TIMSS – 2019 xalqaro tadqiqotining natijalari eʻlon qilindi.
2020-yil 8-dekabr kuni Taʻlim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan TIMSS-2019 xalqaro tadqiqotining natijalari eʻlon qilindi.
TIMSS, bu – “Trends in International Mathematics and Science Study”, yaʻni 4 vа 8-sinf oʻquvchilarining matematik va tabiiy-ilmiy yoʻnalishlar boʻyicha taʻlimdagi natijalarini xalqaro miqyosda baholaydigan tadqiqotdir.
Ushbu tadqiqot ilk marotaba 1995-yildan buyon amalga oshirila boshlangan boʻlib, 24 yillik faoliyati davomida ushbu tadqiqotda ishtirok etayotgan mamlakatlar soni ortib bormoqda. Tadqiqot, Boston kollejidagi TIMSS & PIRLS xalqaro oʻqitish markazi tomonidan tegishli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda boshqarib kelinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |