Matematika boʻyicha 8-sinflar oʻrtasida Singapurdan keyin eng yuqori natijaga Xitoy Taypey 612 ball, Janubiy Koreya 607 ball, Yaponiya 594 ball va Gong Kong 578 ball bilan oʻzaro joy almashgan holda reytingda yetakchilik qilayotgan boʻlsa, eng past natijalarga Saudia Arabistoni 394 ball, Janubiy Afrika 389 ball, Marokash 388 ball bilan quyi pogʻonalarga joylashdi.
Tabiiy-ilmiy yoʻnalish boʻyicha Singapurning 4-sinf oʻquvchilari eng yuqori natijani 595 ball, 8-sinf oʻquvchilari esa 608 ball qayd etib, bu yoʻnalishda ham dunyoda yetakchi ekanliklarini yana bir karra isbotlab berdilar. 4-sinflar oʻrtasida Singapurdan keyingi oʻrinlarda Janubiy Koreya 588 ball, Rossiya Federatsiyasi 567 ball, Yaponiya 562 ball, Xitoy Taypey 558 ball va Finlandiya 555 ball bilan joy olgan boʻlsa, eng past natijaga Janubiy Afrika 324 ball, Pokiston 290 ball, Filippin 249 ball kabi mamlakatlar erishdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |