Mehnat shartnomasi shartlari va mehnat qonun hujjatlariga binoan har bir xodimning mehnat haqi uning shaxsiy mehnat hissasi va sifatiga bog‘liq. Bunda jinsi, yoshi, irqi, millati va hokazolarga qarab mehnat haqi miqdorlarini har qanday pasaytirish taqiqlanadi.
Ishlayotgan malakasi yoki uning lavozimi har bir kimsaning aniq hissasini to‘liq qayd qila olmaydi.
Shu sababli mehnat uchun mukofotlarning aniq individual miqdorlari ish haqining turli tizimlari yordamida belgilanadi.
Ish haqi — xodimga bajarilgan ish uchun mukofot sifatida muntazam to‘lanadigan, mehnat shartnomasida kelishilgan pul summasidir.
O‘zbekiston Respublikasida mehnatga haq to‘lashning ikki asosiy shakli qo‘llanadi - vaqtbay va ishbay.
Vaqtbay tizimdan ko‘pincha ish haqi ishlagan vaqtidan kelib chiqib va lavozim maoshiga binoan yoziladigan xizmatchilar mehnatini baholashda foydalaniladi. Ishbay tizimda ishchilar mehnatini baholashda har bir tayyorlangan mahsulot birligining sifatiga binoan to‘lanadigan haq tushuniladi.
Mehnatga haq to‘lash muddatlari mehnat shartnomasini imzolashda kelishib olinadi, biroq har yarim oyda bir martadan kam bo‘lmasligi shart.
Mehnat intizomi
Korxonada mehnat intizomini ta’minlashning zaruriy sharti mehnat jamoasi tasdiqlagan Ichki tartib qoidalari belgilaydigan aniq mehnat tartibini o‘rnatish hisoblanadi.
Asosan mehnat intizomi mehnatga ongli munosabatda bo‘lish bilan asoslanadi, biroq mehnat qonun hujjatlari nopok xodimlarga nisbatan intizomiy ta’sir choralari belgilanishining zarurligini ham hisobga oladi.
Intizomni buzganlik uchun ish beruvchi intizomiy jazo choralarini qo‘llashga haqli.
Uni qo‘llashdan avval xodimdan yozma ravishda tushuntirish xati talab qilinishi lozim.
Intizomiy jazoning amal qilish muddati jazo qo‘llanilgan kundan boshlab bir yildan oshib ketishi mumkin emas.
Agar xodim bir yil davomida yangidan intizomiy jazoga tortilmasa, u intizomiy jazoni olmagan hisoblanadi.
Intizomiy jazo mehnat daftarchasiga kiritilmaydi, korxonada ishdan bo‘shaganidan keyin xodimning yangi ish joyiga berilmaydigan shaxsiy ishida qayd etiladi.
Mehnatga ijodiy munosabatda bo‘lganligi va ishdagi yuqori ko‘rsatkichlari uchun xodimga quyidagi rag‘batlantirish choralari qo‘llanilishi mumkin:
— tashakkurnoma e’lon qilish;
—mukofot berish;
— qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlash;
— davlat mukofotiga taqdim etish;
—mehnat shartnomasida nazarda tutilgan boshqa rag‘bat turlari.
Mehnatdagi yutuqlar uchun davlat mukofotlari
«Shuhrat» medali bilan respublika iqtisodiyoti, fani va madaniyatini rivojlantirish, yosh avlodni vatanparvarlik hamda milliy istiqlol va ijtimoiy taraqqiyot g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishida o‘zining halol mehnati bilan katta yutuqlarga erishgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar mukofotlanadilar. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 1994-yil 5-may
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan O‘zbekistonda iqtisodiyot va madaniyat yuksalishiga, xalq farovonligi oshishiga, tinchlik va barqarorlik saqlanishiga xizmat qiladigan ulkan ishlari uchun mukafotlanaditar.
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 1995-yil 30-avgust
Savol va topshiriqlar:
1. O‘zbekistonda mehnatga haq to‘lashning qaysi asosiy tizimlari mavjud? Ular bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?
2. Eng kam ish haqi miqdorini belgilashda qanday
cheklashlar mavjud?
3. Dam olish va bayram kunlaridagi ishga haq qanday to‘lanadi?
4. Mehnat qonunlarida mehnat uchun qanday
rag‘batlantirishlar nazarda tutilgan?
5. Mehnat intizomini buzganda xodimga qanday jazo turlari qo‘llaniladi?