5
-
MAVZU. Texnologiya taʼlimi darslarida integratsion yondashuv.
Reja
1.
Integratsiyalashgan taʼlimning oʻziga xos xususiyatlari.
2.
Boshlangʻich sinf texnologiya darslarida integratsiyalashgan taʼlimdan
foydalanishning metodik xususiyatlari.
3.
Integratsiyalashgan darslarning samaradorligini oshirish omillari.
Oʻzbekiston Respublikasi oʻz mustaqilligiga erishganidan soʻng taʼlim
sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida asosiy boʻgʻin hisoblangan
umumiy oʻrta taʼlim maktablari faoliyatida oʻquvchilarni hayotga tayyorlash va
kasb tanlashga yoʻnaltirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Oʻquvchilarni
kasb-hunarga yoʻnaltirish oʻqituvchi rahbarligida oʻquvchilar tomonidan
bajariladigan aqliy va jismoniy harakat jarayonlaridan iborat boʻlib, buning
natijasida ular mehnat predmetlari, vosita va jarayonlari haqidagi bilimlarni hamda
maʼlum sohadagi ishlab chiqarish mehnati va kasbga yoʻnaltirish amaliy koʻnikma
va malakalarini egallaydilar, ongli ravishda kasb tanlashga hamda jamiyat va shaxs
farovonligi yoʻlida mehnat faoliyatiga tezda qoʻshilishlariga imkon beruvchi
shaxsiy sifatlari hamda tafakkurlarini rivojlantiradilar. Yangi iqtisodiy
munosabatlar kasb-hunarga yoʻnaltirishning yangicha munosabati sharoitida
69
mehnat koʻnikmalari va malakalarini maqsadli shakllantirishdan iborat boʻlib,
ongli va har tomonlama rivojlangan fuqaroni tarbiyalashning tarkibiy qismi
hisoblanadi. Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻllash ishlari maqsadli texnologiya
taʼlimining maqsad va vazifalari bilan uygʻunlikda namoyon boʻladi. Kasbga
yoʻnaltirishdan asosiy maqsad oʻsib kelayotgan yosh avlodni ongli va mustaqil
ravishda kasb tanlashga tayyorlashdan iborat boʻlib, bu jarayon shaxsning
boʻlgʻusi kasbiy faoliyat subyekti sifatida shakllanishini nazarda tutadi hamda
uning bozor iqtisodiyoti munosabatlariga moslashib borishiga koʻmaklashadi. SHu
munosabat bilan oʻquvchilarga ilm-fan asoslarining mustahkam bilimlarini
singdirish, ularda yuksak onglilikni tarbiyalash, umuminsoniy qadriyatni
shakllantirish, yosh avlodni turmushga va mehnatga, ijtimoiy zarur kasblarni ongli
ravishda tanlashga tayyorlash mehnat taʼlim va tarbiyasining vazifalaridir.
Hozirgi vaqtda ijtimoiy va ilmiy texnikaviy taraqqiyot sharoitida maktab
oʻquvchilarini kasb va hunarga yoʻnaltirishning muhimligi ancha oshdi.
Oʻquvchilarni toʻgʻri va erkin kasb tanlashga yoʻnaltirish bugungi kunning dolzarb
vazifalaridan biridir. Toʻgʻri kasb tanlash insonning kelajagini, hayot tarzini
belgilashda katta ahamiyat ega. Har bir shaxs kasbni oʻz qiziqishi, qobiliyati va
ijtimoiy muhit nuqtayi nazaridan tanlaydi.
Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish ishlarini olib borishda “Kasb oʻzi
nima?” degan savol tugʻiladi. Kasb toʻgʻrisida bir qancha taʼriflar berilgan.
• Kasb bu – insonga maʼlum bir talablar qoʻyuvchi faoliyat turidir.
• Kasb – insonni jamiyat tomonidan tan olinishidir.
• Kasb – tiriklik va tirikchilik manbayi.
Oʻquvchilarni kasb tanlashga yoʻnaltirishning asosiy yosh bosqichlari
mazmuni quyidagilardan iborat:
1. Maktabgacha taʼlim yoshidagi – I bosqich;
2. Boshlangʻich kichik yoshdagi (1–4 sinflar) – II bosqich;
3. Oʻrta yoshdagi (5–7 sinflar) –III bosqich;
4. Katta yoshdagi (8–9 sinflar) – IV bosqich.
70
Oʻquvchilarning kasbiy tayyorgarligini aniqlash mezoni, koʻrsatkich va
oʻlchovlari.
Birinchi bosqich – maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarda ularning
mashgʻulotlarida qoʻllaridan keladigan faoliyat turlari boʻyicha dastlabki mehnat
koʻnikmalarini ijobiy, hissiy taʼsirchan shakllantirish.
Ikkinchi bosqich – kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarni bilishga oid va
oʻyin koʻrinishdagi ijtimoiy foydali mehnat faoliyatini amalga tadbiq qilish orqali
mehnatga hurmat, mehnat kasb turlari, yoʻnalishlari bilan tanishtirib borishini
hamda ommaviy kasblarga boʻlgan qiziqishini shakllantirish.
Uchinchi bosqich – oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish mazmuni ulardagi
qiziqish, qobiliyat, layoqat va shaxs sifatida jamiyatdagi oʻz oʻrnini topishdagi
hamda maʼnaviy-moddiy qadriyatning izlanuvchan-sinchkov koʻrinishlarini
shakllantirish.
Toʻrtinchi bosqich – oʻquvchilarda kasbiy oʻzlikni anglashni shakllantirish
davri, yaʼni oʻquvchilarni aniq bir kasbni tanlashning shaxsiy maʼnoga egalligini
tushunib yetishi, jamiyat oldidagi burchini, javobgarlik xislatlarini shakllantirish.
Oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirishni quyidagi mezonlar asosida amalga
oshirish maqsadga muvofiqdir.
1. Oʻquvchilarni kasb-hunar turlari bilan tanishtirish.
2. Kasblar, mehnat yutuqlari talqin etilgan asarlarni oʻqishni tavsiya etish.
3. Har bir kasb haqida maxsus darslar oʻtish.
4. Ishlab chiqarish korxonalari, firma, fan, maorif, madaniyat, sanʼat
muassasalariga sayohatlar tashkil etish.
5. Mehnat ilgʻorlari bilan ular erishgan yutuqlari haqida suhbatlar oʻtkazish.
6. Texnologiya taʼlimi yoʻnalishi boʻyicha – multimedialar koʻrsatish.
7. Oʻquvchilarni turli xil toʻgaraklarga jalb etish.
8. Kasblar haqida oʻyinlar tashkil etish.
9. Yangi kasb va mutaxassisliklar, fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish
texnologiyalari bilan muntazam tanishtirib borish. Oʻquvchilarni kasb-hunarga
yoʻnaltirishda pedagoglarning oldida turgan muhim vazifalar quyidagilar:
71
- oʻquvchilarni kasbga boʻlgan qiziqishlarini yanada takomillashtirish;
- uni kasb tanlash darajasiga yetkazish;
-koʻp qirrali qiziqishga ega boʻlgan oʻquvchilarda oʻziga koʻproq yoqqan
sohani, kasbni tanlashga amaliy yordam berish;
- oʻquvchilarda mehnat qiluvchi kishilarga nisbatan hurmat xislatlarini
tarbiyalab borish;
- oʻquvchilarning oʻziga xos qiziqishlarini eʼtiborga olgan holda ularni asta-
sekin jamiyat ijtimoiy mehnatiga jalb qilib borish;
- kasblar toʻgʻrisida maʼlumotlarni yetarlicha berib borish;
- inson mehnati bilan yaratilgan moddiy boyliklarni har tomonlama tejash
xislatlarni tarbiyalash;
- oʻquvchilarning oʻzi qiziqadigan kasb yoʻnalishiga jalb qilish va
egallangan bilimlarni amalda qoʻllashlariga erishish;
- oʻquvchilarda mehnat va kasb tanlashga qiziqish uygʻotish. Bu jarayon
toʻgʻri tashkil etilganda shaxsning boʻlgʻusi kasbiy faoliyat subyekti sifatida
shakllanishini taʼminlaydi. Kasbga yoʻnaltirish uzoq muddatli yalpi dasturlar
asosida va milliy xalq hunarmandchilik kasblarini hisobga olgan holda amalga
oshiriladi. Ayrim turdagi kasblarga yoʻnaltirish bilan cheklanib qolmasdan, balki
aniq iqtisodiy hududning turli sohalaridagi kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarini hisobga
olgan holda yoshlarni sanoat, qishloq xoʻjaligining boshqa tarmoqlaridagi kasblar
va milliy hunarmandchilik kasblariga umumtaʼlim maktablarining texnologiya
taʼlimi darslarida yoʻnaltirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Jumladan,
boshlangʻich sinf oʻquvchilarini texnologiya taʼlimi va tarbiyasi jarayonida
oʻqitiladigan “Loy va plastilin bilan ishlash” ish turiga oid, haykaltaroshlik,
kulolchilik, rassomchilik, “Gazlama va ip turlari bilan ishlash” ish turiga oid
tikuvchilik, kashtachilik, doʻppidoʻzlik, ipakchilik, toʻquvchilik, dizaynerlik,
“Turli va tabiiy materiallar bilan ishlash” ish turiga oid dehqonchilik, gulchilik,
bogʻbonchilik, tadbirkorlik kasb-hunarlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berish, darslarni
xalq milliy qadriyatlari asosida oʻqitishni tashkil qilish lozim boʻladi.
72
Oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirishning asosiy maqsadi har bir oʻquvchiga
individual ravishda kasb yoki mehnat faoliyati sohasini asosan va toʻgʻri tanlashda
yordamlashishdir. Oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish umumtaʼlim maktabi ishining
tarkibiy qismidir. Maʼlumki, agar kasb toʻgʻri tanlangan boʻlsa, inson uchun
mehnat quvonch, ijodiy ilhom manbayiga aylanadi. Kasb tanlashga yoʻllash butun
pedagoglar jamoasi tomonidan hal etiladigan umum maktab vazifasi hisoblanadi.
Shu bilan birga, bu ishda texnologiya taʼlimi alohida oʻrinni egallaydi.
Oʻquvchilarni kasb tanlashdagi asosiy omillar ota-ona, muhit va taʼlim-tarbiyadir.
Kasb tanlashning asosiy vazifasi oʻquvchilarni politexnik mehnat va malakalari
bilan qurollantirishdan, ularni mehnat va ijtimoiy faoliyatga, kasblarni ongli
ravishda tanlashga, moddiy va maʼnaviy boyliklarni ishlab chiqarishda ishtirok
etishga tayyorlashdan iboratdir. Maktabda kasb tanlash ishlari quyidagi
maqsadlardan iborat:
1. Oʻquvchilarni kichik sinflardan boshlab xalq xoʻjaligining turli tarmoqlari
bilan tanishtirib borish.
2. Oʻquvchilarni xalq xoʻjaligining turli tarmoqlari bilan tanishtirib,
ommaviy kasblarning mazmuni, sinfdan tashqari oʻtkaziladigan tadbirlarni amalga
oshirish.
3. Kasb tanlashga yoʻllash ishlarini olib borishda oʻquvchilarni asosan
maktab joylashgan hududning korxona, tashkilotlarining ehtiyoji uchun zarur
boʻlgan kasb va mutaxassislarga yoʻllash. Kasb tanlash juda muhim masala boʻlib,
koʻpincha oʻquvchilar uni mustaqil hal qila olmaydilar. Oʻqituvchilarning ish
tajribasi oʻquvchilarni kasb tanlashga yoʻllashning farq va metodlarini belgilab
beradi. Ulardan asosiylari quyidagilardan iborat:
1. Darslarda kasb tanlashga yoʻllash. Masalan, oʻqituvchi oʻquvchilarni
mehnat mashgʻulotlarida bajaradigan ish bilan bogʻliq kasblar bilan tanishtiradi.
CHunonchi, yogʻoch kesuvchi, rom yasovchi, duradgorlik, tikuvchilik, oshpazlik
va boshqa kasblar haqida bilim oladilar va tanishadilar.
2. Ekskursiyalarda kasb tanlashga yoʻllash. Odatda, ekskursiyalarda
oʻquvchilarni oʻquv rejasi doirasidan chiquvchi material bilan tanishtirishga qulay
73
sharoit yuzaga keladi. Bu imkoniyatdan oʻquvchilarni kasb tanlashga yoʻllash
uchun foydalanish mumkin.
3. Toʻgarak
mashgʻulotlarida kasb tanlashga yoʻllash. Toʻgarak
mashgʻulotlarida oʻquvchilarni turli kasblar bilan tanishtirishga koʻproq
imkoniyatlar vujudga keladi.
4. Har xil mavzuda uchrashuvlar oʻtkazish. Odatda, umumtaʼlim maktablarni
bitirgandan keyin ishlab chiqarish sanoati muassasalarida ishlayotgan kishilar bilan
suhbatlari oʻquvchilarda katta taassurot qoldiradi. Texnologiya taʼlimi jarayonida
oʻquvchilar turli kasb egalari bilan tanishadilar.
5. Har xil madaniy-ommaviy tadbirlar oʻtkazish. Kasb tanlashga yoʻllash
ishining muvaffaqiyatli olib borilishiga yordam beruvchi har xil madaniy-ommaviy
tadbirlar maktablarning ish tajribasidan maʼlum.
Masalan, “Kasblar dunyosi”, “Kasb tanlash da shaxsiy va jamoat fikri”
mavzusida munozaralar uyushtirish, kinofilmlarni muhokama qilish shular
jumlasidandir.
6. Kasblar mazmunini chuqur oʻrganish. Oʻqituvchi muayyan kasblar
toʻgʻrisida tasavvur berish uchun bir yoʻla barcha oʻquvchilar bilan ish olib
borishdan tashqari bu kasb bilan yaxshilab tanishish istagi boʻlgan oʻquvchilar
bilan jiddiyroq ish olib boradi. Oʻquvchilarni qiziqishlariga qarab guruh yoki
mikro guruhlarga birlashtiradi. Bunda ishning turli-tuman tashkiliy formalari
qoʻllaniladi. Oʻquvchilar oʻz kuchi bilan referat yozadilar, ekskursiyalar
oʻtkazadilar.
7. Fakultativ mashgʻulotlar. Ayrim maktablarda fakultativ mashgʻulotlarga
ajratilgan soatlarning maʼlum qismidan kasb tanlashga yoʻllash ishi uchun
foydalaniladi. Kasb toʻgʻri tanlanganda ular oʻz qobiliyatlarini va qiziqishlarini
yaxshiroq roʻyobga chiqarishlari hamda jamiyatga koʻproq foyda keltirishi
mumkin.
Kasbga yoʻllash, qiziqtirish hamda malaka va koʻnikmalarini
shakllantirishda oʻquv jarayonidagi taʼlim-tarbiya ishlari muhim ahamiyat kasb
74
etadi. Binobarin texnologiya taʼlimi fanlari boʻyicha tarbiyaviy ishlarning oʻziga
xos xususiyatlari, maqsadi, vazifalarining beqiyos ahamiyati mavjud.
Kasbni toʻgʻri tanlash – inson turmushida muhim qadamdir, yosh avlodning
butun hayotidagi muvaffaqiyati koʻp jihatdan kasbning qanchalik toʻgʻri tanlashiga
bogʻliq.
Oʻquvchilarni har tomonlama yetuk, barkamol qilib tarbiyalash masalalarini
muvaffaqiyatli hal etish, ularda faol hayotiy mavqeni shakllantirish, oʻzlashtirish
va bilim sifatini oshirish koʻp jihatdan kuni uzaytirilgan guruhlarning samarali
ishlashiga bogʻliqdir. Sinfdan tashqari tashkil qilingan ishlar oʻquvchilar
hayotidagi tarbiyaviy faoliyatini toʻldiradi. Ularning dunyoqarashi toʻgʻri
shakllanishiga, kasb-hunar tanlashiga, axloqiy kamol topishiga koʻmaklashadi.
Jamiyatning xar bir fuqarosi XX1 asr boʻsagʻasida turar ekan, utgan yillarni
baholashga va kelajak hayotining turli qirralarini belgilab olishga urinishlari
tabiiydir. Taʼlim sohalaridagilar xam bundan mustasno emas. Ilmiy-texnikaviy
taraqqiyot nafaqat ishlab chiqarishning koʻp sonli tarmoqlariga balki madaniyat
sohasiga, ijtimoiy gumanitar bilimlar doirasiga xam yangi texnologiyalarni joriy
etishni taqazo etmoqda. SHu boisdan keyingi un yilliklarda pedagogik olimlar
diqqatini jalb qilgan dolzarb masalalardan biri pedagogik texnologiya (PT)
hisoblanadi.
Bu muammoga qiziqish ortganligini kuyidagicha izohlash mumkin:
-
baʼzi olimlarning pedagogikadagi “Zamonaviy yoʻnalish” deb anʼanaviy
yondashishlari va oʻz imkoniyatlari doirasida muammoga ilk bor kul urishlari (X.
Abdukarimov, K. Zaripov, T. Nazarov, U. Nishonaliyev)
-
boshqa guruh tarafdorlari taʼlimning bugungi ahvoliga qaygʻuradilar va
uni inqirozdan qutqaruvchi kuch texnologiyalashtirish deb qaraydilar (I. Ya.
Lerner, F. Fradkin va boshqalar).
-
uchinchi guruh olimlari texnologiyalashtirishni obyektiv jarayon deb,
yangicha sifati muammolarni yechish uchun taʼlimni evolyutsion bosqichga
koʻtarish shartlaridan biri ekanligini eʼtirof etadilar (M. V. Klarin, M. K. Larrik, T.
A. Ilьina).
75
Biz xam keyingi fikrga qoʻshilgan xolda PTga taraqqiyot yoʻlidan
borayotgan davlatlarning taʼlim saxasidagi siyosatining bosh vazifasida qarab
kelinganligini taʼkidlaymiz.
Bunday yondashish YuNESKO tomonidan xam maʼqullangan. 1971 yilda
uning direktori Mais Rene Frantsiyaning sodiq bosh vaziri (ayni xolda taʼlim vaziri
xam) Edgaro Froga murojaat etib taʼlim saxasida tuzilgan xalqaro komissiyaga
rahbarlik qilishni va jahonda roʻy berayotgan oʻzgarishlar asosida taʼlimning
maqsadi, rivojlantirish yoʻllarini aniqlash vazifalarini yukladi. SHunday qilib 1972
yilning koʻzida Buyuk Britaniya va Frantsiya kitob dukonlarida “Mavjudlik uchun
oʻqish”, “Tarbiya dunyosi bugun va ertaga” nomli kitob paydo boʻldi va unda
“Zamonaviy texnologiya va taʼlimni yangilashda harakatlantiruvchi kuch” ekanligi
qayd etildi.
Muhimi shundaki, Birinchi prezidentimiz Islom Karimov tomonidan
taʼlimning Milliy modeli yaratildi va uni roʻyobga chiqarish bosqichlari xar
jihatdan ilmiy asoslab berildi. Uning ikkinchi va uchinchi bosqichlarida “oʻquv
tarbiyaviy jarayonni ilgʻor pedagogik texnologiyalar bilan taʼminlash” jiddiy
vazifalardan biri ekanligi koʻrsatildi.
Xush, pedagogik texnologiya nima oʻzi? – Uning ilmiy asosida qanday
nazariyalar yotadi? – Amaliyotga tadbiq etish sharoitlari nimadan iborat?
Dastlab “Texnologiya” tushunchasiga aniqlik kiritaylik: Bu soʻz fanga 1872
yilda kirib keldi va yunoncha “texnos” – hunar, sanʼat va “Logis” – fan soʻzlaridan
kelib chiqqan xolda “Hunar fani” maʼnosini anglatadi. Biroq bu ifoda zamonaviy
texnologik jarayonni toʻliq tasvirlab bermaydi, yoxud texnologik jarayon bu
mehnat vositalariga taʼsir etish natijasida mahsulot yaratish saxasidagi mehnat
hisoblanadi. Demak, bu tarifni tadqiqotimiz mavzusiga koʻchirish mumkin, unda
PT sifatida ularga oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni
deb tariflasak xato boʻlmaydi.
Asrimizning 40-50 yillarida oʻquv jarayoniga texnik vositalarni (radio, kino,
nazorat vositalari) joriy etilishi PT ga tenglashtirildi. Faqat 60 yillarning oʻrtasida
70 yillarda bu tushuncha chet el pedagogik nashrlarda (AKSH, Yaponiya, Angliya,
76
Italiya, Vengriya) va boshqa xalqaro konfrensiyalarda keng muhokama etila
boshlandi va uning ilmiy-tadqiqot natijalariga kura ikki yoʻnalishi koʻrsatildi.
Birinchi yoʻnalishi: PTni “Oʻqitishni texnik vositalari” ni qoʻllash sifatida
belgilasa, ikkinchisi “Oʻquv jarayoni texnologiyasi” sifatida qaraldi.
Tizimli yondashish taʼsiri ostida asta-sekinlik bilan PT mohiyatiga aniqlik
kiritila bordi va rus olimasi N. F. Talizina uning mohiyatini “Belgilangan oʻquv
maqsadiga erishishning usullarini aniqlashdan iborat” deb tushuntiradi. Yuqorida
keltirilgan tariflardan koʻrinib turibdiki, utgan yillarda PT oʻquv jarayonini
belgilangan taʼlim maqsadi va mazmunidan kelib chiqib loyihalash deb ifodalandi.
Bu bir jihatdan toʻgʻri, lekin teranroq fikr yuritilsa, uning bir yuklamaligi yaqqol
koʻzga tashlanadi yoki bunday yondashishda oʻquvchi shaxsi inkor etilyapti. Bu
kamchilikni birinchi boʻlib V. P. Bespalko paykali va oʻzining yirik asarlarida “PT
– bu oʻqituvchi mahoratiga bogʻlik boʻlmagan xolda pedagogik muvaffaqiyatni
kafolatlay oladigan oʻquvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir”, deb
taʼrifladi.
Shu oʻrinda joizki, 80 yillardayoq V. P. Bespalko tomonidan “Pedagogik
texnologiya”ning ilmiy maqsadi yaratildi.
Qator yillar davomida PT nazariyasi va amaliyoti bir-biriga bogʻlik
boʻlmagan xolda oʻrganib kelindi va u turli faoliyat doirasida edi. Bugungi kunda
mutaxassislarning ilmiy salohiyatini birlashtirishga mamlakatimizda xam
imkoniyatlar mavjud. Nazariya va amaliyot birligini taʼminlanishi zamonaviy
PTning asl mohiyatini aniqlashga yul ochadi.
Bizning fikrimizcha, yangi PT ni pedagogika fanining alohida tarmogʻi
sifatida yoki taʼlim amaliyoti maqbullashtirishga yoʻnaltirilgan tizim deb qarash
mumkin emas. PT bu sohadagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish
doirasidagi faoliyat yoʻnalishlarini aniqlaydi. Bu yerda izlanishning mohiyati –
pedagogik tizimni tashkil etuvchi elementlarini oʻrganish asosida yangilashdan
iborat. Sabab, xar qanday oʻquv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish u yoki bu
pedagogik tizimni aks ettiradi.
77
Demak, PT – amaliyotga joriy etish mumkin boʻlgan maʼlum pedagogik
tizimning loyihasidir.
Unda pedagogik tizim tarkibi nimalardan iborat? Pedagogik tizim oʻzaro
bogʻlik boʻlgan vositalar, usullar va jarayonlar yigʻindisi boʻlib, shaxsdagi
muayyan sifatlarni shakllantirishga pedagogik taʼsir etishni maqsadga muvofiq
xolda amalga oshiradi. Binobarin, xar bir jamiyatda shaxsni shakllantirish maqsadi
belgilab olinadi va unga mos ravishda pedagogik tizim mavjud boʻlishi kerak.
Agar maqsad oʻzgarsa, tizim xam oʻzgarishi muqarrardir.
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” jamiyat, davlat va oila oʻz javobgarligini
his etadigan. Xar tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalash asosiy maqsad qilib
kuydi. Demak, Milliy Dastur bizda taʼlim va tarbiya saxasidagi davlat buyurtmasi
sifatida qabul qilinyapti. Faqat ijtimoiy (davlat) buyurtmasidagina taʼlim va
tarbiyaning umumiy maqsad va vazifalarini aniq belgilab beradi yoki oliy (umumiy
oʻrta, oʻrta maxsus kasb-hunar) taʼlim uchun pedagogik tizimning mavjudligi
sharoitlarini kafolatlaydi.
Pedagogik texnologiyaning tub mohiyati, oʻqitishning anʼanaviy ogʻzaki
bayon qilish usullaridan voz kechib, test asosida mashina (kompyuter) yordamida
oʻqitishdan oʻquvchilarni koʻproq mustaqil taʼlim olishga unashdan iborat. Bunda
oʻqituvchi oʻquvchilar bilim faoliyatini boshqaruvchisi, maslahatchi, yakuniy
yoʻlovchi vazifasini bajaradi.
Pedagogik texnologiyani samaradorligi shundan iboratki, unda turli
oʻqituvchilar deyarli xar xil yakuniy erishish imkoniyatiga ega boʻladilar. Bu esa
barcha oʻquv yurtlariga yagona taʼlim standart talabiga javob beradigan
mutaxassislar tayyorlash vazifasi yuklatilgan hozirgi davrda biz Oʻzbekistonlik
pedagoglar uchun nihoyatda muhimdir.
Ishlab chiqarishda natijasi kafolatlangan, lekin ijrochilar shaxsiga bogʻlik
boʻlmagan juda koʻp texnologik jarayonlar yaratilgan. Sanoatdagi buyumning
ishchi chizmasi va yigʻiladigan birikmalar chizmasi texnologik jarayonni asosini
tashkil qiladi. Ularni talablarini aniq bajarish natijasida buyumlarni oʻzaro
almashuvchanligi, yaʼni texnologik siklni tashkil qilishni taʼminlaydi. SHuning
78
uchun Oʻzbekistonda Janubiy Koreya va Turkiyadagidek ulardagi bilan bir xil sifat
koʻrsatgichlariga ega boʻlgan yengil avtomobillar va kichik avtobuslar ishlab
chiqarilmoqda.
Takrorlanuvchan pedagogik jarayonni yaratish, ishlab chiqarishdagiga
nisbatan anchagina murakkab jarayon boʻlib hisoblanadi. Oʻquv masalalarini turli
tumanligi, taʼlim mazmuni va oʻquv materialining turlicha ekanligi, bilimlarni
oʻzlashtirilishini oʻquvchilarning shaxsiy xususiyatiga bogʻliqligi va boshqa
omillar bunga taskinlik qiladi.
Olimlarning izlanishlari natijasida takrorlanuvchan xamda yakuniy natijani
kafolatlaydigan pedagogik texnologiya yaratildi. Uning mohiyati oʻquv
maqsadining aniqligi va unga erishish uchun qatʼiy belgilangan ketma-ketlik
boʻyicha xar bir oʻquv boʻlagini (modelini) oʻzlashtirib mustaqil faoliyat
koʻrsatishdan iborat boʻladi.
SHunday qilib, oʻqitish texnologiyasining predmeti oʻquv jarayonini va
professional tayyorgarlik sistemasini loyihalashdan iborat. Sistemali yondashish
oʻqitish tizimining barcha asosiy tomonlarini maqsadini aniqlash va oʻquv
jarayonini loyihalashdan tortib, to yangi oʻqitish sistemasini samaradorligini
tekshirish, uni sinovdan oʻtkazish va almashtirishgacha boʻlgan jarayonni oʻz
ichiga oladi. U oʻz harakat tartiblarini takrorlanuvchanligiga va ularni tula oʻquv
jarayoniga tadbiq etish gʻoyasi, oqibat natijasida bu jarayonni “Jonli oʻqituvchi”ga
boʻlmay qolishiga olib keladi. Xaqiqatdan xam oʻquv jarayonini tula
takrorlanuvchan alohida koʻrinishi (epizod)larga boʻlinsa, oʻqituvchining vazifasi
oldindan tuzilgan (oʻzi tuzgan boʻlishi shart emas) material bilan oʻqishni tashkil
etishda tashkilotchi va maslahatchi rolini ijro etishdan iborat boʻlib qoladi.
Oʻqishga texnologik yondashish mantigʻida ikki xil gʻoya yotadi. 1) Oʻquv
jarayonini toʻla toʻkis oʻrgatuvchi mashinalarga oʻtkazdi, unda asosiy rol
oʻynaydigan oʻqituvchini tula ozod qilish yoki 2) uning faoliyatini tashkil etish va
maslahat berish funksiyalari chegaralash. Bu xolda oʻqituvchi juda yuqori
malakaga ega boʻlishi shart emas. Oʻqitish mazmuni va jarayoni boʻyicha
mutaxassislar tomonidan ishonchli boʻlgan oʻqitish sistemalarini rejalash, yaratish
79
va ularni qoʻllashga tayyorlangan sharoitda, hatto oʻrtacha oʻqituvchi xam yuqori
natijalarga erishishi mumkin. Bu yerda oʻqituvchi namunaviy didaktik loyihani
amalga oshiruvchi ijrochi sifatida qaraldi, uning shaxsi va malakasi muhim rol
oʻynamaydi.
Oʻquv jarayonini pedagogik texnologiya asosida tashkil etish sxemasi 1-
rasmda berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |