Raxit profilaktikasi
Hozirgi vaqtda asosiy e’tibor raxitning nospetsifik profilaktikasiga qaratilgan bo’lib, u bola tug’ilganigacha va tug’ilgandan so’ng olib boriladi.
Raxitning antenatal profilaktikasi homiladorlarni to’g’ri ovqatlantirish, toza havoda sayr qilish, jismoniy tarbiya bilan shug’ullanish, homiladorlar uchun doimiy ravishda vitamin komplekslarini mikroelementlar bilan birga qo’llash (pregnavit). Homiladorlik davrida UBN qabul qilgan ayollarning bolasida MNSning perinatal zararlanishi ko’p uchraydi va og’ir kechadi.
Vitamin D katta dozada yo’ldosh to’sig’ini zararlaydi va homilaning homila ichi rivojlanishini orqada qolishiga sabab bo’ladi.
Raxitning postnatal profilaktikasi tabiiy ovqatlantirish, kun tartibiga rioya qilish, bolani chiniqtirish, massaj, gimnastika, emizikli onalarga doimiy ravishda vitamin komplekslarini qabul qilish, ochiq havoda sayr qilish buyuriladi. Sayr vaqtida bolaning yuzini yupqa to’qima bilan yopish tavsiya etilmaydi, chunki bu teriga quyosh nurlari tushishiga to’sqinlik qiladi. Shuningdek, bolani quyosh tik tushishidan asrash zarur. Yozda bolaning vitamin Dga bo’lgan haftalik ehtiyojini qondirish uchun daraxtlar soyasida 10-30 minutli havo vannasi yetarli hisoblanadi.
Oqibati
Raxit oqibati uning og’irlik darajasiga, o’z vaqtida tashxis qo’yishga va adekvat terapiyaga bog’liq. Og’ir holatlarda raxit skeletning deformatsiyasiga olib keladi, asab-ruhiy rivojlanish va jismoniy rivojlanishning orqada qolishi, ko’rishni buzilishi, shuningdek, pnevmoniya va oshqozon-ichak kasalliklari kechishi uzayadi. Lekin, og’ir oqibatlari odatda ekstremal holatlarda yuzaga keladi (urush vaqtida, ochlikda va boshqalar). Odatdagi sharoitda raxitning bunday oqibati kuzatilsa, boshqa sabablarni qidirish zarur.
Chala tug’ilgan bolalarda raxit (kam vaznli bolalardagi suyak kasalligi)
Kasallik uzoq muddat davomida parenteral ovqatlanishda bo’lgan, kam vaznli bolalarda uchraydi; ko’krak suti yoki chala tug’ilgan bolalar talabiga moslashtirilmagan ko’krak suti aralashmalarini iste’mol qilganda kelib chiqadi. Chala tug’ilgan bolalarda raxitni aniqlash qiyin, raxitning aniq manifestatsiyasi kam uchraydi, 6-8 haftagacha klinikasi aniqlanmaydi.
Chala tug’ilgan bolalarda raxitni rivojlanishiga olib keladigan Omillar Suyak substrati tanqislikligi: kaltsiy, fosfor, oqsilni noadekvat iste’mol qilish;
Substratni yuqori miqdorda yo’qotish: atsidozda giperkaltsiyuriya, siydik haydovchi dorilar bilan o’tkazilgan terapiyadan keyin giperkaltsiuriya (asosan furosemiddan keyin) Suyak mineralizatsiyasi uchun gormonlar aktivligining mosemasligi: vitamin D: ko’krak sutida kam miqdordaligi, nisbiy steatoreyada absorbtsiyaning kamayishi, chala tug’ilgan bolalarda vitamin D sintezining pasayishi.
Paratgormon: chala tug’ilgan bolalarda nisbatan javob yo’qligi. Taxminan 2-oylik davrida quyidagi o’zgarishlar aniqlanadi:
1) uzun suyaklar diafizlari oxirining kengayishi;
2) qovurg’a-tog’ay birikkan joyining kengayishi (“raxitik tasmalar”);
3) bo’rtib chiqqan, yonboshlari yassilangan yumshoq bosh suyagi;
4) kalla suyagining yomon rivojlanganligi hisobiga, katta liqildoqning o’lchami nisbatan katta;
5) qovurg’alar yoki uzun suyaklar yorig’i
Odatda rentgenologik o’zgarishlar harakterli bo’ladi. Suyaklar rentgenogrammasida quyidagi o’zgarishlar aniqlanadi:
1) yaqqol rivojlangan hamma suyaklar osteoporozi;
2) yallig’lanish genezli metafiz oxirlari giperemiyasi;
3) metafiz oxirlarida qonturlanishning yo’qligi;
4) kaltsinoz boshlanish chizig’ining rivojlanishi bilan erta tiklanish belgilari;
Epifiz rivojlanishi orqada qoladi. Qonning bioximik tahlilida ishqoriy fosfataza ko’rsatgichi yuqori bo’ladi (800 MEdan), plazmada fosfor miqdori kamaygan, kaltsiy miqdori kam yoki normada. Rentgenologik belgilari darrov rivojlanmaydi va kasallikni og’ir kechishini ko’rsatadi, chala tug’ilgan bolalarda raxit borligiga ko’rsatma bu ishqoriy fosfatazaning doimiy yuqoriligidir, agar bunga boshqa asoslar bo’lmasa (misol, xolestaz).
Hozirgi vaqtda chala tug’ilganlarda raxitni kelib chiqish sababi, vitamin D tanqisligi, uning metabolizmining noadekvatligi emas, balki, suyak mineralizatsiyasi substratining tanqisligi deb tushuntirilgan. Oqsil, kaltsiyni noadekvat iste’mol qilinishi chala tug’ilgan bolalarda raxit rivojlanishiga sabab bo’lishi mumkin, lekin fosfor yetishmasligi eng asosiy sabablardan biridir. Yaqqol fosfor tanqisligida, kaltsiy utilizatsiyasi kamayadi, shuning uchun giperkaltsiemiya aniqlanadi. Homiladorlikning oxirgi uch oyligida homila har kuni 7,5 mmol/l (300mg) kaltsiy va 5 mmol/l (150mg) fosfor oladi, kam vaznli bolalar kaltsiy va fosfor yuqoridagi miqdorda parenteral va enteral ovqatlantirilganda hazm qilaolmaydi. Buning natijasida suyak to’qimalarida depolashgan mineral moddalar tanqisligi rivojlanadi. Chala tug’ilgan bolalarni
ovqatlantirish uchun tavsiya qilingan aralashmalarda fosfor ko’p miqdorda bo’ladi, bundan tashqari ular fosfor va kaltsiyni absorbtsiya jarayonini ko’krak sutiga nisbatan katta miqdorda ta’minlaydi.
Bunday aralashmalarni qo’llaganda raxit kam uchraydi. Maxsus tavsiya qilingan aralashmalarda kaltsiy fosfor nisbati 2 ga teng, bunda kaltsiy 100 ml aralashmada 50-80 mg, fosfor esa 20-45 mg bo’lishi kerak. Chala tug’ilganlarda raxitni davolashda suyak mineral moddalariga talabni oshirish uchun 100 ml sut aralashmasiga 10-15 mg neytral fosfor qo’shiladi yoki infuzatda fosfor miqdori ko’paytiriladi (parenteral ovqatlantirilganda). Qon zardobida fosfor miqdori ko’rsatgichi tushsa, ishqoriy fosfataza aktivligi ortsa (800MEdan yuqori), fosforni qo’shimcha berishga ko’rsatma bo’lib hisoblanadi. Ko’krak suti bilan ovqatlantiriladigan bolalar hayotining birinchi kunidan boshlab, qo’shimcha fosfor olishlari kerak. Ko’krak sutini qo’shimcha kaltsiy bilan 20-40 mg/100 ml sutkada to’yintirish ham tavsiya etiladi (standart aralashma).
Bundan tashqari chala tug’ilganlarga hayotining 10-14 kunlaridan vitamin D profilaktik dozasini berish ko’rsatilgan. Lekin vitamin Dni yuqori dozada tavsiya qilish (2000 ME/kuniga) sezilarli natijalarga olib kelmagan. CHuqur chala tug’ilgan bolalarga neonatologiya bo’limlarida yotganda vitamin D qo’shimcha 800 MEsutkada tavsiya etiladi (1600 MEdan oshmasligi zarur), kasalxonadan chiqarilgandan so’ng ( yoki 1,5-2 oyga yetganda) vitamin Ddozasi kamaytiriladi, yetuk tug’ilgan bolalarnikidek - 400mg/sutkada bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |