Qo’shimcha ovqatlantirish.
Bolani o’sib borishi bilan bir qatorda, ko’krak suti korrektsiya qilinishiga qaramasdan bolaning extiyojini qondira olmaydi. Shuning uchun xato onaning yetarli sut miqdori bo’lganda ham 6-6,5 oylidagi bolaga qo’shimcha va bola yo’tishda qiyinchiliklar tug’dirmasligi kerak.
Yosh o’sishi bilan quyuqroq ovqatga o’tish, keyinchalik bolani qattiq ovqatga qoshik va chaynash bilan ovqat yeyishga o’rgatiladi.
Birinchi qo’shimcha ovqat sabzavotlardan tayyorlangan bo’tqa xisoblanadi. Qo’shimcha ovqatining har bir turi kichik portsiyalarda berib boriladi va har10-15 kunda ko’paytirilib boriladi va ona suti bilan almashtiriladi. Aralash bo’tqa 2-3 xil sabzavot aralashmasidan tayyorlanadi (kartoshka, sabzi, karam, kadi, shalgom va boshkalar).
Ikkinchi xil qo’shimcha ovqat 7-6,5 oyligidan berib boshlanadi. Manniy, gurunchli, grechkali bo’tqalari mineral tuzlarga boydir. Butkalarni tayyorlashda har xil turdagi yermalardan aralashtirish maqsadga muvofik bo’lib, natijada bo’tqani ovqatlik qiymati oshadi. Butkani birinchi bor berishda 5%-li kilib tayyorlanadi, keyin 8-10%li qilinadi. Ovqat xazm qilish bezlarining sekretor aktivligini oshirish uchun 7,5-7 oylik bolalarga 20-30 g, go’shtli yoki suyaqli qaynatmasi bugdoy noni yoki kotgan noni beriladi. Bolaning 8-7,5 oyligida 20-30 g, go’sht kiymasi qo’shiladi. 8-9 oyligida, xaftada bir marta balik pyuresi, 10 oyligida kiymalangan go’sht, gilak bilan almashtiriladi, keyinchalik, ya’ni 11-12 oyligidan bugda pishirilgan, mol go’shtidan tayyorlangan kotlet beriladi. Odatda bola 3 yoshdan keyin ona ko’krak sutidan ajratiladi. Asta-sekinlik bilan (10-11) oyligida oldin ertalabki emizishni sigir suti bilan almashtiriladi, keyinchilik kechki ovqatlantirishda ham xuddi shunday sigir suti va pechene berib boriladi. Bolani ko’krakdan ayirish yozda, utkir oshqozon-ichak istima bilan utuvchi asalliklar davrida mumkin emas.
Sun’iy va aralash ovqatlantirish. Aralash ovqatlantirish va sun’iy ovqatlantirishda sutliaralashmalar klassifikatsiyasi. Aralash va sun’iy ovqatlantirish qoidalari.
Sun’iy ovqatlantirish deb, shunday ovqatlanishga aytiladiki, bunda bola xayotning birinchi yilida faqatgina sun’iy aralashma bilan ovqatlanadi va ona sutini olmaydi yoki kunlik ovqat xajmining1/5 qismidan kamrogini tashkil qiladi.
Xozirgi paytda hamma jaxon mamlakatlarida, shu jumladan bizning mamlakatimizda bolalarni yangi tugulgan davridan boshlab sun’iy ovqatlantirish protsenti cheksiz oshib borayapti, bolalarni tug’ma patalogiyasi, chala tug’ilgan bolalar soni usayapti, bolalarni ratsional ovqatlantirishini tashkil qilishda, ularni maxsus ovqat maxsulotlaridan foydalanishini ta’minlay olayapti.
Bu davrda sanoatda ishlab chiqaradigan bolalarni ovqat maxsulotlarini rivojlantirish va yaratish, bolalarni tulik talabini qondirish davlat oldida to’rgan muxim vazifa xisoblanadi. Ona suti shunday yaxshi xususiyatlarga egaki, shuning uchun uning o’rnini bosuvchi maxsulot ishlab chiqarish yuqori javobgar vazifadir. Ko’prok tarqalgan /95 % va undan ko’prok/ bolalar sun’iy ovqatini tayorlash asosan sanoat mikyosida sigir sutidan olinadi, shuning uchun unga kuydagi talablar qo’yiladi: Uning tarkibida 35 g/l yog’, 40-45 g/l yog’ qand, kislotaligi Terner bo’yicha20-dan oshmasligi, 35 g/l quruq qoldiq bo’lishi kerak. Bakteriyalar umumiy miqdori 1 ml da 50.000 ichak tayokchalari 1:10 titrdan oshmasligi kerak. Patogen mikroblar bo’lmasligi lozim. Ona suti shunday yaxshi xususiyatlarga egaki, shuning uchun uning o’rnini bosuvchi maxsulot ishlab chiqarish yuqori javobgarlik vazifadir. Ko’prok tarqalgan (95: va undan ko’prok) bolalar sun’iy ovqatini tayyorlash asosan sanoat miqyosida sigir sutidan olinadi, shuning uchun unga quyidagi talablar qo‘yiladi: uning tarkibida 35 g/l yog’, 40-45 g/l qand, kislotaligi Terner bo’yicha 20 dan oshmasligi, 85 g/l quruq qoldiq bo’lishi kerak. Bakteriyalar umumiy miqdori 1ml da 50.000, ichak tayokchalari 1:10 titrdan oshmasligi kerak. Patogen mikroblar bo’lmasligi lozim.
Xozirgi vaqtda foydalaniladigan sun’iy ovqatlantirish 2 guruhga bulinadi:
1. Moslashtirilgan
2. Moclashtirilmagan
Bu guruhlar yana 2 ga bulinadi: A-shirin, B-nordon aralashmali sut maxsulotlari, qaysiki organizm metabolizmiga nisbatan va ichaqlar maxalliy immuniteti xolati uchun muxim ahamiyatga ega.
Moslashtirilmagan aralashmalar sigir sutini suyultirish yo’li bilan tayyorlanadi, bu ona sutidan sifati bo’yicha farq qiladi. Aksincha moslashtirilgan aralashmalar tarkibida oqsili kayta ishlangan va yarimtuyinmagan yog’ kislotalar, vitaminlar, mineral tuzlar qo’shilgan bo’lib, tarkibi jixatidan ko’krak sutiga yaqin turadi.
Moslashtirilmagan:
A-shirin: №2 aralashma(B), №3 aralashma(V), yangi va quruq sut, Krepish, Zdorove
B-nordon: katik va uning suyultirilgani(B va V katigi), atsidofilli sut, Biolakt, Narin& Baldirgan.
Moslashtirilgan:
A-shirin: Detolakt, Malish, Malyutka, Vitolakt, novolakt-1-2, Ladushka, Aistenok, Semilakt, Bebimiks, Kroshechka, Molochko va b.
B-nordon: atsidofilli Malyutka va Malish, Balbobek, Bifillin, Bifilakt, nordon sutli Vitolakt, Novolakt-MM, Preniltti, Robolakt chala tug’ilgan bolalar uchun maxsus chiqarilgan. Moslashmagan sut aralashmalari tayyorlashda sigir suti har xil yormalar (arpa, guruch, grechka) qaynatmasi bilan suyultiriladi (1:1, 2:1) va unga 5% qand aralashmasi qo’shiladi, bular sut oshxonalarida tayyorlanadi.
Xozirgi vaqtda sanoatda quruq aralashmalar "Krepish", "Zdorove" ishlab chiqilyapti, bular tula qiymatli deb xisoblanmaydi. Ularning tarkibida uglevod va kaltsiy ko’p, temir, vitaminlar A, D, Ye, S, V, yog’lar kam miqdorda. Bu maxsulotlardagi ingridientlar usayotgan bolaning extiyojini qondirolmaydi. Shuning uchun bu aralashmalar kiska vaqtda berilishi mumkin.
Nordon aralashmali sut maxsulotlari sigir sutini nordon sut bakteriyalari bilan achitish yo’li bilan olinadi. Bu maxsulotlarni tayyorlash jarayonida ularda fermentlar to’planadi. Ular me’da shirasi sekretsiyasini kuchaytiradi, sut oqsillarini suzmalashtiradi va shu bilan ovqat xazm qilishni yaxshilaydi.
Nordon aralashmali sut maxsulotlarining juda bebaxo xususiyati shundaki, ichakda achish jarayonini susaytiradi, kasallik chakiruvchi mikroblarning rivojlanishini cheklab kuyadi.
1970 yildan boshlab1 yoshgacha bo’lgan bolalarni sun’iy ovqatlantirish uchun birinchi moslashgan quruq sut maxsulotlari ishlab chiqarila boshladi. Bu aralashmalardan "Malyutka" va "Malish" pediatriyada muvaffakiyat bilan qo’llanib kelinmoqda. "Malyutka" va "Malish" aralashmasi xushbo’y hidga ega bo’lgan poroshok moddadir. Sutni oqsili maxsus ishlov berish (vakuum usulida kuritish, gomogenlashtirish) yo’li bilan va tozalangan o’simlik moyi, A, D, Ye, S, RR, V6 vitaminlar, temir glitserofosfati, dekstrin maltozasi kaliy va natriy gidratlarini kushib tayyorlanadi. "Malish" aralashmasi bolani 1-2 oyligigacha va shu bilan birga chala tug’ilgan bolalarga ham bo’yuriladi. Bu aralashma iste’mol qilinganda meva sharbatlari, pyurelar, qo’shimcha ovqatlar odatdagi vaqtlarda tavsiya qilinadi. Qo’shimcha yog’lar, D vitamini berilmaydi. 1980-yildan boshlab Balta shaxrida, Odessa viloyatida yangi moslashtirilgan quruq sut aralashmasi "Detolakt" ishlab chiqarila boshladi. U Amerika firmalarini litsenziyasiga ko’ra "Semilakt"ga uxshash aralashmadir. Bu aralashma tarkibi jixatidan ona sutiga yaqin bo’lib, gidrolizlangan oqsil, makkajuxori va kokos yog’i, temir tuzlari va vitaminlar bilan boyitilgan.
Aralashma ovqatlantirishdan oldidan tayyorlanadi, ko’rsatilgan miqdori 37-38 S dagi qaynatilgan suvga aralashtiriladi. Bu aralashma yangi tug’ilgan chaqaloqlarga ham tavsiya qilinadi. Bu aralashmada yetarli miqdorda D vitamini bor, shuning uchun qo’shimcha ravishda bu vitamin berilmaydi. Meva sharbati va qo’shimcha ovqatlar uz vaqtida beriladi.
Sibay shaxrida Boshkirgiston davlatida enpitlar ishlab chiqarila boshladi. Enpitlar gipotrofiyada, kamqonlikda, surunkali oshqozon-ichak kasalliklarida, zotiljam, xomilador, emizikli onalarga, buyrak kasalliklarida tavsiya qilinadi. Enpitlar yuqori biologik xususiyatga ega, yaxshi so‘riladi. Ular iste’mol qilinganda organizmning immunobiologii karshiligi oshadi, eritropoez mo’tadillashadi, gemoglobin miqdori oshadi, tana og’irligi ko’payadi.
Bizning sanoatimizda chiqarilayotgan moslashtirilgan sutli aralashmalar yetuklikdan uzoqda. Bolalar quruq ovqatli maxsulotlarida jiddiy kamchiliklar bor. "Malyutka", "Malish", "Detolakt", "Vitolakt" aralashmalari qator parametrlar bo’yicha xozirgi zamon talabiga javob bermaydi, ona sutini o’rnini bosishi va sifat jixatdan chet el maxsulotlaridan orqadadir. Xozirgi vaqtda moslashtirilgan aralashmalarni yuqori sifatli kayta ishlash tugallandi va bu aralashmalar "ikkinchi avlod" deb nomlandi. Bu quruq sutli aralashmalarga "Ladushka", nordon aralashmali sut maxsulotlari "Vitolakt" (Ukraina), "Novolakt-1-2-MM" chala tug’ilgan bolalar uchun (Moskva), moslashtirilgan "Biolakt" (Kirgiziston). Bu aralashmalar oqsil, mineral va vitaminlar, gemopoetik faktorlar bilan boyitilgan. Ona sutiga yaqinlashtirish uchun sigir suti oqsili zardob oqsillariga almashtirilgan. Moslashtirilgan sutli aralashmalar ximoya omillari bilan boyitilgan, bu turlarni ishlab chiqarish bolalar distologiyasining yangi davri xisoblanadi. Bularga atsidofilli aralashma "Malyutka"-lizotsim bilan boyitilgan, "Bifillin"-"Biolakt"ning lizotsim bilan boyitilgani, "Bifilakt"-bifidobakteriya saqlovchi aralashma, moslashtirilgan aralashma "Balbobek"-lizotsim va nordon aralashmali sut bakteriya shtammlari birga. Bu aralashmalar mikroblarga karshi aktivlikka ega. Xozirgi zamon bolalar sog’ligini saqlashning amaliy yunalishlaridan biri bolalar aralashmasinibiologik aktiv qo’shimchalar bilan tuldirishdir. Kuruk biologik aktiv qo’shimchalarning 3 ta varianti ishlab chiqilgan:
1. tabiiy ximoya faktori - lizotsim (BAD-1l)
2. bifidobakteriyalar - (BAD-1B)
3. kompleks - (BAD-2)
Ko’rsatilgan qo’shimchalar sog’ va kasal bolalar ovqatlanishida qo’llaniladi, ya’ni lizotsim kamchiligida, ichak mikroflorasini normallashtirish maqsadida, donor sutiga va suyultirilgan quruq sut aralashmalarini boyitish uchun qo’llaniladi.
Sun’iy ovqatlantirish koidalari 1. Bolani sun’iy ovqatlantirishda tuyib ovqatlantirmaslik vatuyib ovqatlantirish mumkin. Shuning uchun ovqatlantirish uzgartirilganda sistematik ravishda ovqatlarni energetik qiymatini, oqsil, yog’, uglevodlarni xisoblab borish zarur.
2. Sun’iy ovqatlantirishda oziq moddalarning xajmib tabiiy ovqatlantirishdagi oziq moddalar xajmiga teng bo’lishi shart.
3. Sun’iy ovqatlantirishda bolaning kalloriyaga, oqsil, yog’, uglevodlarga bo’lgan extiyoji bola qabul kilayotgan sun’iy aralashmalarga boglikdir.
Moslashtirilgan aralashmalardan foydalanilganda bolaning kaloriyaga extiyoji tabiiy ovqatlantirilgandagidek saqlanib koladi. Birinchi yarim yilda - 503 kJ/kg Ikkinchi yarim yilda- 481 kJ/kg Oqsil- 3,0 g/kg Yog: birinchi yarim yilda- 6,5 g/kg ikkinchi yarim yilda- 5,5 g/kg Uglevodlar 13-15 g/kg Ingridientlar nisbati 1:2:4, qo’shimcha D vitamini berilmaydi. Agar bola moslashtirilmagan sut aralashmasi bilan ovqatlantirilsa, bunda talab uzgaradi. Bunda oqsilgaextiyoj 4 g/kg, yog’ga, uglevodga bo’lgan talab esa uzgarmaydi. Korrektsiya uchun 2-yarim yillikdan boshlab ovqatlantirish ratsioniga kuniga 0,6 g/kg miqdorda o’simlik moyi kiritish zarur, 2-xaftasidan boshlab sharbatlar, 1,5 oydan meva pyurelari beriladi.
Sun’iy ovqatlantirishda oziq ko’p vaqt oshqozonda saqlanadi, shuning uchun 2 oylik bolalarni ovqatlantirish orasidagi vaqt 3 soat bo’lib, kuniga 7 marta, 6 soat tungi tanaffus. 2-4 oyda- 3,5 soat, 6 marta, 6,5 soat tungi tanaffus. 4-12 oyda- 4 soat, 5 marta, 8 soat tungi tanaffus berish lozim.
Sun’iy ovqatlantirishda ko’p uchraydigan xatolar
1. Asosan birinchi3 oylik bolalarni ma’lum bir oziqka moslashtirish lozim, sutli aralashmalarni tez-tez asossiz uzgartirish uzilishga olib keladi.
2. Axlatda sezilarli uzgarish bo’lganda oziq modda cheklanadi va boshka yangi aralashmaga utiladi.
Z. Tana og’irligi bir xil ozak modda berganda oshib ketsa, berilayotgan oziqning ingridientlarini xisoblash va keraqli sifatiy hamda miqdoriy uzgartirishlar kiritish shart.
4. Bolani uziga xos xususiyatlarini va uni urab to’rgan tashqi muxit sharoitlarini inkor qilish.
Bir yoshli bolalarni oziqlanishida qonservlangan maxsulotlarini ishlatish. Maxsulotlarini sifati va assortimenti mavsumiy tarkibini uzgarishi tufayli asosan koservlangan meva va sabzavot maxsulotlari muayyan solishtirma og’irlikni egallaydi. Bularga quyidagilar kiradi: meva sharbatlari, sabzavot va meva pyurelari, go’shtli, balikli maxsulotlar, go’sht-yormali bo’tqalar, tovuk go’shti va boshkalar.
Bolalar oziqlanishida qonservlangan maxsulotlar yordami ma’lum, lekin shu bilan birgalikda oziq moddalarni texnologik kayta ishlash natijasida maxsulotlarning biologik va sifat baxosi pasayadi. Bu ayniksa vitaminlar, aminokislotalar tarkibiga tegishli, bu uz o’rnida usuvchi organizm uchun katta ahamiyatga ega.
Meva va sabzavotlar qonservlarini bolalarga tavsil yetilganda undagi askabin kislotasi, nikatin kislotasi, piridaksin, karatin sastavi yangi mevalardan farq kilsada, udar bolalarni rivojlanishiga asosiy oziqa maxsulotlar xisoblanadi. Yangi maxsulotlarni sifatiy qiymati ularni tayyorlash texnikasiga ham boglikdir.
Askorbin kislotasi yangi olmalarni tayyorlashda temir idishlar, yuqori temperaturada, puchogi tozalanganda tulaligicha buziladi. Natural va qonservlangan maxsulotlarni mikroskopik takkoslashda gomogenlashtirilgan go’sht, oshxonalarda shu ovqatlardan mushak tolalarining bir xilligi va kraxmal donalarining xujayralardan tashkari joylashishi bilan farq kilib, ovqat xazm bo’lishini yengillashtiradi.
Gomogenlashtirilgan qonservalar bolalarga bir yoshligidan berish tavsiya etiladi. 6 oyligidan ezilgan, kirilgan, 9 oyligidan kattarok maydalangan oziq moddalar beriladi. Oziqlanish uchun tayyorlanadigan qonservalarni tayyorlashda xul meva va sabzavotlar bo’tqalari xona temperaturasigacha isitiladi. Gusht-sabzavotli va go’shtli bo’tqalar 37-38 S gacha isitiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |