Tibbiyot instituti pediatriya kafedrasi «tasdiqlayman»



Download 2,14 Mb.
bet14/80
Sana04.04.2023
Hajmi2,14 Mb.
#924718
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   80
Bog'liq
Maжмуа 3 курс ТПИ 2021 Ахмедова lotin

Yog’ maxsulotlari.
Yog’ maxsulotlaridan bolalarga tavsiya etiladigani sariq yog’’ hisoblanadi, u oson hazm bo’ladi va so’riladi. Hayvon yog’’lari tarkibida A, D vitaminlari mavjud. Sarik yog’’ yuqori temperaturada ishlatilganda u o’zining bir qancha xususiyatlarini yo’qotadi. Shuning uchun uni sof xolda nonga yoki tayyor ovqatga solish tavsiya etiladi.
O’simlik yog’’larining katta ahamiyati bor, ularda to’yinmagan yog’’ kislotalari (linolen, linol, arahidon) bor. Bu to’yinmagan yog’’ kislotalari katta biologik aktivlikka ega, hamda unda Ye, K vitaminlari va fosfatidlar bor. Qiyin eruvchi margarin bolalarga berilmaydi. Hozirgi davrda sariq yog’’ni yarim to’yinmagan yog’’ kislotalari bilan boyitib "Zdorove" yog’’i olingan. Bu moyda80-85% yog’’, shundan 35-40% o’simlik yog’’i, 65% sut yog’’lari va ko’p miqdorda linolen kislotasi bor. Uning yuqori biologik qiymati va yaxshi ta’mga ega bo’lganligidan u yosh bolalar ovqatlanishiga zarurdir. Bolani yog’’ga kundalik extiyoji 15 g. Bola ovqatlanishida to’g’ri rejim tuzish katta rol o’ynaydi. Ovqatlanishda ertalab va kechki 25% dan, tushlikda 35%, yarimkunlik 15% kunlik kaloriyasini tashkilkilganda to’g’ri keladi. Bunday ovqatlantirish tartibida bolalarga beriladigan taomlar bir kunda xilma-xilligiga e’tibor berish lozim. Oqsili ko’p taomlar (go’sht, baliq, tuxum) kunning birinchi yarmida- nonushta va tushlikda, kechki taomlarga yormalar, meva sabzavotlar, sutli taomlar bo’lishi lozim.
Ikkinchi taomning garniri sabzavotlar, kartoshkadan, ularga bodring, pomidor, karam qo’shganda lazzatli bo’ladi. Ovqatlanish davomiyligiga ham e’tibor berish lozim. Nonushta va kechki ovqatlanish 15-20 min, tushlik 20-25 min, kechki ovqatlanish uyqudan 1,5-2 soat oldin bo’lishi lozim. Bolani ovqatlanishga qiziqishini uyg’otish kerak, bunda uni ishtaxasi ochiladi, oshqozon-ichak shiralari ajralishi kuchayadi, ovqat yaxshi va to’la hazm bo’ladi. Bolalar taomnomasida gorchitsa, qalampir, murch, souslar, kofe va achchiq choy bo’lmasligi lozim. Uzoq yillar davomidagi kuzatishlar shuni ko’rsatdiki, maktabgacha bo’lgan bolalarni jismoniy, asab-ruxiy rivojlanishidagi yuqori ko’rsatkichlar oqsil, yog’’, uglevodlarning 1 kg tana og’irligiga nisbatan quyidagicha bo’lganda kuzatiladi 1:1:4 (oqsil-68 g, yog’’-68 g, uglevod-272 g, 1970 kkal). Kunlik taomlar ichida eng ahamiyatlisi sut va nordon sut maxsulotlari bo’lib, umumiy miqdori 500 ml ni tashkil etadi.
Maktabgacha bo’lgan bolalarning oqsil olish manbai go’shtli maxsulotlar hisoblanadi. SHuning uchun ratsionda mol, tovuq, quyon go’shti bo’lishi kerak, shu bilan bir qatorda bolalar go’shtli qonservalarini ishlatish mumkin. Go’shtning bir kunlik normasi 100 g. Bolalarni ovqatlantirishda baliqlar tavsiya qilinadi, ular retinol, kaltsiferol va fosforga boydir. Bir kunlik normasi 50g. Non va non maxsulotlaridan"Oktyabrenok" bulochkasi aminokislotalar tarkibi bilan ratsionga zarurdir. Bir kunlik normasi bug’doy noni 110g, qora non 60g. Qonditer maxsulotlaridan zefir, murabbo, makkajo’xori qalamchalari, qandolatlar, meva xalvolari va asal zarurdir.
Yormalar va makaron maxsulotlari uglevod manbai asosi hisoblanadi. Guruch, manniy va grechka yormalari qo’llaniladi. 5-7 yoshdan boshlab oshqozon-ichak mo’tadil ishlashi uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan, kobig’ida dagal kletchatka tutuvchi bug’doyli va perlovka yormalari tavsiya etiladi.Bundan tashqari tarkibida aminokislotalar bilan boyitilgan "Zdorove", "Pionerskaya", "Sportivnaya" juda muxim maxsuslashtirilgan yormalar foydalaniladi. Kunlik normasi 45 g. Taomlarni tayyorlashda sariq yog’’, makkajuxori moyi, paxta yog’’i, kungaboqar va zig’ir yog’’i ishlatish mumkin. Sariq yog’’ning kunlik normasi 25 g, o’simlik moyi 9 g. Maktabgacha bo’lgan bolalarni ovqatlanishi uchun kartoshka (220 g), karam, sholg’om, sabzi, pomidor, bodring, lovlagi (250 g) tavsiya etiladi. Yozgi-kuzgi mavsumda yangi pishgan bodring, pomidor, kadi, qovun-tarvuz, anjir, nok va boshqalar o’smirlar ovqatlanishi xilma-xil bo’lishini ta’minlaydi. Mevalar vitaminlarga boy, ularda ko’p miqdorda askorbin kislotasi bor, ayniksa qora smorodina, oblepixa, qulupnay, limon, apelsin, nok, tut, olma, o’rik va boshqa mevalarda. Kunlik normasi 150 g. O’smirlarga o’tkir taomlar, dudlangan maxsulotlar, kofe, gorchitsa, sirka qabul qilish tavsiya etilmaydi, lekin piyoz va sarimsoq piyoz foydalidir.
Maktabgacha yoshda bo’lgan bolalarga kunlik ovqatlanish xajmi

  • 3-5 yosh5-6 yosh

  • Nonushta 400 ml 450 ml

  • Tushlik 550 ml 600 ml

  • Yarim kunlik 350 ml 400 ml

  • Kechki 350 ml 450 ml.

  • Kunlik xajm 1700-1850 ml 1900-2100 ml.

Ovqatning o’zlashtirilishi uning qabul qilingandan keyingi intervalining saqlanishiga bog’liq.
Maktab yoshidagi bolalarda bu oraliq 4 soatni tashkil qiladi. Kunning birinchi yarmida go’sht va baliq maxsulotlarini berish kerak.
Maktab yoshidagi bolalarning ovqatlanishi Maktab yoshi uchga bulinadi:

  1. Kichik7-10 yosh

  2. O’rta11-13 yosh

  3. Katta14-17 yosh

Bolalarni oqsil, yog’’, uglevod va energiyaga bo’lgan kunlik extiyoji oqsil Yog’ uglevod kkal besh 68 68 272 8248

  • 7-10 yosh 79 79 315 9630

  • 1MZyosh 93 93 370 11304

  • 14-17 yosh 100 100 400 12142

Maktab o’quvchilarining energiyalari asosiy modda almashinuviga, o’sishiga, rivojlanishiga va turli xil faoliyatlariga sarflanadi.
Shu bilan bog’liq xolda oqsilga extiyoj faqat uning miqdori bilan emas, uning sifatiga, ya’ni essentsial aminokislotalarga boy hayvonot maxsulotlariga bog’liq bo’ladi. Ular oqsilni kunlik extiyojining 60% ni tashkil qilishi kerak.
O’quvchi organizmi yarim tuyinmagan yog’’ kislotalarga extiyojini o’simliklar moyi qoplashi zarur, ular 15-20% tashkil qilishi lozim.
Uglevodlarga bo’lgan asosiy talab o’simlik maxsulotlari (kartoshka, non, yormalar) bilan qoplanadi. Qandning qondagi miqdorini doimiy saqlash uchun taomnomada 20% gacha yengil so’riladigan qand mahsulotlari bo’lishi kerak, bular saharoza, asal, murabbo va qonditer maqsulotlaridir.
Vitaminlarga extiyoj bolani o’sishi bilan uzluksiz oshib boradi.
Mineral moddalarga extiyoj ancha yuqori chunki bu davrda bola tez usadi va skeleti shaqllanadi.
Sut va sut maxsulotlari bilan 80% kaltsiyga bo’lgan extiyoj qoplanadi. Maktab yoshidagi bolalarning natriy va xlorga bo’lgan kunlik extiyoji 8-10 g ni tashkil etadi. Mikroelementlarga kunlik extiyoj 1 kg tana massasiga quyidagicha: mis-0,1 mg; kobalt-40 mkg; rux-0,4 mg; marganets-0,3-0,4 mg.



Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish