Ogʻzaki bayon qilish usuli ikki xil koʻrinishda boʻlishi mumkin
:
1. Monologik bayon qilish. Bunda faqat oʻqituvchi gapiradi, oʻquvchilar esa
uning nutqini idrok etib, anglab oladilar. Qoʻl mehnati darslarida u tushuntirish va
hikoya qilish, instruktaj koʻrinishida boʻladi.
56
2. Dialogik bayon usuli. Bu oʻqituvchi va oʻquvchilarning oʻzaro suhbatidir.
Tushuntirish va hikoya qilish. Bu usulda materialni jonli va obrazli bayon qilishdir.
Bu holda yangi bilimni oʻqituvchining oʻzi beradi. Baʼzan suhbat davomida
oʻquvchilarning qanchalik oʻzlashtirayotganliklarini bilish maqsadida ularga
savollar bilan murojaat etish maqsadga muvofiqdir. Hikoya agar bajarilgan ishlar,
natural rasmlar, fotosuratlar va shu kabilarni koʻrsatib bajarilsa, anchagina
tushunarliroq boʻladi. Bu oʻrinda tushuntirayotganda “koʻrsat va tushuntir” degan
qoida bajariladi. Yangi materialni bayon qilishda oʻquvchilarning bir xil emasligini
nazarda tutish lozim. Tushuntirishda oʻzlashtiruvchilarga alohida eʼtibor berish
lozim. Hikoya qilish jarayonida ularning idroklarini faollashtirish maqsadida
tushuntirilayotgan material yuzasidan bir-ikkita savol berish mumkin. Suhbat usuli
turli oʻquv maqsadlarda, yaʼni yangi dastur materialini bayon qilish, bilimlarni
rejalashtirish va chuqurlashtirish uchun takrorlash jarayonida, oʻquvchilarning
bilimini tekshirish uchun qoʻllanishi mumkin. Bu usulda oʻquvchilardagi
qiziquvchanlikni qoʻzgʻab, savollar berish foydalidir. Suhbat xuddi hikoya singari
maʼlum talablarga javob berish kerak, yaʼni:
- savollarni shunday shakllantirish lozimki, ular oʻquvchilar tafakkurini
faollashtirsin, ularni aniq va ishonarli javobni izlashga undasin;
- mavzuni ochib berishda izchillik boʻlishi uchun suhbatning rejasi oldindan
toʻzib qoʻyilgan savollari albatta boʻlishi kerak;
- oʻquvchilarning diqqati qaysi dalil va xulosalarga qaratilishi oldindan
belgilanishi lozim.
Suhbat oʻquv materialining chuqur va ongli egallanishiga yordam berishi,
oʻquvchilarda boʻlajak amaliy ishni ongli rejalashtirish malaka va koʻnikmalarini
shakllantirishda vosita xizmatini oʻtashi, egallangan bilimlarni amalda qoʻllash
malakalarini singdirishga yordam berishi kerak.
Mashqlar bilim va koʻnikmalarni mustahkamlash maqsadida oʻtkaziladi.
Oʻqituvchi koʻnikma va malakalarni mustahkamlash maqsadida oʻquvchilarga turli
mashqlar beradi, bunda u ijodiy xarakterdagi ishlarni tashkil etib, koʻproq
mustaqillik talab etuvchi mashqlarni nazarda tutadi. Bu metodning mohiyati
57
borgan sari murakkablashib boruvchi usul va harakatlarning ongli hamda koʻp
marta takrorlanishidir. Mashqlar ommaviy va yakka tartibda boʻladi, yaʼni butun
guruhda bir xil ishni va barcha oʻquvchilar turli ishlarni bajarishlari mumkin.
Mashqlarning xarakterli xususiyati ayni bir harakatning takrorlanishi
boʻlgani uchun oʻquvchilarda bajarilayotgan ishga nisbatan qiziqishini saqlash
talab etiladi. Mashqlar yakunida ishlarni tahlil qilish, eng yaxshi ishlarning
tahliliga tayanib, kim qanday natijalarga erishganligini koʻrsatish lozim. Ayni bir
vaqtda kamchiliklar ustida ham toʻxtash va ishning sifatini yaxshilash yoki bajarish
tezligini oshirish uchun nimalar qilish kerakligini tushuntirish lozim.
Amaliy ishlar. Bu usul oʻquvchilarga egallangan bilimlarini amalda
qoʻllashni oʻrgatishga yordam beradi. Amaliy ishlarni bajarish rejasini
oʻquvchilarning oʻzlari mustaqil toʻzishlari katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
Koʻrgazmali qurollarning oʻquvchilar tomonidan bajarilishini ham amaliy
ishlarga kiritish mumkin. Bu egallagan bilimlarni mustahkamlashga yordam
beradi.
Mustaqil ishlar. Bu oʻqituvchining bevosita ishtirokisiz, biroq uning
topshirigʻi bilan maxsus ajratilgan vaqtda bajariladigan ishlardir. Bu oʻrinda
oʻquvchilar oʻzlarining intilishlarini qoʻllab hamda aqliy va jismoniy
harakatlarining natijalarini u yoki bu formada ifodalab, topshiriqda qoʻyilgan
maqsadga ongli ravishda erishishga harakat qiladilar.
Dastlabki darslardan boshlab ishni shunday tashkil etish kerakki, oʻquvchilar
qoʻl mehnatini egallash uchun nazariy bilimlar va amaliy malakalar oʻrtasida uzviy
aloqa boʻlishi kerakligini his etsinlar.
Oʻquvchilarda malakani shakllantirish ongli faoliyatdan ajralgan holda
boʻlmasligi kerak. Mustaqil ishlarni bajarish jarayonida malakalar shakllanishi
bilan birga oʻquvchilar oʻz kuchlari, bilim va qobiliyatlarini sinovdan oʻtkazadilar.
Mustaqil ishlarning keng qoʻllanishi oʻquvchilarda ishga ijodiy yondashishni,
ulardagi bilishga qiziqishlarini, olingan bilimlarni amalda qoʻllay bilishni
rivojlantirishga yordam beradi.
58
Ekskursiya texnologiya taʼlimining asosiy usullaridan biri hisoblanadi.
Ekskursiya jarayonida oʻquvchilar ishlab chiqarishdagi turli asbob-uskunalar bilan
tanishadilar, mehnat va ishlab chiqarish jarayonlarini kuzatadilar va oʻrganadilar.
Turli mehnat obyektlariga ekskursiyalar uyushtirish, oʻquvchilarni mehnat kishilari
bilan, ular ishlatayotgan asbob-uskunalari bilan, mehnat jarayonining tashkil
etilishi va ishlab chiqariladigan mahsuloti bilan umumiy tarzda tanishtirish, yangi
asbob-uskunalarning
namunalarini
va
ishlab
chiqarishning
zamonaviy
texnologiyasini, ilgʻor ish usullari va mehnatni ilmiy tashkil etish metodlarini
oʻrganish maqsadida ham tashkil etilishi mumkin. Turli mehnat obyektlari bilan
tanishtirish xususiyatiga ega boʻlgan ekskursiyalarni texnologiya taʼlimining biror
boʻlimi (gazlama bilan ishlash, xizmat koʻrsatish va hokazolar) boshlanishidan
oldin oʻtkazish kerak. Aniq mavzuga doir ekskursiyani dasturdagi biror mavzuni
oʻtishdan keyin yoki undan oldin oʻtkazgan maʼqul. Ekskursiya odatda 15-20
oʻquvchidan iborat bitta guruh bilan ommaviy tarzda oʻtkaziladi, biroq ekskursiya
jarayonida ayrim oʻquvchilar uchun yakka tartibda koʻrsatma va tavsiyalar, izohlar
berish kerak. Mehnat oʻqituvchisi ekskursiya jarayonida oʻquvchilarning ishlab
chiqarish jarayonini kuzatishlariga rahbarlik qilib turadi.
Turli mehnat obyektlarida oʻtkaziladigan har qanday ekskursiyaning
mazmuni uch bosqichda olib boriladi.
1. Kuzatish obyektini oldindan tanlash, uning aniq maqsadlari hamda
vazifalarini belgilash, korxonaga dastlab oʻqituvchi borib koʻrishi, zarur hujjatlarni
(darsning rejasi, oʻquvchilar uchun beriladigan topshiriqlar va hisobot shakllarini)
tayyorlashdan iborat boʻlgan tayyorgarlik bosqichi.
2. Mehnat oʻqituvchisi ekskursiya maqsadlari hamda vazifalari, korxona
hududida oʻzini tutish qoidalari, kuzatish obyektlari, ekskursiya yoʻnalishi
toʻgʻrisida suhbat oʻtkazishi, oʻquvchilarning bevosita kuzatishi va zarur
vazifalarni bajarishi.
3. Ekskursiya jarayonida tugʻilgan savollarga, turli muammolarni hal
qilishga qaratiladigan yakunlovchi suhbat oʻtkazish bilan cheklanilmaydi.
Texnologiya taʼlimi boʻyicha navbatdagi mashgʻulotlarda bajarilgan vazifalarni va
59
hisobotlarni tahlil qilish hamda jamoa tarzida muhokama qilish yoʻli bilan
ekskursiyaga yakun yasaladi. Ekskursiya bilishga qiziqishni avj oldirishda,
oʻquvchilarga mustaqillik tuygʻularini singdirish va hayotni bilishda muhim oʻrinni
egallaydi. Agarda ekskursiyalarni oʻtkazishda ishlab chiqarish vakillari ham
qatnashsa, u yanada samaraliroq boʻladi. Ekskursiya jarayonida oʻquvchilar ishlab
chiqarish texnologiyasi bilan yaqindan tanishadilar. Ekskursiyani oʻtkazishdan
oldin oʻquvchilar oldiga aniq maqsadlar qoʻyish, ekskursiyadan soʻng savol-javob
oʻtkazish lozim. Masalan, toʻqimachilik kombinatiga ekskursiya uyushtirishdan
oldin oʻquvchilarga guruhlar boʻyicha topshiriqlar berish mumkin. Kitob bilan
ishlash. Hozirgi kunda texnologiya taʼlimi boʻyicha 1–4- sinflarga moʻljallangan
“Mehnat” darsliklari asosida oʻqituvchidan oʻquvchilarni kitob bilan ishlashga
oʻrgatish talab qilinadi. Bu maqsadda quyidagi kitoblardan qoʻshimcha foydalanish
tavsiya etiladi:
1. X. Sanaqulov, D. Xodieva. “Boshlangʻich sinflarda qogʻozdan amaliy
ishlar”, metodik qoʻllanma;
2. Sanaqulov X. R, Xodieva D. P, Rustamova M. “Mehnat va uni oʻqitish
metodikasi darslarida modulli figuralar yasash texnologiyasi”, metodik qoʻllanma.
Oʻquvchilarni kitob bilan tanishtirishdan oldin oʻqituvchining oʻzi bu
kitobni puxta oʻrganib chiqishi, undan nimalarni tavsiya etish mumkinligini
belgilab chiqishi lozim. Oʻquvchilarni kitob bilan mustaqil ishlashga asta-sekin
oʻrgatib borish kerak.
Texnik vositalar. Hozirgi kunda barcha taʼlim sohalarini texnik vositalarsiz
tasavvur etib boʻlmaydi. Qoʻl mehnati mashgʻulotlarida ayrim boʻlimlarni
oʻrganish, kasblar haqida maʼlumot berish, amaliy ishlarni tayyorlash
texnologiyasini oʻrgatish, xavf sizlik texnikasi qoidalarini tanishtirish munosabati
bilan qoʻllanadi. Aytib oʻtilgan usullar texnologiya taʼlimi oʻqituvchilari
tomonidan muvaffaqiyatli qoʻllanmoqda. Texnologiya taʼlimi boʻyicha bilimlarni
egallash, oʻzlashtirish, amalda qoʻllash va oʻquvchilarni rivojlantirish jarayonining
muvaffaqiyati asosan oʻqituvchining bilimi hamda ishga ijodiy yondashishiga
bogʻliq. Mehnat oʻqituvchisi dasturda nazarda tutilgan mehnatning barcha turlarini
60
bir xil yaxshi bilishi kerak. Faqat ijodiy fikr yuritib ishlaydigan, oʻz ishida
oʻqitishning turli usullari bilan birga, pedagogik texnologiyalardan va interfaol
metodlardan foydalanib darslarni tashkil etgan oʻqituvchigina jamiyatning maktab
oldiga qoʻygan vazifalarini muvaffaqiyatli hal etishda yordam berishi mumkin.
Oʻquv materiali mumkin qadar qiziqarli va oʻqimishli qilinganda, u
yaxshiroq egallanib, oʻquvchining qalbiga singadi va uni amalda qoʻllash osonroq
boʻladi.
Har bir oʻquvchidagi qiziqish turlichadir, shunday ekan, oʻqitishda yakka
tartibda yondashishni oshirish kerak boʻladi. Bundan tashqari bir sinf, bir yoshdagi
oʻquvchilarning rivojlanganlik darajasi hamda bilimlarni egallash tezligi
turlichadir.
Darslarni toʻgʻri tashkil etishda xar xil oʻzlashtiruvchi oʻquvchilar bilan
ishlashni oldindan oʻylab qoʻyilgan tuzilishi boʻlishi muhimdir. Boʻsh
oʻzlashtiradigan oʻquvchilarga ham, yaxshi oʻzlashtiradigan oʻquvchilarga ham
oldindan alohida topshiriqlar tayyorlab qoʻyish kerak. Har bir oʻqituvchiga oʻz
uslubi, oʻz usulining oʻziga xosligiga ega boʻlish huquqi berilgan, biroq shuni
aytish kerakki, bularning barchasi mustahkam bilim berish, mehnat sohasidagi
malaka va koʻnikmalarini egallash, ijodiy qobiliyatlarini oʻstirish, bilimga
qiziqishini oʻstirishga yordam beradi.
Oʻquv jarayonini takomillashtirish, oʻqitishning yangi shakl hamda
metodlarini tadbiq qilish, oʻquvchilarda qiziqishni oshirishga, darslarning
samaradorligini kuchaytirishga, bilish faolligini oshirishga yordam beradi. Bilish
faolligini rivojlantirish oʻz navbatida buyumga, mazkur holatda – xizmat
koʻrsatuvchi mehnatga qiziqishini rivojlantirishda koʻmaklashadi.
Texnologiya taʼlimi metodikasini oʻrganishga kirishilar ekan, avvalo metod
tushunchasining kengroq maʼnosi bilan, yaʼni uning usul va priyomlar majmuyidan
Iboratligi bilan tanishib chiqamiz. Master bu usul va priyomlar vositasida
oʻquvchilarga maʼlum maqsadga qaratilgan professional-bilimlar beradi, ulardan
zarur oʻquv va malakalarni shakllantiradi, ularni mustahkamlaydi, oʻzlashtirish
61
darajasini tekshiradi, oʻquvchilar esa bu oʻquv va malakalarni aktiv va ongli
ravishda oʻzlashtiradi, professional mohirlikni egallaydi.
Metodlarni toʻgʻri tanlash muhim masaladir. Oʻqitish metodi, dastavval,
oʻqitishdan koʻzda tutilgan maqsad va vazifalar bilan oʻquvchilarning bilimlarini,
oʻquv va malakalarini ongli va puxta oʻzlashtirish, ularda ijodiy aktivlik va
mustaqillikni oʻstirishi, vazifalar bilan belgilanadi.
Texnologiya taʼlimini tashkil etishga nisbatan qoʻyiladigan muhim
talablardan biri metodlarning xilma-xilligi va ularning muayyan maqsadga xizmat
etishidir.
Taʼlimda qoʻllaniladigan mantiqiy metod barcha oʻrta taʼlim maktablari
uchun umumiy va eng koʻp tarqalgan metoddir.
Oʻqituvchi mantiqiy metod — hikoya, oʻquv materialini ogʻzaki bayon
etishini, suhbatni qoʻllar ekan, u oʻquvchilarga faqat oʻzidagi bilimlarni ularga
oʻtkazibgina qolmay, balki oʻquvchilarda ayni yoʻnalishga qiziqish ham uygʻotadi.
Mantiqiy metodlar:
A) Hikoya qilib berish.
B) Oʻquv materialini ogʻzaki bayon qilib berish.
V) Suhbat.
Hikoya qilib berish — oʻquv materialini jonli, obrazli qilib bayon qilib
berishdir. Hikoya maksimal kontrol va oʻquvchilarning galdagi ishlariga xirs
bogʻlangan boʻlishi shart. Hikoyani dars temasini qisqacha umumlashtirib
tamomlash kerak.
Jonli soʻzdan har qanday metodda ham foydalaniladi, jonli soʻz yordamida
mehnat priyomlari, koʻrgazma qoʻllanmalar izohlab koʻrsatiladi. Oʻqituvchining
soʻzi oʻqitishdagi aktivlikni taʼminlash uchun, xatolarning oldini olish uchun ayni
shu texnologiyasini bajarishda oʻquvchiga yordam berish uchun, jihozni
boshqarish vositalarining tuzilishi, boshqarish priyomlarini oʻzgartirish uchun
zarurdir.
Oʻquv materialini ogʻzaki bayon etish — haqiqiy materialni izchillik bilan
bayon qilib berishdir. Bunda faktlarni analiz qilish va isbotlash katta oʻrin oladi.
62
Oʻqituvchi oʻzining bastida, oʻz yozmalaridan, hisoblashlaridan foydalanadi,
bunda galdagi shuning xarakteri oydinlashtiriladi.
Materialni bayon qilishda oʻqituvchi oʻquvchilarning nazariy bilimlari
saviyasiga, ularning ishlab chiqarish taʼlimi jarayonida qoʻlga kiritilgan
tajribalariga tayanishi lozim. Bu maqsadda u maxsus texnologiya kursi bilan yaʼni:
materialshunoslik, chizmachilik programmasi bilan mukammal tanishib chiqishi,
har zamonda bu darslarga qatnashishi kerak
Suhbat — bunda oʻquvchilar oʻqituvchining savoliga javob beradi, yoki
savolning mazmuniga muvofiq, soʻzga chiqadilar. Suhbatdan oʻrganiladigan
material toʻgʻrisida oʻquvchilarga maʼlum hajmda bilim boʻlgan xollarda
foydalaniladi.
Suhbat
oxirida
oʻqituvchi
oʻquvchilarning
javoblarini
umumlashtiradi.
Effektiv oʻqitish metodlaridan biri suhbat ishlab chiqarish taʼlimida
oʻquvchilarning aqliy faoliyatini va diqqatini rivojlantiradi. Suhbat oldindan tuzilib
qoʻyilgan reja asosida muayyan masalalarni muhokama qilish, oʻqituvchi bergan
savollarga oʻquvchilarning javob berishlari tarzida borishi mumkin. Oʻquvchilarda
ayni temaga doir birmuncha bilim va tasavvurlari boʻlgan taqdirdagina suhbat usuli
samarali boʻlishi mumkin. Suhbatning muvaffaqiyatli chiqishi koʻp xollarda
oʻqituvchining oʻquvchilarga toʻgʻri savol qoʻya bilishiga bogʻliq. Suhbatni
shunday olib borish kerakki u belgilangan taʼlim — tarbiya vazifalarini
muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam etadigan boʻlsin. Suhbat aniq
belgilangan maqsadga qaratilgan boʻlsin.
Koʻrgazmali metod — shaxsan mehnat priyomlarini koʻrsatish, jihozlarni,
koʻrgazma qurollarni, oʻquv kino filmlarini, diafilm va hokazolarni namoyish
qilish demakdir.
Koʻrgazmali metodlar: A) ishlab chiqarishga ekskursiya oʻtkazish. B)
mehnat priyomlarini koʻrsatib berish.
Ekskursiya-koʻrgazmalik oʻqitish boʻlib, bunda oʻquvchilar buyumlarni
texnologik hodisa va mehnat jarayonlarini, mehnatni tashkil etishni ishlab
chiqarish sharoitida oʻrganadilar. Mehnat taʼlimi oʻquvchisi ekskursiya oʻtkazish
63
planini oldindan toʻzib qoʻyishi, eng xarakterli obyektlarini belgilab ular bilan
mukammal tanishib chiqishi kerak.
Korxonalarga zamonaviy jihoz, yaʼni texnologik protsesslar bilan tanishish
maqsadida qilinadigan ekskursiyalarda jihozni boshqarish priyomlarini, ilgʻor ish
metodlarini, shu oʻrinda mehnatni tashkil etish kabilarni koʻrsatishning katta
ahamiyati bor.
Har xil koʻrgazmali qurollarni va mehnat priyomlarni koʻrsatish metodi
texnologiya taʼlimida muhim oʻrin tutadi. Bu masalada oʻylar ekanmiz, unga
tayyorgarlik koʻrish bosqichlariga va namoyishga nisbatan talablarga alohida
eʼtibor berishimiz kerak boʻladi. Tajribaning koʻrsatishicha koʻrgazmalilik haddan
oshib ketsa bu xol oʻquvchilarning oʻrganilayotgan hodisa mohiyatini aniqlashdan
chetlashishiga sabab boʻlar ekan. SHunga qaramay, bitta buyumga tegishli
koʻrgazmali qurollar uning turli tomonlarini oydinlashtirishga xizmat qilgani
taqdirida ular sonining koʻproq boʻlishidan xavfsiramasa ham boʻladi.
Odatda koʻrgazmali qurollar dars boshlanmasdan koʻrsatib qoʻyilmaydi.
Oʻquvchilarning vaqtdan ilgari koʻrgazma qurollar bilan (chala) qiziqishi, bu
qurollarga jiddiy qiziqish havasini susaytirib qoʻyishi mumkin. Koʻrgazma
materialining mazmunini ochishga mumkin qadar oʻquvchilarning oʻzlarini ham
jalb qilishlari zarur. Bu esa oʻquvchilarda kuzatuvchanlik va bilib olish xislatlarini
tarbiyalash choralaridan biridir.
Texnologiya taʼlimida mehnat priyomlarini koʻrsatish masalasi alohida oʻrin
tutadi. Bu oʻqitishning asosiy koʻrgazma materiallaridan biridir. Bundan tashqari
texnologiya taʼlimi oʻqituvchisi mehnat priyomlarini va protsessni koʻrsata bilishi
uchun, yuksak professional malakali boʻlishnigina emas, balki yetarli darajada
pedagogik tajribaga ega boʻlishini ham talab etadi.
Shuni ham taʼkidlab oʻtish zarurki, namoyish qilinadigan mehnat priyomlari
va protsesslari barcha oʻquvchilarga koʻrinadigan boʻlishi shart. Oʻquvchilar ayni
ish priyomlarini shakllantirish uchun qanday harakatlarni va qay tartibda ishlatish
kerakligini yaxshi fahmlab olishlari zarur.
64
Amaliy metodlarga:
a) mashqlar.
b) laboratoriya-amali ishlari.
v) texnikaga oid maʼlumotnoma, adabiyotlar va hujjatlar bilan ishlash kiradi.
Mashq-mehnat oʻquvchilarni shakllantirish va sekin asta ularni malakaga
aylantirish uchun ish harakatlarini ongli ravishda va koʻp marta takrorlashdan
iborat. Mashqlar mehnat va ishlab chiqarish taʼlimining asosiy metodidir.
Mashqlar jarayonida mehnat va hunar usullarini bajarishning sifatli boʻlishiga,
oʻquvchilar faoliyatini sinchiklab nazorat qilishga eʼtibor berish kerak.
Laboratoriyadagi amaliy ishlar-turli kasb va ixtisoslik boʻyicha malakali
ishchilarni tayyorlashda tadbiq etilishi mumkin.
Quyidagi shartlar mavjud boʻlgandagina oʻquvchilarning mustaqil ishlab
chiqarish topshiriqlarini bajarishida taʼlim – tarbiya muvaffaqiyatlariga erishish
mumkin:
1.
Oʻquvchilar bajariladigan ishning mazmunini yaxshi tushunishlari va
uni bajarish tartibini aniq tasavvur qilishlari lozim.
2.
Oʻquvchilar topshiriqni qanday asbob-uskunalar bilan bajarish
kerakligini, ularning tuzilishiga va ishlashiga oid xususiyatlarini, ularni shu
rejimga moslash usullarini va ishlash nuqsonlarning oldini olish choralari bilishlari
kerak.
3.
Ish oʻrnini toʻgʻri tashkil etish, buning uchun ish va oʻlchov
asboblarini, zagotovkalarni, texnologiya hujjatlarini toʻgʻri joylashtirish kerak.
4.
Xavfsizlik texnikasi, sanoat sanitariyasi va mehnat gigiyenasi
qoidalariga rioya qilishlari zarur.
Ilmiy –texnik tafakkurning borgan sari yoshlarning santexnikaning joʻshqin
rivojlanishida faol ishtirok etishlari faqat taʼlim mazmunini emas, balki oʻqitish
jarayonining usuli va tashkil etilishini, oʻqitishga qiziqishini, ijodiy qobiliyatni,
egallangan bilimlarni amalda ijodiy qoʻllay bilishni rivojlantirish maqsadlarida
yanada takomillashtirishni ham talab qiladi. Bu esa maktab zimmasiga yoshlarda
ijodga ehtiyoj uygʻotish, ijodiy qobiliyatlar, har qanday faoliyatga ijodiy
65
yondashishi asoslarini tarkib toptirish, ijodiy masalalarni mustaqil hal etishga
oʻrgatish vazifasini yuklaydi.
Texnik mehnatga oʻrgatishning ahamiyati texnik mehnat malakalarini
egallash imkoniyatini berish bilan cheklanmaydi, balki bu malakalar hamma uchun
kerakligini eʼtirof qilish kerak. Koʻpgina ilmiy kengashlar, agarda unda qatnashgan
kishilar turmush ishlarini bajarishni: ovqat pishirish, kiyimni yamash, tozalikni
saqlash va shu kabilarni bilmaganlarida shunchalik muvaffaqiyatli chiqmagan
boʻlar edi.
Koʻpgina oʻqituvchilar oʻqitishning turli metod va usullarini, qoʻllab,
shuningdek, sinfdan tashqari ishlarni qiziqarli tashkil etib, yaxshi oʻzlashtirish
natijalariga
erishmoqdalar
va
bilimga
muhabbat
hamda
qiziqishlarni
singdirmoqdalar. Bunday oʻqituvchilar qoʻl mehnatini oʻrgatishda oʻquvchilarga
turmush sohasidagi bilim va koʻnikmalarni singdirish bilan birga, ularda ijodiy
qobiliyatlarni va bilishga qiziqishni, mustaqil faollikni oʻstirishga yordam
bermoqdalar.
Qoʻl mehnatga oʻrgatishda boshqa fanlarni oʻrgatishda boʻlganidek,
oʻqitishning xilma-xil usullari qoʻllanib, ular yordamida oʻquvchilarning bilim,
koʻnikma va malakalari egallab olishlariga, shuningdek bilish qobiliyatlarini
rivojlanishiga erishiladi.
Oʻqitish usullari doim ham zamonaviy maktablarda qoʻllangandek
boʻlavermaydi. Maktab rivojlanib borgan sari oʻqitish usullari ham oʻzgarib
borgan. Oʻtilish maktablarida oʻqish jarayonining boʻysundirish turi hukmronlik
qilgan. Bolalar dars mazmunini anglamay koʻr-koʻrona yod olishga oʻrganganlar.
Ijtimoiy taraqqiyot, ishlab chiqarishning rivojlantirish taʼsirida oʻquv
jarayonining anchagina mukammallashgan turi – tushuntirish vujudga kelib, u
uzoq muddat eski maktab bilan birga mavjud boʻlgan. Bu turdagi oʻqitishning
kerakli xususiyati bayon etilayotgan matni avval tushunishni, soʻngra yod olishni
nazarda tutardi.
Bayonni yaxshiroq tushunish uchun koʻrgazmalikka koʻproq eʼtibor berila
boshladi. Bu olgʻa qoʻyilgan qadam edi. Endi oʻquvchi xotirasiga analitik-sintaksis
66
tafakkur faoliyati ham qoʻshildi. Oʻquvchilar bayon etilayotganini aynan buyumni
emas, balki oʻz soʻzlari bilan buyumni bajarilishini yod etishlari talab etiladi. Biroq
asosiy oʻrinni ham namuna, tayyor, koʻrgazma boʻyicha ishlash egallaydi.
Hozirgi zamon maktabi darsning zamonaviyligini oshirdi, takomillashtirildi
va unga sayqal berildi. Oʻqituvchi darsga tayyorlanar ekan, har bir tayyor mavzu,
kichik mavzu, mazkur dars uchun uning maqsad va vazifalariga muvofiq qiladigan
ishni usul va koʻrgazmali qurollarni tayyorlaydi.
Qoʻl mehnatini oʻrganish ham zamonaviy pedagogikaning ishlarini toʻgʻri
tashkil etish va uning usullariga qoʻyadigan umumiy talablarga muvofiq tarzda
amalga oshirish kerak. Oʻqitish metodlari – bu oʻqituvchi va oʻquvchilarning ish
usullari boʻlib, boʻlar yordamida oʻqituvchi oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va
malakalarini egallashlariga erishiladi. Oʻqituvchi oʻz tajribasida oʻqitishning
xilma-xil usullaridan foydalanishi mumkin. Oʻqituvchining intilishi, xatti-harakati,
darsda oʻquvchilarning diqqat-eʼtiborlari susaymasligiga, fikrlarning jamlangan
boʻlishiga, ularning charchamasligi va zerikmasliklariga yoʻllangan boʻlishi kerak.
Oʻqituvchi darsning har bir daqiqasini qadrlab, oʻquvchilarni ham shu narsaga
oʻrgatishi kerak. Har bir oʻqituvchiga oʻz uslubi, oʻz usulining oʻziga xosligiga ega
boʻlish huquqi berilgan. Biroq shuni aytish mumkinki, bularning barchasiga
mustahkam bilim birinchi qarashda hammaga ravshan boʻlgan haqiqatlarni egallab
olganlaridagina erishish mumkin. Oʻz faoliyatini oʻqituvchilik mehnatiga baxsh
etmoqchi boʻlgan oʻqituvchilar mana shu hammaga maʼlum haqiqatni
oʻzlashtirishdan boshlashi kerak. Ular darslarda suhbat, gapirib berish, amaliy
mashgʻulotlar kabilardan foydalanib oʻzlashtirganini tekshirish, yangi temani
tushuntirish va oʻtilganini mustahkamlashni eng boshidan oʻrganishlari lozim.
Faqat barchaga maʼlum haqiqatlar oʻzlashtirgandan keyingina va sinfning
imkoniyatlarini nazarda tutib, yangisini qoʻllash mumkin.
Oʻqitish usullari bilimlarning shunday darajada egallanishiga xizmat qilishi
kerakki, unda oʻquvchilar chizmani oʻqituvchi chizgan oʻlchamlar asosida emas,
balki buyumning istalgan oʻlchami boʻyicha chizib, egallagan bilimlarini amalda
qoʻllay olsinlar.
67
Do'stlaringiz bilan baham: |