Abu Muhammad Muslix ad-Din ibn Abd Alloh Saadi Sheroziy fors-tojik nasihatgo‘y shoiri, adib va mutafakkir g‘azal janrining kashshofi va ustodi hamdir



Download 32,92 Kb.
bet1/23
Sana31.12.2021
Hajmi32,92 Kb.
#208663
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Yokubbayeva Umida onomastika amaliy


Abu Muhammad Muslix ad-Din ibn Abd Alloh Saadi Sheroziy - fors-tojik nasihatgo‘y shoiri, adib va mutafakkir g‘azal janrining kashshofi va ustodi hamdir.

Odatda, Saadining hayoti va ijodi uch qismga bo‘linadi: 1219 yildan 1226 yilga qadar - maktab davri, 1226 yildan 1256 yilgacha - jahongashtalik davri, 1256 yildan 1293 yilgacha - shayhlik davri.

Saadi” tahallusining kelib chiqishi Fors Saad ibn Zangiga (1195—1226) borib taqaladi. Hayotdan erta ko‘z yumgan shoirning otasi uning qo‘lida xizmat qilgan, Musdih ad-Dinning tarbiyasida ishtirok etgan. Saad ibn Zangi Muslih ad-Dinning hamkorligi ostida Bog‘doddagi Nizomiya madrasasiga o‘qishga kiradi. So‘fi shayhlarining qo‘lida dars oladi va ularning zohidiy tariqatlariga chuqur kirishib ketadi. Biroq, Saadi tomonidan yozilgan she’rlar hayotga bo‘lgan o‘spirinlik sevgisi va quvonchi bilan tarovat sochib turadi; shayh Abul-Faraj Juziy uning musiqaga bo‘lgan sevgisini davolay olmaganligini uning shaxsan o‘zi qarigan chog‘i tan olgan.



Mo‘g‘ullar istilosi va Saadi ibn Zangining 1226 yil taxtdan ag‘darilishi sabab, Saadi qochishga majbur bo‘ladi va hayotining keyingi 30 yili davomida qismat uni musulmonlar olamining bir chekkasidan boshqachiga tashlaydi. Hindistonda, budxonada o‘z hayotini saqlash maqsadida Saadi otashparastlar dinini (zoroastrizm) soxta tarzda qabul qiladi va soqchi ruhoniyni tosh bilan o‘ldirib, qochadi. Saadi Makkaga 14 marotaba piyoda tashrif buyuradi. Mumtoz arab tilini mukammal darajada bilishi tufayli, Damashq xatibi bo‘ladi, ammo dunyo tashvishlaridan toliqib, Quddus ostidagi dashtlarda yolg‘iz yashaydi. Bu yerda u hoj ko‘taruvichlariga asir tushib, ular olimni Suriya sohiliga olib kelishadi va Tripolida uni qal’a qurilishi uchun chuqur kavlashga majbur qilishadi. Uni 10 tangа evazida Aleppolik bir boy sotib oladi, uyiga olib kelib, o‘zining badbashara va janjalkash qiziga uylab qo‘yadi. Chidab bo‘lmas oila hayotidan qutilish maqsadida, u Shimoliy Afrikaga qochib ketadi.

Butun Kichik Osiyo bo‘ylab sayohat uni Sherozga olib keladi (1256) va marhum Saadining o‘g‘li Abu Bakrning yordami bilan shahar chekkasidagi masjidda umrining oxirigacha yashaydi. “Shaharning eng nufuzli aslzodalari va fuqarolari shayhning huzuriga kelardi, deydi Davlat shoh”.

Saadi juda ko‘p she’rlari va nasriy asarlarni yozgan, pand-nasihat o‘rnida ko‘plab o‘z hayotidan namunalar olgan. Dunyoning butun tashvishini boshidan o‘tkazgan Saaddi o‘zining zamondoshlari va o‘tmishdoshlari bo‘lmish Fariduddin Attor va Jaloliddin Rumiy, shayh Abdulqodir al Jiloniy va boshqalarning so‘fichilik qarashlari bilan nazariy jihatdan hamfikrdir. Ammo odamlarni yaxshi bilgan Saadi barcha ham dunyodan o’z xohishiga ko’ra keta olish qobiliyatiga ega emasligini va inson tanaga faqat sirli tafakkurdagina barham berishga qodir ekanligini tushungan. Shuning uchun Saadi dunyoviy zohidlikni turmushga bog‘laydi: tinchlikda yashashni, lekin unga qaram bo‘lib qolmaslikni, uning shafqatsizligini anglashni va yer yuzidagi narsalarni yo‘qolishiga har bir soatda tayyor bo‘lishga chorlaydi.

1257 yil u “Bo‘ston” nomli she’riy risolasini yozib, uning to‘qqizta bobidagi misralarda so‘filik falsafasi va axloqini bayon qilib, qiziqarli masal hamda hikoyalar bilan jamlaydi. She’riy tuyg‘ularning chuqurligi va axloqiy g‘oyalarning balandligi bilan “Bo‘ston” - barcha so‘fiy adabiyotining eng buyuk asarlaridan biridir. To‘g‘rirog‘i, “Bo‘ston” emas, “Guliston” (1258 yil she’riy misralar bilan aralash tarzda yozilgan). “Guliston” o‘ziga xos milliychilik jozibasiga ega, shu sabab, ko‘plab mashhur maqol va matallar bilan boyitilgan. “Guliston”ga o‘xshash yana bir, deyarli quruqroq asar “Pandnoma” kitobi hisoblanib, Attorning shu nomli kitobi ham bo‘lganligi bois, bu asar Saadi qalamiga mansubligi to‘liq isbotlanmagan.

Saadining boshqa asarlarining uchdan ikki qismini devonlar tashkil qilib, ko‘proq lirik janrga oid. Saadi ijodining ahamiyatli jihati shundaki, u so‘fichilik g‘azallari didaktikasini sevgi g‘azallarining go‘zalligi va o‘ziga xosligi bilan mujassam eta olgan. Undagi har bir baytni ham sevgi ohangida, ham falsafiy-didaktik kalit tarzida o‘qish mumkin. Ushbu an’ananing keyingi davomchisi boshqa bir fors shoiri Hofiz Sheroziy bo‘ladi. Saadining qabri Sherozda, uning maqbarasida joylashgan.

XI asrda saljuqiy sultonlardan bir nechtasiga vazirlik qilgan mashhur davlat va jamoat arbobi Nizomulmulk asos solgan «Nnzomiya» madrasasi 6 ming talabani o‘z bag‘riga olsa, «Mustansiriya» kutubxonasida 70 ming jilddan ortiq kitob bo‘lgan. Bu ikki ulkan madrasaning musulmon Sharqidagi nufuzini shundan ham bilsa bo‘ladi. Talabalar orasida, ayniqsa, zabardast arab shoiri Mutanabbiy she’rlariga qiziqish kuchli edi. Bu mutolaalar keyinchalik Sa’diy ijodiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. U bu yerdagi ilmiy-adabiy davralarda faol ishtirok etib, bilimining keng va chuqurligi, dalillarining o‘tkir va asosliligi, voizlik iqtidori tufayli hammaning e’tiborini o‘ziga jalb qilar va bahsu munozaralarda hamisha g‘olib chiqar edi.

Madrasani tutatgan Sa’diy olgan bilimlarini amaliyotga qo‘llash o‘rniga, Sharq mamlakatlari bo‘ylab uzoq yillik sayohatga otlanadi. Buni ikki sabab bilan asoslash mumkin: birinchisi shoirning sayohatga o‘chligi, ikkinchisi - mo‘g‘ullar tasarrufidagi ulkan hududda ilmu ijod uchun osoyishta shart-sharoitning yuqligi. U goh olim va voiz, goh so‘fiy va darvesh suratida Eron, Arabiston, Kichik Osiyo, Misr, Xuroson, Sharqiy Turkiston kabi mamlakatlarni ba’zida otu eshak, ba’zan esa poyi piyoda kezib chiqadi. Bu sayohatlar 20 yildan ortiq davom etgan. Sayohat davrida Sa’diyga karvonni qaroqchilardan himoya qilib, muhorabaga kirishiga ham, turli joylardagi madrasa va qozixonalarda va’z o‘qishiga ham, shayxu so‘fiylar bilan mubohasa qilishiga ham to‘g‘ri kelgan. U Hindistonda ham bo‘lib, bir muddat butxonada istiqomat qilgan, salibchilarga asir tushib, ularning qal’alarini tuzatish ishlarida qatnashishga majbur bo‘lgan. Bu sayohatlar davomnda Sa’diy hayot ilmini chuqur o‘rganib, inson fe’lini butun murakkabligi bilan anglab, o‘z davrining ko‘pni ko‘rgan donishmand kishisi bo‘lib yetishadi. XIII asrning o‘rtalarida Sherozga qaytib kelgan shoir dunyo tashvishlaridan o‘zini chetga olib, shahar chekkasidagi shayx Abu Abdulloh Hafif xonaqosida faqirona hayot kechiradi va 1292 yili vafot etadi. U dafn etilgan bog‘ va maqbara she’riyat ixlosmandlarining ziyoratgohlaridan biri bo‘lib, undan kecha-kunduz shoir muxlislarining qadami arimaydi.


Download 32,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish