Tabiiy fanlarning mazmun sohasi (sakkizinchi sinf) TIMSS tabiiy fanlar boʻyicha sakkizinchi sinfni baholash toʻrtta fanni oʻz ichiga oladi: biologiya, kimyo, fizika va geografiya. 2.3-jadvalda TIMSS 2019 tabiiy fanlar boʻyicha baholashning toʻrtta tarkibiy qismlarining har biri uchun maqsad foizlari koʻrsatilgan.
2.3-jadval:Sakkizinchi sinfda TIMSS 2019 tabiiy fanlar boʻyicha baholashning maqsadli foizlari
Mazmunga oid soha
Foiz
Biologiya
35%
Kimyo
20%
Fizika
25%
Geografiya
20%
Biologiya Sakkizinchi sinfda oʻquvchilar boshlangʻich sinflarda tabiatshunoslik fanidan egallagan fundamental bilimlariga asoslanib, biologiyadagi juda koʻp muhim tushunchalarni anglaydilar. Biologiya oltita mavzu sohasini oʻz ichiga oladi:
Organizmlarning oʻziga xos xususiyatlari va ularda kechadigan hayotiy jarayonlar
Sakkizinchi sinf oʻquvchilari organizm tuzilishi va funksiyasining bogʻliqligini tushunishlari kerak. Shuningdek, ular hujayraning tuzilishi va funksiyasi, fotosintez va hujayraning nafas olish jarayonlari toʻgʻrisida fundamental tushunchalarga ega boʻlishlari kerak. Ushbu bosqichda koʻpayish va irsiyatni oʻrganish keyinchalik molekulyar biologiya va molekulyar genetikani yanada chuqurroq oʻrganish uchun zamin yaratadi. Moslanish va tabiiy tanlanish tushunchalarini oʻrganish evolyutsiyani tushunishga asos boʻlib xizmat qiladi, ekosistemalardagi jarayonlar va oʻzaro taʻsirlarni tushunish oʻquvchilarga koʻplab ekologik muammolarning yechimini topish haqida fikr yuritishni boshlashlari uchun muhimdir. Odam salomatligi toʻgʻrisida ilmiy asoslangan tushunchalarni shakllantirish oʻquvchilarga oʻzlari va boshqalarning yashash sharoitini yaxshilashga imkon beradi.
Kimyo. Sakkizinchi sinfda oʻquvchilarning kimyoni oʻrganishlari kundalik hodisalarni tushunishdan tashqari, kimyoning amaliy qoʻllanilishini anglash uchun zarur boʻlgan asosiy tushuncha va tamoyillarni oʻrganishni va keyinchalik fanni yanada chuqurroq oʻrganishni nazarda tutadi. Kimyo uchta mavzu sohasini oʻz ichiga oladi:
Moddaning tarkibi
Moddaning xossalari
Kimyoviy oʻzgarish
“Moddaning tarkibi” mavzusi doirasida elementlar, aralashma va birikmalarni farqlash va modda zarrachalarining tuzilishini tushunishga qaratilgan. Shuningdek, ushbu mavzu elementlarning tashkiliy tamoyili sifatida davriy jadvaldan foydalanishni ham oʻz ichiga oladi. “Moddaning xossalari” mavzusi doirasida moddalarning fizik va kimyoviy xossalarini farqlash, aralashma va eritmalarning xossalari, kislotalar va asoslarning xossalarini tushunishga eʻtibor qaratilgan. Kimyoviy oʻzgarishlarni oʻrganishda kimyoviy oʻzgarishlarning xususiyatlari va kimyoviy oʻzgarishlar paytida moddaning saqlanishiga eʻtibor qaratilgan.
Fizika.
Fizika beshta mavzu sohasini oʻz ichiga oladi:
Jismning agregat holati va fizik oʻzgarishlar;
Energiya transformatsiyasi va uzatilishiYorugʻlik va tovush;
Elektr va magnitlanish;
Harakat va kuch.
Jismning agregat holati va moddaning fizik oʻzgarishlari:
Sakkizinchi sinf oʻquvchilari jismning agregat holatining oʻzgarishlari hamda uni zarrachalar orasidagi masofa va harakat bilan bogʻlay oladilar. Shuningdek, oʻquvchilar energiyaning turli shakllarini bilishlari, energiyaning oddiy oʻzgarishlarini tavsiflashlari, energiyaning saqlanish qonunini amaliy vaziyatlarda qoʻllashlari va issiqlik energiyasi (issiqlik) va harorat oʻrtasidagi farqni tushunishlari kerak. Ushbu bosqichda oʻquvchilar yorugʻlik va tovushning baʻzi asosiy xossalarini bilishlari, bu xossalarni kuzatiladigan hodisalar bilan bogʻlashlari, yorugʻlik va tovush bilan bogʻliq amaliy muammolarni hal qilishlari kerak. Elektr va magnit mavzusi boʻyicha oʻquvchilar oddiy materiallarning elektr oʻtkazuvchanligi, elektr zanjiridagi elektr toki oqimi, ketma-ket va parallel ulangan zanjirlarning farqini bilishlari kerak. Shuningdek, ular doimiy magnit va elektromagnitlarning xossalari va ishlatilishini tavsiflay olishlari kerak. Oʻquvchilarning harakat va kuchlar haqidagi tushunchalari kuchlarning umumiy turlari va xossalari, oddiy mashinalar qanday ishlashini bilishni oʻz ichiga olishi kerak. Ular bosim va zichlik tushunchalarini anglashlari va jismga taʻsir etuvchi kuchlar asosida harakatdagi sifat oʻzgarishlarini prognoz qilishlari kerak.