Tibbiyot instituti pediatriya kafedrasi «tasdiqlayman»



Download 2,14 Mb.
bet22/80
Sana04.04.2023
Hajmi2,14 Mb.
#924718
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   80
Bog'liq
Maжмуа 3 курс ТПИ 2021 Ахмедова lotin

Laringospazm. Aniq spazmofiliya simptomlaridan biri laringospazm va yo’tish mushaklari spazmi hisoblanadi. Ba’zida tinch holatda, ko’pincha zo’riqishda, hayajonlanganda, qo’rquvda yoki yig’laganda nafas olish qiyinlashadi va o’ziga xos shovqinli nafas paydo bo’ladi, nafas bir necha sekundga to’xtashi mumkin. Bola oqarib ketadi, keyin ko’karadi, yuzida va tanasida sovuq ter paydo bo’ladi. Xuruj shovqinli nafas chiqarish bilan tugaydi va nafas asta-sekin normallashadi. Laringospazm kun davomida takrorlanishi mumkin. Uzoq spazmda hushini yo’qotish va klonik talvasa kuzatilishi mumkin.
Karpopedal spazm (yaqqol tetaniya). Qo’l va oyoq mushaklarining og’riqli spazmi. Bunda barmoqlar “akusher qo’li” holatida bo’ladi, shuningdek, oyoq barmoqlari ekvin-varus holatini oladi, oyoqlar kaft qismiga qarab bukiladi, kaftda teri burmalar hosil qiladi. Spazm bir necha sekunddan bir necha minutgacha davom etadi, ba’zida uzoqroq. Mimik mushaklar (tetaniq yuz) zo’riqishi, chaynash mushaklarining tortilishi (trizm), bo’yin mushaklari, nafas mushaklari (nafas to’xtashi, ushlanishi) kuzatiladi. Silliq mushaklar spazmi ham kuzatilishi mumkin, yurak to’xtashi bilan, o’lim holati ham kuzatilishi mumkin. Ba’zida karpopedal spazmlar klonik talvasalar bilan birga keladi.
Eklampsiya. Hushni yo’qotish bilan kechuvchi keng tarqalgan talvasa xurujlari. Ba’zida talvasalar og’iz uchida va ko’zda yuz mushaklarining uchishi bilan boshlanadi, oyoqqacha tarqaladi. Xuruj davomiyligi bir necha minutdan bir necha soatgacha (eklamptik status deb yuritiladi). Ba’zida talvasalar uyquda boshlanadi. Tetaniyasi bor bolalarda xurujlar oralig’ida EEGda patologik o’zgarishlar aniqlanmaydi. Mushak spazmlarida EEGda patologik to’lqinlar registratsiya qilinadi, tserebral anoksiya va ishemiyada kuzatiladigan o’zgarishlar aniqlanadi. Kaltsiy miqdori va EEG ma’lumotlari o’rtasida aniq o’zaro bog’liqlik yo’q.
Chaqaloqlar tetaniyasi. Hayotining birinchi kunida gipokaltsiemiya va talvasa holati (chaqaloqlar tetaniyasi) chala tug’ilgan bolalar, egizaklarda, infektsiyalarda, sariqlik sindromida va boshqalarda ko’p uchraydi. Tug’ilgandan keyin kaltsiyni organizmga kam tushishi, periferik retseptorlarni o’tuvchi rezistentligi, kaltsitonin sekretsiyasi yuqoriligi katta ahamiyatga ega. Hayotining birinchi haftasida bolada gipokaltsiemiya ovqatlanish xususiyati, uning organizmga tushishining buzilishi va bolani erta sigir suti bilan boqishga o’tish bilan bog’liq. Kam hollarda chaqaloqlarda gipokaltsiemiya ona organizmida kaltsiy va vitamin Detishmasligi natijasida paydo bo’ladi. Chaqaloqlarda gipokaltsiemiya nerv-mushaklarning tarqalgan yuqori qo’zg’aluvchanligi va talvasa, respirator simptomlar, taxikardiya, qayd qilish natijasida yuzaga keladi.
Davosi. Yashirin va aniq spazmofiliyada 10%li kaltsiy xlor eritmasi bir choy yoki desert qoshiqdan yoki kaltsiy glyuqonat 1-2 grdan kuniga 3 mahal tavsiya etiladi. Laringospazmning yengil xurujlari toza havo yordamida bartaraf etiladi (toza havo kirishi ta’minlanadi), yuzga sovuq suv sepiladi; cho’ziluvchan xurujlarda til o’zagi va tomoq orqa devori qo’zg’atiladi, sun’iy nafas - birinchi nafas olish paydo bo’lgunga qadar o’tkaziladi. Tetaniyada va karpopedal spazmda 1-2%li xloralgidrat eritmasi bir choy qoshiqda yoki desert qoshiqda tavsiya etiladi, vena ichiga 10-15 ml 10% kaltsiy xlor yoki glyuqonat, keyin ichishga kaltsiy 0,1-0,15 g/kg sutkada beriladi. Talvasa xurujlari kuzatilgan bolalarda ovqatlanish tartibini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Talvasa kuzatilgan davrda 8-12 soat davomida parhez choy, meva sharbatlari bilan o’tkaziladi. Keyin ko’krak suti bilan ovqatlanadigan bolalarga sutga nordon aralashmalar qo’shiladi, sun’iy ovqatlantirilganda sigir suti donor (ko’krak suti) va nordon aralashma bilan almashtiriladi; meva va sabzavot sharbatlari, sabzavot bo’tqasi tavsiya etiladi.
Profilaktik tadbirlardan raxitni o’z vaqtida oldini olish, kun tartibini to’g’ri tashkillashtirish, toza havoda yetarli sayr qilish, davriy ravishda kaltsiy dorilari tavsiya qilinadi. Qish-bahor mavsumida yuqori qo’zg’aluvchan va raxit bilan og’rigan bolalarga kaltsiy bilan birga bromidlar tavsiya etiladi. Surunkali gipoparatireoidizmda vitamin D2 (ergokaltsiferol) 300 000 – 400 000 HB/sutkada beriladi. Qondagi kaltsiy miqdori normallashganda (2,2 mmol/l) vitamin D2 1 yoshgacha bolalarga 50 000 XB/sutda va bir yoshdan katta bolalar uchun 75 000-125 000 XB/sut davom ettiriladi. O’rindosh davo maqsadida qalqonsimon bez oldi bezining suyuq ekstrakti (paratireoidin) tavsiya etiladi, qonda kaltsiy qontsentratsiyasini ko’taradi. Dorilar teri ostiga yoki mushak orasiga 12 ml/sut da qo’llaniladi, qon zardobida kaltsiy miqdorini nazorat qilish kerak. 0,1% digidrotaxisterolning yog’’li eritmasi (tuzilish va ta’siri bo’yicha vitamin Dga yaqin) yaxshi samara beradi, kaltsiy va fosfor almashinuvini nazorat qiladi, ichak orqali kaltsiy so’rilishi, peshob orqali fosfor ekskretsiyasini kuchaytiradi. Dori ichishga 0,5 mg (20 tomchi) kuniga 3 mahal tavsiya qilinadi. Kaltsiy dorilari bilan bir qatorda, qondagi kaltsiy va fosforni, peshobda Sulkovich reaktsiyasi ko’rsatgichini nazorat qilib turish kerak. Parhezda kaltsiy miqdori ko’p, fosfor kam miqdorda bo’lishi zarur. Oshqozon-ichak orqali fosfatlar so’rilishini kamaytirish uchun alyuminiy gidrookis tavsiya qilinadi. Dorini ichishga suspenziya (4%) ko’rinishida suv bilan bir choy qoshiqdan kuniga 2-3 marta beriladi.

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish