Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ayubjonov a. H., Salixodjayeva u. A. Moliya statistikasi


 Mamlakat iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb etishni takomillashtirish



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/102
Sana30.06.2022
Hajmi2,83 Mb.
#719087
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   102
Bog'liq
2949-Текст статьи-7908-1-10-20200909 (1)

8.3. Mamlakat iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb etishni takomillashtirish
yo‘llari 
Investitsiya risklarni pasaytirishga imkon beruvchi barcha tadbirlarni shartli 
ravishda 4 ta guruhga ajratishi mumkin: 
1. Risklarni loyiha qatnashchilari orasida taqsimlashga imkon beruvchi 
diversifikatsiyalash; 
2. Loyiha risklarini sug‘urtalash, bu jarayon iqtisodiyotimizning bozor 
munosabatlariga o‘tish davri sharoitida o‘zining birinchi qadamlarini qo‘ymoqda; 
3. Loyihalarni amalga oshirish jarayonida kutilmagan holatlarga ajratmalar 
ulushini ko‘paytirish; 
4. Qo‘shimcha ma’lumotlar olish yoki ularga ega bo‘lish. 
Investitsiya loyhalarini amalga oshirishdagi alohida risklar ta’sirini yo‘qotish 
yoki yumshatish uchun bir qancha usullar qo‘llaniladi. 
1. Riskdan qochish - risk bilan bog‘liq tadbirlardan, shu jumladan foydadan 
ham voz kechishni bildiradi. 
2. Riskni loyiha ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash (riskning bir qismini 
hamkorlarga berish) - loyihaning moliyaviy rejasini va aniq hujjatlarini ishlab 
chiqishda amalga oshirilib, loyiha qatnashchilarini undagi ulushi va sharoitiga 
binoan risk ular o‘rtasida taqsimlanadi. Tuzilgan kontraktlarda har bir riskli hodisa 
uchun mukofot summasi ko‘rsatiladi va agarda risk sodir bo‘lmasa, mukofot shu risk 


174 
bo‘yicha javobgarlikni bo‘yniga olgan qatnashchiga beriladi.
3. Riskni sug‘urtalash - loyihalar bo‘yicha risklarni pasaytirishni eng keng 
tarqalgan metodlaridan biri bo‘lib, muayyan risklarni sug‘urta kompaniyalariga 
berishni anglatadi. Uning mohiyati investorning riskdan qutilish maqsadida 
daromadning bir qismidan voz kechish orqali aks ettiriladi. Bunda investorning risk 
darajasini “nol”ga tushurish uchun to‘lovni amalga oshirishga tayyor ekanligini 
tushinish mumkin.
4. Riskni pasaytirish - ko‘zda tutilmagan xarajatlarni qoplash uchun zaxira 
mablag‘larini tashkil etish yo‘li bilan yo‘qotishlar hajmini qisqartirish hisoblanadi. 
Mazkur zaxira mablag‘larini tashkil etishdagi asosiy muammo risklarning jiddiy 
oqibatlarini baholash hisoblanadi. Buning uchun loyiha qiymatini boshlang‘ich 
baholashni hisobga olish lozim. Bu esa zaxira summasini aniqlashga katta yordam 
beradi. 
5. Diversifikatsiya investitsion portfelni o‘zaro bog‘liq bo‘lishi mumkin 
bo‘lmagan turli usullari o‘rtasida investitsion mablag‘larni taqsimlash jarayonini 
o‘zida ifoda etadi. Turli faoliyatlar o‘rtasida investitsion resurslarni taqsimlashda 
risklarning bir qismidan qutulishga diversifikatsiya imkon yaratadi. Diversifikatsiya 
ishlab chiqarishda maxsulot assortimentini ko‘paytirish, moliya bozorida – turli 
emitentlar qimmatli qog‘ozlariga kapital sarflash, valyuta bozorida – turli 
mamlakatlar valyutasi bilan operatsiyalarni amalga oshirish yo‘li bilan amalga 
oshiriladi. Masalan, bitta kompaniyaning qimmatli qog‘ozini sotib olgandan ko‘ra 
bir nechta kompaniyaning qimmatli qog‘ozlarini sotib olishning o‘zi bir vaqtning 
o‘zida fond bozoridan daromad olish ehtimolini bir necha bor oshiradi va tegishli 
ravishda risk darajasini pasaytiradi.
6. Qo‘shimcha informatsiyani qo‘lga kiritish – hozirgi zamonda informatsiya 
eng kerakli va qimmat tovardir. U qancha ko‘p bo‘lsa shuncha yaxshi. 
7. Limitlash – limit o‘rnatish, ya’ni sarflar, sotish, kredit, maxsulot bahosi va 
h.k. chegarasini belgilash. Haqiqiy ko‘rsatkichlarni o‘rnatilgan limitga yaqinlashish 
– bu investor uchun xavfni yaqinlashayotganligi haqida signaldir. 
8. Zaxiralar yaratish – bu shunday metodki, qachon risk hodisasi uchun 


175 
javobgarlikni butunlay va to‘lig‘icha o‘z bo‘yniga oladi. Korxona asosiy faoliyatiga 
riskning ta’sirini pasaytirish uchun unda zaxira fondi tashkil qilinadi va risk sodir 
bo‘lganda ushbu fonddan ko‘zda tutilmagan xarajatlar qoplanadi. 
O‘zbekiston bank tizimida amaliyotida kredit berish barcha operatsiyalar 
tarkibida eng salmoqli o‘rinni egallaydi. SHu bois kredit riskini minimallashtirish 
bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish o‘ta dolzarb masala bo‘lib qolaveradi. Bu 
tadbirlar qatoriga quyidagilar kiradi (8.3-jadval). 

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish