“texnologiya va uni o’qitish metodikasi” fanidan



Download 4,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/83
Sana10.05.2023
Hajmi4,69 Mb.
#936715
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   83
Bog'liq
TEXNOLOGIYA VA UNI O‘QITISH OQUV qollanma(1)

Tashkiliy vazifalar. 
Texnologiya taʼlimi boʻyicha nazariy mashgʻulotlar 
uchun oʻquv xonasi va amaliy mashgʻulotlar uchun ustaxona tashkil qilish va 
ularda xavfsiz va qulay mehnat sharoitlarini yaratish.
Oʻquvchilarni mashgʻulotlar uchun zarur xom ashyo, material, asbob-
uskunalar bilan taʼminlash hamda moslamalar, mexanizmlar, stanoklar bilan 
amaliy ishlash jarayonini tashkil qilish.
Sanitariya-gigiyena hamda mehnat xavfsizligi boʻyicha meʼyoriy hujjatlarda 
belgilangan talablarning toʻliq bajarilishini taʼminlash va muntazam nazorat qilib 
borish.


90 
Oʻquvchilarning turli kasblar boʻyicha mehnat jarayonlari va kasb egalari 
bilan yaqindan tanishishlarini amalga oshirish uchun korxonalar, jamoa 
xoʻjaliklari, tashkilotlar, muassasalar bilan doimiy aloqa oʻrnatish.
Rasmiy hujjatlar: meʼyoriy rejalashtiruvchi hujjatlar, ustaxonada xavfsizlik 
texnikasi, sanitariya-gigiyena va birinchi tibbiy yordam koʻrsatish qoidalariga doir 
hujjatlarni yuritish.
Uslubiy vazifalar. 
Mashgʻulotlarning yarim va bir yillik ish rejalarini 
tuzish. Bunda mahalliy sharoitlar, ehtiyojlar va imkoniyatlarni hisobga olgan 
holda, kasblar tasnifi asosida, oʻquvchilarni yaqindan tanishtirish mumkin boʻlgan 
kasb turlarini tanlash.
Oʻgʻil va qiz bolalarning oʻzlariga xos mehnat mashgʻulotlarini va kasb 
tanlashlarini amalga oshirib borish.
Mashgʻulotlarda zamonaviy ilgʻor pedagogik texnologiyalar, yangi didaktik 
vositalardan keng foydalanish, texnologiya taʼlimi va tarbiyasining birligini 
taʼminlash. Oʻquvchilarda turli kasblarga tegishli dastlabki mehnat koʻnikma va 
malakalarini, mehnatsevarlikni shakllantirish.
Texnologiya taʼlimi jarayonida oʻquvchilarni aqliy va axloqiy jihatdan 
rivojlantirib borishda ularning yosh xususiyatlarini, shaxsiy psixologik va 
fiziologik sifatlarini hisobga olish.
Oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish ishlarini olib borish.
Oʻquvchilarning bilimi, koʻnikma va malakalarini reyting tizimi asosida 
nazorat qilib borish.
Maktabda texnologiya taʼlimi va tarbiyasi, kasbga yoʻnaltirish jarayonini 
tashkil qilish hamda uni amalga oshirishda pedagogika, didaktika, psixologiya, 
fiziologiya, xususiy metodika va maxsus fanlarning ilmiy xulosalaridan keng 
foydalanish koʻzda tutilgan. Mashgʻulotlar mavzusi amaliyot bilan, oʻquv 
mazmuni tarbiyaviy muammolarni hal qilish bilan uygʻunlashtirilgan holda 
boʻlishini taʼminlash.


91 
Mazkur oʻquv dasturi asosida olib borilgan oʻquv-tarbiya ishlari natijalarini, 
oʻquvchilarning oʻzlashtirishlarini aniqlash va nazorat qilish Davlat taʼlim standarti 
asosida amalga oshiriladi.
Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 5—9-sinflarida oʻquvchilar soni shahar 
maktablarida 25 va undan ortiq, qishloq maktablarida 20 va undan ortiq boʻlsa, 
texnologiya taʼlimi darslari shu sinflardagi oʻquvchilarni ikki guruhga ajratgan 
holda olib boriladi.
Xalq hunarmandchiligining ayrim nodir kasblarini oʻrgatish uchun usta-
shogird 
yoki 
ota-oʻgʻil, 
ona-qiz shakllaridan foydalaniladi. Bunday 
mashgʻulotlarni tegishli xalq ustalari bilan maktab oʻrtasida tuziladigan 
shartnomalar asosida tashkil qilinadi.
Dasturdagi mehnat yoʻnalishlari boʻyicha mashgʻulotlarni tashkil qilish va 
oʻtkazish ketma-ketligi mahalliy sharoit va imkoniyatlar hisobga olingan holda 
oʻqituvchi tomonidan hal qilinadi.
Texnologiya taʼlimining barcha yoʻnalishlari boʻyicha amaliy mashgʻulotlar 
5 va 6 sinflarda 6 kundan, jami 24 soat, 7-sinfda 10 kun jami 40 soat va 8-sinfda 
16 kun, jami 96 soat rejalashtirilgan boʻlib, ular oʻquv yilining yozgi, bahorgi va 
qishki amaliy mashgʻulotlar davrida oʻqituvchining tanlashi asosida oʻtkaziladi. 
qishloq xoʻjaligi asoslari yoʻnalishi boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻquv yilining 
tegishli mavsumlarida oʻtkaziladi. Amaliy mashgʻulotlarning maqsadi—
oʻquvchilarga oʻrgatilayotgan bilim, koʻnikma va malakalarni bevosita ijtimoiy 
foydali va unumli ishlab chiqarish mehnati jarayonida (ustaxonada, fermada, 
korxonada, tashkilot, muassasa, jamoa xoʻjaligi ekinzorlarida yoki hunarmand usta 
huzurida) mustahkamlashni bozor munosabatlari qoidalari asosida tashkil qilishdan 
iborat.
Texnologiya taʼlimining maqsadi oʻquvchilarga faqat bilim, koʻnikma va 
malakalar berishgina emas, balki ularda mehnatga, jamoa va mulkka, kollektivga 
va uning alohida aʼzolariga ongli munosabatni, shaxsiy va jamoa foydasi uchun 
ishlashga tayyorgarlikni tarbiyalashdan iboratdir.


92 
Mehnatga ongli munosabatni tarbiyalash mehnat tarbiyasining vazifasi va 
bosh yoʻlidir.
Mehnatga ongli munosabat – xar bir shaxsning axloqiy qiyofasining asosiy 
xususiyatidir. Xar bir mehnatchi – ishchi, jamoa aʼzosi, aqliy mehnat kishisi oʻz 
hayotini mehnatsiz tasavvur qila olmaydilar.
Xar bir kishi mehnatni shaxsiy hayoti va oʻzaro yordam hissini tarbiyala 
berish lozim. Mehnat topshirigʻini bajarish jarayonida ular baʼzi ishlarni 
birgalikda, bir-birlariga yordam berdi, maslahatlashib bajarishga toʻgʻri keladi. Bu 
imkoniyatga oʻqituvchi oʻquvchini tarbiyalashda keng foydalanishi lozim.
Xar bir oʻquvchi oʻz shaxsiy mehnati maktab jamoasining oʻquv 
ustaxonalaridagi mehnati bilan chambarchas bogʻliqligini chuqur tashinib yetishi 
uchun mahsulotlar tayyorlashda mehnatni aniq taqsimlashni amalda qoʻllashi 
kerak.
Ayrim oʻquvchilar ishda ehtiyotsizlikka, intizomsizlikka yul kuysalar, u 
xolda ishdagi uzilishlarga murosasiz munosabatda boʻlish lozim.
Oʻqituvchi suhbatda, instruktajda nimani va qanday asbob bilan, qay 
izchillikda tayyorlash haqidagina maʼlumot berish bilan chegaralanib qolmasligi. 
Bu yerda mazkur mehnatni ijtimoiy, jamoa uchun jamiyatini xam taʼkidlashi kerak.
Tayyorlangan mahsulotni buyurtmachiga topshirish katta tarbiyaviy 
ahamiyatga ega.
Unda eng aktiv ishtirok etgan oʻquvchilarni taqdirlash, ularni keyinchalik 
sinfdoshlariga buyumni topshirish va undan foydalanish haqida gapirib beradigan 
boʻlsinlar.
Texnologiya taʼlimi jarayonida oʻquvchilar oʻzaro doʻstlik va oʻzaro yordam 
rahbarlik va boʻysunish, javobgarlik munosabatiga, oʻzaro talabchanlik va ish 
yuzasidan olib boriladigan tanqidiy munosabatlarga kirishadilar. Oʻqituvchi bu 
munosabatlarni kamol topishini diqqat bilan kuzatishi va ularni toʻgʻri yoʻnaltirib 
turish kerak.
Oʻz-oʻzini tanqidiy baholash va tanqidiy nazorat qilish, kamchiliklarga 
nisbatan murosasiz boʻlish hislarini tarbiyalash.


93 
Oʻqituvchi tayyorlangan buyumni tekshirdi, oʻqituvchiga uni sifatini 
mustaqil baholashni taklif qiladi. Oʻqituvchilar tayyorlangan buyumlarni aniqligi 
va sifatini aniqlashga doir sistematik ravishda mashq qilishlari ularda oʻz-oʻzini 
nazorat qilish koʻnikmalarini, oʻz-oʻzini tanqidiy baholash hisini shakllashiga 
yordam beradi.
Bu koʻnikmalarni mustahkamlash maqsadida oʻquvchilarni oʻz-oʻzini 
nazorat qilish ishiga sistematik ravishda jalb qilish maqsadga muvofiqdir.
Ongli intizomni tarbiyalash. Oʻquv ustaxonalaridagi mashgʻulotlarda avvalo 
oʻquvchilarga kulay shart-sharoitlar yaratish, ularni ishontirish metodidan 
foydalanish lozim. SHu bilan birga ularning ishiga yuqori talabchanlik bilan 
yondashish kerak.
Oʻqituvchining sistemasi va qatʼiy talablarni bajarish natijasida oʻquvchilar 
ustaxonada qabul qilingan qoidalar: ish oʻrnini namunali tutishga. Asboblarni 
ehtiyoj qilishga odatlanadilar.
Texnologiya taʼlimi jarayonida oʻquvchilarning oʻz-oʻziga va oʻrtoqlariga 
nisbatan talabchanlikni rivojlantirishga yordam beradigan uchta asosiy shartni 
koʻrsatamiz.
1. Jamoa aʼzolari bir-birlariga maʼlum talablar kuyishga majbur qiladigan 
vaziyatlarni yaratish va ulardan mehnat jarayoningda foydalanish. Masalan maktab 
uchun taburetka tayyorlash. Ish zvenolar boʻyicha olib boriladi. Xar qaysi zveno 
bir tipdagi detallar – oyoqchalar uchun zagotovkalar tayyorlaydilar. Boshqa bir 
zveno bu detallardan taburetkani yigʻish bilan shugʻullanadilar. Bunda 
tayyorlangan mahsulotni miqdori va sifati xar bir zveno va alohida bajargan ish 
miqdori va sifatiga bogʻlik boʻladi. Tayyorlangan mahsulotning miqdori va sifati 
uchun oʻquvchilarning oʻzaro bogʻliqligi va oʻzaro javobgarligi shu tarzda qaror 
topadi.
2. Jamoa talabalarni oʻz vaqtida quvvatlash mehnat jarayonida talablarni 
birinchi boʻlib aktinnotlar: zvenovoylar, sanitarlar, asbobchilar va boshqalar 
quyiladi.


94 
Oʻqituvchi oʻquvchilarning talabchanligini rivojlantirishga, jamoada 
oʻzlarini toʻgʻri tutishlarini rivojlantirishga yordam berish kerak.
3. Oʻquvchilarga sistematik va izchil talabchanlik koʻrsatish lozim.
Jamiyat va shaxsiy mulkka gʻamxoʻrlik munosabatlarini tarbiyalash. 
Oʻquvchilarni ijtimoiy mulkka nisbatan ongli munosabatini tarbiyalash uchun 
ularni unumli mehnatga, maktab ustaxonasi kabinetlarni jihozlashga, asboblarni 
taʼmirlashga jalb qilish lozim. Oʻquvchilarni materialni tejash, asbob, korjoma va 
hokazolarni ehtiyot qilishga oʻrgatish, ongli intizom va yuqori mehnat 
madaniyatini tarbiyalashga yordam beradi.

Download 4,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish