10.3. O‘zbekiston valyuta bozorini statistik o‘rganish
Jaxonda
hamon
kuzatilayotgan
moliyaviy-iqtisodiy
beqarorlik
mamlakatimizda erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tish modeli naqadar to‘g‘ri va puxta
ekanini yana bir bor isbotlamoqda.
209
Avvalambor, iqtisodiyotning mafkuradan xoli bo‘lishi, iqtisodiyotning
siyosatdan ustunligida o‘z ifodasini topgan iqtisodiy siyosat, davlatning bosh
isloxotchi vazifasini o‘z zimmasiga olishi, qonun ustuvorligini ta’minlash, kuchli
ijtimoiy siyosat olib borish, isloxotlarni bosqichma-bosqich va vazminlik bilan
amalga oshirish kabi tamoyillar dunyoda avj olib borayotgan moliyaviy-iqtisodiy
inqiroz sharoitida o‘zining xayotiyligini namoyon etdi (10.2-jadval).
YUqorida qayd etib o‘tilganidek, mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o‘tish
tamoyillarining to‘g‘ri tanlanganligi, jaxon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining
oqibatlarini oldini olish va yumshatish imkonini beradigan omillarning
shakllantirilganligi ushbu inqirozning iqtisodiyotimizga ta’sirini kamaytirishda
muxim omil bo‘lmoqda.
10,3-jadval
MDX mamlakatlarida YAIM, inflyasiya va joriy hisob balansi
ko‘rsatkichi (yillik o‘zgarish, %)
YAIM
Inflyasiya
Joriy hisob balansi
2015 2016 2017 2018 2015 2016 2017 2018 2015 2016 2017 2018
MDX
mamlakatlari
1,2
4,2
4,0
1,5
9,5
9,8
6,2
7,1
1,5
1,7
-4,0
-2,3
Rossiya
0,5
4,0
1,3
0,7
9,9
8,8
7,4
12,1
1,4
1,2
1,6
3,1
Ukraina
1,0
5,0
0,0
-8,2
10,0
9,1
10,2
22,1
1,4
0,8
-9,2
-2,7
Qozog‘iston
1,5
7,0
6,0
4,3
8,7
8,0
5,8
6,7
1,1
1,5
-2,0
-3,0
Belarus
7,6
5,5
0,9
1,5
6,0
19,8
10,1
9,5
-5,6
-8,7 -10,2 -8,1
Turkmaniston
7,0
10,1
10,2
10,3
8,0
9,1
9,7
9,5
9,2
8,7
1,5
0,8
Ozarbayjon
12,3
5,0
5,8
2,8
7,0
7,8
2,4
1,4
0,6
-0,2 -1,2
-0,5
Armaniston
0,0
2,6
6,6
5,1
7,2
2,6
5,8
3,0
-1,5
-2,8
-1,7
-2,0
Gruziya
3,0
3,2
3,3
4,7
6,5
6,3
-0,5
3,1
-16,7 -15,7 -2,6
-3,0
Qirg‘iziston
2,9
-1,4
10,9
3,6
19,2
2,8
6,6
7,5
-8,4
-9,3
-4,0
-4,3
Moldova
0,0
7,0
8,9
2,0
4,7
7,9
6,5
7,1
-16,6 -17,4
5,0
-4,5
Tojikiston
3,0
6,5
7.4
6.4
11,5
9,8
5,1
6,1
-8,3
-9,2
0,3
0,3
O‘zbekiston
7,8
6,2
5,3
5,6
6,1
7,3
14,4 14,3
6,8
6,5
2,2
2,5
Manba: “Global economic prospects” Xalqaro valyuta jamg‘armasi xisoboti 2019 y.
210
SHu o‘rinda tijorat banklarining likvidliligi va kapitallashuv darajasini
oshirishga qaratilgan siyosatning izchillik bilan amalga oshirilganligini aloxida
ta’kidlash joiz. 2016-2018 yillarda Prezidentimizning tijorat banklarining
kapitallashuv darajasini oshirishga qaratilgan qator farmon va qarorlari qabul
qilindi.
Tijorat banklarining ustav kapitali miqdorini oshirish maqsadida 800 mlrd.
so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi.
Puxta o‘ylangan pul-kredit siyosatining amalga oshirilishi natijasida
inflyasiyani prognoz ko‘rsatkichlari chegarasida saqlab qolishga erishilmoqda. 2018
yilda Davlat byudjeti defitsiti yalpi ichki maxsulotga nisbatan 1,2 foizni tashkil qildi.
Tashqi savdo tarkibida chuqur o‘zgarishlarni amalga oshirishga muvaffaq bo‘lindi.
Mamlakat iqtisodiyotiga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalar miqdorining
barqaror o‘sish sur’atlari ta’minlanmoqda. 2018 yilda iqtisodiyotimizga jalb etilgan
xorijiy investitsiyalar 4 milliard AQSH dollardan ziyodni tashkil qildi. SHunisi
axamiyatliki, xorijiy investitsiyalarning 75 foizi to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilingan
xorijiy investitsiyalar xissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Joriy yilda mamlakatimizga 4
milliard AQSH dollardan ortiq investitsiya jalb etish ko‘zda tutilgan.
Mamlakatimiz tashqi qarzining mo‘tadil darajasini ta’minlashga muvaffaq
bo‘lindi. Mamlakatimizda jaxon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining oqibatlarini oldini
olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga
oshirish boshlab yuborildi. Joriy yilning o‘tgan davri yakunlari bu dastur ijrosi
o‘zining dastlabki, ishonchli natijalarini berayotganini ko‘rsatmoqda.
Mazkur dasturda korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik
jixatdan qayta jixozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan yuqori
texnologiyalarni keng joriy etish, joriy kon’yunktura keskin yomonlashib
borayotgan xozirgi sharoitda maxsulot eksport qiladigan korxonalarning tashqi
bozordagi raqobatdoshligini oshirish, korxonalarga aylanma mablag‘larini to‘ldirish
uchun Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 70 foizidan ortiq bo‘lmagan
stavkalarda 12 oygacha bo‘lgan muddatga imtiyozli kreditlar berish, tayyor
211
maxsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, xorijiy investitsiya ishtirokida tashkil
etilgan korxonalarni byudjetga barcha turdagi soliq va to‘lovlardan (qo‘shimcha
qiymat solig‘i bundan mustasno) ozod qilish muddatini uzaytirish, banklar kreditlari
bo‘yicha to‘lov muddati o‘tgan va joriy qarzlar miqdorini qayta ko‘rib chiqish va
boshqa muxim imtiyozlar berishga doir vazifalarning xal etilishi ko‘zda tutilgan.
SHu o‘rinda mamlakatimizda mehnatni rag‘batlantirish, ish haqini ko‘paytirish
va aholi daromadlari o‘sishini ta’minlashga qaratilgan siyosatni amalga oshirish
bo‘yicha qo‘lga kiritilgan natijalar haqida alohida aytib o‘tish kerak. 2017 yil bilan
taqqoslaganda, real daromad aholi jon boshiga 110,2 % ko‘paydi. Hisob-kitoblarga
ko‘ra, o‘rtacha ish haqi 23,2 foizga oshdi.
Tashqi bozorda kon’yunkturaning yomonlashuviga qaramasdan, 2018 yilda
tashqi savdo aylanmasi hajmini saqlab qolishga erishildi. Eksport qilinayotgan
mahsulotlar tarkibi va sifati yaxshilanib bormoqda. Buning natijasida xom ashyo
bo‘lmagan tayyor tovarlarning ulushi 70 foizdan ziyodni tashkil etmoqda. Lekin
tashqi savdo aylanmasidagi salbiy saldo 3,2 mlrd. dollardan oshdi. Bu esa to‘lov
balansi ishonchliligi va iqtisodiyotimiz barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Tashqi savdo tarkibida chuqur ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Keyingi
yillar mobaynida eksport tarkibida raqobatdosh tayyor mahsulot salmog‘ining
barqaror o‘sish tendensiyasi va xom ashyo etkazib beruvchi tarmoqlar mahsulotlari
ulushining kamayib borayotgani yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. 2018 yilda umumiy
eksport hajmida xom ashyo bo‘lmagan tovarlarning ulushi 70 foizdan ziyodni
tashkil etdi. Ayni vaqtda O‘zbekiston uchun an’anaviy eksport xom ashyosi bo‘lgan
paxta tolasining bu boradagi ulushi 2003 yildagi 20 foizdan 2018 yilda 10-12 foizga
tushdi.
Ta’kidlash kerakki, tashqi savdo munosabatlarimiz geografiyasi, avvalo,
rivojlanib borayotgan Osiyo qit’asi bozorlari bilan savdo aylanmasining o‘sishi
hisobiga sifat jihatidan o‘zgarmoqda.
Bu ko‘rsatkichlarning barchasi, avvalo, eksport tarkibida yuqori qo‘shimcha
qiymatga ega bo‘lgan raqobatdosh tayyor mahsulot ulushining izchil oshishi,
birinchi
navbatda,
iqtisodiyotimizning
o‘sib borayotgan salohiyati va
212
imkoniyatlaridan dalolat beradi. SHu bilan birga, bunday holat eksportimizning xom
ashyo resurslari narxi tez-tez o‘zgarib turadigan jahon bozori ta’siriga bog‘liqligini
kamaytirishda muhim yo‘nalish bo‘lib xizmat qiladi.
Mamlakatimizning tashqi savdo aylanmasini mutassil oshirib borishda
respublikamiz Markaziy bankining valyuta siyosati ham muhim ahamiyatga ega
(10.4-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |