Tibbiyot instituti pediatriya kafedrasi «tasdiqlayman»



Download 2,14 Mb.
bet6/80
Sana04.04.2023
Hajmi2,14 Mb.
#924718
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Bog'liq
Maжмуа 3 курс ТПИ 2021 Ахмедова lotin

LAKTATSIYA: Sut bezi 15-20 ta bezsimon bulaqlardan, biriktiruvchi to’qima usimtalari bilan bulakcha va atsinuslarga bulingan. Atsinuslarda kubsimon xujayralar bor, bular sutni sintezlaydi, mioepitelial xujayralar esa, sutni harakatga keltiradi va sut bulakchalar aro kanallarga okiziladi. Bu kanallar kichik sut yullari daraxtini tashkil etadi va ular surgichga kelib qo’shiladi.
Sut bezlarini mukammal ishlashi yosh qizlarni balog’atga yetish davriga to’g’ri keladi. Butunlay tarakkiy etishi esa, xomiladorlik davrida va bola tug’ilgandan keyin, cho’qqisiga etadi.
Sut bezining, sut ishlab chiqarishi 4 fazadan iborat:
1. Mammogenez.
2. Laktogenez.
3. Galaktogenez.
4. Avtomatizm
1. Mammogenez fazasi xomiladorlikning 2-3 oylarida boshlanib, sut bezi parenximasining gipertrofiyasi bilan boshlanadi. Interstitsial to’qima kamayadi, tomirlar sistemasi esa ko’paya boradi va atsinus to’qima bilan birika boshlaydi. Sut bezi estrogen va progesteron gormoni ta’sirida kattalashadi. Estrogenlar sut yullari va uni okimini rivojlanishiga yordam bersa, progesteron esa atsinuslarni kattalashishi va proliferatsiyasini ta’minlaydi.
Mammogenez jarayoniga gipofiz gormonlari, oshqozon osti va xomila(xorial gonadotropini,xorial somatotropini) gormonlari ham ta’sir qiladi. Bu davrda sut bezi,sut ishlab chiqarmaydi, shuningdek unda yuqori tarkibli estrogenlar va progesteronlar galaktogenez jarayonini susaytiradi.
2. Laktogenez- atsinuslar sekretsiyasining oshishi fazasi bo’lib,bu epitelial xujayralarini yemirilishi bilan davom etadi. Shuning natijasida xujaylarni apikal qismi bulinib ekskretor kanallarga tushadi. Atsinuslarda epitelial xujayralarning sekretlarini to’planishi xomiladorlikning 4-oylaridan boshlanadi, lekin sut yullaridan sutning kelishi to’g’rikdan keyin bo’ladi.
Laktogenezning boshkarilishi murakkabdir. Gipofizning oldingi bulagidagi atsidofil xujayralaridan goloprotein xosil bo’ladi. Goloprotein aktivligi xomiladorlik vaqtida xayz tsiklidagidan 20 marta tez usadi. Goloproteinning yuqori qontsentratsiyasi faqatgina to’g’rikdan keyin 24-48 soat saqlanadi. Keyinchalik, bolani emizish natijasida goloprotein sintezi reflektor ravishda pasayib ketadi.
3. Galaktogenez–bu ajralib chikkan sutning to’planish fazasi bo’lib, atsinus epitelial xujayralardan sut ajralib chiqib, alveolalardan sut yullarida yig’ilishidir. Surish akti– emizish davrida, sut bezi surgichining ta’sirlanishi bilan reflektor ravishda gipotalamus funktsiyasi pasaya boradi va prolaktin xosil bo’lishini oshiradi. Bir vaqtning uzida gipofizning orqa bulagidan oksitotsin garmoni xosil bo’ladi, bu esa atsinuslarni mioepitelial xujayralarini kiskarishini tezlashtiradi va sut yullarida sut ajralib chikishini ta’minlaydi.
4. Sut bezining funktsional avtomatizm fazasi to’g’rikdan keyin yuzaga keladi.
Laktatsiyani davom etishida birinchi navbatda surish akti reflektor asosida ta’sir etadi. Shu bilan bir qatorda atsinuslarni sutdan bushalishi, stimullaydigan faktorlardandir. Bu esa prolaktinning ishtirokisiz o’tadi. Agar bolani to’g’ri tashkiliy ovqatlantirganda laktatsiya uzoq davom etadi va yil oxirida atsinuslar epiteliyasini zaiflashi bilan tugallanadi. Sutning tarkibiga yil fasllari va ko’p genetik faktorlar,gormonal va ekzogen(tartibli ovqatlanish),onaning kasalliklari ta’sir ko’rsatadi. Yaxshi ma’lumki, onaning ovqatlanishi uning suti tarkibi va xajmiga ta’sir qiladi. Emizikli ona maxsus parxezga muxtoj emas. SHunisi muximki, u yeydigan ovqat tula kimmatli tarkibga va sifatli bo’lishi kerak. Bu extiyojlarni koplash uchun emizikli ona ratsionida har kuni quyidagilar bo’lishi kerak: go’sht-180-200 g, sut-500 ml, tvorog-50 g, sir-50 g, yog’-50 g, tuxum-1 dona, sabzavotlar-500-600 g, mevalar-200 g, non-400-500 g. Ekstraktiv moddalar spirtli ichimliklar, chekish kat’iyan man qilinadi. Emizikli ona uyku va dam olish rejimiga to’g’ri, amal qilishi kerak, og’ir jismoniy tasirlar, mashklar kilmasligi va albatta toza xavoda ko’prok bo’lishi kerak. Bola tug’ilgandan 3-4 kunlikgacha ona ko’kragidan uvuz suti keladi, keyin oralik sut va 2-3 xaftalarga ona sutietilgan va doimiy tarkibga ega bo’ladi. Uvuz suti tarkibi jixatdan yangi tug’ilgan chaqaloqlar to’qimasiga yaqin bo’ladi, shuning uchun u organizmga asosan xazm bo’ladi. Uvuz suti kuyuk, sargish rangda bo’lib, oqsilga boy bo’ladi, oqsil formulasi asosan albuminlardan va globulinlardan tashkil topgan bo’lib ular chaqaloqlar qonidagi oqsillarga yaqindir. Uvuz va yetilgan sut aminokislotalar tarkibi bilan ham farq qiladi. Uvuzda quyidagi aminokislotalar ya’ni triptofan, tirozin,gistidin, leytsin va tsistin 2-2,5 marta ko’p bo’ladi. Uvuzning zichligi 1050-1060, yetilgan sutga qaraganda oqsil ko’p miqdorda, karotin va vitamin A2-10 marta, askorbin kislotasi 2-3 marta, vitaminlar V-12, Ye mineral tuzlar 1,5 marta ko’pdir. Uvuzda juda ko’p miqdorda immunoglobulin A bor, lekin yog’ va sut shakari kam bo’ladi. Laktoza tarkibidagi galaktoza monosaharidlar yangi tug’ilgan chaqaloqlarda manfiy kaltsiy balansini boshkarib turadi. Uvuz suti yog’’ida olein kislotasi, xolesterin va fosfolipidlar ko’p miqdorda saqlanadi. Bola onasidan uvuz bilan ko’p miqdorda immun tanachalar oladi, bular bolaning birinchi kunlarida kasalliklardan saqlashga katta ahamiyatga ega. Chaqaloqlar uvuz bilan kimyoviy antitelolar, yuqori qontsentratsiyali lizotsim va fermentlar(pepsinogen, tripsin, lipaza, amilaza) oladi. 100 ml uvuz kaloriyasi 150 kkalga teng, yetilgan sut esa, 60 kkal energiya beradi. Shunday kilib, tabiiy ovqatlantirish yangi tug’ilgan bolalarni tashqi muxitga moslashuvida katta rol o’ynaydi.
Ona va sigir sutining miqdoriy, sifatiy biologik qiymati.
Ona suti har xil xayvonlar sutidan miqdoriy tarkibida oqsil, yog’, uglevodlar, mineral tuzlar va suv bilan farq qiladi, Ona suti oqsili sigir sutidan 3 marta kam. Lekin ona sutidagi oqsil juda bebaxo, uning tarkibida asosan albuminlar, sigir sutini esa, kazein tashkil qiladi. Ona suti tarkibidagi albumin va kazein 1:1 nisbatni sigir sutida esa, 6:1 nisbatini tashkil qiladi. Ona sutidagi albuminlar kichik dispersli bo’lib, oshqozon va ichakda oson xazm bo’ladi va xazm shirasini ko’p miqdorda ajralishini talab kilmaydi. Shuning uchun ona suti oqsili sigir suti oqsiliga nisbatan tula qiymatlidir. Ona suti va sigir sutidagi yog’lar miqdori bir xil, lekin sifat jixatidan bir-biridan farq qiladi. Ona sutida ko’p miqdorda tuyinmagan yog’ kislotarali bo’ladi. Shunday muxim yog’ kislotalari: linolen, linol, arahidon kislotalari ona sutida 4-7 marta ko’pdir. Ona sutidagi yog’ lar sifati jixatiga fosforlipidlardir, bular yog’larning rezorbtsiyasida muxim rol o’ynaydi. Ona sutining tarkibida oz miqdorda uchuvchan yog’ kislotalari mavjud bo’lib ularning oshqozon ichak shilliq pardalariga tasiri yengil o’tadi. Ona suti yog’larining sifati kimmatligi shundakim, ular yuqori dispersli bo’lib, emulsiya xolatida bo’ladi va so’rilishi yengil o’tadi. Ona sutidagi uglevodlar ham sigir sutidan farq qiladi. Ona sutidagi laktozalar, V-laktozadan tashkil topgan bo’lib, sigir sutidagi laktozasini ko’p qismi A- laktozadan tashkil topgan. Bolalarni tabiiy ovqatlantirlganda V- laktoza Bifido-Bakteriyalarni o’sishini ta’minlaydi, patogen ichak florasini o’sishini kamaytiradi bu esa oshqozon– ichak yo’lini yalliglanishini oldini oladi. Bola organizmini intensiv o’sish davrida Sa va R tuzlari kerak bo’ladi. Ona sutida sigir sutiga qaraganda Sa miqdori 4-marta va R– 2 –marta kam. Lekin ona sutidagi Sa va R uzlashtirish munosibati (2:1) teng va bolalarni fiziologik o’sishi va suyak sistemasini rivojlanishiga mutanosibdir.
Ona sutida yetarli miqdorda mikroelemetlar topilgan. Bular mis, rux, margenets va boshkalardir. Ular organizni faoliyatini boshkarishda va qon ishlab chikorishda asosiy rol o’ynaydi. Ona suti sigir sutiga qaraganda S, Ye, A vitaminlariga boydir.Sigir sutida esa, ona suti tarkibidan V-vitaminlar gruppasi2-marotaba, riboflavin–3 marotaba, pantoten kislotasi4 marotaba, biotin-6 marotaba, V12- 10-11 marotaba ko’pdir. Lekin sigir sutini suyultirilganda va uni qaynatganda vitaminlar miqdori pasayib ketadi, bu xolatni bolalarni sun’iy ovqatlantirishni nazarga olib, ularga vaqtliroq meva sharbatlari va bo’tqalar berishtavsiya qilinadi.
Ona sutidan bakteriostatik moddalar lizotsim, properdin, atitelalar ichak devorlaridan surilib, bola organimizida passiv immunitetni xosil qiladi. Bola onasidan sutni issik, steril xolatda so’rib oladi. Sut bilan birga 3-4 xaftadan boshlab A, G,M, D, Ye immunoglobulinlarini yuqori miqdorda qabul qiladi. SHunday kilib,ona suti bola uchun bebaxo ozukadir. Shuning uchun har bir tibbiyot xodimi tabiiy ovqatlantirishni ota-onalarga targ’ibot qilishi lozim.

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish