Tibbiyot instituti pediatriya kafedrasi «tasdiqlayman»


Ovqat ingridientlarining kunlik miqdori



Download 2,14 Mb.
bet11/80
Sana04.04.2023
Hajmi2,14 Mb.
#924718
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   80
Bog'liq
Maжмуа 3 курс ТПИ 2021 Ахмедова lotin

Ovqat ingridientlarining kunlik miqdori
Oqsillar-53 g, shundan

  • hayvon oqsillari-37 g

  • Yog’lar-53 g, shundan o’simlik moyi-10 g

  • Uglevodlar-212 g

  • Vitaminlar: tiamin, riboflavin, piridoksin-0,8-0,9 mg

  • askorbin kislotasi-45 mg

  • retinol-450 mkg Mineral tuzlar:

  • Sa va R-800 mg,

  • Mg -150 mg,

  • Fe-10 mg

  • Ovqatlarni energiyasini kunlik qiymatini taqsimlash

  • 1,5 yoshgacha1,5-3 yoshda

  • Nonushta(1chi) 20% 25%

  • Nonushta(2chi) 10-15% -

  • Tushlik30-35% 35-40%

  • Yarim kunlik10-15% 10-15%

  • Kechki ovqat20% 25%

  • Yoshiga qarab ovqat hajmi

  • 1-1,5 1000-1100 ml

  • 1,5-3 1200-1500 ml

  • 3-5 1400-1500 ml

  • 5-7 1600-1800 ml

  • 7-11 2000-2200 ml

  • 11-14 2300-2500 ml

Bir yoshdan uch yoshgacha bo’lgan bolalarning kunlik ratsionida hayvon yog’’ining miqdori 75%, 4-6 yoshda 65%, 7 yoshdan katta bolalarda 50% tashkil qilishi kerak. Bolalarga beriladigan ovqatlar xilma-xilligi uchun kam miqdordaligiga qaramasdan uning oqsil, yog’’ va uglevodga bo’lgan extiyojini qoplaydi. Shuning uchun ham ularning ratsionida quyidagi komponentlar ko’p bo’lgan maxsulotlar bo’lishi kerak: moy: o’simlik, soya, makkajo’xori bir kunda5-10 g go’sht: qo’y, ot, qoramol, parranda, baliq yormalar: grechka, manniy, guruch, bug’doy, no’xot, fasol, sabzavotlar, ko’katlar mevalartilos, anjir, shaftoli, qovun, tarvuz Organiq kislotalar (olma kislotasi, limon kislotasi) meva va sabzavotlar tarkibida bo’lib, nafas to’qimasining katalizatori, oshqozonda xlorid kislota ishlab chiqilishini kuchaytiradi. Shuning uchun bahor va qish vaqtlarida bolalarga meva va sabzavotlar qonservalarini berish tavsiya etiladi. Bir yoshdan katta bolalarni ovqatlantirishni to’g’ri tashkillashtirish uchun quyidagi qoidalarga amal qilinadi:
1. Ovqatlarni birin-ketin, aniq miqdorda, boshida kichik, keyin katta bo’lakchalarda berila boshlaydi.
2. Har qanday yangi ovqat faqat ona tomonidan berilishi shart.
Z. Bir kunda faqat bitta yangi ovqat berilishi kerak.
4. Bolani faqat bitta idishda ovqatlantirish zarur.
5. Yangi maxsulotni bola sog’lom va och paytida berish kerak.
Bolaning ishtaxasini uyg’otish uchun quyidagi ko’katlarni ishlatish kerak: petrushka, ravoch, sarimsoq piyoz, shivit, arpabodyon va b.
Bolalarning mineral moddalarga bo’lgan extiyoji
Kaltsiy - organizmga oziq-ovqatlar bilan tushadi. Agar ovqatda oqsil va yog’’ miqdori ko’p bo’lsa kaltsiy almashinuvi buziladi. Sutkalik extiyoj 1-1,5 g. Kaltsiy birikmalari sut va sut maxsulotlarida, ayniqsa pishloqda ko’p bo’ladi.
Fosfor - sutkalik extiyoj 1-2 g. Asosan hayvon maxsulotlari tarkibida bo’ladi: go’sht, baliq, sut, tuxum sarig’i.
Magniy - o’simlik maxsulotlarida uchraydi. Extiyoj 1 kg og’irlikka 1 kunda 12-13 mg.
Temir - gemoglobin xosil bo’lishida katta ahamiyatga ega. Extiyoj 0,6-1 mg/kg.
Jigarda, til go’shtida, olmada, tariqda, qora nonda, fasolda, loviyada ko’p bo’ladi.
Mis - gemoglobin xosil bo’lishida qatnashadi, unga sutkalik extiyoj 0,1 mg/kg.
Kobalt - kam o’rganilgan, extiyoj 80-10 mkg/kg.
Marganets - choyda, sabzavotlarda, o’simlik maxsulotlarida uchraydi. Unga sutkalik extiyoj 0,2-0,3 mg/kg
TSink - sutkalik extiyoj O’rtacha 0,3 mg/kg
Iod - Qalqonsimon bez funktsiyasi uchun zarur. Extiyoji bola hayotining birinchi yarim yillarida 22-24 mg/kg.
Ftor - extiyoj aniqlanmagan. Ftor tish emalining tuzilishi uchun zarur.
Bir yoshdan katta bo’lgan bolalarni ovqatlantirishda ishlatiladigan maxsulotlar
Sut va sut maxsulotlari.
Yosh bolalarni ovqatlantirishda sut muxim va almashtirib bo’lmaydigan maxsulot hisoblanadi. U natural xolda, qatiq, atsidofilin xolida qo’llaniladi. Sut oqsili almashinmaydigan aminokislotalarga: lizin, valin, metionin, leytsin va argininga boy hisoblanadi.
Sigir sutining yog’’i yupqa emultsiyani tashkil etib yengil hazm bo’ladi. Sutning tarkibida sut shakari - laktaza mineral tuzlarga boy, asosan kaltsiy va fosforga.
Yosh bolalarning ovqatlanishida nordon sut maxsulotlari keng ko’llaniladi. Ular bakteritsid xossaga ega va ichaqlarda yiringli protsesslar rivojlanishiga yo’l ko’ymaydi, unda V6 va V12 vitaminlari ko’p. Sut maxsulotlari orasida vitaminlashtirilgan sut, ya’ni kaltsiferol bilan boyitilgan sut maxsulotlariga alohida ahamiyat berish kerak. Vitaminlashtirilgan sut kichik yoshdagi bolalarning o’sishi uchun va raxit kasalligi oldini olish maqsadida qo’llaniladi.
1-3 yoshgacha bo’lgan bolalarning sut va sut maxsulotlari bo’lgan sutkalik extiyoji650 ml ni tashkil etadi.
Yosh bolalar ovqatlanishida tvorog muxim maxsulot bo’lib hisoblanadi, uning tarkibida ko’p miqdorda almashinmaydigan aminokislotalar, ayniqsa metionin o’sayotgan organizm uchun muhimdir. Tvorogda ko’p miqdorda kaltsiy, kaliy va fosfor tuzlari bor, ular o’sayotgan bola uchun zarur maxsulotdir.
Yuqori oqsilli sut maxsulotlariga pishloq, qaymoq va suzma kiradi. Pishloqni kirib berish, qaymoqni sho’rvaga va salatlarga, suzmani bo’tqalarga va sabzavotlar pyuresiga solib berish kerak.



Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish