110
Ana shunda predmet xuddi boʻrtib turgandek yorqin koʻrinadi. Hammasi oʻylagan
kompozitsiyaga bogʻliq. Fonda joylashadigan detallar rangi ham shunga qarab
tanlanadi, detallarning tabiiy joylashishi va oʻlchamlarning uygʻunligiga eʼtibor
berish kerak. Bu ishlarni bajarishning bir necha usullari mavjud:
ayrim detallar
konturlarini oldindan belgilamay qirqiladi; ayrim detallar esa belgilangan natura-
eskizlar boʻyicha qirqiladi.
Koʻp rangli applikatsiyalardan biri – dekorativ aplikatsiyadir:
Dekorativ applikatsiya – u
naqsh gullardan tashkil topib, alohida-alohida
tasvirlardan tarkib topuvchi predmetli, hodisa, harakatlar uygʻunligini aks
ettiruvchi syujetdan iborat boʻlishi mumkin.
Dekorativ applikatsiyalarni bolalar kitob, oynoma va boshqa materiallardan
olishlari, ayrim elementlarni qoʻlda yaratishlari mumkin.
SHarq naqshi
applikatsiyani bu turi uchun boy material hisoblanadi. Dekorativ applikatsiya bir
va koʻp rangli boʻlishi mumkin.
Shakliga koʻra ornamentlar cheksiz va cheklangan boʻladi. CHeksiz
ornametda uni tashkil etuvchi ayrim elementlar ritmik
yoki simmetrik almashinib
turadi. Bu elementlarning rangi, shakli bir xil boʻlishi kerak.
Cheklangan ornament shakl-kvadrat, toʻgʻri burchak, doira, oval va shu
kabilar ichiga joylashadi yoki kompanovka qilinadi. Undagi elementlar ham xuddi
fazoviy uygʻunlikda boʻlishi kerak.
Badiiy applikatsiya
Tematik ishlarni
yaratish faqat mehnatga emas, balki badiiy tayyorgarlikni
ham talab qiladi. Texnologiya taʼlimi darslarida applikatsiya ishlarini bajarish
texnikasi oʻrganiladi.
Rangdor surat applikatsiya mavzusining elementlarini oʻquvchilar
turli
bayramlarga bagʻishlangan (tabriknomalar, ochiq xat muqovasini, yoʻl belgilari)
ishlarini bajaradilar. Ish mavzu va fikr tanlashdan boshlanadi. Quticha ochiq
fondagi qogʻoz fon tarzida tanlanadi. Applikatsiyaga qaratilgan asarning yaratilishi
va elementlar miqdori qogʻozni tanlashni belgilaydi.
Asarni yaratish ustida
111
ishlaganda asosiy eʼtibor tanlangan mavzuning mazmuniga, kerakli materiallar,
ularning oʻlchamlari, ranglarini tanlashga qaratiladi. Asarni yaratish hajmiga koʻra
eng katta element asosiy mavzu elementi boʻlishi kerak. Buklash yoʻli
bilan
yasaladigan koʻrsatmali qurollar va ularning yasalishi yoʻllari.
Boshlangʻich sinflardagi texnologiya taʼlimi dastur materiallarini tahlil qilar
ekanmiz, barcha sinflardagi ish turlaridan biri “Qogʻoz va karton bilan ishlash”
ekanligini koʻramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: