“texnologiya va uni o’qitish metodikasi” fanidan


Mehnat madaniyatini tarbiyalash



Download 4,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/83
Sana10.05.2023
Hajmi4,69 Mb.
#936715
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   83
Bog'liq
TEXNOLOGIYA VA UNI O‘QITISH OQUV qollanma(1)

 
Mehnat madaniyatini tarbiyalash. 
Oʻqituvchining yaxshi tayyorlangan buyumni estetikligini, detallarga ishlov 
berishning tozaligini, buyumlarni shakllarini goʻzalligini xamda oʻquvchi mehnat 
harakatini aniqligini doimo taʼkidlab turishi kerak. Jamiyatimizda mehnat 
goʻzalligi yuqori axloqiy sistemalar bilan va mustaqillikning mustahkamlash uchun 
kurashni tushunish bilan uygʻun bogʻlangan.
Yuqori mehnat madaniyati — jamiyatimiz kishilari ajralmas sifatidir, uni 
oʻquvchilarga texnologiya taʼlimi berishda singdirib boriladi. Xonalarni jihozi va 
stanoklarni boʻyalishi estetik hissiyot uygʻotishi kerak. Xonalarni sanitariya-
gigiyena normalari, shamollatish, stanoklarni joylashishiga qatʼiy amal qilinadi. 
Asboblar doim sozlangan va ishga shay boʻlishi lozim. Mashgʻulotlarga 
oʻquvchilar kulay va chiroyli formalarda kelishlari lozim.
Umumiy taʼlimni maktablari oʻquvchilarini tarbiyalashda murabbiylik.
Hozirgi vaqtda mehnat jamoalari ilgʻor vakillarining oʻquvchi yoshlar otalik 
qilishi yangi mazmun bilan boyitadi va murabbiylik deb ataladi.
Murabbiylik sistemasi deyilganda mehnat jamoalarining yoshlarga mehnat 
tarbiyasi berish va kasbga yoʻllashning hamma bosqichlarida umumiy taʼlim 
maktablarida, kasb-hunar kollejlarida, ishlab chiqarishda keksa avlodning 
madaniyati va tajribasini bevosita maqsadga yoʻnaltirilgan xolda berishni 
taʼminlash uchun olib boradigan pedagogik ishlar majmui tushuniladi.


95 
Murabbiylik vositasida shogirdlarni unumli mehnatga xar tomonlama 
tayyorlash kuyidagi vazifalarni oʻz ichiga oladi: ishchi sinfining eng yaxshi sinflari 
qabul qilish; ishlab chiqarish bilan, ishchi mehnatining mazmuni bilan tanishtirish; 
texnik ijodkorlikka tortish; oʻquvchilarning axloqiy, mehnat jismoniy va estetik 
tarbiyalarga yordam beruvchi dam olishning har-xil shakllariga jalb qilish.
Murabbiylikda tarbiyaviy taʼsir metodikasiga qarab tarbiya ishi ogʻzaki, 
amaliy va koʻrgazmali shakllari bilan bir-biridan farq qiladi.
Murabbiylarning maktab oʻquvchilari bilan ishlashlarida ogʻzaki formalar 
koʻproqdir: oʻquvchilar bilan uchrashuvlar, tematik kechalar, ishlab chiqaruvchilar 
ishtirokida oʻquvchilar majlislari, ishchi avlodlari ishtirokida mehnat sharafi 
kechalari, kasb tanlash masalalari boʻyicha axborot va konsultatsiyalar.
Yuqori sinf oʻquvchilar orasida mehnat shuhrati kechalari alohida 
ommaviylik kasb etmoqda, bu kechalar ishlab chiqarish ilgʻorlari, mehnat 
jamoalarini propaganda qilishning muhim formasi boʻlib xizmat qiladi.
Ishlab chiqaruvchilar kasbga doir axborotlar beruvchi ekskursiyalarga gʻoyat 
umumiy ahamiyat beriladi. Bunday ekskursiyalar oʻquvchilarga kasblar olamini 
tahlil qilish, oʻz qiziqishlari, sogʻliqlari, xalq xoʻjaligi talablariga toʻgʻri keladigan 
kasblarni tanlashlariga yordam beradi.
Tarbiyaviy ishlarda muzeylardan, tematik stendlardan, texnik ijodkorlik 
koʻrgazmalaridan, jangovar va mehnat shuhrati xonalari va burchaklaridan. Kasbga 
yoʻllash kabinetlaridan foydalaniladi.
Murabbiylar oʻz shogirdlari bilan doim muloqotda bular ekanlar, ular 
xulqiga eʼtibor bermasdan qolmaydilar.
Oʻquvchilarni ishchi kasblariga qiziqishlarini, ijtimoiy foydali mehnatidagi, 
texnik toʻgaraklardagi tirishqoqliklarga eʼtibor berar ekanlar, murabbiylar 
oʻquvchilar ijodiy hissiyot va motivlar faoliyatini qoʻllad quvvatlash va 
mustahkamlashga intiladilar. SHu maqsadda ular oʻquvchilar xulqini, maʼqullash, 
maqtash, tashakkur bildirish bilan baholaydilar.
Murabbiylar tarbiyalanuvchilarni nooʻrin xatti-harakatlarini qoralaydilar, 
tanbeh berishni asosiy formasi sifatidan tanqidiy mulohazalarni aytish formasidan 


96 
foydalanadilar. Nooʻrin xatti-harakati uchun tanbeh olgan oʻquvchi qilgan xatosini 
tashinib yetishi va oʻz xulqini oʻzgartirishga yordam beradi, oʻz-oʻzini tanqidiy 
baholash oʻz-oʻzini tarbiyalashga undaydi.
Savol va topshiriqlar:
1. Hunar deganda nimani tushunasiz?
2. Ustoz va shogird haqida qanday fikrdasiz?
3. Farzand, albatta, ota-ona kasbini egallashi shartmi?
4. Hunarni avloddan avlodga oʻtib kelishining sabablari nimada?
5. Mutafakkir soʻzining maʼnosi nimani bildiradi?
6. Qadimdan mehnatning ulugʻlanishiga sabab nima?
7. Insonning kamol topishi qanday deb oʻylaysiz?
8. Buyuk donishmandlar, olim, yozuvchi, shoirlarning ulugʻlanish sababi 
nimada deysiz?
9. Muammo deganda nimalarni xayoldan kechirasiz? 

Download 4,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish