarda uzoq yillardan buyon muttasil
davlat byudjeti taqchilligi kuzatilgani va ularning salbiy tashqi savdo balansiga ega
ekanligi, davlat tashqi qarzining miqdori yalpi ichki mahsulotga nisbatan yuqori
bo‘layotgani, rivojlangan mamlakatlarda qayta moliyalash stavkasining past
darajada ushlab turilishi oqibatida jaxon kapital bozorida arzon kreditlarning
vujudga kelishi, ipoteka kreditlari berish talablarining asossiz ravishda bo‘shashtirib
yuborilganligi, moliyaviy institutlarning o‘z mablag‘lari va qarz majburiyatlari
o‘rtasidagi nisbatning keskin buzilishi, jaxon iqtisodiyotida real va moliyaviy sektor
o‘rtasidagi nisbatni keskin o‘zgarishi jaxon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi kelib
chiqishiga sabab bo‘ldi.
191
Jaxon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining miqyosi, ko‘lami va oqibatlari
avvalambor, muayyan mamlakatning moliya-valyuta tizimining qay darajada
rivojlanganligi, milliy kredit institutlarining kapitallashuvi va likvidliligi (to‘lov
imkoniga ega ekanligi) xamda ularning chet el va korporativ bank tuzilmalariga
qanchalik qaram ekanligiga, mamlakatning oltin-valyuta zaxirasining xajmi, xorijiy
kreditlarni
qaytarish
qobiliyati,
mamlakat
iqtisodiyotining
barqarorligi,
diversifikatsiya va raqobatbardoshlilik darajasi kabi omillarga bog‘liqdir.
Bunday omillar turli mamlakatlarda turlicha ta’sir ko‘rsatishi va inqirozga
qarshi chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqishda bular e’tiborga olinishi zarur. Ayni
paytda inqirozdan imkon qadar tez chiqish, uning oqibatlarini engillashtirish jaxon
xamjamiyati tomonidan qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning qanchalik
samaradorligiga, ularning o‘zaro uyg‘unligiga bog‘liqdir.
SHu bilan birga, Jahon banki va Xalqaro valyuta fondi o‘z takliflarida,
inqirozni bartaraf etishda va jaxon iqtisodiyotini retsessiyadan chiqishida, milliy
valyuta tizimlarini tartibga solish siyosati muximligini ta’kidlaydilar. Valyuta
kurslarining o‘zgarishi valyuta inqirozi davrida muhim o‘rin tutadi va doimiy
ravishda kurslar o‘zgarishiga e’tibor berishi lozim.
Fiksirlangan kurslarga nisbatan suzuvchi kurslar rejimining afzalligi va
zarurligini, uchta iqtisodiy ko‘rsatkichga - pul massasi, narxlar va ishlab chiqarish
quvvati hamda davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi roli va o‘rniga qarab asoslab
berish mumkin.
Taniqli iqtisodchi olim M.Fridmenning fikricha, bozorning o‘zi valyuta
chayqovchiligi bilan bog‘liq ishlarini hukumatdan ko‘ra birmuncha yaxshiroq olib
boradi. Neoklassik yo‘nalish tarafdorlari iqtisodiyotni valyuta kurslarini
shakllantirish, bozor omillarini kuchaytirish va suzuvchi kurslarni xalqaro hisob-
kitoblarda avtomatik qo‘llashga o‘tish yo‘li bilan barqarorlashtirish mumkin deb
hisoblashadi. Valyuta inqirozlarining oldini olishga yo‘naltirilgan bir necha
nazariyalar mavjud.
Valyuta kursi ma’lum belgi atrofida tebrangan hollarda odatda valyuta koridori
kiritiladi. Valyuta koridori kiritilishining sababi shundaki, bozor ishtirokchilarini
192
valyuta risklaridan himoya qiladi va kurs tebranishi kurslarining qisqarishiga olib
keladi. Valyuta kursining bu holati valyuta-rezervlari harakat kursining qarshiligi
koridorning yuqori chegarasiga nisbati holatida sarflanadi va harakat qarshiligi quyi
chegara nisbatida hosil qilinadi.
Koridorni kiritganda o‘zgarmaydigan valyuta kursiga erishish yuqori
chegaradan chiqib ketishi o‘rinsiz vosita bo‘lib, ular valyuta rezervlarining
sarflinishiga olib keladi. Inqiroz holatida bu qulay usul bo‘lib, valyuta savdolarini
o‘tkazadigan vaqtda o‘sish kursining limitini kiritilishiga olib keladi.
Valyuta koridori kiritilgandan keyin rasmiy kurs tezda yuqori chegaraga etadi
va buning natijasida talab-taklifdan o‘sishi valyuta koridori mustahkam valyuta
kursiga aylanadi va muntazam ravishda quydagilar vujudga keladi:
- qora valyuta bozorining vujudga kelishi;
- milliy valyutaning real narxlar aniqlanishi mexanizmining natijasida bozor
iqtisodiyotining asosiy prinsiplarining buzilishi va iqtisodiyotning yomonlashuvi;
- investitsiyaning qisqarishi va chet el mamlakatlarining moliyaviy yordamiga
muhtojlik yuzaga keladi.
Valyuta koridorining yana bir salbiy tomoni bu tijorat banklari faoliyatining
diskreminatsiyasi bo‘lib, valyuta koridori banklarga sharoit yaratish, valyutani
savdoda boshlang‘ich kursda sotib olish va qo‘shimcha foyda olish maqsadida uni
qimmatroq kursda qayta sotish usulidan foydalanishga olib keladi. Bunday holat
ba’zida bank sohasida yaxshi raqobatning yomonlashishiga qolgan banklarning
inqirozga uchrashishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, ba’zi davlatlarda
krizis boshlanishida banklarga ochiq valyuta pozitsiyasiga ega bo‘lish taqiqlangan
holatlari mavjud. Bu holat moliyaviy mustahkamlikni pasaytiradi va bunday
kursning tushib ketishi banklar uchun valyuta riskini oshiradi.
Ma’lum davlat doirasida valyuta-moliyaviy inqirozning vujudga kelish
sabablari valyutani boshqarish siyosati, xususan, valyuta kursining rejimi va to‘lov
balansini tuzishda etarli choralarning ko‘rinmaganligi, shuningdek, boshqa
mamlakatlardagi valyuta inqirozining asoratlari natijasi hisoblanadi.
193
Asosli valyutalar nazariyasi valyutalarni asosli, qattiq va yumshoqlarga bo‘lish
shart deb, bozor iqtisodiyoti sharoitida rezerv valyuta saqlash zaruratini tasdiqlaydi,
hattoki, bu milliy manfaatlarga zid bo‘lsa ham belgilangan paritetlar asosida valyuta
barqarorligi nazariyasi belgilangan paritet va kurslar rejimini tavsiya qiladi. Faqatgina
to‘lov balansining sezilarli barqarorligida o‘zgarishlarga yo‘l qo‘yadi. Bu nazariya
tarafdorlari iqtisodiy matematik modellarga tayangan holda, valyuta kursini
o‘zgaruvchan kurslarga mos holda jahon bozorida narxlar o‘zgarishiga etarli javob
bermasligini inobatga olgan holda to‘lov balansini muvozanatda saqlashning samarali
vosita ekanligini e’tirof qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |