Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ayubjonov a. H., Salixodjayeva u. A. Moliya statistikasi



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/102
Sana30.06.2022
Hajmi2,83 Mb.
#719087
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   102
Bog'liq
2949-Текст статьи-7908-1-10-20200909 (1)

Nazorat uchun savollar: 
1.
Valyuta bozorining rivojlanish jarayonlari qaysilar? 
2.
Valyuta bozori mohiyati? 
3.
Valyuta bozorida tijorat banklarining tutgan o‘rni qanday? 
4.
Mamlakat iqtisodiyotini inqirozdan chiqish uchun qaysi tadbirlarni amalga 
oshirish kerak? 
10-BOB. VALYUTA BOZORINI STATISTIK O‘RGANISH 
10.1. O‘zbekistonda valyuta operatsiyalarini amalga oshirishning 
xuquqiy-me’yoriy bazasini tahlil etish 
O‘zbekiston Respublikasida valyutani tartibga solish tizimini tashkil topishi 
1991 yildan, ya’ni «Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida» va «O‘zbekiston 
Respublikasida xorijiy investitsiyalar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi 
Qonunlarining qabul qilinishi bilan boshlandi. 
Iqtisodiyotni o‘tish davrida valyutani tartibga solish sohasidagi asosiy vazifalar 
bo‘lib, milliy valyuta «so‘m»ni muomalaga kiritish va uning barqarorligini 
ta’minlash, respublikaga valyuta resurslarini o‘z vaqtida tushishi va undan samarali 
foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish, valyuta munosabatlari sohasida qonuniy 
va me’yoriy bazani takomillashti-rishga yo‘naltirilgan bosqichma-bosqich chora-
tadbirlarni amalga oshirish hisoblandi.
71
1993 yilning may oyida «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida» O‘zbekiston 
Respublikasi Qonunining qabul qilinganligidan so‘ng, Markaziy bank tomonidan 
Moliya vazirligi va valyuta nazoratining boshqa organlari bilan hamkorlikda 
valyutani tartibga solish masalalari yuzasidan me’yoriy xujjatlar bazasi deyarli to‘liq 
qaytadan yaratildi. 
Valyutani tartibga solish va valyuta nazorati masalalari yuzasidan me’yoriy 
xujjatlarni ishlab chiqish va qayta ko‘rish bevosita amalga oshirilayotgan valyuta 
71
М. Юлдашев, Н. Жумаев «Правовые основы валютного регулирования в Республике Узбекистан», «Рынок, деньги и кредит», 2005 г., 
№8, стр. -62.


199 
siyosatiga muvofiq holda o‘tkazildi. Bunda asosiy maqsad bo‘lib quyidagilar 
hisoblandi: 

milliy valyutani barqarorligini ta’minlash uchun foydalaniladigan 
valyuta rezervlarini tashkil etish; 

ichki valyuta bozorini rivojlantirish va so‘mni ichki konvertirlanishini 
ta’minlash uchun zamin yaratish; 

eksport salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish; 

valyuta nazoratining samarali tizimini kiritish. 
Bunda, xorijiy davlatlarning tajribasi uzluksiz tarzda tahlil etildi, shuningdek, 
O‘zbekiston Respublikasi sharoitida qo‘llash mumkin bo‘lgan jihatlari o‘rganildi. 
Ishlab chiqilgan me’yoriy hujjatlar o‘z ichiga quyidigilarni oldi: rezident va 
nerezident bo‘lgan – yuridik va jismoniy shaxslarning xorijiy valyutadagi 
hisobraqamlarini ochish va yuritish tartibi; eksport-import va boshqa valyuta 
operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari; yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan 
xorijiy valyutani sotib olish va sotish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish 
tartibi; ichki valyuta bozorini faoliyat ko‘rsatishi mexanizmi; xorijiy valyuta bilan 
kassa operatsiyalarini yuritish qoidalari; respublika hududida xorij kapitali 
ishtirokidagi banklar va chet el banklarining vakolatxonalarini ochish, ro‘yxatga 
olish va akkreditatsiyalash tartibi; tijorat banklariga xorijiy valyutada operatsiyalar 
amalga oshirish xuquqini beruvchi litsenziyalar berish tartibi va boshqa ko‘plab shu 
kabi masalalar. 
Vakolatli banklarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash, ularning 
kreditorlari va omonatchilarining qiziqishlarini himoya qilish maqsadida Markaziy 
bank tomonidan xorijiy valyutadagi operatsiyalar bo‘yicha iqtisodiy normativlar va 
xalqaro standartlarga muvofiq hisobot shakllari kiritildi. SHu jumladan, vakolatli 
banklarning valyuta risklarini pasaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1998 yilning 28 martida 392-son bilan qabul 
qilingan «Ochiq valyuta pozitsiyasini yuritilishi qoidalari» ishlab chiqildi. 
Hozirgi vaqtda valyuta bozorini erkinlashtirish bo‘yicha respublikamizda bir 
qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.


200 
Valyuta bozorini rivojlantirish uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish 
maqsadida Markaziy bank Moliya vazirligi bilan hamkorlikda 1994 yilning mart 
oyida «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga korxona, tashkilot va 
muassasalarning xorijiy valyutadagi tushumlarining muayyan qismini majburiy 
sotish tartibi» tasdiqlandi. Bunga muvofiq xorijiy valyutadagi tushumning 15 foizini 
soliqqa tortish bilan birga, 15 foizini Markaziy bankka so‘mdagi ekvivalentga 
ayirboshlash sharti bilan majburiy sotish belgilandi. 
Bu yo‘ldagi keyingi qadam bo‘lib, xorijiy valyuta tushumiga soliq solishni 
bekor qilish va Markaziy bankka valyuta tushumining 30 foizini majburiy sotishni 
kiritilishi hisoblandi. 1995 yil 21 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, respublikaning rasmiy oltin-valyuta 
rezervlarini saqlash va boshqarish Markaziy bankning funksiyayaaridan biri 
sanaladi. 
Ta’kidlash lozimki, chop etilgan Prezident Farmonlarida xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektlar va vakolatli banklar tomonidan eksport-import operatsiyalarida valyuta 
tushumi va tovarlarni respublika hududiga kelishini kafolatlaydigan xalqaro hisob-
kitob shakllaridan foydalanish ko‘zda tutilgan. Eksport-import operatsiyalari 
bo‘yicha nazorat to‘g‘risida nizom tasdiqlandi, soliq organlari, bojxona hizmati va 
vakolatli banklar muassasalari o‘zaro hamkorlikda valyuta nazoratini amalga 
oshirish masalalari yuzasidan tartib ishlab chiqishdi. 
«Valyutani tartibga solish to‘g‘risida» va «Tashqi qarzdorlik to‘g‘risida»gi 
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlariga muvofiq, Markaziy bank tomonidan 
kapitalning harakati bilan bog‘liq valyuta operatsiyalarini ro‘yxatga olish, yuridik 
va jismoniy shaxslarga xorijda hisobraqamlar ochishga ruxsat berish tartibi 
to‘g‘risidagi nizom ham ishlab chiqildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 7 oktyabrdagi 
499-sonli «O‘zbekiston Respublikasida valyuta bozorini rivojlantirishga 
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, 1994 yil 15 oktyabrdan 
boshlab, respublika hududida, shu jumladan xorijiy fuqarolarga erkin 
ayirboshlanadigan valyutada savdo qilish va hizmat ko‘rsatish qatiyan man etilishi 


201 
bevosita milliy valyutamizning oyoqqa turishiga zamin yaratdi. O‘zbekiston 
Respublikasida huquqiy shaxs - rezident va norezident o‘rtasida barcha to‘lovlar va 
hisob-kitoblar faqat milliy valyuta - so‘mda amalga oshirila boshlandi. 
SHu bilan birga, Markaziy bank tomonidan O‘zbekiston Respublikasi milliy 
valyutasida norezidentlarning hisobraqamlarini vakolatli banklar tomonidan 
yuritilishi va undan eksport-import operatsiyalari bo‘yicha hisob-kitoblarda 
foydalanish tartibi ishlab chiqildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 7 oktyabrdagi 
499-sonli «O‘zbekiston Respublikasida valyuta bozorini rivojlantirishga 
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 1996 yil 24 oktyabrdagi «Respublika hududida naqd chet el 
valyutasini 
muomalasini 
takomillashtirish 
chora-tadbirlari 
to‘g‘risida»gi, 
shuningdek, 1998 yil 20 martdagi «Jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy 
valyutalarni olib kirish va olib chiqishni tartibga solish bo‘yicha chora-tadbirlari 
to‘g‘risida»gi Farmonlarini chiqishidan so‘ng, respublikada naqd chet el 
valyutasining muomalasini tartibga solish, jismoniy shaxslar tomonidan naqd 
valyutalarni chegaradan olib kirish va olib chiqish tartibini er-kinlashtirish bo‘yicha 
qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilindi. 
Respublika hududidan tashqariga naqd xorijiy valyutalarni olib chiqib ketish 
jismoniy shaxslar – rezidentlarga 2000 AQSH dollari ekvivalenti chegarasida 
belgilandi. Bundan oldingi amal qilgan qonunchilik hujjatlarida bu miqdor 1500 
AQSH dollarini tashkil etgan edi. 
SHu bilan birga, avvalgi qonunchilikdan farqli o‘laroq, ya’ni Markaziy bank 
va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankidan tashqari, naqd xorijiy valyutani olib 
chiqib ketishning chegara miqdoridan ortig‘ini olib o‘tishga ruxsat berish huquqi 
xorijiy valyuta bilan operatsiyalar amalga oshirish huquqini beruvchi bosh 
litsenziyaga ega bo‘lgan barcha vakolatli banklarga berildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 23 sentyabrdagi «Jismoniy 
shaxslarning xorijiy valyutadagi jamg‘armalarini rag‘batlantirish yuzasidan chora-
tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni vakolatli banklarga fuqarolarning valyuta 


202 
mablag‘larini jalb qilish maqsadida mijozlarga jamg‘armalarni saqlash va qaytarish 
yuzasidan kafolatlar, jamg‘arma bo‘yicha o‘sib boruvchi (progressiv) shkaladagi 
foiz stavkalarini kiritish, jismoniy shaxslarning xorijiy valyutadagi operatsiyalari 
yuzasidan bank siriga qat’iy rioya etishni joriy etish tavsiya etildi. Tashqi iqtisodiy 
faoliyat milliy banki va Markaziy bankning maxsus ruxsatnomasiga ega boshqa 
vakolatli banklarga jismoniy shaxslarga talab qilib olinguncha valyuta hisobraqami 
ochish huquqi berildi. 
Ushbu Farmonga muvofiq, vakolatli banklar tomonidan jismoniy shaxslarning 
mablag‘larini xorijiy valyutadagi hisob raqamlarga va omonatlarga jalb qilishni 
rag‘batlantirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar amalga oshirildi. 
Ichki valyuta bozorini yanada rivojlanishiga Prezidentning 1995 yil 27 
iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasini ichki konvertirlanishini 
yanada kengaytirish yuzasidan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni turtki bo‘ldi. 
Unga muvofiq, respublikada so‘m mablag‘larni erkin ayirboshlanadigan valyutaga 
konvertatsiyalashning amaliy tizimi kiritildi. 
Valyuta resurslaridan foydalanish, birinchi navbatda, xalq iste’moli mollari va 
eksport uchun maxsulotlar ishlab chiqarish bilan mashg‘ul bo‘lgan, respublika 
iqtisodiyotining bazaviy hamda etakchi tarmoqlarida ustuvor loyihalarni amalga 
oshirishda ishtirok etayotgan (shu jumladan, chet el kapitali ishtirokidagi) 
korxonalarga, xorijiy invesgorlar foydasining muayyan qismi va divedentlar - 
so‘mlarni erkin ayirboshlanadigan valyutaga imtiyozli ravishda konvertatsiyalash 
ta’minlandi. 
SHu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 
13 martdagi 95-sonli «Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda xorijiy 
valyutadagi mablag‘lardan foydalanish ustidan nazoratni takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi va 1996 yil 19 noyabrdagi 405-sonli «Xalq iste’moli 
mollarini import qilishda markazlashgan valyuta resurslaridan foydalanish 
samaradorligini oshirish to‘g‘risida»gi qarorlariga muvofiq, jahon bozori talabiga 
javob bermaydigan sifatsiz va noraqobatbardosh maxsulotlardan ichki bozorni 
himoya qilish, maxsulotlar importini sifatini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar 


203 
amalga oshirildi. «Valyutani tartibga solish shartlari, shu jumladan konvertatsiya 
tartib-qoidasi ayni shunday mollarning ko‘plab keltirilishiga to‘sqinlik qildi».
72
Ichki valyuta bozorini vujudga keltirish va uni rivojlantirish bo‘yicha amalga 
oshirilgan amaliy ishlar valyuta-kurs siyosatida keskin o‘zgarishlarni amalga 
oshirishga zamin yaratdi. 1993 yilda o‘zbek hisob-kitob rubllarining ayirboshlash 
kursining kotirovkasini Markaziy bank Moskva banklararo valyuta birjasi savdolari 
natijasida Rossiya banki tomonidan o‘rnatilgan kursga muvofiq aniqlar edi (o‘sha 
vaqtdagi Rossiya Federatsiyasi bilan tuzilgan kelishuvga muvofiq). Valyuta bozorini 
rivojlantirish va oltin-valyuta rezervlarini shaklantirish yuzasidan qabul qilingan 
chora-tadbirlar 1994 yil 15 apreldan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi valyuta 
birjasida uzluksiz savdolarni amalga oshirilib turilishiga olib keldi. Bunda savdo 
natijalariga muvofiq, avval so‘m-kuponlar, hozirda so‘mning xorijiy valyutalarga 
kotirovkalari e’lon qilinmoqda. 

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish