Mavzu:Meditsina va san’at - Mavzu:Meditsina va san’at
- Reja:
- 1.O’zbekistonda meditsina ya’ni tibbiyot soxasiga qaratilayotgan e’tibor.
- 2.Yurtimizda san’at soxasi.
- 3.Meditsina va san’atning o’zatro bog’liqligi.
- Shavkat Mirziyoyev Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlariga tabrik maktubini yo‘lladi. Davlat rahbari besh yilda oliy toifali shifokorlar maoshini 1000 dollarga yetkazish, sohaga ikki baravar ko‘proq mablag‘ yo‘naltirish ko‘zda tutilganini qayd etdi. U shuningdek, sana munosabati bilan 82 nafar tibbiyot xodimini davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonga imzo chekkanini ma’lum qildi.
- 2006 yildan beri noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi — Tibbiyot xodimlari kuni sifatida nishonlanib kelinadi. Ushbu sana munosabati bilan prezident Shavkat Mirziyoyev soha xodimlariga tabrik maktubini yo‘lladi.
- «Avvalo, siz, azizlarni qutlug‘ kasb bayramingiz — Tibbiyot xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman», — deya boshlangan tabrik.
- Unda shuningdek, jahon tibbiyot ilmining asoschilaridan biri, buyuk alloma Abu Ali ibn Sino bobomiz aytganlaridek, odamlar dardiga darmon bo‘lmoq — ezgulik va olijanoblikning yuksak namunasi ekanligi ta’kidlangan.
- «Xalqimiz sizlarning timsolingizda o‘z hayotini ana shunday ulug‘ va mas’uliyatli ishga bag‘ishlagan, el-yurt salomatligini asrash yo‘lida bor bilim va tajribasi, iste’dod va mahoratini safarbar etib kelayotgan sharafli kasb egalarini ko‘radi hamda mashaqqatli mehnatingizni doimo munosib qadrlaydi», — dedi davlat rahbari.
- «Chindan ham, inson salomatligi jamiyatning bebaho boyligi, shifokorlar esa ana shu boylikning fidoyi posbonlaridir, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz», — deya davom etgan maktub.
- Mamlakatda inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, qadr-qimmatini ulug‘lashda sog‘liqni saqlash tizimi ustuvor ahamiyat kasb etishi qayd etilgan.
- Tibbiy xizmatlarning sifat darajasi oshib, yangi zamonaviy yo‘nalishlar, davolash va diagnostika usullari, noyob ilmiy-amaliy tajribalar shakllanmoqda. Buni birgina misol, ya’ni, qisqa davrda buyrak, jigar va o‘zak hujayralarda 700 dan ortiq murakkab operatsiyalar muvaffaqiyatli amalga оширилганида ham ko‘rish mumkin.
- Onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha ishlar ko‘lami ham kengaymoqda. Xususan, homilador ayollar salomatligini doimiy nazorat qilish tizimi yo‘lga qo‘yilgani onalar va go‘daklar o‘limini sezilarli kamaytirishda muhim omil bo‘lmoqda.
- Mustaqillik yillarida mamlakatimizda madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, jahon miqyosidagi ilg‘or tajribalar asosida zamonaviy madaniyat va san’at muassasalari barpo etish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ijodkor ziyolilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalariga davlatimiz tomonidan ustuvor ahamiyat qaratib kelinmoqda.
Aholi, xususan, yoshlarning madaniy saviyasini yuksaltirish, ularni milliy va umumbashariy madaniyatning eng yaxshi namunalaridan bahramand etish, shu asosda ma’naviy yetuk, barkamol shaxslarni tarbiyalash, yosh iste’dod egalarining qobiliyati va salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. - Shu bilan birga, madaniyat va san’at sohasini boshqarishda eskicha usullar saqlanib qolayotgani, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha kompleks yondashuvning yetishmasligi, madaniyat muassasalarining faoliyatini tashkil etish, aholiga madaniy xizmat ko‘rsatishda oqsoqlikka yo‘l qo‘yilayotgani, aksariyat joylarda madaniyat va san’at maskanlarining moddiy-texnik bazasi bugungi kun talablariga javob bermasligini qayd etish zarur.
- Ayniqsa, soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashda mavjud talab va ehtiyojlarni hisobga olmaslik, ularni qayta tayyorlash, malakasini oshirish borasida puxta tizim yaratilmagani madaniyat sohasida yagona davlat siyosatini samarali amalga oshirish, bu yo‘nalishdagi ustuvor vazifalarni to‘liq bajarish imkonini bermayapti.
- Bunday ezgu jarayonni madaniyat va sanʼat rivojiga, ijod ahliga koʻrsatilayotgan yuksak eʼtibor misolida ham koʻrish mumkin. Soʻnggi ikki yilda mazkur sohaga taalluqli 20 ga yaqin Farmon va qarorlar qabul qilindi. Ular ijrosi yuzasidan saʼy-harakatlar olib borilyapti. Prezidentimizning joriy yil 28 noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori ushbu jabhadagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan muhim hujjat sifatida alohida ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |