Toʻrtinchi sinf Sakkizinchi sinf
Mazmun sohasi
|
Foiz
|
Mazmun sohasi
|
Foiz
|
Hayot haqidagi fan
|
45%
|
Biologiya
|
35%
|
Fizika fani
|
35%
|
Kimyo
|
20%
|
Yer haqidagi fan
|
20%
|
Fizika
|
25%
|
|
|
Geografiya
|
20%
|
Toʻrtinchi sinf Sakkizinchi sinf
|
Mazmun sohasi
|
Foiz
|
Bilish
|
40%
|
35%
|
Qoʻllash
|
40%
|
35%
|
Mulohaza yuritish
|
20%
|
30%
|
Har bir sinfda oʻqitiladigan fanlarning xususiyati va qiyinligidan kelib chiqqan holda, toʻrtinchi va sakkizinchi sinflarda tabiiy fanlar mazmun jihatdan bir-biridan farq qiladi. Toʻrtinchi sinfda biologiyaga sakkizinchi sinfdagiga qaraganda koʻproq eʻtibor qaratiladi. Sakkizinchi sinfda fizika va kimyo fanlariga alohida mazmun sohalari sifatida baholanadi va toʻrtinchi sinfdagiga nisbatan koʻproq eʻtibor qaratiladi, toʻrtinchi sinfda esa bitta mazmun sohasi (fizika fani) sifatida baholanadi. Uchta kognitiv soha (bilish, qoʻllash va mulohaza yuritish) har ikkala sinfda ham bir xil boʻlib, ular tabiiy fanlarga oid tushunchalarni oʻrganish, soʻngra ushbu tushunchalarni qoʻllash va ular yuzasidan mulohaza yuritishda bir qator kognitiv jarayonlarni oʻz ichiga oladi.
Shuningdek, 2019 yilda TIMSS Tabiiy fanlar amaliy koʻnikmalarni ham baholaydi. Ushbu amaliy koʻnikmalarga oʻquvchilarning maktab va kundalik hayotda tabiiy yoʻnalishdagi barcha fanlar uchun muhim boʻlgan ilmiy tadqiqotlar va tajribalarni muntazam ravishda oʻtkazishlari kiradi. Koʻpgina mamlakatlarning amaldagi tabiiy fanlar oʻquv dasturlari, standartlarida ilmiy tadqiqotlar va amaliy koʻnikmalarga tobora koʻproq eʻtibor qaratilmoqda (Mullis, Martin, Goh va Kotter, 2016).
Ushbu bobning navbatdagi ikkita qismi toʻrtinchi va sakkizinchi sinflar uchun TIMSS 2019 tabiiy fanlar mazmuni va kognitiv sohalarning tavsifini oʻz ichiga oladi. Bob tabiiy fanlarga oid amaliy koʻnikmalar tavsifi bilan yakunlanadi.
Tabiiy fanlar mazmuniga oid soha: toʻrtinchi sinf
Toʻrtinchi sinf TIMSS Tabiiy fanlar boʻyicha baholashni uchta asosiy mazmun sohalari belgilaydi: hayot haqidagi fan, fizika va Yer haqidagi fan. 2.2-jadvalda TIMSS 2019 Tabiiy fanlar boʻyicha baholashda uchta mazmun sohasining har biri uchun test vaqti foizlarda koʻrsatilgan.
2.2-jadval: Toʻrtinchi sinfda TIMSS 2019 Tabiiy fanlar boʻyicha baholashning uchta mazmun sohasining maqsadli foizlari: Toʻrtinchi sinf
Mazmun sohasi
|
Foiz
|
Hayot haqidagi fan
|
45%
|
Fizikafani
|
35%
|
Yer haqidagi fan
|
20%
|
Ushbu mazmun sohalarining har biri bir nechta asosiy mavzularni oʻz ichiga oladi va har bir mavzu, oʻz navbatida, bir yoki bir nechta mavzularni qamrab oladi. Har bir mavzu doirasida qoʻshimcha ravishda oʻquvchilardan kutilayotgan bilim, koʻnikma va malakalarni aks ettiruvchi maqsadlar tasvirlangan. Toʻrtinchi sinfni baholash davomida maqsadlarning soni taxminan topshiriqlar soniga teng boʻladi. Maqsadlarda ishlatilgan feʻllar toʻrtinchi sinf oʻquvchilaridan kutilayotgan odatiy faoliyatni ifodalashga moʻljallangan, ammo maʻlum bir kognitiv sohada faoliyatni cheklamaydi. Har bir maqsad uchta kognitiv sohalardan biriga (bilish, qoʻllash va mulohaza yuritish) asoslangan holda baholanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |