Tibbiyot instituti pediatriya kafedrasi «tasdiqlayman»


Xalqaro fakultet dekani Haydarova N.O



Download 2,14 Mb.
bet2/80
Sana04.04.2023
Hajmi2,14 Mb.
#924718
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Bog'liq
Maжмуа 3 курс ТПИ 2021 Ахмедова lotin

Xalqaro fakultet dekani Haydarova N.O.
Kafedra mudiri, t.f.n. Shermatov R.M.



MUNDARIJA



Nomi

Betlar










































































PEDIATRIYA FANIDAN MA’RUZALAR REJASI.



Ma’ruzalar mavzusi.

Soat




3-kurs 5-semestr




1

Pediatriyada etika masalalari. Bolalik davrlari. Sog’lom bolalarning jismoniy rivojlanish monitoringi. Bolalni klinik tekshirish xususiyatlari. Jismoniy rivojlanishdan ortda qolish. Asab va sezgi tizimining AFX. Zararlanish semiotikasi.

2

2

Sog’lom bolani ovqatlantirish. 1 yoshgacha bolani tabiiy ovqatlantirish. 1 yoshgacha bo‘lgan bolani sun’iy va aralash ovqatlantirish. Qo‘shimcha ovqatlantirish qoidalari. Turli yoshdagi bolalarni ovqatlantirish.

2

3

Suyak to‘qimasining tuzilishi, o‘sish va gormonal nazorati. O‘zgarishlar semiotikasi. Suyak metabolizmining o‘zgarishi (Raxit va spazmofiliya). Etiologiyasi, patogenezi, klinikasi, diagnostikasi, qiyosiy tashhisi, davosi va profilaktikasi.

2




Jami

6




3-kurs 6-semestr




1

Nafas tizimi AFX. Tekshirish usullari. O‘zgarishlar semiotikasi. Bronxitlar. Etiologiyasi, patogenezi, klinikasi, diagnostikasi, qiyosiy tash\isi, davosi va profilaktikasi.

2

2

Qon hosil qilish tizimining AFX. Turli yoshdagi bolalar periferik qon normativlari. Zararlanish semiotikasi. Tanqislik anemiyalari. Etiologiyasi, patogenezi, klinikasi, diagnostikasi, qiyosiy tashhisi, davosi va profilaktikasi.

2

3

Normada oshqozon-ichak tizimi. O‘zgarishlar semiotikasi. Oshqozon-ichak tizimining funksional buzilishlari. Oqsil-energetik tanqislik. Ovqat etishmovchiligi va semizlik.

2




Jami

6




Umumiy

12

MA’RUZA MATNLARI
5-semestr
Ma’ruza №1.
Mavzu: Pediatriyada etika masalalari. Bolalik davrlari. Sog’lom bolalarning jismoniy rivojlanish monitoringi. Bolalarni klinik tekshirish xususiyatlari. Jismoniy rivojlanishdan ortda qolish. Asab va sezgi tizimining AFX, zararlanish semiotikasi (2 soat).
REJA:
1. Tibbiyotda etika va deontologiya tamoyillari
2. Bolalarning jismoniy rivojlanishi somotometrik hamda somotoskopik uslubda baxolash.
3. Turli yoshdagi bolalarni antropometriyasi.
4. Antroprometrik indekslar
5. Biologik yetuklik tushunchasi.
6. Akseleratsiya xakida tushuncha va uning teoriyalari


Tibbiyotda etika va deontologiya tamoyillari
Shifokorlik deontologiyasi fan sifatida keng falsafiy tushuncha bo‘lib, shifokor bilan bemor o‘rtasidagi munosabat, shifokorlik bilan bemorning karindoshlari, yaqinlari orasidagi munosabat, shifokorlarning hamkasblari, o‘rta va kichik tibbiyot xodimlari bilan munosabatlari, shifokor va bemorning davolash jarayonidagi xuquqlari, ustoz va shog‘ird munosabati, shifokorlik siri va xatolari kabi muammolar bilan shug‘ullanadi.
Bioetik deontologik tamoyillarning tibbiyot amaliyotida to‘g‘ri joriy qilish bo‘lajak shifokorlarning ongi, saviyasi, dunyoqarashi, bilim mezoni va qaysi jamiyatda yashayotganligi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Kishilik jamiyati tarakkiyotining turli bosqichlarida shifokorlarning bemorlar bilan deontologik munosabatlari bir xilda bo‘lgan emas, zamon talabiga qarab o‘zgarib borgan. Shifokorlar odobi, xatti – harakatlarini baxolash mezoni ham shunga muvofiq ravishda o‘zgargan. Shifokorlik deontologiyasi asosida shifokorning bemor bilan munosabati yotadi. Shifokorning butun bilimi, burchi, odobi, tashqi ko‘rinishi, xatti-harakatlari bemorda unga nisbatan ishonch uyg‘otishda qaratilgan bo‘lishi kerak. Bemorda o‘ziga shu shifokorgina malham, najot bo‘la oladi, degan umid va tuyg‘u paydo bo‘lishi kerak. ETIKA - so‘zi grekcha bo‘lib, Aristotel tomonidan kiritilgan, insoniy axloq ma’nosini anglatadi. Shuningdek insonga xos bo‘lgan ijobiy urf-odatlar, o‘zini to’tish, insonparvarlik, va umuman insoniy manaviyatni o‘zida aks ettiradi. Tibbiy xodimning etik normalari esa ushbu tushunchalarning eng yuqori darajadagi ko‘rinishidir.CHunki, tibbiyot xodimi dunyodagi eng fidoiy kasb egasidir.
Tibbiyot xodimi boshqa shaxslar uchun, boshqa kishilar uchun, u dustmi, notanishmi, dushmanmi o‘z bilimi, maxorati, mexrini berib xastaligini engillatish, davolashga harakat qiladi. Bemor ko‘ngliga yo‘l topish, dardiga malham bo‘lish, tibbiyot xodimidan insonparvarlik, mexr, katta bilim va tajribani talab etadi. O‘rta asrlarda yashab, ijod etgan bo’yuk alloma ABU ALI IBN SINO (Avitsenna) ham tibbiyot xodimining xulqiga katta e’tibor berib, xatto tibbiyot xodiimining alohida jismoniy, ruxiy fazilatlariga ega bo‘lishi keraqligini aytib o‘tgan va quyidagi fikrlarni aytgan - xakim burgut ko‘zlariga, qizlarning qo‘liga, ilon aqliga va sherning yuragiga ega bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, Abu Ali Ibn Sino tabiblarning axloq fazilatlari va bemor bilan bo‘ladigan muomalasidagi xususiyatlari xaqida to‘xtalib, xakimlarga kasallikdan va uni davolashdan qurqish xissini bemor ongidan o‘zoqlashtirish uchun qo‘lidan kelgancha barcha zarur chora tadbirlarni ko‘rishni maslaxat bergan va xatto musiqadan davolash maqsadida foydalanishni tavsiya etgan. Ibn Sino bemor borki uni so‘z sexri bilan davolasa bo‘ladi degan fikrni aytib o‘tgan. Ushbu so‘zlar bilan alloma muomalaning tibbiyotdagi o‘rnini yaqqol ko‘rsatib bergan. Muomala madaniyatisiz jamiyatda xech bir ish amalga oshmaydi, urushlar tinchimaydi, bitimlar to‘zilmaydi, oilalar dustlashmaydi, dustlar paydo bo‘lmaydi. Shu kabi, muomalasiz bemorlar xastaliklari aniqlanmasligi muomalaning nixoyatda tibbiyotda o‘rni kattaligini ko‘rsatadi. Muomala madaniyati xakimda kamchiliksiz bo‘lishi bemorni ruxiy xolatini yaxshilashga, kasallikna tezroq engishi uchun asos yaratishga zamin bo‘ladi. Muomala madaniyati bilan bemorning o‘zidan so‘zlari va fikrlari bilan kasallikning 60% tashxisi qo‘yiladi, buning bemor ko‘ngliga yo‘l topa bilish kerak xolos. Xakim ishidagi yetuk normalar, muomala madaniyati vrach qasamyodining asosini tashkil etadi.
O’rta Osiyo xududida 9 asrga kelib (874 yillar) Xorazmshoxlar yirik qudratli somoniylar davlati tashkil topdi. Shu davrda Buxoro, Samarqand shaharlari yirik savdo va siyosiy markazlarga aylandi. O’rta Osiyoda fanning yorqin yulduzlari dunyog’a keldilar. Shular jumlasidan IX asrda yashab ijod etgan«Astranomiyaning boshlanishi» asarini yaratgan matematik astronom geogrf Ahmad Ibn Muhammad Farg’oniy, Muhammad Ibn Muso Xorazmiy, sharq Aflotuni (Aristotel) nomini olgan Abu-Nosir Farobiylarni tilgaolish lozim. O’z vaqtida Ibn Sino Farobiyning «Nazariy va amaliy tabobat haqida kitob» ini o’qigach hakimbo’lishga qaror qilgan degan fikr ham bor. Bu olimlar jumlasiga Muhammad ibn Ahmad al- Xorazmiy (973-1048), yoxud Abu Rayxon Beruniy, Najibuddin Samarqandiy va boshqalar kiradi. Abu Ali Ibn Sino (980-1037) - jahon madaniyatiga katta hissa qo’shgan qomusiy(entsiktlopedist) olim: tabiatshunos, faylasuf, astranom, matematik, huquqshunos va shoir– o’rta osiyo xalqlari madaniyatini o’rta asrsharoitida dunyo madaniyatining oldingi chiqqan bo’yuk mutaffakirlaridan biridir. Ovrupada Avitsenna nomi bilan mashhur bo’lgan Ibn Sino o’rta osiyo xalqlari orasidan chiqqan bo’lib, jahon fani taraqqiyoti tarihida muhim o’rintutgan Xorazmiy, Farobiy, Beruniy; Ulug’bek, Umar-Hayyom kabi olimlar safida faxirli o’rinlardan biriniegallaydi.
O’zbekistonda pediatriya tiklanishining dastlabki yillarida V.M.Mirzayants V.I.Ivanov, M.A. Mirzamuhamedov va S.Sh.Shamsievlar katta faoliyat ko’rsatdilar. Ular va boshqa ko’pgina pediatrlar o’z vaqtidabolalar orasida uchraydigan me’da-ichak kasalliklarning etiologiyasi, patogenezi, ularning kechishini chuqO’rtadqiqot qilishdi va shu kasalliklarga qarshi ko’rashish yo’llarini ko’rsatishdi. «Pediatriya» degan tushuncha yunon tilida, yani «redos» - go’dak bola va«iatria» - davolash so’zlaridan kelibchiqqan. Pediatriya bolaning xomilalik davri rivojlanishidan tortib to balog’at yoshigacha o’sish qonuniyatlarikasallanish sabablarini aniqlash, davolash va kasallanish sabablarini o’rganadi. Keng ma’noda peddiatriya o’sayotganva rivojlanayotgan odam organizmi tibbiyotidir. O’rta Osiyo xududida 9 asrga kelib (874 yillar) Xorazmshoxlar yirik qudratli somoniylar davlati tashkiltopdi. Shu davrda Buxoro, Samarqand shaharlari yirik savdo va siyosiy markazlarga aylandi. O’rta Osiyoda fanningyorqin yulduzlari dunyog’a keldilar. Shular jumlasidan IX asrda yashab ijod etgan «Astranomiyaning boshlanishi» asarini yaratgan matematik astronom geograf Ahmad Ibn Muhammad Farg’oniy Muhammad Ibn Muso Xorazmiy, sharq Aflotuni (Aristotel) nomini olgan Abu-Nosir Farobiylarni tilga olish lozim. O’z vaqtida Ibn Sino Farobiyning«Nazariy va amaliy tabobat haqida kitob» ini o’qigach hakim bo’lishga qaror qilgan degan fikr hambor. Bu olimlar jumlasiga Muhammad ibn Ahmad al- Xorazmiy (973-1048 y), yoxud Abu Rayxon Beruniy, Najibutdin Samarqandiy va boshqalar kiradi. Yana bir narsa etiborga molikkim A.A. Kodirovning(1990) yozishicha o’rta asrlarda karvonlar uzoq yo’llar cho’llar tog’lardan o’tayotganida issiqdan, hamda suvsizlikdan kishilarda har xilkassalliklar paydo bo’lgan va shu yirik savdo yo’llarida joylashgan shaharlarda shifoxonalar qurish zaruratitug’ilgai. Bunday shifoxonalar o’sha davrlarda Bog’dod, Damashq, Hamadon, Buxoro, Samarqand shahrida nafaqatshifoxona hattoki 1066 yildayoq «Tabobat bilim maskani» deb nomlangan Madrasa ham mavjud bo’lgan. Roziy (to’liqnomi Abu Bakir Muhammad ibn Zakariyo Yaxe Ar Roziy- 865-925) sharqning qomusiy olimi, tabib va muttafakiro’rta asr Ovruposida lotincha nomi Rozes atalib tabobat sohasida o’z davrining Jolinusi (Galeni) sanalgan, falsafa, riyoziyot, kimyo sohasida yuksak muvaffaqqiyatlarga erishgan va30 yoshligida Bog’dod tibbiyotini o’rganishga kirishgan. U hozirgi Eronning Ray shahrida savdogar oilasida tug’ilgan. Roziy bir qqancha vaqt mobaynida Ray-Bog’dod shifoxonalarini boshqargan. Uning tabobatga oid36 asari bizgacha yetib kelgan. Roziyning eng muhim asarlaridan «Tibbiyotga oid bilimlar majmuasi», o’n jilddan iborat «Mansurga bag’ishlangan to’plam», «Chechak va qizamiq haqidagi kitob»laridir. Roziy chechakka qarshi emlash kerak ekanligini haqida birinchi bo’lib fikr bildirgan. U jarrohlikda birinchi bo’lib, qo’y ichagidan tayyorlangan ip (Ketgut) dan foydalangan. Uning «Mansurga bag’ishlangan to’plam» asari XVI asrgacha Sharq tabiblari va Ovrupo tabobatchilarining asosiy qo’llanmalaridan biri bo’lgan. Shu boisdan IX asirning ikkinchi yarmini «Ar-Roziy davri-deb atalishi to’la asoslidir (A.Z.Lixtshangof, 1990). Asarning bir necha bobi chaqaloq va go’dak bolalarni ovqatlantirish va ularining parvarishiga bag’ishlangan. Bola tarbiyasi xaqidagi mustaqil asar ham Roziyga tegishlidir. Roziyning bu asari keyinchalik Ovrupo va butun dunyoda pediatriyaning taraqqiyotiga asos bo’lgan. Ilmiy tabobatning namoyondalari bo’lgan tabiblarda davolanish imqoniyatiga hamma ham ega bo’lmagan. Bunday kishiar uchun Abu- Bakir ar-Roziy hammabop va tushunarli tilda «Kambag’allar tabobati» degan asarni yaratgan. Roziy boqkargan shifoxonalar ixtisoslashtirilgan bo’lib, ularda ko’z kasilliklari, ichki kasilliklar, jarohlik bo’limlari tashkil etilgan va tuzilishi jihatdan hozirgi klinik shifoxonalarni eslatgan. Roziy kundalik kasallik tarixini ham yozib boran. Uning ko’psonli tibbiy asarlari orasida «bolalar kasalliklari»degan asarnning mavjudligi alohida e’tiborga molikdir. Roziyning asarlari ko’plab Ovrupo xalqlari tiliga jarima qilingan va chop etilgan hamda XVI asrga qadar Buqrot, Galen, Ibn Sinoning asarlari bilan bir qatorda ko’pina dorilfununlarda darslik sifatida qo’llanib kelingan. Abu Ali Ibn Sino (980-1037) - jahon madaniyatiga katta hissa qo’shgan qomusiy (entsiktlopedist) olim: tabiyatshunos, faylasuf, astronom, matematik, huquqshunos va shoir– O’rta osiyo xalqari madaniyatini o’rta asr sharoitida dunyo madaniyatining oldingi o’rinlariga chiqqan bo’yuk mutafpakirlardan biridir. Ovrupoda Avitsennna nomi bilan mashhur bo’lgan Ibn Sino o’rta osiyo xalqlari orasidan chiqqan bo’lib, jahon fani taraqqiyoti tarihida muhim o’rin tutgan. Xorazmiy, Farobiy, Beruniy; Ulug’bek, Umar-Hayyom kabi olimlar safida faxrli o’rinlardan birini yegallaydi.
Ibn Sino hozirgi Buxoro viloyatining Vobkent tumanidagi Afshona qishlog’ida hijriy 370 yilning safar oyida (avgust 980 y.) amaldor oilasida tug’ildi. Uning yoshligi va yig’itlik chog’lari somoniylar hukmdorligining so’nggi yillarida, xususan Nux 11-ibn Mansur Somoniy xukumronligi davri (976-997) yillarga to’g’ri keladi. Ibn Sino iste’dodli, xotirasi zo’r, zehni o’tkir bo’lganligidan o’z davrida ma’lum bo’lgan ilmlarni tezda yegallay boshlaydi, u10-yoshidayok Qur’onni boshdan-oyoq yod oladi. 10-13 yoshlarida esa, boshlang’ich matematika, mantiq. fikr, falsafa ilmlari bilan shug’ullana boshlagan. Ibn Sinoning otasi Abdullo Ismoiliylar talimoti bu davrda hukmron bo’lgan sunniylar mazhabiga nisbatai dunyoviy ilmlarni o’rganishga xayrixoxlik bilan qarar edi. Ibn Sino yoshligidan Abu Abdullo Notiliy rahbarligida falsafani, Xasan Ibn Nux al-Komriydan tibbiyot ilmini har tomonlama chuqur o’rgana boshladi va asta-sekin tabiblik bilan shug’ullana boshladi. Ibn Sino o’zidan avval Sharq mutaffakirlarining asarlarini chuqur o’rganish bilan birga qadimgi yunon tibbiy va falsafiy merosini, xususan Aristotel, Evklid, Ptolemny, Galen, Buqrot, Pifogor kabilarning asarlarini ham qunt bilan o’rgandi Ibn Sino asarlarining hammasi 280 dan oshadi. Shulardan 40 dan ortig’a tibbiyotga oid 30 ga yaqin risola tibbiy fanlarga 3 risola musiqaga, 185 risola falsafaga, mantiq, psixologiya, geologiya, etika va ijtimoiy-siyosiy muammolarga bag’ishlangan, lekin bizgacha uning faqat160 ga yaqin asari yetib kelgan. Ibn Sinoning tibbiyot sohasidagi asarlaridan-«Kitob al-qonun-fit-tibb» (tib qonunlari), («Kitob ul-kuluni»), (Ichak sanchiklari), «Kitob un-naoz» («Tomir urishi haqida kitob»), «Fuj ul-tibbia jaria fi majlisix» («Tib haqida hikmatli so’zlar»), «Tadbir ul-manzil» («Turar joyning tuzilishi»), «Fil xindobi», («Sachratqi o’simligi haqida»), «Risola fi-dastur it-tibbiy», («Tibbiy ko’rsatmalar haqida»), «Risola fixiz issixxa», («Salomatlikni saqlash haqida»risola»), «Dorilar qoidasi», «Isitmalar va shishlar», «Asab kasalliklar va falajlar» degan asarlari ma’lum. Ibn Sinoning tibbiyot sohasidagi faoliyati Sharq tibbiyotining gullagan davri bo’lib, Ovrupodagi uyg’onish davri tibbiyotiga juda katta ta’sir va antik davr tibbiyoti bilan yangi davr tibbiyoti o’rtasida muhim va qimmatli davr bo’ldi. Bu esa O’rta Osiyo xalqlarining vakillari dunyo tibbiyoti taraqqiyotiga salmoqli hissa qo’shganliginiko’rsatdi. Abu Ali Ibn Sinoning «Tib qonunlari» asari600 yil davomida hakimlar uchun asosiy qo’llanma bo’libkeldi. O’rta asrlarda bu kitob sharqdagina emas, balki g’arb mamlakatlarining dorilfununlarida ham talabalar uchun tibbiyotdan yagona qo’llanma edi. U o’z davri va so’nggi asrlarda. Sharq va Ovrupoda «Shayx ur-rais»-«Olimlar boshlig’i», «Tabiblar shoxi» kabi eng bo’yuk nomlariga va zo’r obro’ga sazovor bo’ldi. Ibn Sino mashxur murabbiy ham edi. Abu Uvayd Jurjoniy, Umar Isfaxoniy, Muhammad Sheroziy, Ahmad Sheroziy, Ahmad Mansuriy mashxur ozarbayjon mutafakiri Baxmaner Ibn Marzbon, Yusuf Iylokiy, mashxur olim va shoir Umar Xayyom kabilar uning sodik shog’irtlari edilar. Sharq va Ovro‘poda. xususan uyg’onish davri va so’nggi asarlarda Ibn Sinoni katta hurmat bilan tilga olmagan olim va mutafakir juda kam uchraydi. «Tib qonunlari»da Ibn Sino yozadiki, «odam tanasiga 3 xil holat xosdir» sog’lomlik, kasallik va 3-chi holat- «na kasallik va na sog’lomlik holati» Ana shu 3-chi holat butun tibbiyot fanida shu jumladan pediatriyada ham hozirgi davrda olimlar fikrini jalb etib kelmoqda. Ibn Sino sog’liqni ta’minlovchi amolarni yosh, jins, yilning fasli va boshqalar bilan omuxta ravishda mutoala etgan. Uning asarlarida bola tarbiyasiga, uning parvarishiga maxsus boblar bag’ishlangan. Bolani ona suti bilan ovqatlantirish borasidagi uning fikrlari hozirgi davr tibbiyot fanida to’liq asoslandi. Ibn Sino bolalarda tomir urishning o’ziga xos xususiyatlari, qo’yanchiq qoqshol kasalliklari, ularni farqlash, gijja va boshqa xastaliklarni yozib qoldirgan. Shu boisdan Ibn sinoni nafaqat zamonaviy tibbiyot fani, balki, pediatriyani ham asoschisi deb ataymiz.
O’rta asrlarda Osiyoda ancha rivoj topgan tabobat ilmi xush-XIX asrlarga kelib feodal jamiyati ta’sirida juda orqada qoldi. Bu davrga kelib tabobat maktablari yo’q bo’ldi. Tibbiyot tarixi mutaxasislarining yozishlaricha, xalq tabobati uyushmagan holda bo’lib, tabiblari o’z san’atlarini otadan bolaga meros qilib qoldirishganlar, uning sir- asoratlarini boshqalardan pinxon saqlashar edi.
O’rta Osiyoda 1861-yildan boshlab, rus harbiylari va bu yerni o’zlashtirish uchun kelgan boylar sog’ligini saqlash uchun tibbiyot shaxobchalari tashkil qilina boshladi: bularda asosan harbiy garnizonlarning soldat va afitserlari, zodagonlar va ularning xizmatchilari, mahalliy boylar davolanardi. Oddiy xalq o’z sog’ligini saqlash uchun faqat tabiblar, folbinlar, azaimxonlarga murojaat qilardi; XIX asr boshida5 mln aholisi bo’lgan O’rta Osiyoda bor yo’g’i102 ta hakim va feldsherlar bo’lib, aholi jon boshiga esa, 14 tiyin sarflangan. Xalq orasida terlama, o’lat, chechak, bezgak, rishta, leyshmanioz, ichburuq, teri tanosil kasalliklari shuningdek, bolalar orasida qizamiq, qizilcha, bo’g’ma, ko’kyo’tal, kabi yuqumli xastaliklar keng tarqalgan. To’liq bo’lmagan dalillarga qaraganda, asrimiz boshida O’zbekistonda har ming boladan 350-420 tasi1 yoshga yetmasdan o’lib ketar edi. 1919- yilning avgust oyida Toshkentda Oliy tibbiyot bilimgohi tashkil etildi. O’zbekistonda xalq sog’ligini saqlash tizimi anashu davrdan rivojlana boshladi. Turkiston sog’liqni saqlash xalq komissariati qoshida1920-yilning oktyabrdayoq, onalik va bolalikni muxofaza qilish bo’limi ochildi. Toshkentda1920 yilda Turkiston davlat dorilfunini, uning tarkibida esa tibbiyot fakulteti tashkil etilib, mahalliy tib xodimlarini tayyorlash imqoniyati yaratildi. Ushbu fakultet qoshida dastlabki bolalar kasalliklari kafedrasi tashkil etildi. Barcha viloyatlarda viloyat sog’liqni saqlash tashkilotlari va ularning tarkibida onalar hamda bolalar sog’ligini muhofaza qilish bo’limlari barpo etildi.
Toshkent shaxrida 1922 yilda 2ta bolalar kansultatsiyasi va Roza Lyuksemburg nomli100 urinli dastlabki maxsus bolalar shifoxonasi ochildi. Shunday kilib 1924 yilga kelib O‘zbekistonda 2 ta bolalar shifoxonasi tibbiyot fakultetining bolalar klinikasi, 3 ta bolalar bogchasi, 10 ta bolalar va xotin-qizlar qonsultatsiyasi, 7ta gudaqlar uyi: 14 ta 980 urinli bolalar internati va 1 ta sut oshxonasi mavjud bo’lgan xolos. Bu borada Rossiyaning markaziy shaharlaridan yullangan xakim pediatrlarning soni 55 taga yetdi. 1924 yilda O’zbekistonda bolalar xakimlarining jamiyati tashkil etildi, lekin ular xali juda oz sonli edi. Endilikda maxsus bolalar muassasalarini tashkil etila borishi ko’prok xakim pediatrlar yetishtirish extiyojini tugdirdi. Shu munosabat bilan 1931 yilda Turkiston Davlat Dorilfununi tarkibidagi tibbiyot fakulteti O’rta Osiyo tibbiyot oliygoxiga aylantirilib uning tarkibida ona va bolalar sog’ligini saqlash fakulteti tashkil etildi. Va 1935 yildan boshlab u pediatriya kulliyoti deb atala boshladi. Bolalarning uziga xos noziq fiziologik va sotsial psixologik sifatlari jamiyat oldiga ularning o’sishi uchun alohida muxit tashkil qilish vazifasini kuyadi. Shuning uchun ham O’zbekistonda xakim pediatrlar masalasi dolzarb masalalardan biri edi. Shu muammoni yechish uchun 1963 yilda Samarqand va1965 yilda Andijon shaxrida tibbiyot oliygoxlari qoshida pediatriya fakultetlari barpo etildi. Toshkent davlat tibbiyot oliygoxini pediatriya kulliyoti esa 1972 yilda mustaqil yirik O’rta Osiyo pediatriya oliygoxiga aylantirildi. Toshkent shaxrida 1966 yilda onalik va bolalikning muxofaza qilish O’zbekiston ilmiy tekshirish instituti tashkil qilindi. Ushbu oliygox oldiga O’zbekistonda olib borilayotgan ilmiy- tekshirish ishlarini muxtasarlash, bu ishlarning yutuqlarini amaliyotga tadbik etish, jumxuriyatimizda sog’liqni saqlash ishiga tashkiliy va uslubiy yordam ko’rsatish kabi bir qator yirik masalalar qo’yilgan edi.
Bu oliygox 1969-yildap boshlab, O’zbekiston pediatriya ilmiy tekshirish oliygoxi deb nomlandi. Keyinchalik (1974) yilning tarkibidagi doyalik-ginekologiya bulimi O’zbekiston doyalik-ginekologiya bilimgoxiga aylantirildi. xalqning xakimlarga bo’lgan talabini qondirish maqsadida O’zbekiston xalq komissariyati kengashining 1930-yil7 mayda qabul qilingan80-chi karoriga muvofik Samarqand shaxrida Davlat tibbiyot oliygoxiga asos solindi. Xalqlar dustligi ordenli Samarqand davlat tibbiyot oliygoxi O’rta Osiyoda xakimlar tayyorlovchi dastlabki mustaqil dargox bo’lib, 1990-yil uning 60-yillik sanasi nishonlandi. Bu davr ichida xalq sog’ligini saqlash uchun 18000 ziyod shifokorlar yetishtirildi.
Samarqand tibbiyot oliygohida dastlabki bolalar kasalliklari kafedrasi 1933-yilda davolash fakulteti qoshida tashkil etilgan bo’lib, uni tajribali xakim V.A.Rozlovskiy, 1935 yildan 1950 yilga kadar esa prof. A.N. Ivanovlar boshkargan edilar. Ana shu kafedrada 1949 yili bolalarda bezgak kasalligida karbon suvlari va pigment almashinuvi borasida ilmiy tadkikot ishlarini B.X. Koraxujaev olib bordi va shu mavzudagi tibbiyot fanlari nomzodligi uchun dissertatsiyani muvaffakiyat bilan yokladi. Keyinchalik Koraxujaev (1950-1977) yillar mazkur kafedrada uzoq yillar davomida mudir bo’lib ishladi.Bu davrda kafedra xodimlari tomonidan usha vaqtda bolalarga keng tarqalgan leyshmanioz kasalligi keyinchalik esa revmatizm, kichik yoshdagi bolalarda moddalar almashinuvining surunkali buzilishi soxasida B.X. Koraxujaev raxbarligida bir qator ilmiy izlanishlar olib borildi. Samarqand tibbiyot oliygoxining pediatriya maktabini yaratishdi, bu soxada milliy ilmiy pedagogik xodimlari tayyorlashda Koraxujaevning xizmatlari kattadir. Koraxujaevning shog’irdlari safida xozirgi davrda faol faoliyat ko’rsatayotgan olimlar prof. A.A.Hamroev J.Eshkobilov, X.M.Mamatkulov, M.R. Rustamovlarni sanab o’tish mumkin. Ko’p bolalik jumxuriyatimizda bolalar xakimlariga bo’lgan extiyojni qondirish maqsadida Samarqand tibbiyot oliygohida 1963 yilda pediatriya kulliyoti tashkil etilib, uning birinchi dekani bo’lib dotsent M.N.Kamolov saylangan edi. Pediatriya kulliyoti tashkil qilinishi borasida, pediatriya kafedralarining tiklanish jarayonida prof. Z.N.Beknazarova va G.Sh.Solixboevnalarning xissalari ayniksa katta buldi.
Andijon Davlat Tibbiyot Oliygoxining ochilishi(1955) Farg’ona vodiysining noxiyalariii xakimlar bilan ta’minlashni ancha yaxshiladi. 1965 yili ushbu oliygoxda pediatriya kulliyoti tashkil etildi. Va u xakim pediatrlar tayyorlashda muxim ahamiyat kasb etdi. Ushbu oliygoxda tashkil etgan dastlabki bolalar kasalliklari kafedrasi mudiri prof. K.Mirzaev xozirda yuqumlili kasalliklar, ularning oldini olish tadbirlari soxasida uz shog’irdlari bilan hamkorlikda katta ishlar olib bormoqda. O’zbekistonda jamiyatimiz uchun og’ir bo’lgan Ulug Vatan urushi (1941-1945) yillarida ham bolalarda tibbiy yordam ko’rsatish tarmoklari kengayib bordi. Jumxuriyatimizda evakuatsiya qilingan200 mingdan ortiq bolani uzbek xalqi uz bagriga oldi, ularning yetimligini bildirmadi. Ko’pchilik bolalar mexr shafkat yog’’ilib to’rgan xonadonlarda tarbiyalandi. Shaharlarda ko’pincha bolalar muassasalari ochildi. 1942 yili O’zbekistonda sog’liqni saqlash Xalq komissariatining onalik va bolalikni muxofaza qilish bo’yicha urinbosarlik lavozimi ta’sis etilib, bu lavozimga tajribali ilmiy xodim S.N.Yuldosheva O’zbekistonda bolalarga pediatriya yordami ko’rsatish tibbiyot tarmoklarini yaratish ilmiy mutaxassislarga katta xissa kushgan olima edi.
Ulug’ vatan urushidan keyin jumxuriyatimzda bolalar sog’ligini saqlash muassasalarini keng kulamda kurish boshlandi. Shifoxonalardagi urinlar soni 1975- yilda 1924 yilga nisbatan 31, 8, 1940 yilga nisbatan 12,3 marta oshdi. O’zbekiston pediatriya tiklanishining dastlabki yillarida V.M.Mirzoyan, V.I.Ivanov va N.M.Kamolovlar katta faoliyat ko’rsatdilar. Ular va boshka ko’pgina pediatrlar uz vaqtida bolalar orasida uchraydigan me’da-ichak kasalliklaring etiologiyasi, patogenezi, ularning kechishini chuqur tadkikot qilishni boshladi va shu kasalliklarga karshi ko’rashish yullarini ko’rsatishdi. Pediatriya fani soxasida milliy xodimlar ko’plab jalb qilindi. Ularning ichida fanga chuqur kirib borgan yosh olimlar paydo bula boshladi.Bu borada uzoq yillar bolalar nafas olish a’zolarining kasalliklarini o’rgangan pediatrlar orasida birinchi uzbeklardan sobik Sovet Ittifoki T.F.A.sining muxbir a’zosi prof. S.Sh.Shamsiev bolalarni to’g’ri ovqatlantirish soxasida qator ilmiy ishlar kildi. Prof. A.X.Hamroev har xil kasalliklarda qon ivishi jarayonini o’rgangan. Prof. X.M.Mamatkulov ovqat xazm qilish a’zolarini kasalliklarini o’rgangan va ko’p foydali taqliflar kiritgan.
Prof. F.N.Nazarmuhammedov bolalarga ixtisoslashtirilgan jarroxlik yordamini ko’rsatish borasida. Prof. K.X.Toirov, prof. A.Saidaliev, A.M.Axmedov bolalarni yuqumlili kasalliklarni davolash va ularni oldini olish muammolari ustida ish olib borayotgan prof. X.A.Yunusov, O.S.Maxmudovlarning O’zbekiston pediatriyasining yirik namoyondasi bo’lgan Sayfiddin Shamsievich-Namangan shaxrida chakana etikduz oilasida tavallud topgan. Yetimlik og’ir yoshlik yillarini boshidan kechirgan S.Sh. Shamsiev 1931 yil Toshkent davlat tibbiyot oliygoxining usha davrida onalik va bolalik muxofazasi deb yuritilgan 1935 yildan boshlab pediatriya deb nomlangan fakultetiga ukishga kirdi va uni tugatgach prof. R.S.Gershenovich raxbarligida bolalarda yurak kasalliklari va ularni davolash borasida muxim ilmiy tekshirish ishlarini boshlab yubordi. Keyinchalik 1945-1951 yillari prof. G.N.Speranskiy raxbarligida doktorlik dissertatsiyasini tugallab, Toshkentga kaytib keladi. S.Shamsiev xozirda bolalarni ovqatlantirish, bolalar kardiologiyasi, me’da-ichak kasalliklari, zotiljam va boshka bir qator pediatriyaning dolzarb muammolari bilan muntazam shugullanib kelmoqda. S.SHamsievning kalamiga mansub bo’lib, bular qatorida«bolalar sindromlari bo’yicha davolashning asosiy koidalari», «bolalar klinik elektrokardiografiyasi», «bolalarda surunkali enterokolit», «uchastka pediatrlariga qo’llanma» va boshka bir qancha yirik asarlari mamlakat mikyosida mashxurdir. S.Shamsiev xizmatlari uchun «xurmatlari uchun» ordeni va ko’plab medallar bilan mukofotlangan. 1968 yil unga«O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi» unvoni berilgan. 1974 yildan e’tiboran sobik Sovet Ittifoki TFA sining muxbir azosidir. S.Shamsiev dastlab Toshkent Davlat Tibbiyot Pediatriya Oliygohida, 1972 yildan boshlab esa O’rta Osiyo pediatriya tibbiyot oliygohida jami kariyb 40 yil mobaynida bolalar kasalliklari kafedralarining mudiri bo’lib ishlar ekan, jumxuriyatimizda tib xodimlari yetishtirish, bolalar sog’ligini saqlashni tashkil etish ishlarigi beqiyos xissa qo’shdi.
O’zbekistonda onalik va bolalikni muxofaza qilish sistemasida davolash va profilaktika yordami ko’rsatish 6-boskichda olib boriladi: 1-Xotin qizlarga xomilador bo’lmagan davrda tib yordam ko’rsatish va ularni onalikka tayyorlash, 2-Xomilani antenatal muxofaza qilish tadbirlari, 3-kuz yorish(tugish) jarayonini to’g’ri tashkil qilish evaziga xomilani intranatal muxofaza qilish, 4-chaqaloqlarning sog’ligini muxofaza qilish, 5-maktab yoshigacha bo’lgan bolalarning sog’ligini muxofaza qilish. Onalik va bolalikni muxofaza qilish sistemasi2ta asosiy bulim-xotin-qizlarga tibbiy yordam ko’rsatish va doyalik ginekolog yordami tashkil etishdan iborat. Xotin- qizlarga doyalik-ginekologik yordam ko’rsatish maxsus ixtisoslashtirilgan muassalarda, ambulatoriya, statsionarlarda, ko’p kirrali shifoxonalarda va poliklinikalarning maxsus bulimlarida tashkil qilinadi. Ambulatoriya tipidagi asosiy muassasalariga alohida yoki tugrukxona qoshidagi ginekologik xotin-qizlar qonsultatsiyalari, poliklinika, tibbiy sanatoriya qismlari qoshidagi ginekologik xonalar va onalik va bolalikni muxofaza qilishning qonsultativ-diagnostik poliklinikalari kiradi. Bu turdagi tibbiy yordamni kishlok joylarida FAN- feldsherlik-akusherlik(doyalik) punkti, ginekologik xonalar yoki markaziy noxiya va viloyat kasalxonalari poliklinikalarining xotin-qizlar qonsultatsiyalari tashkil qiladi. Xotin-qizlar qonsultatsiyalari uz ishlarini maxalla tartibi bo’yicha olib boradi. Xozirgi davrda O‘zbekistonning barcha shahar va kishloklarida onalar, bolalar va usmirlar sog’ligini muxofaza qilishning mukammal tizimi yaratilgan bo’lib, ularda asosan yuqori malakali milliy mutaxassislar faoliyat ko’rsatmoqda. Mamlakatimizda bolalarga davolash va profilaktika yordami ko’rsatish bola tug’ilganidan to15-yoshga tulguncha uzluksiz malakali tibbiy kuzatishni tashkil qilishni uz ichiga oladi. Bolalarda tibbiy yordam ko’rsatish alohida ixtisoslashtirilgan muassasalarda bolalar poliklinikalari, kasalxonalarda, sanatoriya va profilaktoriyalarda, soxali shifoxonalar, viloyat, noxiya kasalxonalarida hamda poliklinikalari, kishlak kasalxonada va ambulatoriyalarning bolalar bulimlarida, maktabgacha muassasalar va maktablarda bolalar uchun muljallangan dam olish uylari va oromgoxlari tashkil qilindi. Bolalarga yordam ko’rsatish turlarining eng muximi ambulatoriya yoki poliklinika orqali ko’rsatiladigan yordam xisoblanadi. Bu soxa bo’yicha 80% bolalar davolanadi va 100% bolalarning sog’ligi muntazam kuzatilib boriladi. Bolalarga ambulatoriya va poliklinika orqali yordam qilish maxalla tartibi bo’yicha tashkil qilinadi. Dispanser bolalar kasalliklarini oldini olish va davolash muassasasi bo’lib, uning vazifasiga ma’lum guruhga taalukli bo’lgan kasalliklarni ilk davrida aniqlash, ularni xisobga olish, tashxis qo’yish maqsadida maxsus tekshirishlar o’tkazish. maxsus davo choralari qo’llash, aktiv ravishda kasallik diagnostikasini kuzatish va kasallikni oldini olish maqsadida maxsus tadbirlar ishlab chiqib amalda qo’llash kiradi. Bolalar sanitariyasi statsionar tipdagi bolalar kasalliklarini oldini olish va davolash muassasasi bo’lib, unda bemor bolalarga davolash reablitatsiya va umumiy sog’lomlashtirish chora tadbirlari asosan tibbiy fizik omillari parxez jismoniy tarbiya fizioterapiya tadbirlari bilan qo’shilgan xolda davolash, mexnat qilish, (maktabda ukish) va dam olish tartibiga rioya kilgan xolda olib borishdan iboratdir. Bolalar sanatoriyalari asosan kurort zonalarida tashkil qilinadi, bolalar uylari statsionar tipidagi bolalar muassasasi bo’lib, unda asosan ota-onasiz va tashlandik bolalar tarbiyalanadi va davolanadi. Bolalar kasalliklarini oldini olish va davolash muassasalarida sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiklangan tibbiy xujjatlar risolaga solingan varakalar safida ishlatiladi. Shifoxonada bemorning tibbiy bayoni davolash muassasining asosiy xujjati xisoblanib shifoxonada yotkizilgan har bir bemor uchun alohida tulgiziladi. Hamshiraning muolajalar varakasi-har bir bemorga alohida yoki guruhda xakimlar bo’yo’rgan muolajalarni kuchirib yoziladi va shu varaka asosida bemorning bo’yurilgan muolajalarni kuchirish hamshiralar tomonidan bajariladi. Navbatchilikni qabul qilish va topshirish jo’rnali- bu xujjat bulimdagi bemor bolalar soni ismi sharifi, yangidan kelgan bemorlar xakida ma’lumot, og’ir va harorati oshgan bemorlarning ism sharifi, hamma rejalashtirilmagan muolajalar, navbatchi xakimning ko’rsatgan yordamlari kayd qilinadi. Shular bilan bir qatorda alohida bemorlar ruyxati, qaysi kun vrachlar tomonidan bo’yurilgan diagnostik davo muolajalar (rentgenourologik) ultratovush, endoskopik tekshirishlar kayd qilinadi.
Bulimdagi bemorlar xisoboti jo’rnalida bulimga kelgan va ketgan bemorlar kayd qilinadi. Yuqumli kasalliklarni kayd qilish jo’rnalida yuqumlili kasalliklar aniqlangan sana, ism-familiyasi, yoshi, yuqumlili kasallikni kelish sababi, tashxisi, qontakti bo’lgan sanasi va qilingan chora-tadbirlar kayd qilinadi. Bolalarda anamnez yig’ishning uziga xosligi, pediatriyada tashxis qo’yish uta murakkab va kiyin ish xisoblanadi. Shuni aytish kerakki, kichik yoshdagi bolalar kasalligi xakida shikoyat kilmaydi va ma’lumot bermaydi. Bu urinda ona shikoyat va ma’lumot beradi. Katta yoshdagi bemor bolalar shikoyatlari esa yuzaki va uzining kasallanish darajasini yetarlicha baxolay olmaydi, kasallik sabablarini aniq va yetarlicha boglay bilmaydi. Onalardan yig’ilgan kasallik anamnezlari bemorning tashxisini aniqlashda katta ahamiyata ega bo’lib, albatta u ma’lum tartibli ravishda tulikligicha yig’ilgan bo’lsa anamnez yig’ishda yig’ilgan malumotlar ichidan asosiylari va 2-darajalilariga e’tibor berish kerak. Masalan bemorning asosiy shikoyati shundan iboratki, qaysi kim bolaning onasi shu shikoyat va bezovtalanish yoki ogrikni asosiy deb bilib shifoxonaga yotkiziladi 2-darajalilari esa bolani bezovta kilmaydi. Shifoxonaga tushishga majbur etmaydi yoki ko’pchilik kasalliklarga xos bo’lgan ishtaxani pasayishi, xolsizliklardir. Kichik yoshdagi bolalar anamnezini yig’ish uta ma’suliyatli bo’lib, uning bir nechta bulimlari bor. Anamnez yig’ishda pasport qismidan boshlab bola rivojlanib o’sishi davomidagi bir qancha davrlarni alohida so’rab surishtirish kerak. Xomiladorlikning kechishi va usha davrda uchraydigan ba’zi nojuya omillarning xomilaga ta’siri va bolaning nog’iron, chala, kasalmand bo’lib tug’ilishi sabablarini aniqlashda yordam beradi. Avlodlarii so’rab surishtirish, allergik xolatlarni aniqlash. Yashash sharoitini so’rab surishtirish, ota-onaning yoshini aniqlash, (sigaret, nos chekish, giyoxvandlik, spirtli ichimliklar iste’mol qilish kabilar) so’rab-surishtirish ham bolaning nechoglik sog’lom tug’ilishidan dalolat beradi. Bolaning surunkali kasalliklar bilan ogriganligi, ovqatlanish tartibini so’rab-surishtirish ham kasallikning kechishini va kelajakdagi bemoning sog’lomlashtirish chora-tadbirlarini rivojlantirishga yordam beradi. Bir gap bilan aytganda, anamnezni nechoglik tulik va sifatli yig’ilishi bemorning tashxisini aniqlashda ko’rsatma bo’lib xizmat qiladi.
1. Davolash profilaktik muassasalarining xujjatlari: O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligining tizimida asosan3-turdagi tibbiy xisobot operativ xujjatlar kayd etilgan.
A) - tibbiy yordam uchun murojaat etgan har bir shaxs uchun, Masalan: bolaning rivojlanish tarixi-№112 xisob shkalasi.
B) - ma’lum bir vaqt davomida ko’rsatilgan faoliyatning natijasini kayd etish uchun tutgan xujjat. Masalan: poliklinika(ambulatoriya) xakimining kundaligi №039\x shkalasi.
V) – har-xil tibbiy muolajalarni kayd etish uchun tutgan xujjat. Masalan: xakimni uyga chakirishni kayd etish uchun tutgan xujjat. №031 \ x-sh.
Tibbiy hamshiraning ish faoliyati davomida eng ko’p uchraydigan birlamchi tibbiy xujjatlar ruyxati:






Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish